Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 236324 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 25 B


AbdulAziz  23 Noyabr 2009, 10:44:10

Bismillahir rohmanir rohiym.

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ DINIMIZNI BILAMIZMI? - 3 BOSQICH


"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Qurbon hayiti munosabati bilan viktorinaning 3-bosqichini e'lon qildik.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 3-bosqichi inshaalloh 2009 yil 27 noyabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni [email protected] elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Ikkinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Bani Qurayza g'azoti

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Noyabr 2009, 11:49:29

Assalamu alaykum!
Barchangizga Iydi Qurbon muborak bo'lsin!
Alloh taolodan xayrli natija tilab, III bosqichni boshladik.


:bsm:

III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti

1. Bani Qurayza g’azoti qachon bo’lib o’tdi?
a) 5-hijriy yilning safar oyida
b) 6-hijriy yilning muharram oyida
c) 5-hijriy yilning zulqa’da oyida

2. Payg'ambar SAV Bani Qurayza g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Said ibn Zayd.

3. Bani Qurayza g'azotida kim bayroqdor bo'ldi?
a) Umar ibn Xattob;
b) Talha ibn Ubaydulloh;
c) Ali ibn Abu Tolib.

4. Bani Qurayza ustiga yurish qilgan askarlar peshinni Madinada o'qib chiqdilar. Rasululloh SAV ularga asrni Bani Qurayzaga borganda o'qishlarini aytdilar." Askarlar asr namozini qayerda o'qidilar?
a) Bani Qurayzada o'qidilar.
b) Yo'lda o'qidilar.
c) Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.

5. Bani Qurayzada musulmonlardan necha kishi ishtirok etdi?
a) 2000;
b) 3000;
c) 4000.

6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?
a) 30 ta;
b) 40 ta;
c) 50 ta.

7. Bani Qurayza musoharasi necha kun davom etdi?
a) 30 kun;
b) 25 kun;
c) 15 kun.

8. Yahudiy raislaridan biri:"Bu baloni o'zinglar sotib oldinglar....Endi Muhammadga jizya to'lab yashanglar, lekin u buni qabul qilarmikin?" deganda yahudlar buni qabul qilmagandan keyin, u kishi yahudlar orasidan chiqib ketdi. Bu kishi kim edi?
a) Amr ibn Sa'diy.
b) Hay ibn Axtab.
c) Ka'b ibn Usayd.

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.

10. "œEy iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman", deb hayqirib, Bani Qurayzani yana-da qo’rquvga solib qo’ygan bahodir kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom;
b) Ali ibn Abu Tolib;
c) Umar ibn Hattob.

11. Yahudiylar kengashish maqsadida kimni yuborishni taklif qilishdi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Abu Luboba;
c) Ka’b ibn Molik.

12. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarori kimga yuklatildi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Sa'd ibn Luboba;
c) Sa'd ibn Molik.

13. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarorini bergan Avs qabilasi rahbari qaysi g’azotda qattiq yaralangan edi?
a) Ahzob;
b) Bani Mustalaq;
c) Bani Nazir.

14. Bani Qurayza yahudiylariga qanday hukm belgilandi?
a) faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketish;
b) hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketish;
c) erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.

15. Bani Qurayzaliklar taslim bo'lganidan keyin xotin-bolalarni bir joyga yig'ib, ularning oldiga kimni qorovul qilib tayinlandi?
a) Abdulloh ibn Salom.
b) Zubayr ibn Avvom. r.a.
c) Abu Luboba. r.a.

16. Bani Qurayzalik bir ayolni nega o’ldirildi?
a) zaharli ovqat pishirib, musulmonlardan birini zaharlagani uchun;
b) tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun;
c) Xandaq g’azotida xiyonat qilgan Huyay ibn Axtobni yashirgani uchun.

17. Yahudiylar bilan kengashishga borib, musulmonlarga xiyonat qilgan elchiga qanday jazo berildi?
a) ustunga bog'lab o'ldirildi;
b) Madinadan surgun qilindi;
c) uning tavbasini Alloh qabul qildi.

18. "œOlloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi" deya hidoyat topgan sahobiy kim edi?
a) Majzad ibn Savr Sadusiy
b) Sumoma ibn Molik
c) Nuaym ibn Mas’ud

19. Qur'ondagi qaysi sura Zaydning otasi ismi bilan chaqirilishiga sabab bo'ldi?
a) Furqon surasi, 54-oyat
b) Ahzob surasi, 40-oyat
c) Mo'minun surasi, 101-oyat

20. Islom haq din va Rasululloh SAVni haq rasul ekanliklarini bila turib iymon keltirmagan, yahudlar raisi bo'lgan Ka'b ibn Usaydni qatl etish qaysi sahobiylarga topshirildi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
b) Ali r.a. va Talha ibn Ubaydulloh r.a.
c) Ali r.a. va Umar r.a.


Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim va Mahdiyah savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Dekabr 2009, 08:25:49

III BOSQICH
2-tur: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari

1. Bani Lihyon g’azotiga sabab bo’lgan voqea nima edi?
a) Rasululloh SAV yuborgan 10 sahobaning o’ldirilishi.
b) Bani Qurayza qavmiga yordam bergani uchun.
c) Shomdan kelayotgan musulmonlar karvoniga hujum qilingani uchun.

2. Raji’da xiyonatkorona o’ldirilgan sahoba kim edi?
a) Amr ibn Jamuh
b) Osim ibn Sobit
c) Abu Talha al-Ansoriy

3. Payg'ambar SAV Bani Lihyon g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Abdulloh ibn Huzofa.

4. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan sahobalar soni qancha edi?
a) 200
b) 300
c) 400

5. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan askar orasida otliqlar soni qancha edi?
a) 20
b) 30
c) 40

6. Bani Lihyonda necha kun muhoraba bo’ldi.
a) 2 kun.
b) jami 14 kun.
c) muhoraba bo’lmadi.

7. Rasululloh SAV jangchi-sahobalarni Makka shahri yaqinida Asfon degan joyga nima uchun yubordilar?
a) Bani Lihyonliklarni toppish va qirib tashlash uchun.
b) Makka mushriklarini cho’chitish uchun.
c) Bani Lihyonning chorvasini qo’lga kiritish uchun.

8. Bani Lihyon yurishi jami necha kun davom etdi?
a) 10 kun.
b) 2 kun.
c) 14 kun.

9. G'oba g'azoti hijratning nechanchi yili bo'ldi?
a) 5-yili
b) 4-yili
c) 6-yili

10. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini kim boqar edi?
a) Abu Zarr;
b) Muhammad ibn Maslama;
c) Ukkosha ibn Mihson.

11. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini olib qochgan qaroqchilar boshlig’i kim edi?
a) Uyayna ibn Hisn
b) Kalb ibn Kilob
c) Fihr ibn Amr.

12. G’oba g’azotiga Rasululloh SAV nechata askar bilan chiqdilar?
a) 300
b) 400
c) 500

13. G’oba g’azotiga Rasululloh SAVdan vazifa olgan sahoba Salama ibn Akva’ning qanday harbiy mahorati bor edi?
a) Otda yaxshi chopardi.
b) Piyoda juda tez yugurardi.
c) Qilichda yaxshi jang qilardi.

14. G’oba qaroqchilari bilan olishuvda musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 1 kishi
b) 3 kishi
c) 5 kishi.

15. G’oba g'azotdan oldin Abu Zarrga r.a. tegishli qanday mo'jiza bo'lgan?
a) Bo'ladigan ishlarni Abu Zarr r.a. tushida ko'rgan.
b) Rasululloh SAV tushlarida ko'rganlar.
c) Bu ishlardan Abu Zarrni r.a. Rasululloh SAV ogohlantirganlar.

16. Dushman qo'liga bu g'azotdan oldin kim asir tushadi?
a) Abu Zarr r.a.
b) Abu Zarr r.a.ning o'g'li.
c) Abu Zarr r.a.ning xotini.

17. Bu asirni dushman qo'lidan qutulishiga kim sababchi bo'ladi?
a) Askarlar qutqarishadi.
b) Umar r.a.
c) Rasululloh SAVni Azbo ismli tuyalari.

18. Zulqassaga yuborilgan musulmonlarning 10 kishilik guruhi rahbari kim edi?
a) Zayd ibh Horisa
b) Zubayr ibn Avvom
c) Muhammad ibn Maslama

19. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvonining sardori kim edi?
a) Abu Sufyon
b) Xolid ibn Valid
c) Abul Os.

20. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvoni mollari nimaga sarf etildi?
a) 4 dan 2 qismi musulmon askariga qurol-yaroq olish uchun, 2 hissasi esa sariyyaga qatnashganlar orasida taqsimj etildi.
b) 4 dan ikki qismi sariyya qatnashchilariga taqsim etilgan, qolgan ikki qismi miskinlarga tarqatildi.
c) mollar egasiga qaytarildi.


Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim va Nodir Shomirzayev savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

1-turga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 10-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Hudaybiya g'azoti va sulhi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Dekabr 2009, 08:35:53

1-turning dastlabki natijalari

1.   Salmon Forsiy   100
2.   Lolo   100
3.   Muhammad Amin   100
4.   Mutaallimah   100
5.   Bahriddin Botirov   100
6.   Zulayho Xon   100
7.   Muallim   100
8.   Anisa   100
9.   Aziza Mannopova   100
10.   Fatima Aliyeva   95
11.   Mahdiyah   95
12.   Murod Mamasoliyev   95
13.   Dilmurod Majidov   95
14.   Abdulhafiz   90
15.   Robiya   90
16.   Olmos Isakov   90
17.   Abduvohid Ahmadaliyev   90
18.   Anvarbek Mahmudov   90
19.   Otabek Karimjonov   90
20.   Nurilla Muhamedov   90
21.   Nodir Shomirzayev   90
22.   Shoir   85
23.   Muslima20   85
24.   Xayrullo Ibragimov   80
25.   Musannif Adham   80
26.   Farrux Boltaboyev   65
27.   Farhodjon Isroilov   55
28.   Burhon To'raqulov   35

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2009, 08:50:16

III-bosqich 1-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Bahriddin Botirov   100
4   Lolo   100
5   Muallim   100
6   Muhammad Amin   100
7   Mutaallimah   100
8   Salmon Forsiy   100
9   Sunnatilla Ochilov   100
10   Zulayho Xon   100
11   Dilmurod Majidov   95
12   Fatima Aliyeva   95
13   Mahdiyah   95
14   Murod Mamasoliyev   95
15   Abdulhafiz   90
16   Abdulloh   90
17   Abduvohid Ahmadaliyev   90
18   Nodir Shomirzayev   90
19   Nurillabek   90
20   Olmos Isakov   90
21   Oybek Karimjonov   90
22   Robiya   90
23   Sa'dulla   90
24   UmmatiY_MuhammadiY   90
25   Muslima20   85
26   Nodir Mamatqulov   85
27   Shoir   85
28   Musannif Adham   80
29   Xayrullo Ibragimov   80
30   Farrux Boltaboyev   65
31   Farhodjon Isroilov   55
32   Burhon To'raqulov   35

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2009, 08:51:06

III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti
Javoblar va izohlar

1. Bani Qurayza g’azoti qachon bo’lib o’tdi?
a) 5-hijriy yilning safar oyida
b) 6-hijriy yilning muharram oyida
c) 5-hijriy yilning zulqa’da oyida
To’g’ri javob: 5-hijriy yilning zulqa’da oyida.
Izoh: Ushbu g‘azot beshinchi hijriyning Zul-qa’da oyida bo‘lib o‘tdi, qamal yigirma besh kun davom etdi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

2. Payg'ambar SAV Bani Qurayza g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Said ibn Zayd.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. ("œNur-ul yaqin")

3. Bani Qurayza g'azotida kim bayroqdor bo'ldi?
a) Umar ibn Xattob;
b) Talha ibn Ubaydulloh;
c) Ali ibn Abu Tolib.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. ("œNur-ul yaqin")

4. Bani Qurayza ustiga yurish qilgan askarlar peshinni Madinada o'qib chiqdilar. Rasululloh SAV ularga asrni Bani Qurayzaga borganda o'qishlarini aytdilar." Askarlar asr namozini qayerda o'qidilar?
a) Bani Qurayzada o'qidilar.
b) Yo'lda o'qidilar.
c) Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
To’g’ri javob: Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
Izoh Peshin namozi Madinada o‘qilgan edi. Rasululloh: «Asr namozini Bani Qurayzada o‘qinglar», deb buyurdilar.  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askariga asr namozini Qurayzaga borib o‘qinglar deganlari uchun ba’zi askar namoz qazo bo‘lsa ham, manzilga yetib o‘qidi. Qolg‘onlari esa, namozni qazo qilmay yo‘lda o‘qidilar. Rasululloh buni anglagan so‘ngida, hech qaysisini xato demadilar, chunki bu ikki firqaning birisi Rasululloh so‘zlarining asliga tushundi, ikkinchisi zohiriga amal qildi. Har ikkovining ham niyati to‘g‘ri edi.  ("œTarixi Muhammadiy").

