Muallif Mavzu: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 120539 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #150 : 29 Yanvar 2010, 08:43:37 »
III BOSQICH
10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Quraysh ahli johiliyat davrida, Ramazon ro’zasi farz bo’lgunga qadar qaysi oyning nechanchi kunida ro’za tutar edilar?
a) Robiul avvalning 12 kuni
b) Zulhijjaning 10 kuni
c) Muharramning 10 kuni
d) Sha’bon oyida 15 kuni
 
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida nimani mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik deganlar?
a) Xurmo
b) Asal
c) Sut
d) Arpa unidan tayyorlangan non
 
3. Ramazonda kasal bo’lib qolgan odamning ro’zasi nima bo’ladi?
a) har 1 kuniga 1 miskinni taomlantiradi.
b) qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
c) undan ro’za tutishlik kasallik kunlari uchun soqit bo’ladi.

4. Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Ushbu miqdor qancha?
a) 1843 g
b) 2,5 kg
c) 1644 g
d) 2452 g

5. "Va to oq ip qora ipdan ajraguncha yeb ichinglar" oyatining nozil bo'lishiga sabab bo'lgan sahobiy kim bo'lgan?
a) Abu Atiyya
b) Yazid ibn Abu Ubayd
c) Adiy ibn Hotim
d) Safvon ibn Assol
e) Qays ibn Sirma

6. Ro’za dastlab farz bo'lgan vaqtda qaysi qoidalar amalda bo'lgan?
a) Iftor vaqti quyosh botgandan hufton vaqtigacha bo'lgan
b) Jinsiy aloqaga vaqtincha ruxsat bo'lmagan
c) Ro'za tutish ixtiyoriy bo'lib, istagan odam ro'za tutar edi, istagan odam fidya berar edi
d) a va c
e) a va b
f) a, b, c

7. Qaysi javobda oq kunlar ro'zasi ko'rsatilgan?
a) Muharram oyining 9-10 va 11-kunlarining ro'zasi
b) Shavvol oyida olti kun ro'za tutish
c) Zulhijjada 10 kun ro'za tutish
d) Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
e) Har oyning boshida, o'rtasida va oxirida ro'za tutish
f) Dushanba va payshanba kunlarning ro'zasini tutish

8. Bir odam ramazon ro'zasini tutishni niyat qilib olgach, hushidan ketib bir necha kun behush yotdi. Hushiga kelgach qanday yo'l tutadi?
a) Undan behush yotgan kunlari miqdoricha ro'za soqit bo'ladi
b) Niyat qilib olgan kunining ro'zasi Ramazondan hisob qilinadi va qolgan kunlariga qazo tutmaydi
c) Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
d) Faqat niyat qilgan kuninigina qazosini tutadi
e) a va b

9. Bir kishi ro’za tutish (yoki ochish) hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa nima qiladi?
a) Ro’za tutmaydi, chunki ro’za tutish hilolini kamida uch kishi ko’rishi kerak
b) Bu holatda ro’za tutish tutmaslik o’z ixtiyorida bo’ladi
c) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi

10. Bulutli kunda ro’zani boshlash haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
b) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul yoki ayol bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda adolatli ikki kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar ularning biri qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
d) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u ayol yoki yosh bola bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi

11. Bulutli kunda Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ularning biri qul bo’lsa ham, adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
b) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli va qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
d) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) a va d javoblar to’gri
f) b, c va d javoblar to’gri

12. Muqim kishi ro’za holida safarga chiqsa nima qiladi?
a) Ro’zasini ochib yuboradi va keyin qazo tutib beradi
b) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo va kafforat vojib bo’ladi
c) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
d) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo ham, kafforat ham vojib bo’lmaydi

13. Agar bir kishi ramazon oyining hammasida yoki ba’zisida devona bo’lsa qazo tutadimi?
a) Agar oyning hammasida yoki ba’zi kunida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
b) Agar oyning hammasida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
c) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi
d) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, faqat o’sha kunni qazosini tutadi
d) b va c javoblar to’g’ri
e) b va d javoblar to’gri

14. Kofir odam ramazonning biror kunida musulmon bo’lsa, o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, 1 kundan so’ng ro’za tutadi
b) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, keyingi ramazondan ro’za tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
d) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
e) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi.

15. Musofir odam tong otgandan so’ng safardan qaytsa o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
b) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi
e) Kunning qolgan qismida ro’za tutmaydi, qazo ham vojib bo’lmaydi

16. Qaysi turdagi ro’zalarni qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi?
a) Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
b) Tayinli bo’lmagan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
c) Tayinli bo’lgan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
d) Tayinli bo’lmagan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
e) a va b javoblar to’g’ri
f) a, b va c javoblar to’g’ri

17. Ramazonda e’tikof o’tirish qanday amal hisoblanadi?
a) Vojib
b) Muboh
c) Sunnati muakkada
d) Sunnati zoida
e) Mustahab

18. Ro’zador tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladimi?
a) ha, ro’zasi buziladi va qazosini tutib kafforat berishi shart
b) yo’q, chunki u o’z ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holga tushib qoldi
c) ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
d) oz miqdordagi suvning ketib qolishida ro’zador uchun hech narsa vojib bolmaydi
e) b va d javoblar

19. Nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori ro’zani ochadimi?
a) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas, ro’za ochilmaydi.
b) ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
c) purkagichdan sepilgan dori tanaga g’izo bo’lishi mumkin, bunda ro’za ochiladi.
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi, balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi, ro’za ochilmaydi.
e) a va d javoblar.

20. Quyidagilardan qaysi biri ro‘zani ochadi?
a) tahlil uchun qon olish
b) arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish
c) teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar
d) burunga purkaluvchi dori
e) Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.


Ushbu turda Mahdiyah, Sayyid Umarxon, Bahriddin Botirov, Aziza Mannopova, Anisa va AbdulAzizning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

9-turga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 4-fevralgacha yo’llashlari mumkin.

10-tur javoblarini jo’natish uchun oxirgi muddat: 11-fevralgachadir.

Allohga hamdlar bo’lsin, “Biz Islomni bilamizmi?” viktorinasining 3-bosqich oxirgi tur savollarini yo’llab bo’ldik. Inshaalloh, 2 haftadan so’ng g’oliblarni e’lon qilamiz. Agar 1-7-o’rinlarning ballari bir xil bo’lib qolsa, ular o’rtasida yana qo’shimcha tur o’tkaziladi.

G’oliblarni taqdirlash uchun xomiylik qilmoqchi bo’lganlarni hamkorlikka taklif etamiz.
« So'nggi tahrir: 01 Fevral 2010, 15:13:09 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #151 : 29 Yanvar 2010, 08:55:38 »
III bosqich 8-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa      100
2   Aziza Mannopova      100
3   Bahriddin Botirov      100
4   Dilmurod Majidov      100
5   Dilnura Hakimova      100
6   Mahdiyah      100
7   Muallim      100
8   Muhammad Amin      100
9   Mutaallimah      100
10   Sa'dulla      100
11   UmmatiY_MuhammadiY      100
12   Zulayho Xon      100
13   Fatima Aliyeva      95
14   Lolo      95
15   Shoir      95
16   Xayrullo Ibragimov      95
17   Abdulhafiz      90
18   Abduvohid Ahmadaliyev      90
19   Nodir Shomirzayev      85
20   Oybek Karimjonov      85
21   Musannif Adham      80
22   Burhon To'raqulov      25
23   Farhodjon Isroilov      20
« So'nggi tahrir: 01 Fevral 2010, 15:04:54 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #152 : 01 Fevral 2010, 15:05:06 »
III bosqich 9-turning dastlabki natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      100
2   Anisa      100
3   Aziza Mannopova      100
4   Mutaallimah      100
5   Zulayho Xon      100
6   Lolo      95
7   Dilnura Hakimova      90
8   Oybek Karimjonov      90
9   Fatima Aliyeva      85
10   Shoir      85
11   Xayrullo Ibragimov      85
12   Farhodjon Isroilov      40
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #153 : 01 Fevral 2010, 15:05:25 »
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Anisa      885
2   Aziza Mannopova      885
3   Zulayho Xon      885
4   Mutaallimah      845
5   Abduvohid Ahmadaliyev      835
6   Lolo      825
7   Shoir      800
8   Oybek Karimjonov      790
9   Xayrullo Ibragimov      785
10   Bahriddin Botirov      780
11   Mahdiyah      780
12   Dilmurod Majidov      770
13   Muallim      765
14   Muhammad Amin      765
15   UmmatiY_MuhammadiY      750
16   Sa'dulla      745
17   Dilnura Hakimova      685
18   Abdulhafiz      675
19   Musannif Adham      670
20   Fatima Aliyeva      665
21   Robiya      530
22   Sunnatilla Ochilov      500
23   Salmon Forsiy      485
24   Olmos Isakov      445
25   Nodir Shomirzayev      440
26   Farhodjon Isroilov      385
27   Nurillabek      295
28   Murod Mamasoliyev      280
29   Abdulloh      270
30   Nodir Mamatqulov      260
31   Burhon To'raqulov      250
32   Ð–АМШИДЖОН      180
33   Muslima20      85
34   Hadija      80
35   Farrux Boltaboyev      65
36   Anvar Abbosov      25
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #154 : 05 Fevral 2010, 09:53:02 »
III BOSQICH
9-tur: Haybar g’azotidan keyingi voqealar
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh SAV Xaybarga ketayotib Roji’ degan joyda to’xtadilar va taom buyurdilar. Ushbu taomning nomi nima edi?
a) Tirid
b) Hiys
c) Sariy
To’g’ri javob: Sariy
Izoh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam taomlarni jamlashga amr qildilar. Faqat tolqondan iborat taom jamlandi. Undan sariy nomli taom tayorlanib odamlarga tarqatildi. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”).

