Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar  ( 186875 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


AbdulAziz  28 Iyun 2006, 06:40:20

maknuna:

Albatta Zaynabning ham ayol sifatida sevishga, qadr-qimmat topishga haqqi bor edi. Lekin, uning bitta katta aybi bor edi. Buni muallif ham ustalik bilan ta'riflagan. Unga biron taklif berilsa, masalan, to'yga borasanmi deyilsa, indamas, ota-onalari to'yga borib-kelishgandan keyin esa, nega meni olib ketmadinglar deya zorlanardi. Bu holatidan muallif uni "pismiq" deya ataydi.

"Mohira oyim har bir hayitdan birar oylar ilgari eriga aytib bolalarig'a kiyimlik oldirar edi. Olding'an kiyimlik Xushro'yg'a yoqmasa, darrov yaramag'anini aytib darrov almashdirib berishka dadasini majbur etar va  ko'nglidag'isini hosil qilib tinchir edi. Ammo Zaynab esa kelgan kiyimlikka qarshi boshda bir narsa demas, kiyimlik bichilib va tikilib ham arafa kunlari kelib yetkandan keyin hurpayib hech kim bilan so'zlashmay qo'yar edi. Mohira oyim qizining birarta ishdan norozilig'ini payqab, "Ming'aymas, pismiq o'lgur, tag'in nima jin urdi seni?" deb so'rag'anida, Zaynab qovoq-dudog'ini solib, bir og'iz ha javob bermas edi. Nihoyat ertaga hayit degan kuni Zaynabning hurpayishi yig'i bilan almashar va yig'i orasi maqsad ochilsa ham ko'pincha natijasiz qolar edi. Birar   joyga mehmondorchiliq uchun boradirg'an bo'lsalar, Xushro'y hammadan ilgari e'lon etar edi: "Men ham boraman!" Albatta uni qoldirib ketish uchun hech kimda had yo'q. Ikkinchi vaqt: "Men bormayman!" Bu taqdirda uni bir qadam siljitilsin-chi! Ammo Zaynab onasi bilan yangasi hanifa bir joyga otlanadirg'an bo'lsalar, "boraman, bormayman", demas, ular ham yig'lamag'an bolag'a sut berilmas qabilida indashmasdan mehmondorchilikka ketar edilar. Kechqurun qaytib kelsalar, bir burchakda Zaynab yig'lab o'lturipti.
- Nega yig'laysan?
- Nega meni birga olib ketmadingiz?...

"O'tkan kunlar"ning 3-bo'lim, 14-bobidan

Zaynabning yuqoridagi pismiqligi katta bo'lganda ham oz'garmagan edi. Otabek, unga oylab, yillar qaramay qo'yganda ham u hech nima demas, hatto yaqinlariga ham aytmagan edi. Lekin Kumushbibining kelishi bilan Zaynab ham g'imirlab qoladi, eriga nisbatan muhabbatini izhor etadi, go'yo Otabek "sensiz tura olmayman" degan deya, Kumushni ishontiradi.
Kumushbibining zaharlanishi oldidan ham Zaynab yana o'sha eski holiga qaytadi. Oldingidek kundoshlik munosabatlarini unutadi. Lekin bir kuni u opasinikiga borib, dardini to'kib soladi. Xushro'ybibi esa uning "esini kirgizadi".  Natijada juda ko'p insonlar baxtsizlik qa'riga g'arq bo'ladilar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2006, 06:41:24

maknuna:

Assalomu alaykum!
javoblar uchun tashakkur. yana bir savolim bor edi:
- Nima uchun "O'tkan kunlar"dagi, shuningdek "Mehrobdan chayon"da ham, ko'p voqealar qish vaqtida soodir bo'lgan?
Masalan eng kulminatsion syujetlar: Kumushbibining o'limi, Otabekning Marg'ilonga birinchi kelishi, ularnig topishishi, to'ylari qish paytda bo'ladi. "Mehrobdan chayon"da ham Anvar bilan Ra'noning qochishlari va shu bilan bog'liq kulminatsiya ham qish paytida sodir bo'lgan.
Yoki muallif shu faslni sevarmikinlar?

