"+" va "-" Qoldirish kerakmi yoki olib tashlash?  ( 14536 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  12 Aprel 2008, 09:24:53

Assalomu alaykum!
Forumda yaxshi yoki yomon bahoni olib tashlash haqida takliflar bo'ldi.
Shunga munosabatingiz?

Forumning ushbu bandi foydalimi yoki foydasizmi?

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  12 Aprel 2008, 10:26:51

Va alaykum asssalam!
manga albatta foydali  man bu forumdan bilmagan narsalarimni bilib olyaoman!

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Aprel 2008, 11:06:30

Man shu "+" va "-" ni olib tashlash tarafdoriman.

Chunki umuman keragi yo'q narsa.
Bu nimaga + va - qo'yilayotganiniyam bilmi qolasiz.

Bekorga odamlarni chalg'itish.

Agar ja bo'masa mandagi + va - olib tashlaselar ham hursand bo'lardim.

Qayd etilgan


Umayyah  12 Aprel 2008, 11:25:25

Haa  man xam Noza singlimizni gaplariga qo'shilaman
bu plyus minus ni kim qo'yganini xam bilolmaymiz :(

Qayd etilgan


ikbaljohn  12 Aprel 2008, 12:04:36

Thanks tugmasini qo'yish imkoni bormi?

Qayd etilgan


mutaallimah  12 Aprel 2008, 12:37:53

Assalomu alaykum men ham shu bandni olib tashlash tarafdoriman.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Aprel 2008, 12:40:42

Menimcha qolaversin. Faqat kim qachon qo'yganligini ko'rish imkoni bo'lsin. O'shanda kimdir kimgadir o'sha belgilarni qo'yadigan bo'lsa izohlab ham beradi.

Masalan: Mana bu mavzudagi ushbu mulohazangiz uchun "yaxshi" belgisini qo'ydim. Yoki aksincha deb.

Qayd etilgan


Murod_bek  12 Aprel 2008, 13:02:48

Assalomu Alaykum!
Agar kim nimaga + yoki - bahoni qo'yganini bildirish hizmatini yo'lga qo'yishni iloji bo'lmasa olib tashlagan afzal. Chunki bu odamni chalg'itadi.

Qayd etilgan


Robiya  12 Aprel 2008, 13:32:22

Assalomu alaykum! Menimcha turgani ma'qul. U userlarga forumdagi o'z harakatlarini baholash imkonini beradi. Kim qo'yganini bilish yoki bilmaslik ham ahamiyatsiz, menimcha.

Qayd etilgan


shoir  12 Aprel 2008, 13:40:17

Assalomu alaykum! Menimcha turgani ma'qul. U userlarga forumdagi o'z harakatlarini baholash imkonini beradi. Kim qo'yganini bilish yoki bilmaslik ham ahamiyatsiz, menimcha.

Men ham shu fikrdaman.
Bu forumdagi ishtirokingizni baholashning bir usulidir.
Kim qo'ygani ham ahamiyatsiz. Ahamiyatli joyi sizning postlaringizga kimdir e'tibor berayotgani.
Balki, Noza aytganlaridek, faqat + ni qoldirish kerakdir...

Qayd etilgan