2. Rasululoh SAV Haybarda: «Ertaga bayroqni, albatta, Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radigan kishi oladir. Unga fath nasib bo‘ladir», dedilar. Ertasi kuni bayroqni kimga topshirdilar?
a) Abu Bakr Siddiqqa
b) Umar ibn Hattobga
c) Ali ibn Abu Tolibga
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibga
Izoh: «Ertaga bayroqni, albatta, Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radigan kishi oladir. Unga fath nasib bo‘ladir», dedilar. Katta sahobalarning har biri o‘sha odam o‘zi bo‘lishini umid qila boshladilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hazrati Ali roziyallohu anhuni chaqirdilar. O’sha paytda hazrati Ali roziyallohu anhuning ko‘zlari og‘rib qolgan edi. Hazrati Ali keldilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u kishining ko‘zlariga tuflagan edilar, xuddi xasta bo‘lmagandek bo‘lib qoldilar. U zot bayroqni u kishiga berdilar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”).

3. Safiya r.a. onamiz qaysi qal’ada asir olindilar?
a) Nazor
b) No’im
c) Alqamus
To’g’ri javob: Alqamus
Izoh: Shundoq bo‘lib, Xaybar qal’alari ketma-ket musulmonlar qo‘liga o‘ta boshladi. Biroq bular ichida fath bo‘lmagan yana uch qal’a qoldi. Alarning eng kuchlik, ishonchlik qal’alari ersa Alqamus nomli bo‘lib, bu qal’ada yahud raislarining oilalari, yana har turli qimmatbaho mollari saqlanmish edi. Rasululloh bu qal’a ustida yigirma kun qattiq qamal qilib turdilar. Oxiri Hazrati Ali qo‘lidan bu ham fath bo‘ldi. Onamiz Safiya shu qal’adan asir olingan edi. (“Tarixi Muhammadiy”)

4. Haybar jangida Hazrati Ali yenggan yahudiy bahodiri kim edi?
a) Mihrab (Marhab)
b) Yosir (Yasir)
c) Yusha’ (Yasha’)
To’g’ri javob: Mihrab (Marhab)
Izoh: Ali roziyallohu anhu «al-Qamus» qo‘rg‘oni tomon yurdilar. U kishining qarshisiga yahudiylarning mashhur pahlavoni Mihrab she’r aytib chiqdi. Ikki pahlavon orasida ayovsiz jang boshlandi. Ikki lashkar ikki tomonda bu shiddatli jang nima bilan tugashini kutib turar edi. Yakkama yakka olishayotganlar esa bir-birlariga berayotgan zarbalarni borgan sari kuchaytirib borar edilar. Hazrati Ali payt poylab turib Mihrabning qoq miyasiga shiddatli zarba urdilar. Yahudiyning boshiga kiygan dubulg‘asi va unga qo‘shilib boshi ham ikkiga bo‘linib ketdi. Musulmonlar «Allohu Akbar» sadolari ostida «al-Qamus»ni fath etdilar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”).

5. Rasululloh SAV xiyonat qilgan yahudiy Kinona ibn Rabe'ni o'ldirish kimga buyurdilar?
a) Mahmud ibn Maslamaga
b) Muhammad ibn Maslamaga
c) Abu Dujonaga
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslamaga
Izoh: So‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni Muhammad ibn Maslamaga berdilar, Ibn Maslama uni No’im qal’asi devori tagida o‘tirganida boshiga tegirmon toshi tashlanib, halok qilingan inisi Mahmud ibn Maslamaning qasosiga qatl qildi. (“Rohiyqul maxtum”)

6. Xaybar g’azotidan avval Anas ibn Molikning onasi Ummu Sulaym r.a. Rasululloh SAVga bir necha adad Azq nomli hurmo bergan edilar. Keyin Rasululloh SAV ularni kimga berdilar?
a) Jobir ibn Abdullohga
b) Ummu Aymanga
c) Abdulloh ibn Mas’udga
To’g’ri javob: Ummu Aymanga
Izoh: Mashhur sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhuning onalari Ummu Sulaym roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir necha adad Azq nomli xurmo bergan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni o‘zlarining ozod qilgan cho‘rilari Ummu Aymanga bergan edilar. U zot Ummu Sulaymga xurmolarini qaytarib berib, Ummu Aymanga har bir xurmo uchun o‘ntadan boshqa xurmo berdilar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”)

7. Vodil-quro qayerda joylashgan edi?
a) Madina va Makka o’rtasida
b) Madina va Shom o’rtasida
c) Madina va Yaman o’rtasida
To’g’ri javob: Madina va Shom o’rtasida
Izoh: Vodil-quro Madina va Shom joylashgan vodiy bo’lib, ko’p qishloqlardan iborat bo’lgani uchun “qishloqlar vodiysi” nomini olgan. (“Sayyidimiz Muhammad s.a.v.”).

8. Vodil-quro g’azotidan so’ng yahudiylarning qaysi qabilasi rasululloh SAV bilan o’z ixtiyorlari bilan sulh tuzdilar?
a) G’atafon
b) Fidk
c) Tiymaa
To’g’ri javob: Tiymaa
Izoh: Xaybar, Fidk va Vodil Quroda bo‘lgan hodisalardan xabardor bo‘lgan Tiymaa yahudiylar o‘z ixtiyorlari bilan sulh so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan sulh tuzdilar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”)

9. Rasululloh SAV qazo umrasi safariga qaysi oyda chiqdilar?
a) zulqa’da
b) zulhijja
c) safar
To’g’ri javob: zulqa’da
Izoh: Yettinchi hijriy yilning Zulqa’da oyida, ya’ni, rosa bir yildan so‘ng Hudaybiyada ishtirok etgan sahobalar bilan umraga otlandilar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”)

10. Rasululloh SAV qazo umrasi safariga chiqqanlarida Madinada o’rnilariga kimni qoldirdilar?
a) Abu Zarr G’iforiyni
b) Abdulloh ibn Ummu Maktumni
c) Siba’ ibn Urfutani
To’g’ri javob: Abu Zarr G’iforiyni
Izoh: Xudaybiya shartnomasiga binoan bir yil to‘lgach payg‘ambar alayhis-salom o‘z o‘rnilariga Abozarr G’iforiyni tayinlab, o‘tgan yilgi umraning qazosini ado etish uchun sahobalarni olib Makkaga otlandilar. (“Nurul yaqiyn”)

11. Rasululloh SAV qazo umrasi safarida o’zlari bilan qurbonlik uchun nechta tuya oldilar?
a) 40 ta
b) 60 ta
c) 70 ta
To’g’ri javob: 60 ta
Izoh: Zul Hulayfa degan joydan ihrom bog‘lab, qurbonliklarini ham haydab oldilar.
Rivoyatlarda kelishicha, o‘shanda Rasulullohning o‘zlari oltimishta tuya olgan ekanlar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”)

12. Rasululloh SAV qazo umrasi safarida qurol-aslahalarni qayerda qoldirdilar?
a) Marriz Zahronda
b) Botni Ya’jijda
c) Hijri Ismoilda
To’g’ri javob: Botni Ya’jijda
Izoh: Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassallom Marriz-Zahronga kelib, haramning belgilari ko‘rinadigan joyga tushdilar va qurol aslahalarini Botni Ya’jij degan joyga yuborib, o‘zlari ahdnomada shartlashilganidek, qilichlarini qinida saqlagan holda Makkaga qarab yurdilar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”)