5. Bani Qurayzada musulmonlardan necha kishi ishtirok etdi?
a) 2000;
b) 3000;
c) 4000.
To’g’ri javob: 3000.
Izoh: Jangga otlanganlarning soni uch ming nafar edi. ("œNur-ul yaqin")

6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?
a) 30 ta;
b) 40 ta;
c) 50 ta.
To’g’ri javob: 30.
Izoh: Qo‘shin uch ming kishini tashkil qildi, ichlarida o‘ttiz nafar otliq bor edi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

7. Bani Qurayza musoharasi necha kun davom etdi?
a) 30 kun;
b) 25 kun;
c) 15 kun.
To’g’ri javob: 25 kun.
Izoh: Musulmonlar ularni yigirma besh kun muhosara qildilar. ("œNur-ul yaqin")

8. Yahudiy raislaridan biri:"Bu baloni o'zinglar sotib oldinglar....Endi Muhammadga jizya to'lab yashanglar, lekin u buni qabul qilarmikin?" deganda yahudlar buni qabul qilmagandan keyin, u kishi yahudlar orasidan chiqib ketdi. Bu kishi kim edi?
a) Amr ibn Sa'diy.
b) Hay ibn Axtab.
c) Ka'b ibn Usayd.
To’g’ri javob: Amr ibn Sa'diy.
Izoh: Yana raislaridan biri Amr ibn Sa’diy:
- Muhammadga bergan ahdlaringni buzib, baloni o‘zinglar chiqardinglar. Endi unga iymon keltirmas bo‘lsanglar, o‘z dininglarda turib, Muhammadga jizya to‘langlar, lekin buni qabul qilurmi, yo‘qmi, bilmasman, — dedi. Anda yahudlar aytdi:
— Arabga jizya berib, xiroj to‘lab yurishlik, biz uchun katta nomusdir. Buni ko‘targandan o‘lganimiz yaxshiroqdir.
Anda ul aytdi:
— Ilgari-keyin qilgan xiyonatlaringga men qo‘shilgan emas erdim. Sizlarni bu ishinglardan endi ham bezordurman, — deb shul kechasi qo‘rg‘ondan chiqdi.
Payg‘ambarimizning qorovul boshlig‘i Muhammad ibn Maslamaga yo‘liqib edi, uni to‘smasdan o‘z yo‘liga qo‘ya berdi. Aning ikkinchi xabari chiqmadi. ("œTarixi Muhammadiy").

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.
To’g’ri javob: Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish.
Izoh: Qamal qattiq qiynab qo‘ygach, raislari Ka’b ibn Asad ularga uchta ishdan birini tanlashni taklif qildi:
1) Islomni qabul qilib, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning dinlariga kirish va shu bilan jonlarini, mollarini va bola-chaqalarini asrab qolish. «Uning Alloh tomonidan yuborilgan payg‘ambar va kitoblaringizda aytilgan o‘sha nabiy ekani sizlarga allaqachon ayon bo‘ldi», dedi u.
2) Ayollarini va bolalarini o‘z qo‘llari bilan o‘ldirib, musulmonlar qarshisiga qilich yalang‘ochlab chiqib borish va to g‘alaba qozonguncha yoki bitta ham qolmay qirilib ketguncha jang qilish.
3) Musulmonlarni g‘aflatda qoldirib, shanba kuni birdan ustilariga hujum qilish. Chunki, ular yahudlar shanba kuni jang olib bormaydi, degan ishonchda beparvo bo‘lishadi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

10. "œEy iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman", deb hayqirib, Bani Qurayzani yana-da qo’rquvga solib qo’ygan bahodir kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom;
b) Ali ibn Abu Tolib;
c) Umar ibn Hattob.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Banu Qurayza g‘azoti asablar jangi edi. Alloh taolo ularning dillariga qo‘rquv solib qo‘ydi, ularning ruhiy holatlari yemirilib bordi, Aliy ibn Abi Tolib bilan Zubayr ibn Avvom ikkovlari olg‘a tashlanib, Aliy: «Ey iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman», deb hayqirganida esa asablari butkul dosh berolmay qoldi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

11. Yahudiylar kengashish maqsadida kimni yuborishni taklif qilishdi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Abu Luboba;
c) Ka’b ibn Molik.
To’g’ri javob: Abu Luboba.
Izoh: Yahudiylar: "Bizga Abu Lubobani yuborgin. U bilan kengashib bir qarorga kelaylik", deyishdi. Abu Luboba yahudiylarning ittifoqchisi Avs qabilasidan bo‘lib, bola-chaqasi, mol-mulki yahudiylarning qo‘lida edi. ("œNur-ul yaqin")

12. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarori kimga yuklatildi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Sa'd ibn Luboba;
c) Sa'd ibn Molik.
To’g’ri javob: Sa'd ibn Ma'oz.
Izoh: Odamlar rozi bo‘lajaklarini aytib, hukm chiqarish huquqini o‘z oqsoqollari Sa’d ibn Maozga munosib ko‘rishdi. ("œNur-ul yaqin")

13. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarorini bergan Avs qabilasi rahbari qaysi g’azotda qattiq yaralangan edi?
a) Ahzob;
b) Bani Mustalaq;
c) Bani Nazir.
To’g’ri javob: Ahzob.
Izoh: Shundan so‘ng Sa’d ibn Muozni olib kelishga odam yubordilar. U Ahzob g‘azotida bilakdagi jon tomiridan olgan jarohati tufayli bu jangga chiqolmay Madinada qolgan edi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

14. Bani Qurayza yahudiylariga qanday hukm belgilandi?
a) faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketish;
b) hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketish;
c) erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
To’g’ri javob: erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bu fikrni tasdiqlab: "Ey Sa’d, bani Qurayza yahudiylari ustidan hukm chiqar, dedilar. Sa’d sahobalarga yuzlanib: "Men chiqargan hukmni ijro etishga Xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichasizlarmi?" deb so‘radi. Sahobalar qasam ichib, rasululloh ularning fikrini tasdiqlagach, Sa’d qarorini aytdi: "Erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olishga hukm etaman". "Sen Ollohning hukmi kabi hukm chiqarding", dedilar rasululloh. Suiqasdchi xoinlarning jazosi shunday bo’lishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salomning amriga binoan hukm shu zahoti ijro etildi. ("œNur-ul yaqin")

15. Bani Qurayzaliklar taslim bo'lganidan keyin xotin-bolalarni bir joyga yig'ib, ularning oldiga kimni qorovul qilib tayinlandi?
a) Abdulloh ibn Salom.
b) Zubayr ibn Avvom. r.a.
c) Abu Luboba. r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Salom.
Izoh: Shu chog‘da Hazrati Ali qichqirib aytdikim:
— Ey mo‘minlar, olg‘a yuringlar. Alloh haqqi, Uhud urushida Hamza ichgan shahodat sharbatini ichgayman yoki bu kun shu qal’ani olg‘ayman.
Bu so‘zni anglashib, yahudlarga bir vahima qo‘rqinch tushdi. Nima qilishlarini bilmasdan, nochor shartsiz Rasulullohning hukmiga taslim bo‘ldilar. Qurol ko‘tarishga yarashlik kishilarning soni bularning ichida olti yuzga yaqin bor edi. Bulardan xotun-bolalarni ajratib, boshqa joyga chiqarib, bularning ustiga Abdulloh ibn Salomni qorovul qo‘ydilar. Bu kishi ersa, yahudlar ichida eng buyuk olimlardan hisoblanar edi. Bu kishining qandoq iymon keltirganliklari yuqorida yozilib o‘tilgandir. ("œTarixi Muhammadiy").

16. Bani Qurayzalik bir ayolni nega o’ldirildi?
a) zaharli ovqat pishirib, musulmonlardan birini zaharlagani uchun;
b) tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun;
c) Xandaq g’azotida xiyonat qilgan Huyay ibn Axtobni yashirgani uchun.
To’g’ri javob: tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun.
Izoh: Banu Qurayza ayollaridan faqat bitta xotinni qatl etildi. Sababi — u Xallod ibn Suvayd ustiga tegirmon toshini tashlab, uni o‘ldirgan edi. Uni shuning uchun o‘ldirildi. ("œAr-rahiq al-maxtum")

17. Yahudiylar bilan kengashishga borib, musulmonlarga xiyonat qilgan elchiga qanday jazo berildi?
a) ustunga bog'lab o'ldirildi;
b) Madinadan surgun qilindi;
c) uning tavbasini Alloh qabul qildi.
To’g’ri javob: Uning tavbasini Alloh qabul qildi.
Izoh: Musulmonlar Madinaga qaytib kelgach, Olloh taolo Qur’ondagi Tavba surasining 102-oyatini nozil qilib, Abu Lubobaning tavbasini qabul etdi: "Yaxshi ishga yomonlikni aralashtirilib bajargan bir guruh odam o‘zlarining gunohini tan olishdi, Olloh ularning tavbasini qabul qilishi mumkin, Olloh mag‘firat etguvchidir, benihoya mehribondur. ("œNur-ul yaqin")

18. "œOlloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi" deya hidoyat topgan sahobiy kim edi?
a) Majzad ibn Savr Sadusiy
b) Sumoma ibn Molik
c) Nuaym ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Sumoma ibn Molik.
Izoh: Abu Hurayra raziyallohu anhudan nahl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga otliqlarni yubordilar. Ular Banu Hunayfa qabilasidan Samoma ibn Usol ismli kishini tutib kelishib, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi, Rasululloh uning oldiga borib «Ey Samoma, dilingda nima gap bor'»— dedilar. Samoma «Yo Muhammad, dilimda yaxshilik mavjud, agar o‘ldirsangiz, bir tirik odamni o‘ldirasiz, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikni biladirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz, basharti mol-dunyo istasangiz, xohlaganingizcha so‘rangiz!» — dedi. Janob Rasululloh ertangi kun kelguncha uni o‘z holiga qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!»—dedilar. Samoma «Yana o‘sha gap, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikka yaxshilik qaytaradirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz!»— dedi. Janob Rasululloh uni yana o‘z holiga tashlab qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!» — dedilar. U «Yana o‘sha gap!» — dedi. Janob Rasululloh: «Samomani qo‘yib yuboringizlar!» — dedilar, uni qo‘yib yuborishdi. Samoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi-da, masjidga qaytib kirdi, so‘ng «Ashhadu anlo iloha illallohu va-shhadu anna Muhammadan rasulullohi» deb iymon keltirdi, keyin «Yo Muhammad! Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi. Men umra qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, otliqlaringiz ushlab kelishdi, endi nima qilayin?»—dedi. Rasululloh uni xushnud qilib, umra qilishni amr qildilar. Samoma Makkaga kelganda unga bir kishi «Dindan qaytgan?»— dedi. Samoma «Xudo haqi, unday ermas, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam huzurlarida musulmon bo‘ldim. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, endi ul zotning ijozatlarisiz sizlarga Yamomadan bir dona bug‘doy doni ham kelmagay!»—dedi». ("œSahihi Buxoriy")

19. Qur'ondagi qaysi sura Zaydning otasi ismi bilan chaqirilishiga sabab bo'ldi?
a) Furqon surasi, 54-oyat
b) Ahzob surasi, 40-oyat
c) Mo'minun surasi, 101-oyat
To’g’ri javob: b) Ahzob surasi, 40-oyat.
Izoh: Parvardigori Olam arablardagi bola asrash odatining ayrim zararli tomonlarini e'tiborga olib, bu odatni Ahzob surasining 40-oyatida bekor qildi: "Muhammad sizlardan biron kishining otasi emasdir, balki u Allohning payg ambari va payg ambarlarning so nggisidir. Alloh barcha narsani bilguvchi bo lgan zotdir" deb marhamat qildi. Shu daqiqadan e'tiboran asrandi o'g'il Muhammadning og'li Zayd deb emas, Horisaning o'g'li Zayd deb atala boshlandi. ("œNurul Yaqin")

20. Islom haq din va Rasululloh SAVni haq rasul ekanliklarini bila turib iymon keltirmagan, yahudlar raisi bo'lgan Ka'b ibn Usaydni qatl etish qaysi sahobiylarga topshirildi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
b) Ali r.a. va Talha ibn Ubaydulloh r.a.
c) Ali r.a. va Umar r.a.
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
Izoh: Hukm yurgizish ustida Rasululloh o‘zlari turdilar. Ularning raisi Ka’b ibn Usaydni o‘limga keltirildi. Anda Rasululloh unga qarab:
— Ey Ka’b, sizlarning eng ulug‘ oliminglar bo‘lgan Ibn Haroshning qilgan nasihati sizlarga nechuk ta’sir qilmadi? Ul meni ko‘rmay turib, iymon keltirmish edi. Meni haq payg‘ambar deb tanimish erdi, o‘lar vaqtida aytgan uning salomini menga yetkazgan edinglar. Nega uning so‘zini qabul qilmadinglar? — dedilar. Anda Ka’b:
— Ey Abul Qosim, bu aytgan so‘zlaring barisi to‘g‘ridur. Qilichdan qo‘rqib iymon keltirdi, degan ta’na so‘zdan saqlanurman. Yo‘q esa hozir iymon keltirur edim. Men uchun or, nordan (olovdan) qattiqroqdir. Ordin qochib nor bo‘lsa ham, yahud dinida o‘lishni yaxshiroq ko‘rdim, — dedi.
Bu hukmni bajarish xizmati esa Hazrati Ali bilan Zubayr ibn Avvomga topshirilgan edi.  ("œTarixi Muhammadiy").

