SHOIR (Hikoya). Karel CHAPEK  ( 8532 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  14 Aprel 2008, 11:57:48

Karel CHAPEK

SHOIR
(hikoya)

Ertalab soat to‘rtlarda Jitnaya ko‘chasida avtomashina shirakayf kampirni urib yubordi, haydovchi tezlikni oshirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Yoshgina politsiya amaldori d-r Meyzlik oldida ushbu jinoyatni ochish vazifasi turardi. Yosh politsiya amaldorlarining o‘z ishiga naqadar jiddiy yondoshishi esa hammaga ma’lum.

— Hm... — dedi Meyzlik 141 raqamli politsiyachiga. — Demak, siz o‘zingizdan uch yuz metrcha narida avtomobilni, yerda uzala tushgan tanani ko‘rdingiz. Qani aytingchi, ishni nimadan boshladingiz?

— Dastlab jabrlanuvchining oldiga chopib bordim, — so‘z boshladi politsiyachi, — chunki unga birinchi yordam ko‘rsatish zarur edi.

— Avval mashinaning nomerini aniqlash zarur edi, — to‘ng‘illadi Meyzlik, — keyin kampir bilan shug‘ullansangiz ham bo‘laveradi. Lekin, men ham, ehtimol, shunday qilgan bo‘lardim, — qo‘shib qo‘ydi u qalam bilan boshini qashilar ekan. — Demak, mashina nomerini payqamadingiz. Boshqa belgilarini-chi?

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 11:58:24

— Menimcha, — ishonchsizlik bilan dedi 141 raqamli politsiyachi, — u to‘q rangda edi. Yo ko‘k, yoki to‘q qizil. Ovoz pasaytirgichdan burqsib tutun chiqayotgani uchun hech narsani ko‘rib bo‘lmadi.

— O, xudoyim! — hafsalasi pir bo‘ldi Meyzlikning. — Endi mashinani qanday qilib topaman? Har bir haydovchini to‘xtatib, "œKampirni siz urib yubordingizmi?" deb so‘rab chiqamanmi? Nima qilish kerak, ayting-chi, qadrdonim?

Politsiyachi ehtirom va loqaydlik bilan yelkalarini qisdi.

— Axborot berishga jazm etdim, men bir guvohni ro‘yxatga olganman. Ammo u ham hech narsa bilmaydi, qo‘shni xonada kutib turibdi.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 11:59:04

— Olib kiring, — ho‘mrayib dedi Meyzlik xom-xatala tuzilgan bayonnomadan biron nimani ilg‘ab olishga harakat qilarkan, — ismingiz, turar-joyingiz? — kirgan odamga odatdagiday murojaat qildi u boshini ham ko‘tarmay.

— Kramik Yan, mexanika fakulteti talabasi, — aniq-ravshan so‘zladi guvoh.

— Siz bugun ertalab soat to‘rtlarda noma’lum mashina Bojena Maxachkovani urib yuborganligining guvohi bo‘ldingizmi?

— Ha. Men bunda haydovchi aybdor ekanligini aytib qo‘yishim kerak. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ko‘cha bo‘m-bo‘sh edi, u hech bo‘lmasa chorrahada tezlikni pasaytirganda edi...

— Siz hodisa sodir bo‘lgan joydan qancha masofa uzoqlikda edingiz? — uning so‘zini bo‘ldi Meyzlik.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 11:59:48

— O‘n qadam narida. Men o‘rtog‘imni qahvaxonadan kuzatayotgan edim, biz Jitnaya ko‘chasini kesib o‘tayotganimizda...

— O‘rtog‘ingiz kim o‘zi? — uning gapini bo‘ldi Meyzlik. — U haqda bu yerda hech narsa yozilmagan.

— Shoir Yaroslav Nerad, — faxr bilan javob qildi guvoh. — Biroq siz undan hech qanday ma’lumot ololmaysiz.