13. Qazo umrasi kuni Rasululloh SAVning tuyalari yuganidan tutib, qasida o’qigan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
b) Hasson ibn Sobit r.a.
c) Ka’b ibn Molik r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ravoha r.a.
Izoh: Abdulloh ibn Ravoha al-Ansoriy roziyallohu anhu Rasulullohning tuyalarini yuganidan tutib:
«Muhammad Rasuli bo‘lgan Zot ismi bilan,
Dinidan o‘zga din yo‘q bo‘lgan zot ismi bilan!»
deb boshlanuvchi qasidani o‘qigan holda kelar edi. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”)

14. Rasululloh SAV xaybardan qaytayotganlarida Hamza r.a.ning qizlari U kishiga ergashdi. Shunda u qizchani o’z kafolatiga olishda 3 kishi talashishdi. Rasululloh SAV kimning foydasiga hukm qildilar?
a) Ali ibn Abu Tolibning
b) Ja’far ibn Abu Tolibning
c) Zayd ibn Horisaning
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolibning
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarramadan chiqmoqchi bo‘lib turganlarida shahidlarning sayyidi Hamza roziyallohu anhuning qizlari U zotga ergashib, amaki, amaki, deb kelib qoldi. Uni hazrati Ali yugurib borib qo‘lidan tutib Fotimai Zahroning oldilariga olib borib, amakingning qizini ol, dedilar. Hazrati Fotima qizchani ko‘tarib oldilar. O’sha yerda qizchani o‘z kafolatiga olish haqida Ali, Ja’far va Zaydlar talashib ketishdi;
Ali roziyallohu anhu:
«Men uni oldim. U amakimning qizi», dedi.
Ja’far roziyallohu anhu bo‘lsa:
«U mening amakimning qizi. Xolasi xotinim», dedi.
Zayd roziyallohu anhu o‘z navbatida:
«U mening birodarimning qizi», dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Xola onaning o‘rnidadir, deb uni xolasiga berish haqida hukm chiqardilar. Shu bilan birga qizchani kafolatiga olish uchun talashgan sahobalariga iliq so‘zlar aytdilar; Hazarati Aliga:
«Sen mendansan, men sendanman», dedilar. Ja’far ibn Abu Tolibga:
«Mening xalqimga va xulqimga o‘xshading», dedilar. Zayd roziyallohu anhuga esa:
«Sen birodarimiz va mavlomizsan», dedilar. (“Hadis va hayot”. “Nubuvvat va risolat”)

15. Xaybar g’azotidan so’ng Bashir ibn Sa’d boshligida yuborilgan sariyalarni belgilang.
a) Havozin va Mayfaa sariyyasi.
b) Bani Murra va G’atafon sariyyasi
c) Bani Kilob va Bani Murra sariyyasi
d) b va c javoblar
To’g’ri javob: Bani Murra va G’atafon sariyyasi
Izoh: Yana shu yili Sha’bon oyida Bashir ibn Sa’dni o‘ttiz kishiga boshliq qilib, Fadak nohiyasida Bani Murra qabilasi ustiga yubordilar.
Yana shu yili Xaybar atrofida yashaydigan G‘atafon qabilasi Madinaga chopul (hujum) qilmoqchi bo‘lib, Uyayna ibn Hisn qo‘l ostiga to‘planmishlar edi. Bu xabar Rasulullohga yetgach, Bashir ibn Sa’dni boshchi qilib uch yuz kishilik askarni alar ustiga yubordilar. (“Tarixi Muhammadiy”)

16. Xaybar g’azotidan so’ng hijratning 8 yili (628 melodiy) Najdning Banu Kilob qabilasiga yuborilgan sariyya kimning sariyyasi edi?
a) Abu Bakr sariyyasi
b) Umar ibn Xattob sariyyasi
c) Bashir ibn Sa’d al-Ansoriy sariyyasi
To’g’ri javob: Abu Bakr sariyyasi
Izoh: Xaybar g’azotidan so’ng hijratning 8 yili (628 melodiy) Najdning Banu Kilob qabilasiga Abu Bakr sariyyasi yo’l oldi. Ularning bir qanchasi asir olindi. (“Sayyidimiz Muhammad s.a.v.”).

17. Quyidagi sahobalarning qaysi birlarining kunyalari Abu Ruqiyadir?
a) Uboda ibn Somit r.a.
b) Molik ibn Sinon r.a.
c) Tamiym Doriy r.a.
d) Jundub ibn Junoda r.a.
e) Usmon ibn Talha r.a.
To’g’ri javob: Tamiym Doriy r.a.
Izoh: Tamiym ibn Avs ibn Horija Doriy, kunyalari Abu Ruqiyadir (“Hadis va hayot”. “Iymon va Islom”)

18. Quyidagi sahobalarning qaysi birlarining kunyalari Abu Abdurrahmon bo’lmagan?
a) Muoz ibn Jabal r.a.
b) Jarir ibn Abdulloh r.a.
c) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
d) Abdulloh ibn Umar r.a.
e) Muoviya ibn Abu Sufyon r.a.
f) b va e
g) a, b va e
To’g’ri javob: Jarir ibn Abdulloh r.a.
Izoh: Muoz ibn Jabal ibn Amr Ansoriy Hazrajiy, kunyalari Abu Abdurrahmon.
Abdulloh ibn Mas’ud ibn G’ofil al-Huzamiy, kunyalari Abu Abdurrahmon
Ismlari Abdulloh, kunyalari Abu Abdurrahmon, otalari Umar ibn hattob, onalari Zaynab binti Maz’undir.
Jarir ibn Abdulloh ibn Jobir Bajaliy, kunyalari Abu Amr. (“Hadis va hayot”. “Iymon va Islom”)
Муовия ибн Абу Суфён Ñ€.а.нинг кунялари Абу Абдурраҳмондир. («Ҳадис ва ҳаёт», 3-жуз, «ÐÐ¸ÑÑ‚, ихлос, илм»)

19. Quyidagi sahobalardan qaysi biri qibtiylardan edilar?
a) Abu Azza r.a.
b) Abu Muso r.a.
c) Abu Rofe’ r.a.
d) Abu Najd r.a.
e) Abu Jandal r.a.
To’g’ri javob: Abu Rofe’ r.a.
Izoh: Abu Rofe’ qibtiylardan edilar. Rasululloh s.a.v.ga amakilari Abbos hadya qilgan qullardan edilar. (“Hadis va hayot”. “Iymon va Islom”)

20. Rasululloh s.a.v.: “Men ilmning shahri bo’lsam, … eshigidir” deb kimni marhamat qilganlar?
a) Abu Bakr Siddiq r.a.
b) Umar ibn Xattob r.a.
c) Ali ibn Abu Tolib r.a.
d) Abu Hurayra r.a.
e) Abdulloh ibn Mas’ud r.a.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib r.a.
Izoh: Rasululloh s.a.v.: “Men ilmning shahri bo’lsam, Ali eshigidir” deb aytdilar. (“Hadis va hayot”. “Iymon va Islom”)
« So'nggi tahrir: 05 Fevral 2010, 13:57:08 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #155 : 05 Fevral 2010, 09:55:20 »
III bosqich 9-turning yakuniy natijalari:

1   Abduvohid Ahmadaliyev      100
2   Anisa      100
3   Aziza Mannopova      100
4   Bahriddin Botirov      100
5   Dilmurod Majidov      100
6   Mahdiyah      100
7   Mutaallimah      100
8   Zulayho Xon      100
9   Hadija      95
10   Lolo      95
11   Muallim      95
12   Muhammad Amin      95
13   Sa'dulla      95
14   Dilnura Hakimova      90
15   Oybek Karimjonov      90
16   Fatima Aliyeva      85
17   Shoir      85
18   Xayrullo Ibragimov      85
19   UmmatiY_MuhammadiY      75
20   Nodir Shomirzayev      55
21   Farhodjon Isroilov      40
22   Burhon To'raqulov      20
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #156 : 12 Fevral 2010, 08:39:42 »
III BOSQICH
10-tur: Ro’za hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Quraysh ahli johiliyat davrida, Ramazon ro’zasi farz bo’lgunga qadar qaysi oyning nechanchi kunida ro’za tutar edilar?
a) Robiul avvalning 12 kuni
b) Zulhijjaning 10 kuni
c) Muharramning 10 kuni
d) Sha’bon oyida 15 kuni
To’g’ri javob: Muharramning 10 kuni
Izoh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutar edilar va boshqalarni ham shul kuni ro’za tutmoqqa buyurar edilar. Ramazon oyining ro’zasi farz qilingandan so’ng, Muharram oyida tutadirgan ro’zani tark etdilar”.
Oisha roziyallohu anho aytadilar: “Johiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o’ninchi kuni ro’za tutar erdi. So’ng (ya’ni, islom dini barpo bo’lgandan so’ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro’za tutmoqni buyurib: “Xohlagan kishi Muharram oyining o’ninchi kuni ro’za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin”, - dedilar”. (“Sahihul Buxoriy”. Ro’za kitobi)
 