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2009, 08:54:06

III BOSQICH
3-tur: Hudaybiya qissasi. 1-qism

1. Rasulloh SAVni umra safariga undagan tush qanday edi?
a) sahobalar bilan Makka ustidan g’alaba qilib, Baytullohni tavof qilganlarini ko’rdilar.
b) hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rdilar.
c) makkaliklarning musulmon bo’lishini va sahobalar bilan birgalikda umra qilganliklarini ko’rdilar.

2. Hudaybiya safariga chiqqan askarlar soni nechta edi?
a) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1400, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
b) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 2800, boshqa rivoyatda 3000 nafar.
c) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1000, boshqa rivoyatda 1500 nafar.

3. Bu safarda Rasululloh SAVga qaysi zavjalari hamrohlik qildi?
a) Oyisha r.a.
b) Zaynab r.a.
c) Ummu Salama r.a.

4. Rasululloh SAV Makkaga safarga chiqishlarida, o’z o’rinlariga Madinada kimni qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn ummu Maktum r.a.
b) Usmon ibn Affon.r.a.
c) Zayd ibn Horisa r.a.

5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlari davomida necha marta umra qilganlar?
a) 4 marta
b) 6 marta
c) 3 marta

6. Hudaybiya safari qaysi oyda bo'lib o'tdi?
a) safar oyida
b) zulhijja oyida
c) zulqa'da oyida

7. Hudaybiya safari qaysi kundan boshlandi?
a) juma
b) chorshanba
c) dushanba

8. Hudaybiya safariga kimlar chiqdilar?
a) muhojirlar va ansorlar
b) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar
c) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar, Makka bilan Madina orasidagi musulmonlikni qabul qilgan qabilalardan vakillar.

9. Hudaybiya safariga Rasululloh SAV qaysi tuyalarida chiqdilar?
a) Qasvo
b) Jad’o
c) Azboa

10. Hudaybiya g’azotiga sahobalar o’zlari bilan qaysi urush qurollarini oldilar?
a) Sahobalarning ba’zilari har ehtimolga qarshi deya qilich va nayzalarini oldilar.
b) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun hech narsa olmadilar.
c) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun faqat qilichlarini oldilar.

11. Rasululloh SAV va ashoblari Umrani niyat qilib qayerda ehrom bog’ladilar?
a) Madinai munavvarada.
b) Zul Xulayfada.
c) Hudaybiyada.

12. Rasululloh SAV MAkkaga borganlarida qurbonlik qilish uchun o’zlari bilan nechta tuyani olib ketdilar?
a) 10 ta.
b) 20 ta.
c) 70 ta.

13. Musulmonlarni Makkaga yaqinlashtirmaslik uchun mushriklar askar yig’ib urushga tayorgarlik ko’rdilar. Mushrik askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Abu Sufyon.
b) Abu Lahab.
c) Xolid ibn Valid

14. Mushrik askarlari necha kishidan iborat edi?
a) 200 ta
b) 300 ta.
c) 400 ta.

15. Usfon manziliga yetganlarida Rasululloh SAV sahobalarga endi nima qilish kerakligi haqida maslahat soldilar. Shunda Abu Bakr Siddiq qanday maslahat berdilar?
a) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Ular bilan sulh tuzib, umra qilib qaytamiz.
b) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Lekin kim bizni Baytullohdan to’ssa, u bilan urush qilamiz.
c) Allohning uyidan kimki bizni qaytarsa, so’nggi tomchi qonimiz qolguncha u bilan jang qilamiz.

16. Yo’l o’zgarib, sahobalar avval toshli yo’ldan yurib, so’ng tekis keng vodiyga chiqdilar. Shunda Rasululloh SAV: «Bu Bani Isroilga arz qilingan «hutti» edi, ammo, aytmadilar» deb, sahobalarga qaysi duoni aytishni buyurdilar?
a) «Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu»
b) «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘firli»
c) «Nastag‘firullohi va natubi ilayh»

17. Musulmonlar Makkaga boshqa yo’ldan yaqinlashib kelgacha, Muror degan joyda to’xtab qoldilar. Buning sababi nima edi?
a) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
b) Rasululloh SAVni tuyalari shu joyga kelganda cho’kib olgani uchun.
c) Yo’llari mushriklar to’sib qo’ygani uchun.

