Kutubxona > O'zbek adabiyoti

Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

<< < (14/15) > >>

XurshidbekUZ:
Otabek qo’shig’i

Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen dilxun-u, men ham dilshod emasman.

Boshga neki tushsa, ko’kdan atalmish,
Biz bir qafas aro giryon bir juft qush.
Bir go’shada sen xomushsan, men xomush,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.

Biz bir dinda muridlar ikki pirga,
Yo’latmasman seni men bilgan sirga.
Biz na do’stmiz, biz na g’anim bir-birga,
Sen jayron-u, men ham sayyod emasman.

Senga qo’ysin suymaganni suyishni,
Shunday yashash, aytgil, konglingga xushmi?
Seni quchib sog’inaman Kumushni,
Jon omoni o’zim hayot emasman.

Ey gul, suyib ne topding men yomondan,
Bekman, senga yor tilayman sultondan.
Ko’z uzmasman men Marg’ilon tomondan,
Senga ket ham, senga qol ham demasman.

Sen Shirin-u, men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u, men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab menga aytma zoringni,
Sen vayron-u, men ham obod emasman.

Muhammad Yusuf

XurshidbekUZ:
Kumushbibi nolasi

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.

Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Bag'ri gul, bag'ri otash Kumushh demang,
Ko'zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Bir ko'ray, Zaynab bilan qoling, begim.

Sig'madim kundoshning bu tosh shahriga,
Dosh berolmam bu qaroshlar zahriga.
Yordan ayrildim qaro yer bag'riga
Jo bo'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sen nechun to'lg'onasan kuygan ko'ngil,
Otabekni jonidan suygan ko'ngil.
Yashnagaymi bir quchoqda ikki gul -
Men so'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Yorginam ruxsoriga jonim fido,
Bu jahonda boriga jonim fido.
Xayr, ey, shirin zabonim, alvido!
Men o'lay, Zaynab bilan qoling, begim.

Sizga bir armon bo'lay, zolim begim,
Jayron bo'lay, quvlab yetib oling begim.
Marg'ilonning yo'lida boshim qo'yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim!

Muhammad Yusuf

XurshidbekUZ:

Kumush


Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

Muhammad Yusuf.

Muxsiya:
Otabek qo'wig'i we'ri Muhammad Yusufning qaysi to'plamida berilgan ilgari hech o'qimagan ekanman.

XurshidbekUZ:

--- Iqtibos ---Otabek qo'wig'i we'ri Muhammad Yusufning qaysi to'plamida berilgan ilgari hech o'qimagan ekanman.
--- End quote ---
Bilmadim, bu she'rlarni internetdan ko'chirildi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version