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida nimani mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik deganlar?
a) Xurmo
b) Asal
c) Sut
d) Arpa unidan tayyorlangan non
To’g’ri javob: Xurmo
Izoh: Abu Dovudning bir rivoyatida:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xurmo mo’min uchun qandoq ham yaxshi saharlik” deganlar. (“Hadis va hayot” Ro’za, 1232 hadis, 76-bet)
 
3. Ramazonda kasal bo’lib qolgan odamning ro’zasi nima bo’ladi?
a) har 1 kuniga 1 miskinni taomlantiradi.
b) qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
c) undan ro’za tutishlik kasallik kunlari uchun soqit bo’ladi.
To’g’ri javob: qazosini tuzalganidan keyin tutadi.
Izoh: Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi. (Keksalik yoki zaifligi sababli) ro‘za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to‘lashlari lozim. Bas, kim o‘z ixtiyori bilan ziyoda yaxshilik qilsa (lozim bo‘lganidan ortiqroq evaz to‘lasa), o‘ziga yaxshi. Agar bilsangiz, ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun (evaz berish yoki hatto uzrli holatda ro‘za tutmaslikka nisbatan) yaxshiroqdir. (Baqara surasi, 183-184-oyatlar)
Ibn Abbos roziyallohu anhu: “Bu oyat mansux emas, balki qari chol va kampir uchundir. Ular ro’za tutishga qodir emas. Bas, har bir kun orniga bir miskinni taomlantirurlar”, dedi, deyilgan”.
Buxoriy rivoyati
Ibn Abbos roziyallohu anhudan ushbu oyat haqida rivoyat qilinadi: “Bu ruxsat faqat ro’zani ko’tara olmaydigan va shifosiz bemorlargagina beriladi”.
Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Ko’rinib turibdiki, mazkur oyati karimada ko’zda tutilganlar umuman ro’za tutishga yaramaydigan o’ta qari cholu kampirlar va tuzalishdan umid yo’q bemorlardir. Bu toifadagi kishilar hech ro’za tutish imkoniga ega bo’lmaganlari uchun o’rniga fidya berishlari joriy qilingan.
Vaqtinchalik ro’za tutishda qiyinchilikka duchor bo’lib, keyin yana ro’za tutishga ega bo’ladigan musofir va tuzalishdan umid bor bemorlarga esa, imkon topganda qazo qilib tutib berish joriy qilingan. Homilador va emizukli ayollar ham keyin ro’za tutish imkoniga ega bo’ladigan kishilar qatoridadirlar. (“Hadis va hayot” Ro’za, 1273 hadis, 137-bet)

4. Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Ushbu miqdor qancha?
a) 1843 g
b) 2,5 kg
c) 1644 g
d) 2452 g
To’g’ri javob: 1843 g
Izoh: Ramazonda qasddan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga esa bir mudd miqdorida taom beradi. Bir mudd - 1843 grammdir. (“Kifoya”)

5. "Va to oq ip qora ipdan ajraguncha yeb ichinglar" oyatining nozil bo'lishiga sabab bo'lgan sahobiy kim bo'lgan?
a) Abu Atiyya
b) Yazid ibn Abu Ubayd
c) Adiy ibn Hotim
d) Safvon ibn Assol
e) Qays ibn Sirma
To’g’ri javob: Qays ibn Sirma
Izoh: Baro roziyallohu anhudan rivoyat: "Muhammad (s.a.v)ning sahobalaridan qachon bir kishi ro'zador bo'lsa-yu iftor vaqtida iftor qilmay uhlab qolsa, o'sha kecha va ertasiga kunduzi, to kech kirmaguncha taom yemas edi. Qays ibn Sirma ro'zador edi. Iftor bo'lganida xotinining oldiga kelib, "Taoming bormi?" dedi. Xotini: "Yo'q, lekin borib senga taom keltiraman", dedi.
U kunduzi ishlar edi. Ko'zi ilinib uxlab qildi. Xotini qaytib kelib, uni ko'rib, sho'ring qurisin dedi. Ertasiga kun yarimlaganda hushidan ketib yiqildi. Bu narsa payg'ambar (s.a.v.) ga zikr qilindi va ushbu oyat nozil bo'ldi:
"Sizlarga ro'za kechasida ayollaringizga yaqinlik qilish halol qilindi..."
Buning uchun juda hursand bo'ldilar.
Shuningdek:
"Va to oq ip qorq ipdan ajraguncha yeb ichinglar" ham nozil bo'ldi.
Buxoriy, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis )

6. Ro’za dastlab farz bo'lgan vaqtda qaysi qoidalar amalda bo'lgan?
a) Iftor vaqti quyosh botgandan hufton vaqtigacha bo'lgan
b) Jinsiy aloqaga vaqtincha ruxsat bo'lmagan
c) Ro'za tutish ixtiyoriy bo'lib, istagan odam ro'za tutar edi, istagan odam fidya berar edi
d) a va c
e) a va b
f) a, b, c
To’g’ri javob: a va c
Izoh: 1) "Nabiy (s.a.v)ning davrlarida huftonni o'qiganlaridan keyin odamlarga taom, sharob va ayollar harom bo'lar edi va yanagi kechaga ro'za tutar edilar. Shunda bir kishi o'z nafsiga xiyonat qildi. Huftonni o'qib bo'lib, iftor qilmay turib, xotiniga yaqinlik qildi. So’ngra Alloh o'shani qolganlarga oson, ruxsatli va manfaatli qilishni iroda etdi. U pok zot:
"Alloh, albatta, siz o'z nafsingizga xiyonat qilishingizni bildi. Bas, U sizlarni kechirdi va avf qildi..." oyatini oxirigacha tushirdi.  ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1204-hadis.)
2) Salama ibn al-Akva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"U(ro'za)ni qiynalib tutadiganlarga bir miskin taomicha fidya berishdir” oyati nozil bo'lganida, kim xohlasa og'zi ochiq yurar va fidya berar edi. Bu hol to undan keyingi:
"Bas, sizdan kim shu(ramazon) oyida hozir bo'lsa, uning ro'zasini tutsin" oyati nozil bo'lguncha davom etdi. Shu bilan oldingi oyatni nasx qildi". ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1205-hadis va uning hanafiy mazhabi bo'yicha sharhidan foydalanildi).

7. Qaysi javobda oq kunlar ro'zasi ko'rsatilgan?
a) Muharram oyining 9-10 va 11-kunlarining ro'zasi
b) Shavvol oyida olti kun ro'za tutish
c) Zulhijjada 10 kun ro'za tutish
d) Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
e) Har oyning boshida, o'rtasida va oxirida ro'za tutish
f) Dushanba va payshanba kunlarning ro'zasini tutish
To’g’ri javob: Sha'bon oyining 13-14 va 15-kunlarining ro'zasini tutish
Izoh: Oq kunlar, degani tunlari oq bo'lgan kunlardir. Oy to'lishib 13 kunlik bo'lganda eng yorug' bo'ladi. Ana o'sha o'n uchinchi kecha va undan keying o'n to'rtinchi va o'n beshinchi kechalar oq tunlar deyiladi.
Milhon al-Qaysiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizlarga oqlarning o'n uch, o'n to'rt va o'n beshning ro'zasini tutishni amr qilar edilar va "Ular xuddi yil bo'yiga o'xshar", dedilar.
Sunan egalari rivoyat qilishgan. ("Hadis va hayot". Ro'za kitobi, 1333-hadis)

8. Bir odam ramazon ro'zasini tutishni niyat qilib olgach, hushidan ketib bir necha kun behush yotdi. Hushiga kelgach qanday yo'l tutadi?
a) Undan behush yotgan kunlari miqdoricha ro'za soqit bo'ladi
b) Niyat qilib olgan kunining ro'zasi Ramazondan hisob qilinadi va qolgan kunlariga qazo tutmaydi
c) Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
d) Faqat niyat qilgan kuninigina qazosini tutadi
e) a va b
To’g’ri javob: Behush yotgan kunlari miqdoricha qazo tutadi, niyat qilgan kun qazosini tutmaydi
Izoh: Agar bir necha kun hushidan ketib yotgan bo'lsa, o'sha kunlarning qazosini tutadi. Illo, niyatini qilgan kunni tutmaydi. Chunki o'sha kunning ro'zasi o'z o'rnida ado bo'lgan hisoblanadi. ("Kifoya")