Habibullo Qodiriy "Otam haqida" kitobida yozishicha, Abdullo Qodiriy asosan qish kunlarida ijod qilardilar. Chunki yoz paytlari ular bog' ishlari bilan ortmas, dam olishga, yozmoqchi bo'lgan asarlari joylarini o'rganishga borar edilar. Qish kelishi bilan esa shahrdagi uyga ko'chisharkan. Hamma tashvishlardan holi bo'lgandan so'ng Qodiriy asar yozishga kirishardilar.
Issiq sandalga oyoqlarini tiqib, yonlariga yozuv qurollarini sozlab, acchiqqina choyni damlanib otam ijod qiladilar, deb eslaydi adibning o'g'li.
Menimcha muallif o'zlari qishda ijod qilganlari uchun shu faslni alohida mehr bilan tasvirlagan bo'lsalar kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2006, 06:42:22

qaysar:

Assalomu alaykum!
Ushbu asarni O'zbek adabiyotidagi eng zo'r asar desak arziydi.
Undagi barcha voqealar meni ta'sirlantirgan. Ayniqsa, Usta Alim sevgisi fojeasi, unikiga o'xshash Kumushning o'limi...
Bechora Usta Alimning ha, Otabekning ham sevgilari sarob bilan tugadi...

Har gal "O'tkan kunlar"ni o'qir ekanman, Usta Alimning hikoyasiga kelganda ajib bir shavqu zavq meni qamrab oladi. Hikoyaning o'ta samimiyligi, usta Alim va Saodatning qiziq sevgi tarixlarini muallif juda ishonchli va aytish mumkinki, mehr bilan tasvirlagan. O'qiguvchi Usta Alim bilan o'zini do'stdek tasavvur qiladi. Uning hikoyasini yonida aytib berayotgandek, usta baxtidan suyunadi, chehrasi ochiladi. Butun vujudi quloqqa aylanib, hikoyani tinglaydi. Ba’zida esa o’zini Usta Alimning o’rniga qo’yadi. Unikidek buyuk muhabbat, "œmanim uchun to’qib berolmaysizmi?" so’zi bilan boshlangan samimiy tuyg’ular o’ziga ham yor bo’lishini ich-ichidan istaydi.

Lekin har gal hikoyaning yakuniga kelganda uni davom ettirgim kelmaydi, Baxtning ketidan kelgan yovuz baxtsizlik hikoyasidan esankirab qolaman-u, shartta kitobni yopib qo’yaman. Bo’ldi, do’stimning hayoti kulga aylandi! Uxlay deyma-u, uyqum kelmaydi, o’zimni qayta-qayta Usta Alimning o’rniga qo’yaman. Bir balo qilib uxlab olganimdan keyin, Usta Alimni tushimda ham ko’raman, uning baxtidan yana quvonaman, sevinchim ichimga sig’maydi, qani uyg’onmasam... Lekin bir payt qorong’u zulmat ichidan bostirib kelgan baxtsizlik tushimni ham azaga aylantiradi... Usta Alimning u o’ldi?! degan so’zidan keyin... uyg’onib ketaman. Yana kitobni ochaman:
"œ"¦ Saodatning oy-kuni yaqinlashdi"¦ yaqinlashdi"¦ lekin abadiy baxtsizlik kunlarim, manhus soatlarim ham yaqinlashdi"¦ Dunyog’a kelib ko’rgan birdan-bir quvonchimdan ayrilg’an edim. Hayotning hamma umrimga kifoya qilarliq mudhish zarbasini shodliq ichida qarshilag’an edim. Oylar bo’yuncha ko’z yoshimni yog’mur kabi to’kdim. Chunki menga bundan boshqa ovunchoq qolmag’an edi"¦"

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyun 2006, 06:43:05

mohinur:

assalomu alaykum!
Birinchi o'zbek romani - "o'tkan kunlar" kitob bo'lib chiqqanda kishilar uchun juda qiziqarli bo'lgan bo'lsa kerak. Shu haqda ham ma'lumotlar bormi?

Habibullo Qodiriy "œOtam haqida" kitobida "œO’tkan kunlar"ning yakunlanib, bosilib chiqishi haqida xotirlaydi: (mazmuni)

Bir kuni otam o’zlarining ijodxonalarida yig’lab o’tirardilar. Bibim bilan shu xonaga kirdik. Keyin chiqib ketdim. Bibimdan otamga nima bo’ldi deb so’raganlarida, ular "œOtang jinni bo’lib qoldi"¦" deb javob qilgandilar. Keyin balsam, bu paytda dadam "œO’tkan kunlar"ning so’nggi bobini yozayotgan ekanlar.

