Muallif Mavzu: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 118204 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12019
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
7-online tur natijalari
« Javob #240 : 17 Sentyabr 2011, 18:32:06 »
7-online tur natijalari

1   Anisa   100
2   Rabella   100
3   Zinnurayn   100
4   Abdumuhaymin   90
5   Nigora G'afurova   90
6   Muallim   85
7   Aziza Mannopova   80
8   Musannif Adham   80
9   Abdulhafiz   75
10   Muhammad Amin   75
11   Iroda Turdimatova   70
12   Murod   70
13   Ummatiy Muhammadiy   70
14   Lolo   65
15   Dilmurod Sulaymonov   60
16   Sora Hasan   60
17   Sevara   55
18   G_u_l_i   50
19   Habib   50
20   Mirolim   50
21   Sa'dulla   50
22   Begzod Bakirov   45
23   Murtazo   30

Ushbu tur o'tgan yilgi online turdan ko'ra qiziqroq va samarali o'tdi.
Ayniqsa, Rabella, Zinnurayn, Abdumuhaymin va Nigora G'afurovaning muvaffaqiyatli ishtiroki bizni xursand qildi.
Ishtirokchilar ushbu turga ham puxta tayyorgarlik ko'rganlari ularning javoblaridan bilindi.
Afsuski, bu turda yetakchilardan Murod karimov ishtirok etmadi. Agar ishtirok etganlarida kuchli 5-likdan o'rin egallashlariga umid bor edi.
Ushbu turda va 5-bosqichda ishtirok etgan barchaga tashakkur. Alloh ilingizni ikki dunyoda xayrli qilsin!

PS. Ushbu turda barcha ishtirokchilar uchun yarim javoblar ham qabul qilindi. Ba'zi savollarda rivoyatlar har xil kelganligi bois, ishtirokchi manbaga asoslanib aytgan variant to'g'ri javob sifatida qabul qilindi.
« So'nggi tahrir: 17 Sentyabr 2011, 19:00:33 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12019
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
V bosqichning yakuniy natijalari
« Javob #241 : 17 Sentyabr 2011, 18:58:17 »
V bosqichning yakuniy natijalari:

1   Anisa   700
2   Muallim   685
3   Aziza Mannopova   665
4   Zinnurayn   660
5   Iroda Turdimatova   650
6   Rabella   640
7   Muhammad Amin   635
8   Habib   630
9   Mirolim   620
10   Ummatiy Muhammadiy   620
11   Murod   615
12   Dilmurod Sulaymonov   610
13   Nigora G'afurova   610
14   Murtazo   605
15   Sevara   595
16   Murod Karimov   575
17   Abdumuhaymin   535
18   Lolo   535
19   Musannif Adham   535
20   Abdulhafiz   515
21   Sora Hasan   505
22   Begzod Bakirov   490
23   Sa'dulla   470
24   G_u_l_i   445
25   Hoji Mahmudov   420
26   Nodirshoh   395
27   As-Samarqandiy   330
28   Abdul_Malik   310
29   N.Nodirbek   265
30   Fatima Sultanova   260
31   Muhammad Yusuf   215
32   Abdulaziz Toshmatov   185
33   Bahodir Ashurov   185
34   Farhodjon Isroilov   180
35   Ahmad   175
36   Gulhayo   125
37   Islombek   120
38   Bahrom Raupov   115
39   Dilmurod Majidov   85
40   Jamol og'a   75
41   Humayro   40
42   Abduqahhor   30

Bu yil ham o'tgan yilgidek Anisa 7 ta turda bironta ham xato qilmay, 1-o'rinni egalladilar.

Har yilgidan-da samarali ishtirok etgan va so'nggi turdagina 3 ta xato javob bergan Muallim 2-o'rinni egalladilar.

Aziza Mannopova har yili bir o'rindan pastga tushmoqdalar, 3-bosqich g'olibi, 4-bosqich kumush medali sohibi bo'lgan bu ishtirokchimiz 5-bosqichda 3-o'rinni band etdilar.

Zinnurayn viktorinani o'rta holatda boshlab, so'nggi turlarda, ayniqsa, online turda 100 foiz javob berganlaridan so'ng, 10-o'rindan 4-o'ringa sakrab, o'tgan yilgidan bir pog'ona bo'lsa-da pastlab, sovrindorlar safidan joy oldilar.

Iroda Turdimatova esa o'tgan yilgi o'rinlaridan bir pog'ona yuqorilab, faxrli 5-o'rinni band etdilar.

