Donolar kitob haqida  ( 94999 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Robiya  04 Noyabr 2007, 13:59:51

G’oyat dono ishlarimizning oqibati bo’lmish ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun biz kitobdan burchdormiz.  R.Emerson

Kitob fikrlash qobiliyatimizni harakatga keltiradigan ixchamgina quroldir: u aqliy tanballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko’maklashuvchi tafakkur quvvatidir.  E.Fage.


Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Noyabr 2007, 07:36:59

Kitoblar aql farzandlaridir.
Jonatan SVIFT

Qayd etilgan


Foniy  05 Noyabr 2007, 15:13:34

Sandiq to'la kitoblari bo'laturib undan foydalanmaydigan(uni o'qimaydigan)lar ustiga yuk ortib qo'yilgan eshak kabidurlar!
Muallifi esimda yo'q

Qayd etilgan


Robiya  09 Noyabr 2007, 16:46:39

Kitoblar qalbni yoritadi,insonni yuksaklikka ko’taradi va kuchiga-kuch qo’shadi,unda eng yaxshi orzu-istaklarni uyg’otadi,aqlni charxlaydi va yurakni yumshatadi.   U.Tekkerey.

Kitoblar aql farzandlaridir.  J.Svift

Qayd etilgan


Robiya  09 Noyabr 2007, 16:49:28

Kitoblar mangulik xususiyatiga ega.Ular inson faoliyatining eng umrboqiy mevalaridir.   S.Smayls.

Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo’lib qoladi.  A.P.Chexov

Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig’idir.  J.Adison.


Qayd etilgan


Robiya  11 Noyabr 2007, 12:42:24

Biz kitob tufayli insoniyatning buyuk mutafakkirlari bilan muloqotda bo’lib huzurlanamiz va bu aloqa vositasidan har birimiz ham foydalanishimiz mumkin.  U.Chenning

Kitoblar bir avlodning boshqa avlodga qoldirgan ma’naviy vasiyati, nuroniy keksaning hayotga endi qadam qo’ya boshlagan o’smirga pand-nasihati,dam olishga otlangan soqchining navbatchilikka turgan soqchiga bergan buyrug’idir.  A.I.Gersen


Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Noyabr 2007, 08:37:36

Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
Amir TEMUR

Qayd etilgan


Robiya  06 Fevral 2008, 12:26:45

Kunlardan bir kuni Luqmoni Hakimdan: «Shuncha ilmni qanday to'pladingiz», deb so'rashibdi. Shunda donishmand: «Kitob o'qiyotgan paytlarimda yondirgan chiroq moyini hisoblang, uning qiymati yeb-ichgan narsalarimdan ko'proqdir», deb javob bergan ekan.

Qayd etilgan


Robiya  18 Fevral 2008, 17:03:42

Kitoblar bilan xilvatda o'tirish - nodonlar jamiyatida bo'lishdan yaxshidir. P.Buast

Qayd etilgan


Nurdinboy  17 Yanvar 2011, 10:55:13

"Китобни асраб варақлаш, имкон қадар бир очишда керакли саҳифани топиш ва зарур бслгандагина китобни варақлаш ҳам китобни улуғлашга киради. Китоб саҳифаларини варақлашда унинг варақларини ғижимлаб, буклаб, туфлаб варақлаб ножоиз ишдир. Зеро, китобни улуғлаш, илмни улуғлаш скан, китобхон китобни ҳар вақт таҳорат билан ушламоғи керак. Шайхулислом Имом Ҳалвоний: "Мен бу илмга фақат уни ҳурмат қилиб сришганман, бетаҳорат китобга сқин келмас сди", деганлар. Шайхулислом устоз Бурҳониддин Марғилоний шундай ҳикос қиладилар: "Бир фиқҳ олими сиёҳдонни китоб устига қсср скан. Шунда у зотга қараб форс тилида: "Бар на ёбий (съни ссмайсан ва камол топмайсан)", дедим".
Имом Зарнужий

Qayd etilgan