Dadamning yaqin do’stlaridan Akbarxo’ja amakining xotirlashicha, ular har hafta "œgap" yeyisharkan. Har yig’ilishda dadam yozgan "œO’tkan kunlar"ning boblarini peshma-pesh o’qib berarkanlar. Bir kuni otam kechroq kelibdilar. O’rtoqlari davomini eshitaylik deyishganda, avval norinni yeb olaylik, keyin yeyolmay qolasizlar, desalar ham ko’nishmabdi. Keyin oxirgi boblarni o’qib berganlarida, hammalari yum-yum yig’lashgan ekan. Norinni ham yemay, uylariga tarqalishgan ekan.

Abdulla Qodiriy shunday degan edilar: Yozganing agar o’zingni yig’latmasa-kuldirmasa, o’zgani hech yig’latmas-kuldirmas!"

"œO’tkan kunlar" chop etilishi bilan hali siyohi qurimasdan kitobxonlar ommasiga yetib borardi. Roman yangi bosilib chiqqach (10000 nusxa), do’konlarda ko’p turmay, tezda sotilib ketgan ekan.

Qayd etilgan


Usmoniy  26 Avgust 2006, 00:56:42

O'tkan Kunlarda menga yoqadigan joy,
Hoji Yusufbek og'zidan;

Iqtibos


"Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg'iz o'z manfaati shaxsiyasi yo'lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi.Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg'an bo'lsaq yaqindirki, o'rus istibdodi o'zining iflos oyog'i bilan Turkistonimizni bulg'atar va biz bo'lsaq o'z qo'limiz bilan kelgusi naslimizning bo'ynig'a o'rus bo'yindirig'ini kiydirgan bo'larmiz..."
O’z naslini o’z qo’li bilan kofir qo’liga tutqin qilib topsirguchi — biz ko’r va aqlsiz otalarg’a xudoning la’nati albatta tushar, o’g’lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to’ng’uzxona qilishg’a hozirlang’an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo’liqarmiz! Temur Ko’ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Farobiy, Ulug’bek va Ali Sino kabi olimlarning o’sib-ungan va nash’u namo qilg’anlari bir o’lkani halokat chuqurig’a qarab sudrag’uchi albatta tangrining qahrig’a sazovardir, o’g’lim! Gunohsiz bechoralarni bo’g’izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg’uchi zolimlar-qurtlar va kushlar, yerdan o’sib chiqg’an giyohlar qarg’ishig’a nishonadir, o’g’lim!...


Abdulla Qodiriy , O’tkan Kunlar, Asr Oshgan Asarlar, "œSharq" Nashriyot-Matbaa Aksiyodorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati Toshkent, 2004, s.296


 

Qayd etilgan


Laylo  28 Avgust 2006, 12:23:24

Menga esa Otabekning ushbu gapi yoqadi:
"Darhaqiqat, mozoristonda "hayya alal falah" xitobini kim ham eshitardi...?"

Qayd etilgan


Abu Muslim  25 Noyabr 2006, 20:01:41

Ассалому алайкум
"Ўтган кунлар" романи юклаб олиш учун куйдаги линкка утинглар

http://islom.uz/index.php?option=com_remository&Itemid=26&func=fileinfo&id=22

Qayd etilgan


Foniy  17 Yanvar 2007, 14:07:03

Assalomu alaykum!
"O'tkan kunlar"ning ruschasi("Минувшие дни") bo'lsa, iltimos, linkini bering, oldindan rahmat!

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Sentyabr 2007, 05:43:32


Yozg‘uchidan

Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.
Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim.
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy)

Kitobning to'liq matnini saqlab olish

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 21:27:37

Ah ah "O'tgan kunlar" bu asarni ta'riflashga til ojiz rostdan ham.

Romanni Demirda ishlab yurganimda Rus dugonam Elenaga gapirib bergandim, qancha vaqtimni olgani aniq esimda yo'q, lekin asar tugaganda men yerga o'tirgan holda, dugonam esa oyoqda ho'ngir-ho'ngir yig'lar edik....

Asar inson yuragining eng tubidan joy olgan xotiralari kabi o'chmas iz qoldirgan menimcha har bir O'zbek insonida...

Haqiqiy O'zbekona yozilgan, har bir satridan "O'zbeklik tomgan" bebaho asarimizni muallifini Alloh rahmatiga olgan bo'lsin inshalloh...

Qayd etilgan