9. Bir kishi ro’za tutish (yoki ochish) hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa nima qiladi?
a) Ro’za tutmaydi, chunki ro’za tutish hilolini kamida uch kishi ko’rishi kerak
b) Bu holatda ro’za tutish tutmaslik o’z ixtiyorida bo’ladi
c) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
To’g’ri javob: Ro’za tutadi, agar tutmasa qazo vojib bo’ladi
Izoh: Kim ro’za tutish yoki ochish hilolini yolg’iz o’zi ko’rsa va uning gapi rad qilinsa ham ro’za tutadi. Bir yurtda faqat birgina kishi Ramazon kirgani yoki chiqqanining alomati bo’lgan hilolni ko’rdi. Kelib qozi huzurida guvohlik berganda qozi guvohligini qabul qilmasa, ikki holatda ham ro’za tutadi. Agar tutmasa, qazosini tutadi. Unga kafforat vojib bo’lmaydi. Chunki, kafforat shubha ila sobit bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)

10. Bulutli kunda ro’zani boshlash haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
b) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul yoki ayol bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda adolatli ikki kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar ularning biri qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
d) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, u ayol yoki yosh bola bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
To’g’ri javob: Bulutli kunda adolatli bir kishining ro’zani boshlash haqidagi guvohligi, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, qabul qilinadi
Izoh: Bulutli kunda adolatli bir kishining, agar u qul yoki ayol bo’lsa ham, ro’zani boshlash haqidagi guvohligi qabul qilinadi. Chunki, bu diniy xabar bo’lib, uning qabul bo’lishi uchun faqat adolat shart qilinadi. (Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #157 : 12 Fevral 2010, 08:39:56 »
11. Bulutli kunda Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlik qay tarzda qabul qilinadi?
a) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ularning biri qul bo’lsa ham, adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
b) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli bo’lishlari va shahodat lafzini aytishlari sharti bilan qabul qilinadi
c) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular adolatli va qul bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
d) Bulutli kunda ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishining ro’zadan chiqish haqidagi guvohligi, ular tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lmasligi sharti bilan qabul qilinadi
e) a va d javoblar to’gri
f) b, c va d javoblar to’gri
To’g’ri javob: b, c va d javoblar to’gri
Izoh: Ro’zadan chiqish haqidagi guvohlikka agar kun bulutli bo’lsa, guvohlikning nisobi, lafzi va adolat shart bo’ladi. Da’voda shart bo’lmaydi. Ramazonning 29-kuni ro’za tugaganini bilish uchun oy ko’rilganda kun bulutli bo’lib tursa, guvohlarning soni kamida shariatda talab qilingan ikki er kishi yoki bir er, ikki xotin kishi bo’lishi shart. Shuningdek, guvohlik beruvchi kishi shahodat lafzini ham aytmog’i shart. Buning ustiga, guvohlik beruvchilar adolatli va hur bo’lishlari, tuhmatchiligi uchun darra urilmagan shaxslar bo’lishi shart. Ro’zani ochish haqidagi guvohlikka shartlarning og’ir qo’yilishining sababi bu ish bandalarga manfaat beruvchi, og’izlarini ochishga omil bo’luvchi ekanligidandir. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)

12. Muqim kishi ro’za holida safarga chiqsa nima qiladi?
a) Ro’zasini ochib yuboradi va keyin qazo tutib beradi
b) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo va kafforat vojib bo’ladi
c) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
d) Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo ham, kafforat ham vojib bo’lmaydi
To’g’ri javob: Ro’zasini oxiriga yetkazadi, agar ochib yuborsa qazo vojib bo’ladi
Izoh: Muqim safarga chiqsa, o’sha kunning ro’zasini oxiriga yetkazadi. Agar ochib yuborsa, unga kafforat lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)
Muqim ro’za holida safarga chiqib ketsa, ro’zasini tamom qilgani yaxshiroq, ammo ochib yuborsa kafforat vojib emas. (“Muxtasar”)

13. Agar bir kishi ramazon oyining hammasida yoki ba’zisida devona bo’lsa qazo tutadimi?
a) Agar oyning hammasida yoki ba’zi kunida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
b) Agar oyning hammasida devona bo’lsa, butun oyning ro’zasi ustidan soqit bo’ladi
c) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi
d) Agar oyning hammasida devona bo’lib, birgina kunida aqli joyida bo’lsa, faqat o’sha kunni qazosini tutadi
d) b va c javoblar to’g’ri
e) b va d javoblar to’gri
To’g’ri javob: b va c javoblar to’g’ri
Izoh: Oyning hammasida majnun bo’lishlik ro’zani soqit qiladi. Ba’zisida emas. Bir Ramazon oyi to’liq majnun bo’lsa, unga ro’za tutish farz bo’lmaydi. Ammo Ramazon oyining ba’zi kunlari majnun bo’lib, qolgan kunlari sog’ayib qolsa, sog’ kunlarining adosini, jinni bo’lgan kunlarini qazosini tutadi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)
Butun ramazon oyida devona bo’lib turish butun oyning ro’zasini ustidah soqit qiladi. Ammo ramazonning birgina kunida aqli joyida bo’lib tursa, butun oyning ro’zasini qazo qiladi. (“Muxtasar”)

14. Kofir odam ramazonning biror kunida musulmon bo’lsa, o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, 1 kundan so’ng ro’za tutadi
b) Kofir odam ramazonda musulmon bo’lsa, keyingi ramazondan ro’za tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
d) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
e) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi.
To’g’ri javob: Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
Izoh: Musofir muqim bo’lgan, hayzli ayol pok bo’lgan, yosh bola balog’atga yetgan va kofir musulmon bo’lgan kuni kunning qolgan vaqtida o’zini tiyadi. Oxirgi ikkisi qazo tutmaydi. Ya’ni, Ramazonda kunning bir bo’lagi o’tgandan so’ng musofir safardan qaytib kelsa, hayz ko’rib turgan ayolning hayzi to’xtasa, yosh bola balog’atga yetsa yoki kofir islomni qabul qilsa, bularning hammasi kunning qolgan qismida xuddi ro’zadordek bo’lib, yemay-ichmay yuradi. Balog’atga yetgan yosh bola va yangi musulmon bo’lgan odamga o’sha kunning qazosini tutish lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)
Tong otgandan so’ng safardan qaytgan musofir, kunduzi hayz yoki nifosdan poklangan xotin, bolig’ bo’lgan sabiy bola hamda islom dinini qabul qilgan kofir kunning qolgan qismida ro’za tutadilar. Ammo keyingi ikkisi, ya’ni bolig’ bo’lgan sabiy va musulmon bo’lgan kofir kunning avvalida ro’za tutmagan bo’lsalar ham so’ngida qazo qilmaydilar. (“Muxtasar”)

15. Musofir odam tong otgandan so’ng safardan qaytsa o’sha kun ro’zasini tutadimi?
a) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, lekin agar tutmasa qazo tutmaydi
b) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
c) Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo va kafforat vojib bo’ladi
d) Kunning biror bir qismidan boshlab ro’za tutish makruh, shuning uchun tutmaydi, keyin qazosini tutib beradi
e) Kunning qolgan qismida ro’za tutmaydi, qazo ham vojib bo’lmaydi
To’g’ri javob: Kunning qolgan qismida ro’za tutadi, agar tutmasa qazo tutadi
Izoh: Musofir muqim bo’lgan, hayzli ayol pok bo’lgan, yosh bola balog’atga yetgan va kofir musulmon bo’lgan kuni kunning qolgan vaqtida o’zini tiyadi. Oxirgi ikkisi qazo tutmaydi. Ya’ni, Ramazonda kunning bir bo’lagi o’tgandan so’ng musofir safardan qaytib kelsa, hayz ko’rib turgan ayolning hayzi to’xtasa, yosh bola balog’atga yetsa yoki kofir islomni qabul qilsa, bularning hammasi kunning qolgan qismida xuddi ro’zadordek bo’lib, yemay-ichmay yuradi. Balog’atga yetgan yosh bola va yangi musulmon bo’lgan odamga o’sha kunning qazosini tutish lozim bo’lmaydi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)
Tong otgandan so’ng safardan qaytgan musofir, kunduzi hayz yoki nifosdan poklangan xotin, bolig’ bo’lgan sabiy bola hamda islom dinini qabul qilgan kofir kunning qolgan qismida ro’za tutadilar. Ammo keyingi ikkisi, ya’ni bolig’ bo’lgan sabiy va musulmon bo’lgan kofir kunning avvalida ro’za tutmagan bo’lsalar ham so’ngida qazo qilmaydilar. (“Muxtasar”)

