Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar  ( 186809 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  27 Iyun 2006, 06:00:11

abdulaziz:

Ajoyib so`zlar!!!

Qodiriy bobomiz aytgan ekanlar:
Bu romanni 1 emas, 5 marta o`qing, shundagina siz hayotni tushunasiz.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:00:31

abdulaziz:

O`tkan kunlar dagi qaysi obraz sizga yoqqan-u, qaysi biri yoqmagan.
Ozgina izohlab bering.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:00:44

otabek:

"Otgan kunlar" dagi barcha obrazlar o'z o'rnida qo'llangan, deb o'ylayman... Hech bir obrazni ayro tasavvur qilish qiyin. Bir obraz olib tashlansa, roman kemtik bo'lib qoladi, manimcha...

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:01:00

shahina:

Manga anuv Jannat xolani qiliqlari yoqmagan.
O`zi ayol bo`lib turib qilayotgan xunuk ishlarini o`zimga singdiromaganman.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:01:21

dilshodbek:

Shahina, sizga aynan qanaqa hislatlari yoqmagan mani biroz yodimdan ko'tarilibdi.

Oldindan rahmat

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:01:38

shahina:

O`tkan kunlani o`qimaganmisiz?
Anuv Soduni onasi-chi?
Usta Alimni qo`shnisi.
Homidni hamtovog`i.
Ulaga shorva pishirib beradi, mudhish rejalarini amalga oshirishligida yordam beradi, hatto birga o`tirib nasha chekishadi-ku, esladizmi?

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:01:58

otabek:

"O'tgan kunlar" romani qaysi tillarga tarjima qilingan?

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:02:14

maknuna:

Ko`p tillaga tarjima qilingan: rus, fransuz, ingliz, fors...

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:02:28

otabek:

Koreys tiliga ham tarjima qilinsa, zo'r bo'lardi-da. "O'tgan kunlar"ning mazmunini ko'p koreyslarga gapirib berdim. Qiziqib qolishdi...

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:02:43

mohinur:

O`zingiz tarjima qilishga urinib ko`rsangiz-chi?
Sizning qo`lingizdan keladi...

Qayd etilgan