III BOSQICH
10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism
Javoblar va izohlar
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Quraysh ahli johiliyat davrida, Ramazon ro’zasi farz bo’lgunga qadar qaysi oyning nechanchi kunida ro’za tutar edilar?a) Robiul avvalning 12 kuni
b) Zulhijjaning 10 kuni
c) Muharramning 10 kuni
d) Sha’bon oyida 15 kuni
To’g’ri javob: Muharramning 10 kuni
Izoh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutar edilar va boshqalarni ham shul kuni ro’za tutmoqqa buyurar edilar. Ramazon oyining ro’zasi farz qilingandan so’ng, Muharram oyida tutadirgan ro’zani tark etdilar".
Oisha roziyallohu anho aytadilar: "œJohiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o’ninchi kuni ro’za tutar erdi. So’ng (ya’ni, islom dini barpo bo’lgandan so’ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro’za tutmoqni buyurib: "œXohlagan kishi Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin", - dedilar". ("œSahihul Buxoriy". Ro’za kitobi)
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida nimani mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik deganlar?a) Xurmo
b) Asal
c) Sut
d) Arpa unidan tayyorlangan non
To’g’ri javob: Xurmo
Izoh: Abu Dovudning bir rivoyatida:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œXurmo mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik" deganlar. ("œHadis va hayot" Ro’za, 1232 hadis, 76-bet)
3. Ramazonda kasal bo’lib qolgan odamning ro’zasi nima bo’ladi?a) har 1 kuniga 1 miskinni taomlantiradi.
b) qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
c) undan ro’za tutishlik kasallik kunlari uchun soqit bo’ladi.
To’g’ri javob: qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
Izoh: Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi. (Keksalik yoki zaifligi sababli) ro‘za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim. Bas, kim o‘z ixtiyori bilan ziyoda yaxshilik qilsa (lozim bo‘lganidan ortiqroq evaz to‘lasa), o‘ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun (evaz berish yoki hatto uzrli holatda ro‘za tutmaslikka nisbatan) yaxshiroqdir. (Baqara surasi, 183-184-oyatlar)
Ibn Abbos roziyallohu anhu: "œBu oyat mansux emas, balki qari chol va kampir uchundir. Ular ro’za tutishga qodir emas. Bas, har bir kun orniga bir miskinni taomlantirurlar", dedi, deyilgan".
Buxoriy rivoyati
Ibn Abbos roziyallohu anhudan ushbu oyat haqida rivoyat qilinadi: "œBu ruxsat faqat ro’zani ko’tara olmaydigan va shifosiz bemorlargagina beriladi".
Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Ko’rinib turibdiki, mazkur oyati karimada ko’zda tutilganlar umuman ro’za tutishga yaramaydigan o’ta qari cholu kampirlar va tuzalishdan umid yo’q bemorlardir. Bu toifadagi kishilar hech ro’za tutish imkoniga ega bo’lmaganlari uchun o’rniga fidya berishlari joriy qilingan.
Vaqtinchalik ro’za tutishda qiyinchilikka duchor bo’lib, keyin yana ro’za tutishga ega bo’ladigan musofir va tuzalishdan umid bor bemorlarga esa, imkon topganda qazo qilib tutib berish joriy qilingan. Homilador va emizukli ayollar ham keyin ro’za tutish imkoniga ega bo’ladigan kishilar qatoridadirlar. ("œHadis va hayot" Ro’za, 1273 hadis, 137-bet)
4. Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Ushbu miqdor qancha?a) 1843 g
b) 2,5 kg
c) 1644 g
d) 2452 g
To’g’ri javob: 1843 g
Izoh: Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Bir mudd - 1843 grammdir. ("œKifoya")
5. "Va to oq ip qora ipdan ajraguncha yeb ichinglar" oyatining nozil bo'lishiga sabab bo'lgan sahobiy kim bo'lgan?a) Abu Atiyya
b) Yazid ibn Abu Ubayd
c) Adiy ibn Hotim
d) Safvon ibn Assol
e) Qays ibn Sirma
To’g’ri javob: Qays ibn Sirma
Izoh: Baro roziyallohu anhudan rivoyat: "Muhammad (s.a.v)ning sahobalaridan qachon bir kishi ro'zador bo'lsa-yu iftor vaqtida iftor qilmay uhlab qolsa, o'sha kecha va ertasiga kunduzi, to kech kirmaguncha taom yemas edi. Qays ibn Sirma ro'zador edi. Iftor bo'lganida xotinining oldiga kelib, "Taoming bormi?" dedi. Xotini: "Yo'q, lekin borib senga taom keltiraman", dedi.
U kunduzi ishlar edi. Ko'zi ilinib uxlab qildi. Xotini qaytib kelib, uni ko'rib, sho'ring qurisin dedi. Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yiqildi. Bu narsa payg'ambar (s.a.v.) ga zikr qilindi va ushbu oyat nozil bo'ldi:
"Sizlarga ro'za kechasida ayollaringizga yaqinlik qilish halol qilindi..."
Buning uchun juda hursand bo'ldilar.