18. Musulmonlar Hudaybiya degan joyga joylashganlaridan keyin Makkadan ularning oldiga kim vakil bo’lib keldi?
a) Budayl ibn Varqo
b) Ka’b ibn Luay.
c) Xulays ibn Alqama.

19. Qurayshdan kelgan ikkinchi vakil, Rasululloh SAV: «Bu aldamchi odam» deb ta’riflagan kimsa kim edi?
a) Xulays ibn Alqama
b) Maqriz ibn Hafs
c) Urva ibn Ma’sud

20. Makka mushriklari tarafidan vakil qilib yuborilgan Xulays ibn Alqama qaysi qabiladan edi?
a) Xuzo’a
b) Ahobish
c) Juzom


Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim, Oybek Karimjonov, Nodir Shomirzayev, Nodir Mamatqulov, Mahdiyah va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

2-turga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 17-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi turning taxminiy mavzulari:
4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism (bay’at jarayoni)
5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism (sulh jarayoni)
6-tur: Ro’za hukmlari. 1-qism (Hanafiy mazhabida)
7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchi jo’natganlari
8-tur: Haybar g’azoti
9-tur: Mu’ta g’azoti
10-tur: Ro’za hukmlari. 2-qism (Hanafiy mazhabida)

Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2009, 09:19:40

III bosqich 2-turning dastlabki natijalari

1   Abdulhafiz      100
2   Abdulloh      100
3   Bahriddin Botirov      100
4   Dilmurod Majidov      100
5   Mahdiyah      100
6   Muallim      100
7   Musannif Adham      100
8   Mutaallimah      100
9   Salmon Forsiy      100
10   Xayrullo Ibragimov      100
11   Lolo      95
12   Muhammad Amin      95
13   Olmos Isakov      95
14   UmmatiY_MuhammadiY      95
15   Nodir Mamatqulov      90
16   Oybek Karimjonov      90
17   Shoir      90
18   Nodir Shomirzayev      85
19   Nurillabek      85
20   Farhodjon Isroilov      80
21   Robiya      70
22   Burhon To'raqulov      45

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2009, 09:22:54

III bosqichning umumiy natijalari:

1   Bahriddin Botirov         200
2   Muallim         200
3   Mutaallimah         200
4   Salmon Forsiy         200
5   Dilmurod Majidov         195
6   Lolo         195
7   Mahdiyah         195
8   Muhammad Amin         195
9   Abdulhafiz         190
10   Abdulloh         190
11   Olmos Isakov         185
12   UmmatiY_MuhammadiY         185
13   Musannif Adham         180
14   Oybek Karimjonov         180
15   Xayrullo Ibragimov         180
16   Nodir Mamatqulov         175
17   Nodir Shomirzayev         175
18   Nurillabek         175
19   Shoir         175
20   Robiya         160
21   Farhodjon Isroilov         135
22   Anisa         100
23   Aziza Mannopova         100
24   Sunnatilla Ochilov         100
25   Zulayho Xon         100
26   Fatima Aliyeva         95
27   Murod Mamasoliyev         95
28   Abduvohid Ahmadaliyev         90
29   Sa'dulla         90
30   Muslima20         85
31   Burhon To'raqulov         80
32   Farrux Boltaboyev         65

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Dekabr 2009, 08:16:22

III-bosqich 2-turning yakuniy natijalari:

1   Abdulhafiz      100
2   Abdulloh      100
3   Abduvohid Ahmadaliyev      100
4   Anisa      100
5   Aziza Mannopova      100
6   Bahriddin Botirov      100
7   Dilmurod Majidov      100
8   Mahdiyah      100
9   Muallim      100
10   Murod Mamasoliyev      100
11   Musannif Adham      100
12   Mutaallimah      100
13   Sa'dulla      100
14   Salmon Forsiy      100
15   Sunnatilla Ochilov      100
16   Xayrullo Ibragimov      100
17   Zulayho Xon      100
18   Dilnura Hakimova      95
19   Lolo      95
20   Muhammad Amin      95
21   Olmos Isakov      95
22   UmmatiY_MuhammadiY      95
23   ЖАМШИДЖОА      95
24   Nodir Mamatqulov      90
25   Oybek Karimjonov      90
26   Shoir      90
27   Nodir Shomirzayev      85
28   Nurillabek      85
29   Farhodjon Isroilov      80
30   Robiya      70
31   Burhon To'raqulov      45

Qayd etilgan