16. Qaysi turdagi ro’zalarni qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi?
a) Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
b) Tayinli bo’lmagan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
c) Tayinli bo’lgan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
d) Tayinli bo’lmagan vojib ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
e) a va b javoblar to’g’ri
f) a, b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: Tayinli bo’lgan farz ro’zani qasddan buzganda kafforat vojib bo’ladi
Izoh: Kafforatni ado qilish Ramazon farzini qasddan buzganda vojib bo’ladi. Boshqasida vojib bo’lmaydi. Agar Ramazonni qazosini yoki boshqa ro’zalarni qasddan buzsa ham kafforat vojib bo’lmaydi. Kafforat Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo’ladi. (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”)

17. Ramazonda e’tikof o’tirish qanday amal hisoblanadi?
a) Vojib
b) Muboh
c) Sunnati muakkada
d) Sunnati zoida
e) Mustahab
To’g’ri javob: Sunnati muakkada
Izoh: E’tikof sunnati muakkadadir. U, ro’zadorning jamoat masjidida e’tikof niyati ila qolishidr. (Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Kifoya”, 169-b)
E’tikof, ya’ni ro’za ko’yicha jamoat namozi o’qiladigan masjidda niyat bilan er kishining qaror qilib turmog’i sunnati muakkadadir. (Manba: “Muxtasar”, 72-b)

18. Ro’zador tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladimi?
a) ha, ro’zasi buziladi va qazosini tutib kafforat berishi shart
b) yo’q, chunki u o’z ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holga tushib qoldi
c) ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
d) oz miqdordagi suvning ketib qolishida ro’zador uchun hech narsa vojib bolmaydi
e) b va d javoblar
To’g’ri javob: ha, rozasi buziladi, shu kunning qazosini tutib beradi
Izoh: Ro’zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganida og’iz chayishda suv tomog’iga ketib qolsa ro’zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog’i kerak. (Dinda savolim bor. To’rtinchi kitob)

19. Nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori ro’zani ochadimi?
a) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas, ro’za ochilmaydi.
b) ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
c) purkagichdan sepilgan dori tanaga g’izo bo’lishi mumkin, bunda ro’za ochiladi.
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi, balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi, ro’za ochilmaydi.
e) a va d javoblar.
To’g’ri javob: a va d javoblar.
Izoh: Birinchi omil: nafas qisishiga qarshi purkaluvchi dori:
Mazkur dori suyuq bo‘lib, uch unsurdan tarkib topgan: suv, kislorod va ba’zi tibbiy moddalar.
Ushbu dori ro‘zani ochadimi yo‘qmi?
Yangi asr olimlari bu borada turlicha fikr yuritadilar:
1. U ro‘zani ochmaydi. Bu ko‘pchilik olimlarning so‘zlari hamda doimiy fatvo qo‘mitasining fatvosidir.
a) chunki, ro‘zador uchun og‘iz va burun chayqash mumkin va bunga barcha ijmo’ qilgan. Ma’lumki, og‘iz chayqashdan so‘ng ma’lum miqdordagi suv og‘izda qolib ketadi va mazkur suv qoldig‘i so‘lakni yutish orqali oshqozonga kirib boradi.
b) xuddi shu kabi nafasni qisishga qarshi purkagichdan sepilgan dori ham avval o‘pka so‘ng oshqozonga yetib boradi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi. Shunga ko‘ra uni ham og‘iz chayqalgandan so‘ng qolib ketgan suvga qiyoslanadi. Bunga sabab, bir kichik purkagich ichida 10 ml. suyuqlik bo‘lib, u 200 marta sepishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bir marta sepilganda esa, 05 ml. suyuqlik ajrab chiqadi va bu juda ham oz miqdorni tashkil etadi.
c) mazkur purkagichdan sepilgan dorining oshqozonga yetib borishi aniq emas balki unda gumon bor.
Shunga ko‘ra ro‘za buzilmaydi chunki fiqhiy qoidaga ko‘ra, aniq bor narsa gumon bilan yo‘q bo‘lmaydi
d) bu yeyish va ichishga kirmaydi balki tahlil uchun qon olish yoki quvvat bermaydigan ukol olishga o‘xshaydi
e) tabiblar misvokda sakkiz xil kimyoviy moddalar mavjudligini bayon qilganlar. Holbuki ro‘zadorga misvok ishlatish mutlaq ya’ni kunduzi ham joizdir va shaksiz misvokdagi kimyoviy moddalar oshqozonga yetib boradi. Demak, purkagichdan sepilgan dori misvokdan ajrab chiqqan moddalar kabi ro‘zaga zarar bermaydi.
Ikkinchi fikrga ko‘ra: ro‘zador mazkur dorini iste’mol etishi mumkin emas. Agar o‘ziga boshqa chora topolmasa ushbu dorini sepadi va keyinchalik sog‘ayib ketganidan keyin bir kuniga bir kundan qazo tutib beradi.
Mazkur fikr egalarining dalillari: ushbu purkagich ichidagi suyuqlik oshqozonga og‘iz orqali kirib boradi va bu ro‘zani ochadi.
Ikkinchi fikrga qarshi javob: agar mazkur suyuqlikni oshqozonga yetib borishiga taslim bo‘linsada, ushbu miqdor yuqorida ta’kidlaganimiz kabi juda ham kamdir va uning hukmi og‘iz chayqalgandan keyin qolib ketgan suvniki bilan bir xil bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, birinchi fikrni olimlar ikkinchisidan ustun qo‘yganlar va ro‘zani ochilmasligiga hukm qilganlar (المفطرات المعاصرة. عيسى بن عبدالرحمن).

20. Quyidagilardan qaysi biri ro‘zani ochadi?
a) tahlil uchun qon olish
b) arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish
c) teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar
d) burunga purkaluvchi dori
e) Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.
To’g’ri javob: Yuqoridagi barcha holatlar ro’zani ochmaydi.
Izoh: a) O’n to‘qqizinchi omil: tahlil uchun qon olish. Bu ro‘zani ochmaydi chunki bu narsa qon oldirishga kirmaydi. Bunga sabab qon oldirish badanni zaiflashtiradi, tahlil uchun esa, ko‘p qon olinmaydi.
b) O’n ikkinchi omil: arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish. U qon tomirga kirgaziluvchi ingichka shlanka bo‘lib, uni dori quyish yoki ichkarini ko‘rish maqsadida kirg‘aziladi.
Islom Fiqhi Akademiyasi mazkur kateter ro‘zani ochmasligiga hukm qilgan. Chunki, u insonga hech qanday ozuqa bermaydi va ikkinchidan oshqozonga yetib bormaydi. 
c) O’n birinchi omil: teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar. Teri ostida qon tomirlari mavjud bo‘lib, ular teri ustiga surtilgan narsani tuk yo‘llari orqali so‘ra boshlaydi va bu jarayon juda sekin amalga oshadi. Shunga ko‘ra, teri ustiga surtilgan narsa ro‘zani ochadimi? Qadimdagi aksariyat faqihlar bu narsa ro‘zani ochmaydi deganlar. Islom Fiqhi Akademiyasining qarori ham shunday. Ba’zilar bugungi kundagi barcha yangi asr olimlari mazkur hukmga ya’ni teri ustiga surtilgan narsalar ro‘zani ochmasligiga ijmo’ qilganlar deb aytadilar.
d) Beshinchi omil: burunga purkaluvchi dori. Bu boradagi bahs ham yuqorida og‘izga purkaluvchi doridagi kabi bo‘lib, burunga purkaluvchi dori ham ro‘zani ochmaydi. (المفطرات المعاصرة. عيسى بن عبدالرحمن).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #158 : 12 Fevral 2010, 08:41:15 »
III bosqich 10-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa      95
2   Aziza Mannopova      95
3   Bahriddin Botirov      95
4   Lolo      95
5   Muallim      95
6   Dilmurod Majidov      90
7   Hadija      90
8   Mahdiyah      90
9   Muhammad Amin      90
10   Oybek Karimjonov      90
11   Abduvohid Ahmadaliyev      85
12   Zulayho Xon      85
13   Fatima Aliyeva      80
14   Sa'dulla      80
15   UmmatiY_MuhammadiY      80
16   Dilnura Hakimova      75
17   Farhodjon Isroilov      75
18   Xayrullo Ibragimov      75
19   Nodir Shomirzayev      55
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #159 : 12 Fevral 2010, 08:45:53 »
III bosqichning yakuniy natijalari:

1   Anisa      980
2   Aziza Mannopova      980
3   Bahriddin Botirov      975
4   Mahdiyah      970
5   Zulayho Xon      970
6   Dilmurod Majidov      960
7   Muallim      955
8   Muhammad Amin      950
9   Abduvohid Ahmadaliyev      920
10   Lolo      920
11   Sa'dulla      920
12   UmmatiY_MuhammadiY      905
13   Oybek Karimjonov      880
14   Xayrullo Ibragimov      860
15   Mutaallimah      845
16   Shoir      800
17   Dilnura Hakimova      760
18   Fatima Aliyeva      745
19   Abdulhafiz      675
20   Musannif Adham      670
21   Nodir Shomirzayev      550
22   Robiya      530
23   Sunnatilla Ochilov      500
24   Salmon Forsiy      485
25   Farhodjon Isroilov      460
26   Olmos Isakov      445
27   Nurillabek      295
28   Murod Mamasoliyev      280
29   Abdulloh      270
30   Burhon To'raqulov      270
31   Hadija      265
32   Nodir Mamatqulov      260
33   Ð–АМШИДЖОН      180
34   Muslima20      85
35   Farrux Boltaboyev      65
36   Anvar Abbosov      25

1- va 2-o'rinni aniqlashtirish (Anisa va Aziza Mannopovalar o'rtasida), 4- va 5-o'rinni aniqlashtirish (Mahdiyah va Zulayho Xon) maqsadida qo'shimcha tur o'tkaziladi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #160 : 13 Fevral 2010, 13:00:47 »
Qo'shimcha tur o'z nihoyasiga yetdi. Uning natijalariga ko'ra,
Aziza Mannopova - 1-o'rin
Anisa - 2-o'rin
Bahriddin Botirov - 3-o'rin
Zulayho Xon - 4-o'rin
Mahdiyah - 5-o'rinni egallashdi.

G'oliblarni chin dildan qutlaymiz. Ilmlari ziyoda bo'lib, ikki dunyolari obod bo'lsin!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Biz Islomni bilamizmi? - G'oliblarni tabriklaymiz!
« Javob #161 : 27 Fevral 2010, 12:17:03 »


Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!
Mana, Allohning karami va inoyati ila, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning 3-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.

Tanlovning 3-bosqichi Qurbon hayiti munosabati bilan boshlanib, Payg'ambarimiz s.a.v. tug'ilgan, hijrat qilgan va vafot etgan Rabiul avval oyida nihoyasiga yetdi. Unda Payg'ambar alayhissalomning siyratlari, Islom tarixi va fiqh mavzularida 200 ta savol berildi. Tanlovda 36 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

Tanlovda ishtirok etgan, o'z savollarini yuborgan barcha ishtirokchilarga Allohning Rahmati yor bo'lishini, yuksak ilm martabasini tilaymiz. G'olib bo'lgan quyidagi ishtirokchilarga sovg'alar taqdim etildi:


1-o'rinni egallagan Aziza Mannopovaga Esdaliknoma, "Kifoya" (3 mujallad. Muallif: Ubaydulloh ibn Mas'ud. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), Al-adab al-Mufrad (4 mujallad. Muallif: Imom al-Buxoriy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Ruhiy tarbiya" (3 mujallad, Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Yaxshilik va silai rahm" (2 mujallad. Muallif: Husayn Marvaziy. Shorih: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

2-o'rinni egallagan Anisaga Esdaliknoma, "Kifoya", "Yaxshilik va silai rahm", "Hadis va hayot: Anbiyolar qissasi" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

3-o'rinni egallagan Bahriddin Botirovga Esdaliknoma, "Al-Adab al-Mufrad", "Ruhiy tarbiya" kitoblari;

4-o'rinni egallagan Zulayho Xonga Esdaliknoma, "Kifoya", "Hadis va hayot: Islom va iymon" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf), "Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari" (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) kitoblari;

5-o'rinni egallagan Dilnoza Tohir qiziga Esdaliknoma, Al-Adab al-Mufrad", "Yaxshilik va silai rahm" kitoblari.

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar, tanlov arxivi shu yerda.

Mavludun-nabiy muborak bo'lsin! Barchamizga Rasululloh s.a.v. xulqlaridan xulqlanish, u zotning xos ummatlaridan bo'lish nasib etsin!

www.ziyouz.com tahririyati
« So'nggi tahrir: 27 Fevral 2010, 12:33:59 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Biz Islomni bilamizmi viktorinasi. 4-bosqich boshlandi
« Javob #162 : 25 Avgust 2010, 11:44:58 »
:bsm:

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 4 BOSQICH


"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Ramazon hayiti munosabati bilan viktorinaning 4-bosqichini e'lon qildik.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi inshaalloh 2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

To'rtinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Mu'ta g'azoti

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.
« So'nggi tahrir: 09 Sentyabr 2010, 11:52:08 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
:bsm:

Assalamu alaykum!
Birodarim, sizni ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ramazon oyida, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

Alloh taolodan xayrli natija tilab, "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining IV bosqichni boshladik.



IV BOSQICH
1-tur: Mu’ta g’azoti

1. Mu’ta jangi qachon bo’lib o’tdi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodus-soniy oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 9-hijriy yil, muharram oyida

2. Rasululloh s.a.v. Busrodagi Rum hokimiga kimni elchi qilib yuborgan edilar?
a) Salama ibn Akva’ r.a.
b) Horis ibn Umayr r.a.
c) Muhammad ibn Salama r.a.
d) Sobit ibn Aqram r.a.

3. Mu’ta g’azotiga musulmonlardan necha kishi chiqdi?
a) 2500 kishi
b) 3000 kishi
c) 4000 kishi
d) 4200 kishi

4. Musulmonlarga qarshi to’plangan qo’shining umumiy soni qancha edi?
a) 50000
b) 100000
c) 200000
d) 120000

5. Rasululloh s.a.v. musulmonlar qo’shini amiri etib kimni tayinladilar?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Ali ibn Abu Tolib r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.

6. Musulmonlarning Mu’ta qo’shini amiriga Rasululloh s.a.v. qanday rangli bayroq berdilar?
a) Oq
b) Yashil
c) Qizil
d) Qora

7. Mu’ta g’azotida amir bo’lgan sahobalar ketma-ketligini aniqlang.
a) Zayd ibn Horisa – Ja’far ibn Abu Tolib – Abdulloh ibn Ravoha – Xolid ibn Valid
b) Zayd ibn Horisa – Abdulloh ibn Ravoha – Ja’far ibn Abu Tolib – Xolid ibn Valid
c) Zayd ibn Horisa – Ja’far ibn Abu Tolib – Abdulloh ibn Ravoha – Sobit ibn Aqram - Xolid ibn Valid
d) Abdulloh ibn Ravoha - Zayd ibn Horisa – Ja’far ibn Abu Tolib – Xolid ibn Valid

8. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketishdan oldin nima uchun yig’ladi?
a) Rasululloh s.a.v.dan ayrilayotganini bilib.
b) Do’zax zikr etilgan oyatni tafakkur qilib.
c) Ga’zotda shahid ketajagiga bashoratni eshitib.
d) Mujohidlarga jannat ato etilishi haqidagi oyatni eslab.

9. Ma’onda ikki kun qolib ketgan musulmon askarlarini olg’a intilishga shijoatlantirgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Ja’far ibn Abu Tolib r.a.
b) Abdulloh ibn Ravoha r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Zayd ibn Horisa r.a.

10. Mu’tada musulmonlar qo’shini o’ng qanotiga kimni qo’yildi?
a) Xolid ibn Valid r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Qutba ibn Qatoda r.a.
d) Uboda ibn Molik r.a.

11. Ja’far ibn Abu Tolib r.a. Mu’tada necha yoshlarida shahid bo’ldilar?
a) 28
b) 33
c) 36
d) 39

12. Musulmonlar shahida a’lo Ja’far ibn Abu Tolib r.a. ko’ksidan-tanalaridan qilich va nayzaning nechta jarohatini topdilar?
a) 50 dan ortiq
b) 70 dan ortiq
c) 90 dan ortiq
d) 100 dan ortiq

13. Nima uchun Ja’far ibn Abu Tolib r.a. “Ja’far at-tayyor” deb atalgan?
a) Mu’ta jangida ikki qo’lidan ajragani uchun.  
b) Jang maydonida shiddatli jang qilib, qushdek uchgani uchun.
c) Tez yugurgani, qushdek uchgani uchun.
d) Ikki qo’li uzun bo’lgani uchun.

14. Abdulloh ibn Ravoha amir bo’lgach, jangga kirishib ketadi. Shunda amakivachchasi bir go’shli suyak olib kelib, ibn Ravohaga uzatadi. Shunda u…
a) shunday paytda taom yeyish menga harom deya jangni davom ettiradi.
b) go’shtni yeyayotgan paytda dushman askari kelib, qo’lini kesib tashlaydi.
c) go’shni boshqa och askarlarga berishini aytadi.
d) go’shtdan bir tishlab, so’ng tashlab yuboradi va yana jangga kirishadi.