— Nega bunday deysiz? — qovog‘ini soldi Meyzlik, kichik bir xasga bo‘lsa ham "œyopishib olish"ni ko‘zlab.

— Chunki u shunaqa fazilatli inson. Baxtsiz hodisa yuz bergach, u yosh boladay yig‘lab yubordi va uyiga qarab chopdi... Shunday qilib biz Jitnaya ko‘chasidan ketib borayotgan edik, to‘satdan orqa tomondan nihoyatda katta tezlikda mashina uchib keldi...

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:00:16

— Mashinaning nomeri?

— Kechirasiz, payqamadim. Men faqat tezlik haddan tashqari yuqoriligiga e’tibor qildim va o‘zimcha...

— Qaysi turdagi mashina edi? — so‘zini bo‘ldi Meyzlik.

— To‘rt taktli ichki yonuv dvigateli, — bilag‘onlik bilan javob qildi student-mexanik. — Ammo qanday markadaligini men yaxshi ajrata olmayman.

— Kuzov qanaqa rangda edi? Mashinada kim bor edi? Usti ochiqmi yoki limuzinmi?

— Bilmadim, — xijolatomuz javob qildi guvoh. — Rangi chamasi qora edi. Ammo, umuman olganda, men payqay olmadim, chunki hodisa yuz berganda, men o‘rtog‘im tomonga o‘girilib: "œQara, qanday ablahlar-a, odamni urib yuborishdi-yu, hatto to‘xtashmadi ham", deb gapirayotgan edim.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:01:03

— Hm... — norozi ohangda to‘ng‘illadi Meyzlik. — Bu, albatta, tabiiy holat. Biroq men sizni mashina nomerini payqagan bo‘lishingiz kerak, deb o‘ylagan edim. Odamlarning kuzatuvchan emasligi g‘oyat ajablanarli. Siz shofyor aybdor ekanligini tushundingiz, ablah degan xulosaga keldingiz, mashina nomeriga esa batamom e’tibor qilmagansiz. Mulohaza yuritishga hamma usta, sezgirlik bilan atrofni kuzatishga kelganda esa... Tashakkur, janob Kramik, sizni ortiq ushlab turmayman.

Oradan bir soat o‘tgach, 141 raqamli politsiyachi shoir Yaroslav Nerad ijarada turadigan uyning qo‘ng‘irog‘ini bosdi.

— Uyda, — javob qildi uy sohibasi. — Uxlayapti.

Uyqusi chala qolgan shoir politsiyachini ko‘rib, ko‘zlari qinidan chiqib ketayozdi? "œNima ish qilib qo‘ydim ekan-a?" — degan fikr o‘tdi xayolidan.

Nihoyat, politsiyachi uni nima uchun politsiya mahkamasiga chaqirishayotganini Neradga tushutirishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:01:33

— Albatta borish kerakmi? — ishonchsizlik bilan so‘radi shoir. — Axir men baribir hech narsani eslay olmayman. Kechasi ozroq...

— Shirakayf bo‘lgansiz, — uning so‘zini davom ettirdi politsiyachi. — Men shunaqa ko‘p shoirlarni taniyman. Kiyinib chiqishingizni iltimos qilaman. Ungacha kutib turaman.

Yo‘l-yo‘lakay ular qahvaxonalar, umuman, hayot haqida, falakiyot timsollari, boshqa ko‘plab masalalar haqida gaplashib ketdilar; faqat siyosatga til tekkizishmadi. Do‘stona va saboqsifat suhbatga berilib mahkamaga ham yetib kelishdi.

— Shoir Yaroslav Nerad sizmi? — savol berdi Meyzlik. — Siz noma’lum avtomobil Bojena Maxachkovani urib ketganligiga shohid bo‘ldingizmi?

— Ha, — xo‘rsindi shoir.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:02:32

— U qanday mashina ekanligini ayta olasizmi? Usti ochiqmi, yopiqmi, rangi, yo‘lovchilar soni, nomeri?