Rabellaga qoil qolmasdan ilojimiz yo'q. So'nggi bosqichga juda a'lo darajada tayyorlanibdilar. Online turdagi 100 foizlik natija u kishiga 6-o'rinni naqd etdi.

O'tgan yili shirin tashvishlar ila viktorinada qatnasha olmagan, 1- va 2-bosqichlarda 4-o'rin, 3-bosqichda 8-o'rin sohibi bo'lgan Muhammad Aminga bu yil 7-o'rin nasib etdi.

Habib, so'nggi bosqichga yana ozgina tayyorlanganingizda kuchli 7-likdan joy olishingiz mumkin edi. Lekin 8-o'rin ham yomon natija emas.

9-o'rin sohibi Mirolim ham bu yil astoydil qatnashdilar. 9-o'ringa u kishiga Ummatiy Muhammadiy sheriklik qildilar.

Qolgan qatnashchilarga ham ishtiroklari uchun tashakkur bildiramiz.
Ilmlarini Alloh ikki dunyoda foydali qilsin!

Inshaalloh, yanagi haftaga g'oliblarni taqdirlaymiz.
Xomiylik qilmoqchi bo'lganlar bog'lanishlari mumkin.

Allohning Salomi, Rahmati va Mag'firati barchamizga bo'lsin!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12019
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #242 : 17 Sentyabr 2011, 19:01:36 »
V BOSQICH
7-tur: Nubuvvat xonadoni xonimlari

1. Qaysi ummul mo’miniynning laqablari “Ummul masokin” edi?
Javob: Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a.ning laqablari “Ummul masokin” edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

2. Rasululloh s.a.v. “Ey Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin” deb duoibad qilgan mal’un kim edi?
Javob: Rasululloh SAVning qizlari Ummu Kulsumni taloq qilib, u zotni haqorat qilgani sababli, Muhammad SAV Utayba haqida “Ey Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin” deb duoibad qilgan va u Shomda sherga yem bo’lgan edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

3. Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi kim edi?
Javob: Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi Ummu Rummon edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

4. Jabroil a.s. payg’ambarlardan boshqa ikki insonga salom aytganlar. Ular kimlar?
Javob: Jabroil a.s. payg’ambarlardan boshqa faqat Oyisha onamizga salom aytganlar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Xadicha sizga bir idishda nonxurush (yoki taom yoki sharbat) olib kelibdi, agar (yana) kelsa, unga parvardigoridan va mendan salom aytingiz hamda unga bashorat qilingizki, uning uchun jannatda shakar qamishdan bir uy hozirlab qo‘yilgan bo‘lib, unda na tashvish va na mashaqqat bor», — dedilar». («Sahihi Buxoriy»)

5. Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol kim?
Javob: Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol Usmon ibn Maz’unning zavjalari – Havla binti Hakim r.a.dir. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

6. Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: “Ayol kishi ersiz qancha sabr qiladi?” deb so’raganlarida, u kishi nima deb javob berganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: “Ayol kishi ersiz qancha sabr qiladi?” deb so’raganlarida, u kishi: “4 oy” dedilar. Shundan so’ng hazrati Umar askarlarni 4 oydan ortiq ushlab turmaslikka farmon berganlar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

7. Oyisha onamiz: “Men undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman” – deb kimni aytganlar?
Javob: Oyisha onamiz Juvayriya binti Horis r.a. haqida: “Men undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman” – deganlar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

8. Hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lgan 2 mo’minlar onasi kimlar?
Javob: Oyisha va Ummu Salama onamiz hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lganlar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

9. Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVdan tabarruk nimani olib yurardilar?
Javob: Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVning hinolangan bir necha dona soch tolalarini olib yurganlar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

10. Qaysi onamiz Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: “Sizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan”, der edilar?
Javob: Zaynab binti Jahsh r.a. Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: “Sizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan”, der edilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

11. Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a. onamizga mahrlari nima bo’lgan?
Javob: Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni ozod qilib, ozodlikni mahr qildilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

12. Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz kim?
Javob: Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz - Ramla binti Abu Sufyon r.a.dir. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

13. Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol kim?
Javob: Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol – Maymuna binti Horis r.a.dir. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

14. Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning nechta xotinlari bor edi?
Javob: Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning 9 ta xotinlari bor edi. (Imom Nasaiy rivoyati)

15. Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini kim o’qigan?
Javob: Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini Abu Hurayra r.a. o’qidilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

16. Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etgani kim?
Javob: Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etganlari – Ummu Salama r.a.dir. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

17. Qaysi onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

18. Oyisha r.a.dan “Odamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?” deb so’ralganida, u kishi kim deb javob berganlar?
Javob: Oyisha r.a.dan “Odamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?” deb so’ralganida, “Fotima edi” – dedilar. (Termiziy rivoyati)
Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Rasululloh Amr ibn Osni lashkarga bosh qilib Zotussalosilga yubordilar. O’shanda Amr bunday deb erdi: «G’azotdan qaytib, Janob Rasulullohning oldilariga keldim-da: «Sizga odamlarning qaysi biri mahbubroq?» — deb so‘radim. Ul zot «Oisha»,— dedilar. «Erkaklardan-chi?»—deb so‘radim. «Uning otasi»,—dedilar. «Undan keyin kim’»—deb so‘radim «Umar»,— dedilar-da, yana bir necha kishining ismini sanadilar, shunda meni eng oxirida aytishlaridan qo‘rqib sukut saqladim». (“Sahihul Buxoriy”)

19. Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini kim o’qigan?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini Najoshiy o’qidi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

20. Rasululloh SAV qaysi onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan?
Javob: Rasululloh SAV Zaynab binti Jahsh onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12019
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #243 : 17 Sentyabr 2011, 20:09:03 »
"Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi bosqichlar bo'yicha umumiy natijalar

1   Anisa   4428
2   Lolo   4030
3   Dilmurod Majidov   3700
4   Aziza Mannopova   3528
5   Muhammad Amin   3415
6   Musannif Adham   3105
7   Muallim   2970
8   Mahdiyah   2850
9   Ummatiy Muhammadiy   2615
10   Bahriddin Botirov   2590
11   Habib   2335
12   Farhodjon Isroilov   2260
13   Robiya   2075
14   Muslima   1885
15   Abdulloh90   1820
16   Abduvohid Ahmadaliyev   1765
17   Shoir   1705
18   Dilnoza Mirsaidova   1630
19   Iroda Turdimatova   1588
20   Sa'dulla   1570
21   Murod Karimov   1515
22   Mutaallimah   1515
23   Abdumuhaymin   1410
24   Nodir Shoh   1235
25   Abdulhafiz   1190
26   Mirolim Qodiraliyev   1145
27   Guli Omonova   1140
28   Abdulaziz Toshmatov   1130
29   Bahodir Ashurov   1125
30   Otabek To'rayev   1055
31   Fatima Sultanova   1025
32   Zulayho Xon   973
33   Murod Mamasoliyev   895
34   Sardorbek Turdiyev   895
35   Xayrulla Ibragimov   860
36   Mubashsher Muhammad   850
37   Rayyona Usmonova   850
38   Muhammad Ibrohim   830
39   Jamoliddin Hasanov   805
40   Bahrom Raupov   800
41   Shoxruh Mirzo   785
42   Zamira Hamidova   765
43   Dilnura Hakimova   760
44   Fatima Aliyeva   745
45   Rabella   640
46   Dilmurod Sulaymonov   610
47   Nigora G'afurova   610
48   Murtazo   605
49   Sevara   595
50   Nurulla Mukhamedov   586
51   Muslima Mamajonova   585
52   Bekzod Bakirov   575
53   Huzayfa_89   570
54   Nodir Shomirzayev   550
55   Aziz Uralov   545
56   Muxsina   530
57   Sora Hasan   505
58   Sunnatilla Ochilov   500
59   Javlonbek Ikromov   490
60   Sita   485
61   Muhammad Sohib   480
62   Sarah Mann   480
63   Olmos Isakov   445
64   KWL   435
65   Erkin Vahidov   420
66   Hoji Mahmudov   420
67   Yoqutxon Rasulova   415
68   Abdulatif   410
69   Shoira Shodmonova   405
70   ZUBAIR   400
71   Abdul_Malik   395
72   Mo'min Mirzo   390
73   Olimxon   375
74   A'zam Rahimov   370
75   Guli Iskandarova   360
76   Alisher Abdullayev   350
77   Nodir Mamatqulov   340
78   Dilshod ibn Hamid   335
79   Nodirbek Nishonov   335
80   Samia   335
81   As-Samarqandiy   330
82   Sakina   305
83   Muzayyana   300
84   Abdurrahmon   290
85   Yurist   275
86   Burhon To'raqulov   270
87   Hadija   265
88   Ilhom Ahmadjonov    260
89   Kamronbek   260
90   Asadulloh   250
91   Mars   245
92   Muhammad Sobirov   245
93   Fazilat   220
94   Maryam Isaboyeva   215
95   Muhammad Yusuf   215
96   ЖАМШИДЖОН   180
97   Ahmad   175
98   Sarvar Tojiyev   175
99   Abduxoliq   165
100   Oysha   160
101   Nozima G'aniyeva   135
102   Gulhayo   125
103   Islombek   120
104   Muhammad Murod   120
105   Habibullayev Ulug'bek   105
106   Naimjon   105
107   Nuriddin Sirojiddinov   100
108   Ulugbek-Uz   100
109   Abdullatif Boltaboyev   95
110   Muhammad Saidxon   90
111   Baxtiyor Xonkeldiyev   85
112   Muslima20   85
113   Xolms   80
114   Umid Xalilov   75
115   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70
116   Farrux Boltaboyev   65
117   Muhammadaziz Mamitov   65
118   Iqbol G'afforov   55
119   Maqsud Asqarov   55
120   Salmoni Forsiy   55
121   Halim   50
122   Jamol og'a   50
123   Munira Rozikova   50
124   Azimjon Madrahimov   45
125   Humayro   40
126   Mis_Shoira   35
127   Sherzodjon   35
128   Abduqahhor   30
129   Anvar Abbosov   25
130   Gulmira25   25
« So'nggi tahrir: 18 Sentyabr 2011, 06:45:46 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12019
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi g'oliblarini qutlaymiz!
« Javob #244 : 23 Sentyabr 2011, 09:20:12 »