15. Xolid ibn Valid r.a. Mu’tada qanday harbiy xiyla ishlatdi?
a) Kechasi turli joylarda olov yoqib, musulmonlar soni ko’paygani ma’lum qilindi.
b) Askarlarning o’rni almashtirildi, kechasi ovoz chiqarib, yangi kuchlar kelgani ma’lum qilindi.
c) Kechasi dushman askarlari uxlab yotganida yoppa jangga kirishildi.
d) Xufya elchilar tomonidan ko’plab arab qabilalari musulmonlarga birikish uchun kelayotgani haqida xabar tarqatildi.

16. Mu’ta g’azotida Xolid ibn Valid r.a.ning nechta qilichi sindi?
a) 10 ta
b) 7 ta
c) 9 ta
d) 5 ta

17. Mu’ta g’azotida Rasululloh s.a.v. Xolid ibn Valid r.a.ni qanday nomladilar?
a) Sayfulloh
b) Asadulloh
c) Nasrulloh
d) Fathulloh

18. Mu’ta g’azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 33
b) 70
c) 24
d) 12

19. Mu’ta g’azotidan qaytayotgan sahobalarni Madina ahli kutib oldi va ularni “Qochqoqlar!” deb atashdi. Rasululloh s.a.v. esa qanday atadilar?
a) Qayta hujum qiluvchilar
b) G’oziylar
c) Fotihlar
d) G’oliblar

20. Mu’ta g’azoti uchun quyidagi ta’riflardan qaysi biri mos tushadi?
a) Arabiston yarimorolidan tashqarida arablardan boshqalar bilan birinchi to’qnashilgan jang.
b) Rasululloh s.a.v. hayotlik chog’larida amalga oshirilgan eng uzoq masofadagi g’azot.
c) Bu g’azotga shu paytgacha eng ko’p qo’shin jamlandi.
d) Shu paytgacha musulmonlardan eng ko’p shahid berilgan g’azot bo’ldi.


Ushbu turda AbdulAziz va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

http://www.ziyouz.com
http://islom.ziyouz.com
« So'nggi tahrir: 17 Sentyabr 2010, 08:40:12 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12021
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
IV BOSQICH
2-tur: Zotus-salosil jangi. Makka fathi oldidan

1. Zotus-salosil jangiga Rasululloh s.a.v. kimni amir etib tayinladilar?
a) Ubayda ibn Jarroh r.a.
b) Amr ibn Os r.a.
c) Xolid ibn Valid r.a.
d) Umar ibn Hattob r.a.

2. Zotus-salosil jangi qachon bo’ldi?
a) 8-hijriy yil, jumodul-avval oyida
b) 8-hijriy yil, jumodul-oxir oyida
c) 8-hijriy yil, rajab oyida
d) 8-hijriy yil, sha’bon oyida

3. Zotus-salosil jangiga chiqqan musulmon qo’shinining umumiy soni qancha edi?
a) 300 kishidan ortiq
b) 400 kishidan ortiq
c) 500 kishidan ortiq
d) 700 kishidan ortiq

4. Zotus-salosil jangi jamoalariga  Rasululloh s.a.v. jami nechta bayroq tikib berdilar?
a) 1 ta
b) 2 ta
c) 3 ta
d) 4 ta

5. Zotus-salosil jangi amiri jang haqidagi xushxabarlarni bildirish uchun kimni Rasululloh s.a.v. huzuriga jo’natdi?
a) Avf ibn Molik r.a.
b) Rofe’ ibn Makis r.a.
c) Horis ibn Umayr r.a.
d) Shujo’ ibn Vahb r.a.

6. Zotus-salosil jangi amiri ustidan qaysi masalada Rasulullohga shikoyat qilishdi?
a) Izg’irinli kechada olov yoqtirmaganidan.
b) Qochayotgan dushman ortidan quvishga ruxsat bermaganidan.
c) Junub holiday imomlikka o’tganidan.
d) Barcha javoblar to’g’ri.

7. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga Rasululloh s.a.v. kimni yubordilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

8. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shini soni qancha edi?
a) 100 kishi
b) 200 kishi
c) 300 kishi
d) 70 kishi

9. Qizil dengiz bo’yidagi Juhayna qabilasi bilan jang qilishga borgan musulmon qo’shiniga o’z tuyalarini so’yib yedirga sahoba kim edi?
a) Qays ibn Sa’d r.a.
b) Sa’d ibn Ma’oz r.a.
c) Mu’oz ibn Jabal r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

10. Haziraga yuborilgan 15 kishilik qo’shinga Rasululloh s.a.v. kimni amir qilib tayinladilar?
a) Abu Qatoda r.a.
b) Abu Ubayda r.a.
c) Amr ibn Os r.a.
d) Sa’d ibn Uboda r.a.

11. Makka fathining amalga oshishiga turtki bo’lgan sabab nima edi?
a) Hudaybiya sulhining buzilishi.
b) Qurayshning yahudiy qabilalari bilan birlashib Madinaga hujum qilish haqidagi rejasi.
c) Quraysh bo‘ysunmaguncha arablar yalpisiga bo‘ysunmasligi uchun uning fath qilinishi shartligi.
d) Makkaning uch buyuk sarkardasi musulmonlar safiga qo’shilib, ularning qo’shin soni ham ortganligi.

12. Hudaybiya sulhiga ko’ra, Quraysh bilan ittifoq bo’lgan qabila qaysi edi?
a) Bani Ka’b
b) Huzo’a
c) Bani Bakr
d) Havazon

13. Bani Bakrning Xuzoaga hujumi qaysi oyda bo’lib o’tdi?
a) Rajab
b) Sha’bon
c) Ramazon
d) Shavvol

14. Bani Bakr hujumi oqibatida Xuzoa qabilasidan necha kishi o’ldi?
a) 7 kishi
b) 10 kishi
c) 20 kishi
d) 32 kishi

15. Bani Bakrning qilmishi haqida Rasululloh s.a.v.ga xabar berib, bayt aytgan kim edi?
a) Budayl ibn Varqo’ al-Huzo’iy
b) Amr ibn Solim al-Huzo’iy
c) Harom ibn Umayya al-Huzo’iy
d) Ummu Ma’bad al-Huzo’iyya

16. Rasululloh s.a.v. bo’lib o’tgan voqealardan so’ng Qurayshga odam yuborib, uch taklifdan birini tanlashlarini aytdilar. Ularning boshliqlari nimani tanladilar?
a) Xuzo’alik o‘ldirilgan kishilarning xunini to‘lash.
b) Xuzo’aga qarshi hujum uyushtirgan Bani bakrliklarni o‘z sherikligidan chiqarish.
c) Ahdni buzib urush holiga o‘tish.
d) a va b.

17. Makka fathidan oldin Quraysh qabilasi boshlig’i kim edi?
a) Hakim ibn Hizom
b) Abu Sufyon ibn Harb
c) Safvon ibn Umayya
d) Ikrima ibn Abu Jahl

18. Sulhni yangilash uchun Madinaga borgan Abu Sufyon shaharda birinchi bo’lib kimga uchradi?
a) To’g’ri Rasululloh huzurlariga kirib, sulhni yangilash taklifini aytdi.
b) Mo’minlar onasi Ummu Habibaning oldiga kirdi.
c) Xuzo’alik Budayl ibn Varqo bilan uchrashdi.
d) Rasululloh s.a.v. masjidlariga kirishdan avval Abu Bakr r.a. bilan uchrashdi.

19. Ummu Habiba r.a. Abu Sufyondan Rasululloh s.a.v.ning ko’rpachalarini tortib olarkan, unga aynan nima dedi?
a) “Sen mushriksan, najassan!”
b) “Sen kofirsan, jirkanchsan!”
c) “Sen mushriksan, hayvonsan!”
d) “Sen do’zax ahlidansan!”

20. Abu Sufyonga odamlardan omonlik so’rab, Makkaga jo’nab qolishni kim maslahat berdi?
a) Budayl ibn Varqo.
b) Xolid ibn Valid r.a.
c) Umar ibn Hattob r.a.
d) Ali ibn Abu Tolib r.a.


Ushbu turda AbdulAziz va Yoqutxonning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Makka fathi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

1-tur javoblari 23-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar

Muallif Munira xonimBo'lim Intellekt

Javoblar: 269
Ko'rilgan: 62813
So'nggi javob 20 Sentyabr 2011, 09:31:46
muallifi braupov
,,Islomiy viktorina" savollar.

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 2546
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 08:26:03
muallifi Muslim Islomiddiyn
,Islomiy viktorina" haqida fikr- muloxazalar,takliflar va shikoyatlar...

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2728
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 13:46:37
muallifi Muslim Islomiddiyn
Islomiy resurslarga linklar

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 81
Ko'rilgan: 34286
So'nggi javob 08 May 2010, 14:21:36
muallifi ziyoda_aliyeva
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 6630
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin