Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar  ( 186681 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


shoir  27 Iyun 2006, 05:56:54

shahina:

Assalomu alaykum!
Kimki O'tgan kunlar asarini o`qigan bo`lsa u haqdagi fikrlarini bildirsin. Undagi qaysi voqealar sizni to`lqinlantirdi?

mavzu arxivi

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:57:22

otabek:

Juda yaxshi mavzuni o'rtaga tashladingiz...
Mening nazarimda "O'tgan kunlar"dagi har bir detal yuraklarni larzaga keltiradigan darajada kuchga ega.
Bu- xalqimiz boshidan kechirgan tarix...
Bu- haqiqiy muhabbat fojiasi, chin sevgi madhiyasidir...

Mani ismim tarixi ham "O'tgan kunlar" romani bilan bog'liq. Men tug'ilishimdan avval onam endigina "O'tgan kunlar"ni o'qib tugatgan va "Agar qizlik bo'lsam, ismini Kumush, o'g'illik bo'lsam, Otabek qo'yaman", deb niyat qilgan ekanlar...

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:57:40

mahmud:

Menga Otabekning haydalish voqeasidan keyin Usta Olimni uyidagi hayoti va Usta Olimning hikoyasi yoqadi.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:57:55

shahina:

Saodat bilan Usta Alimning sevgisi fojea bilan tugagani yetmaganday Otabek bilan Kumushniki ham shunday yakun topgan odamga alam qilarkan

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:58:08

abdulaziz:

Ushbu mavzuni ko`tarib yaxshi ish qilibsizlar.
Manga Otabekni ushbu gapi yoqadi.
U zamona odamlari haqida gapirib noliydi-da:
"MOZORISTONDA HAYYA-ALAL FALAH" (najotga kelinglar) XITOBINI KIM HAM ESHITASRDI?" deydi.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:58:25

otabek:

Meni roman so'ngidagi Kumushning o'limi oldidan qilgan xatti-xarakatlari to'lqinlantiradi. U so'nggi nafasida ham o'zbek qizlariga xos odob-andisha, uyatchanglik va ota-onaga hurmat kabi fazilatlar chegarasidan tashqariga chiqmadi. Meni shu epizod juda ta'sirlantirgan...

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:58:39

abdulaziz:

Haqiqatda Qodiriyga besh ketish kerak. Ozbek mentaliltetini yaqqol ochib berganlar. Hatto, Kumushni holatini qarang: o`zi o`lim to`shagida yotibdi, o`zi bilan o`zi ovora. Lekin qaynotasi kelsa tavoze bilan turishga, o`zini o`nglashga intiladi. O`limi oldida ham qaynotasiga hurmatini saqlayapti.
MANA BIZNING QIZLARIMIZ!

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:58:58

akmal:

Menga o`tgan kunlarning quyidagi joyi yoqadi.
Otabek, kumus, Zaynabning sayrga chiqishlari, u yerdagi dialoglar yoqadi.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:59:17

otabek:

Har bir kitobxon romanni o'qib bo'lgach, albatta Zaynabni yomon ko'rib qoladi. Bu tabiiy. Ammo tasavvur qiling, asarda Zaynab obrazi yo'q. Menimcha, bu xolatda romanning ta'sirchanligi yo'qolardi. "O'tgan kunlar" xuddi xind filmlari kabi ikki sevishganning topishishi bilan yakun topardi. Lekin Zaynab obrazi borki, asar yig'latadigan kuchga ega...
Men ham Zaynabni yomon ko'rib qolganman. Ammo uni ayol sifatida to'g'ri tushunaman: uning ham sevishga, sevilishga haqqi borku. Zaynab - o'z sevgisi uchun kurashgan ayol.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:59:56

kumushbibi:

Qodiriyning bu romani kishilar qalbida o'chmas iz qoldirdi.Bu roman betakror O'zbek durdonasiga aylandi.Bu romanni o'qigan o'quvchi uni yana takror o'qigisi kelaveradi.Undagi obraz,so'zlarga shunday rang berilganki o'qigan o'quvchida albatta o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu romanda haqiqiy muhabbat,vafo,sadoqat,hurmat,mardlilik o'z ifodasini topgan.O'tkan kunlar o'zbekning dardli,qonli va armonli o'tkan kunlaridir

Qayd etilgan