 :bsm:

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!

Alhamdulillah, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarining so'nggi damlari qamrab olindi. Ushbu bosqichda 42 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

So'nggi 7-tur online savol-javoblardan so'ng, faxrli birinchi o'rin bu yil ham Anisa (Gulnoza Saidova)ga nasib etdi. U kishi 7 turda berilgan 140 ta savolning hammasiga aniq javob berdilar.

Har yilgidan-da samarali ishtirok etgan va so'nggi turdagina 3 ta xato javob bergan Muallim 2-o'rinni egalladilar.

3-bosqich g'olibi, 4-bosqich kumush medali sohibi bo'lgan Aziza Mannopova 5-bosqichda 3-o'rinni band etdilar.

Qo'qonlik ishtirokchi Zinnurayn 4-o'rinni egallagan bo'lsa, o'tgan yili 6-o'rinni egallagan Iroda Turdimatova 5-bosqichda 5-o'ringa ko'tarildlar.

Online turdagi 100 foizlik natija Rabellaga 6-o'rinni naqd etdi.

1- va 2-bosqichlarda 4-o'rin, 3-bosqichda 8-o'rin sohibi bo'lgan Muhammad Aminga bu yil 7-o'rin nasib etdi.

Viktorina g'oliblariga ushbu kitob va disklar taqdim etildi:
Qur'oni karim tilovati audio diski - 6 ta disk (Hasan va Husan qorilar)
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam (Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot silsilasi (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ixtiloflar, sabablar, yechimlar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Zikr ahlidan so'rang. 1-jild (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Mustalahul hadis (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Fiqhiy yo'nalishlar va kitoblar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ruhiy tarbiya audiodiski - 6 ta disk (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar shu yerda.
Biz Islomni bilamizmi tanlovi arxivi shu yerda.

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Viktorinada qatnashgan, bir sahifa bo'lsa ham kitob o'qib o'zining bilimini oshirgan, to oxiriga qadar hayajon bilan har bir savolga javob berib, natijalarni kutgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin! Ikki dunyoda foydali ilm bersin!

www.ziyouz.com tahririyati
« So'nggi tahrir: 25 Sentyabr 2011, 15:19:36 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar

Muallif Munira xonimBo'lim Intellekt

Javoblar: 269
Ko'rilgan: 61678
So'nggi javob 20 Sentyabr 2011, 09:31:46
muallifi braupov
,,Islomiy viktorina" savollar.

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 2424
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 08:26:03
muallifi Muslim Islomiddiyn
,Islomiy viktorina" haqida fikr- muloxazalar,takliflar va shikoyatlar...

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2653
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 13:46:37
muallifi Muslim Islomiddiyn
Islomiy resurslarga linklar

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 81
Ko'rilgan: 33498
So'nggi javob 08 May 2010, 14:21:36
muallifi ziyoda_aliyeva
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 6415
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin