So'rovnoma

O'zbek estradasining hozirgi holati haqida nima deya olasiz?


Yaxshi
  2 (5.3%)
O'rtacha
  4 (10.5%)
Yomon
  9 (23.7%)
O'ta achinarli
  17 (44.7%)
Men umuman estradaga qiziqmayman
  6 (15.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 37



O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..  ( 43703 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Kwl  27 Iyun 2006, 15:08:19

 siz  bularni tanqid qivosmi endi bu postlariz  bilan a?  yaxshigina g'iybat qiladigan mavzuni ochibsiz?
Man tanqidni o'zizdan boshlashni maslahat berardim. shulani  erinmasdan  ko'rib chiqib   kamchliklarini  ko'rishga so'zlarini  yodlashga  qanaqa vaqt topdiz.Shu  TV Markaz deganini keling siz ko'rmang eshitmang .o'shanda bunaqa bekorchi gaplarni gapirishga...
man bu gapim bilan  G'iybat qilmaslikni tarafdoriman.
Hidoyt Allohdan
P.S. Oldin ozimiz amal qip qoyelik

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyun 2006, 07:38:23

O'zbekcha "VIAGRA"

TV Markaz kanalini ko'rib, o'zimni xuddi MTV ni ko'rayotganday his qildim. Yangi guruh chiqibdi: "Setora"! Ashulalari nomi: Sen unga ishonma!
Men avval ko'rib bu chet-elliklar kim ekan deb qiziqayotgan edim. Keyin bilsam, ular o'zimizning o'zbek! lar ekan. Ularning harakatlari, ishva-nozlari, kiyinishlari istalgan "Viagra", "slivki" qizlarinikidan oshsa oshadiki, aslo qolishmaydi. Ekranda istagan narsangizni tomosha qilishingiz mumkin...
Hayron qoldim: nahotki o'zbek qizlari shunchalik o'zligini yo'qotgan bo'lsa? Mayli, yo'qotgan o'zgalardir,
Lekin nega ularni TVga chiqarishadi? Bundan maqsad nima? Boshqa qizlarga ham "hayot lazzatlari"ni o'rgatishmi? Yoki ko'rsatib qo'yishmi qizlarimizning "nimalarga qodir"liklarini?
Tushunmadim, tushunmadim...
Assalomu alaykum!
Mangayam shu qizlani qiliqlari yoqmayopti. Lekin siz yozgan klipni hali ko'rmadim. Undan oldingi kliplari ham yaxshi emas edi.
Gaplaringizga qo'shilaman. Shundayin sharmandali holatda klipga tushishning o'zi hayosizlik!
Nima deb izohlashga ham hayron qovomman.

Qayd etilgan


qaysar  29 Iyun 2006, 19:54:13

siz  bularni tanqid qivosmi endi bu postlariz  bilan a?  yaxshigina g'iybat qiladigan mavzuni ochibsiz?
Man tanqidni o'zizdan boshlashni maslahat berardim. shulani  erinmasdan  ko'rib chiqib   kamchliklarini  ko'rishga so'zlarini  yodlashga  qanaqa vaqt topdiz.Shu  TV Markaz deganini keling siz ko'rmang eshitmang .o'shanda bunaqa bekorchi gaplarni gapirishga...
man bu gapim bilan  G'iybat qilmaslikni tarafdoriman.
Hidoyt Allohdan
P.S. Oldin ozimiz amal qip qoyelik
Birodar, masalan, sizga savol siz umuman TV yoki PCda klip ko'rmaysizmi?
Hozirgi paytda istalgan inet cafega kiring, TV ko'ring, hatto davlat telekanallarida ham mana shu bema'ni kliplarni bemalol tomosha qilishingiz mumkin. Ming urinsangiz ham baribir ko'zingiz tushishi aniq.
Nega ularni tanqid qilmaslik kerak ekan?
Biz o'zimizni o'nglab yuraveraylik, boshqalar hohlaganini qilsin, shundaymi? Biz o'zimizni bilsak bo'ldimi...
Yo'q, birodar, agar biz hozir ularni qaytarmasak, bundanam battarini ko'radi bu ko'zlaringiz.
Bugun ko'ylaksiz chiqqan xonandalar ertaga...

Tushunmadim... Tushunmadim...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:34:04

Assalom:

Astag'firulloh!
haqiqatda Qaysarbek, umuman tushunib bo'lmaydigan holatlar haqida yozibsiz!
Nahotki o'zbek yoshlari, o'zbekona ibo, hayo bilan tarbiyalangan qizlarimiz ushbu holatdan ko'z yumishsa?
Estradamiz bir guruh yalang'ochlarning qiliqlari ostida xor bo'lmoqda!
Manam tushunmadim, tushunmadim

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:34:16

Noza:

Salom Qaysar!
MarkazTV da qo'yilayotgan bu kliplar haqidagi fikrlariz tog'ri.
Shu Mariochi ni oxirgi qo'shiqlarini baribir ko'pchilik yahshi ko'radi. Chunki ko'chada kichkina bolachalar ham shuni etib yurishibdi.
Radiolarnikuya gapirmasa ham bo'ladi. Radiolarda tinmi shu qo'shiqni aylantirishadi. Uni ustiga tinglovchilar ham so'rashadi. . Albatta hamamni o'z didi o'z hohishi bor. Lekin nega bunaqa ma'no mazmunsiz qo'shiqlarni yotvolib eshitishadi tushunmiman

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:34:52

Farzonochka:

Assalomu alaykum, yuqoridagi fikrlaga qoshilgan xolda etolamanki, hozirgi kopgina kliplada zarracha ma`no, mazmun qolmagan, negaki haqiqatdan ham qizla xuddiki bir,.... mayli , etmi qoya qoli. Muximi ula ashulasini emas, oziligini koz-koz qilishmoqchi, ashulasini ozini e`tibor bilan eshitsangiz birorta ma`no topmaysiz, nima deyishvotganlarini ozligi tushunishsa ham kotta gap, kegindan klipga tushvotganda, libosalar boyicha dizayenerlaga nima bolishgan bilmiman....

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:35:04

Mohinur:

Assalomu alaykum barchaga!
Anchadan beri forumga kirmagandim, judayam qiziqarli mavzular ketyapti ekan.
Ushbu mavzu ham hozirgi kunning muammolariga bag'ishlanibdi. Haqiqatdan ham hozirgi yoshlar aytib chiqayotgan qo'shiqlarda na ma'no bor, na saviya?
Haqiqatda shokolad qiz deb ham ashula aytadimi?
Ko'proq bunday ashulalarni FM radiolarida eshitib qolamiz. Nima, ular kim nimani olib kelsa qo'yishaveradimi?
Eshitishimcha avvallari radiolarda qo'shiqlarning saviyasini tekshiradigan komissiya bo'lgan ekan. Bilmadim, hozir bunday komissiya rolini aqchalar bajaryaptimi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:35:19

Noza:

Ko'pgina radiolarda ham, TV da ham hozirda farqi yoq bo'lib qolgan. Qanaqa qo'shiq, yoki qanaqa klipni aylantirish. Puli to'langan bo'lsa bo'ldi!!!

Bu Setorachalarni, "Shokolad qiz" kabilarni 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan insonlar ko'rishi u erda ishlaydiganlarni hatto 1 sekundga ham o'ylantirib qo'ymagan bo'lsa kerak.
Hadeb bitta puli to'langan qo'shiqni aylantiravergandan keyin albatta kichkinani ham kottani ham miyasida shu plastinkaga o'hshab aylanib qoladi .

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:35:31

maknuna:

Gaplaringizga 100% qo'shilaman. Radiolarimizda, TV markazda bunday qo'shiq va kliplar shunday ko'payib ketdiki, odam uni eshitishga, ko'rishga uyaladigan bo'lib qoldi.
Qo'shiqlarning matnlarida ba'zida uyatli so'zlar ham chiqib qoladi. Kliplarniku qo'yavering. Ularni ko'rib turib shular ham o'zbek qizlarimi deb hayron qolasiz.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:35:43

farzonochka:

Ha, man yaqinda Oypopuk Eshonxonovaning bir klipini korib qoldim, bitta ham ma`no mazmun degan tushunchalar yo..... Hayronman uni qanaq qib tv ga korsatishvotti, axir uni butun xalq korib turibdiyu.....

Qayd etilgan