Shuningdek:
"Va to oq ip qorq ipdan ajraguncha yeb ichinglar" ham nozil bo'ldi.
Buxoriy, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis )
6. Ro’za dastlab farz bo'lgan vaqtda qaysi qoidalar amalda bo'lgan?a) Iftor vaqti quyosh botgandan hufton vaqtigacha bo'lgan
b) Jinsiy aloqaga vaqtincha ruxsat bo'lmagan
c) Ro'za tutish ixtiyoriy bo'lib, istagan odam ro'za tutar edi, istagan odam fidya berar edi
d) a va c
e) a va b
f) a, b, c
To’g’ri javob: a va c
Izoh: 1) "Nabiy (s.a.v)ning davrlarida huftonni o'qiganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollar harom bo'lar edi va yanagi kechaga ro'za tutar edilar. Shunda bir kishi o'z nafsiga xiyonat qildi. Huftonni o'qib bo'lib, iftor qilmay turib, xotiniga yaqinlik qildi. So’ngra Alloh o'shani qolganlarga oson, ruxsatli va manfaatli qilishni iroda etdi. U pok zot:
"Alloh, albatta, siz o'z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, U sizlarni kechirdi va avf qildi..." oyatini oxirigacha tushirdi. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis.)
2) Salama ibn al-Akva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"U(ro'za)ni qiynalib tutadiganlarga bir miskin taomicha fidya berishdir" oyati nozil bo'lganida, kim xohlasa og'zi ochiq yurar va fidya berar edi. Bu hol to undan keyingi:
"Bas, sizdan kim shu(ramazon) oyida hozir bo'lsa, uning ro'zasini tutsin" oyati nozil bo'lguncha davom etdi. Shu bilan oldingi oyatni nasx qildi". ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1205-hadis va uning hanafiy mazhabi bo'yicha sharhidan foydalanildi).
7. Qaysi javobda oq kunlar ro'zasi ko'rsatilgan?a) Muharram oyining 9-10 va 11-kunlarining ro'zasi
b) Shavvol oyida olti kun ro'za tutish
c) Zulhijjada 10 kun ro'za tutish
d) Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
e) Har oyning boshida, o'rtasida va oxirida ro'za tutish
f) Dushanba va payshanba kunlarning ro'zasini tutish
To’g’ri javob: Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
Izoh: Oq kunlar, degani tunlari oq bo'lgan kunlardir. Oy to'lishib 13 kunlik bo'lganda eng yorug' bo'ladi. Ana o'sha o'n uchinchi kecha va undan keying o'n to'rtinchi va o'n beshinchi kechalar oq tunlar deyiladi.
Milhon al-Qaysiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizlarga oqlarning o'n uch, o'n to'rt va o'n beshning ro'zasini tutishni amr qilar edilar va "Ular xuddi yil bo'yiga o'xshar", dedilar.
Sunan egalari rivoyat qilishgan. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1333-hadis)
8. Bir odam ramazon ro'zasini tutishni niyat qilib olgach, hushidan ketib bir necha kun behush yotdi. Hushiga kelgach qanday yo'l tutadi?a) Undan behush yotgan kunlari miqdoricha ro'za soqit bo'ladi
b) Niyat qilib olgan kunining ro'zasi Ramazondan hisob qilinadi va qolgan kunlariga qazo tutmaydi
c) Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
d) Faqat niyat qilgan kuninigina qazosini tutadi
e) a va b
To’g’ri javob: Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
Izoh: Agar bir necha kun hushidan ketib yotgan bo'lsa, o'sha kunlarning qazosini tutadi. Illo, niyatini qilgan kunni tutmaydi. Chunki o'sha kunning ro'zasi o'z o'rnida ado bo'lgan hisoblanadi. ("Kifoya")
9. Bir kishi ro’za tutish (yoki ochish) hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa nima qiladi?a) Ro’za tutmaydi, chunki ro’za tutish hilolini kamida uch kishi ko’rishi kerak
b) Bu holatda ro’za tutish tutmaslik o’z ixtiyorida bo’ladi
c) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
To’g’ri javob: Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
Izoh: Kim ro’za tutish yoki ochish hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa ham ro’za tutadi. Bir yurtda faqat birgina kishi Ramazon kirgani yoki chiqqanining alomati bo’lgan hilolni ko’rdi. Kelib qozi huzurida guvohlik berganda qozi guvohligini qabul qilmasa, ikki holatda ham ro’za tutadi. Agar tutmasa, qazosini tutadi. Unga kafforat vojib bo’lmaydi. Chunki, kafforat shubha ila sobit bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")
10. Bulutli kunda ro’zani boshlash haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?a) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
b) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul yoki ayol bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda adolatli ikki kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar ularning biri qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
d) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u ayol yoki yosh bola bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
To’g’ri javob: Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
Izoh: Bulutli kunda adolatli bir kishining, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, ro’zani boshlash haqidagi guvohligi qabul qilinadi. Chunki, bu diniy xabar bo’lib, uning qabul bo’lishi uchun faqat adolat shart qilinadi. (Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: "œKifoya")