— Bilmayman, — dedi. — Men bularga e’tibor qilmabman.

— Bironta ikir-chikir yoki tafsilotni eslashga urinib ko‘ring, — ma’lumot olishga harakat qildi Meyzlik.

— Nima deyapsiz! — ajablandi Nerad. — Men hech qachon tafsilotlarni payqamayman.

— Marhamat qilib ayting-chi, siz o‘zi hech narsani payqadingizmi? — istehzo bilan so‘radi Meyzlik.

— Shundoq, umumiy kayfiyat xolos, — mujmal javob qildi shoir. — Bilasizmi nima, o‘sha uzun, kimsasiz, tongotar paytidagi ko‘cha... Yerda yotgan ayol tanasi... To‘xtang! — nogoh xitob qildi shoir. — Men axir, uyga borganimdan keyin bu haqda she’r yozgandim.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:03:18

U cho‘ntaklarini kavlab, hisob-kitob chiptalari, konvertlar, g‘ijimlangan qog‘oz parchalarini ola boshladi.

— Bu emas, yo‘q, bu ham emas... Ha-ha, mana shunga o‘xshayapti. — U konvertning orqa tomoniga yozilgan misralarni o‘qishga kirishib ketdi.

— Menga ko‘rsating-chi, mensimay taklif qildi Meyzlik.

— Rosti, bu juda zo‘r she’r emas, — kamtarlik qildi shoir. — Ammo xohlasangiz, o‘qib beraman.

U ko‘zlarini yumib, qiroat bilan o‘qiy ketdi:

Tun pardasida saf tortganda uylar,
Mandolinada tong chalganda kuylar.
Qirmiz yuzin ochib kelar qizaloq,
Olis Singapurga ketganday uchib,
Poygachi avtoda ruhini quchib...
To‘zonga qulagan uzilgan lola,
Orzu-umidlari so‘ngandi beshak.
Iroda, matonat, vayron xotira,
Baxtsizlik bo‘lurmi, bundan-da o‘ksik!
O, oqqushjon bo‘yni, qontalash siyna!
Ikki besabr novda beparvogina,
Ajal nog‘orasin savardi dardli —
Fojiada inson yo‘qotdi qadrin.

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 12:03:54

— Bori shu, — yakunladi shoir.

— Kechirasiz, bularning ma’nosi nima? — so‘radi Meyzlik. — Gap nima haqda ketayapti o‘zi?

— Qanaqasiga nima haqda? Mashina tufayli yuz bergan hodisa to‘g‘risida-da. Nahotki, tushunmagan bo‘lsangiz?

— Unchalik emas, — tanqidomuz so‘z qotdi Meyzlik. — Bularning hammasidan men anglamoqchi bo‘lganim: "Iyul oyining o‘n to‘rtinchi kunida, ertalab soat to‘rtda, Jitnaya ko‘chasida quyidagi raqamli avtomobil mast holatdagi oltmish yoshli qashshoq kampir Bojena Maxachkovani urib yubordi. Jabrlanuvchi shahar shifoxonasiga jo‘natildi, ahvoli og‘ir", kabi ma’lumotlar yo‘q. Mazkur faktlar haqida, mening payqashimcha, bir og‘iz so‘z yo‘q. Ha-ha.

— Bular hammasi yuzaki faktlar, borliqning xom-xatala tasviri, — dedi shoir burni ustini qashlar ekan. — She’riyat esa ichki voqelikdir. She’riyat — shoir ongida tug‘ilgan erkin, syurrealistik timsollardir, tushundingizmi? Bu, mag‘zini chaqib anglanadigan manzaraviy va sasli ko‘rinishlardir. Shunday yo‘l bilan uni tushunish mumkin, aks holda... — ta’kid bilan yakunladi Nerad.

Qayd etilgan