So'rovnoma

O'zbek estradasining hozirgi holati haqida nima deya olasiz?


Yaxshi
  2 (5.3%)
O'rtacha
  4 (10.5%)
Yomon
  9 (23.7%)
O'ta achinarli
  17 (44.7%)
Men umuman estradaga qiziqmayman
  6 (15.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 37



O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..  ( 42772 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:35:57

Qaysar:

Hozir TVga pul bersangiz, undanam dahshatlarini ham chiqaraverishadi.
Nima balo o'zini tanasini ko'rsatib mashhhur bo'ladimi?. hayronman.

Tushunmadim... tushunmadim...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:36:14

Mehmon:

BARCHAGA SALOM!!!
MAN ANCHADAN BERI BU FO'RUMGA KIRMAYOTGANDIM . FO'RUMDA BILDIRILGAN BARCHA FIKRLARGA QO'SHILAMAN. HAYRONMAN HOZIRGI ARTISTLARGA BIROR BIR MA'NOLI QO'SHIG'I YO'Q. BUTUN BEMANI,RASVO QO'SHIQLAR AYTADI BUNISI YETMAGANDEK YARIM YALANG'OCH QIZLARSIZ KILIP CHIQARA OLMEYDI. NIMA ULARNI MAQSADLARI O'ZI BILMADIM AYOL ARTISLARNI AYTMASA HAM BO'LADI ULARNI QILADIGAN ISHLARI QO'SHIQ AYTISH EMAS BALKI O'Z LARINI BUTUN AVRATLARINI OCHIB GO'YOKI BOSHQALARNI HAM SHUNDAY YURISHGA CHAQIRISH BOLIB QOLDI.
BIR KUNI KO'KCHA MASG'IDIGA ASR NAMOZIGA KECHQOLIBROQ KIRGAN EKANMAN 2-JAMOAT NAMOZ O'QIYOTGAN EKAN QARASAM ULARNI ICHIDA OLIFTA DAVRON ERGASHEV HAM NAMOZ O'QIYAPTI. HAYRONMAN BULARGA NAMOZ O'QIYDIKU BIR TAMONDAN BEHAYO KILIPLAR CHIQARIB HALQNI BUZISHADI ....

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:36:25

Begona:

alomlar ..man ham o'z fikrimni bildirmoqchi edim . yuilduz usmonova,ozoda nursaydova umuman hamasi desam ham boladi yangi qoshiqchi bolib paydo bolgan paytida uzbekona kiyimda chiqishgan endi xozir pullari kamayib qoganmi?? bilmayman yirtiq kiym lar kalta ..qoshiqini eshitsang tanig jimirlab ketadi .farishtami deysan .o'zini tv da korsang tepa soching tikka boladi ..feruza jumaniyozova degani tv ga endi chiqgan paytida "begim bel bog'ingiz bog'lab qoyayn" degan qoshiqi b-n chiqdi uzbekcha uzuun koylakda chqidi juda yarashb turgan edi endi chi endi kambag'al bolib qolibdi>>>? kymlari kalta kulta bolypdimi ey??

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:36:39

maknuna:

Yulduz Usmonovaning konsertini Qur'on o'qib boshlashini qarang-u, keyin konsertda o'ynashini ko'ring.
Qilar ishni qilib qo'yib, Ozoda Nursaidovaning "Men 5 vaqt namoz o'qiyman, deyishiga nima deysiz?
Feruza Jumaniyozova Divanda (uzr) oyoqlarining yuqori qismigacha namoyish qilibdtushgan rasmini, "Darakchi"da chop ettirishga uyalmabdi-yu, yana "man besh vaqt namoz o'qiyman" deb yozib qo'yibdi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:36:51

Behzodbek:

Assalamu alaykum,
Ozodaning "Darakchi" da namoz o'qiyman, deganini eshitib men ham lol qolgandim.
Feruza Jumaniyozovani faqat 1-qo'shig'i (Nihol olishdan oldin) normalniy chiqqan xolos, deb o'ylayman. Keyin esa aynigandan-aynidi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:37:05

Fotih:

Ha, nimasini etasiz.
Hamma qo'shuchilar boshida juda sipo, oddiy bo'lib ko'rinadilar. Keyin esa o'zlarin namoyish qila boshlaydilar. Go'yoki muvaffaqiyat shu tanadagi go'zalliklardadek.
Yulduz Usmonova ham dastavval juda oddiy bo'lib chiqqan edi. Keyingi kliplarini ko'rsangiz...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:37:18

Dilshod:

O'zbek estrada yulduzlarimizga faqatgina bu forumimizdagina emas, balki boshqa katta internet saylarida, matbuotda, TV va radio to'lqinlarida o'zlarining tutishi haqida bir qator e'tirozlar bilan chiqiliyotgan bo'lsada o'zgarish o'sha-o'sha. Zamon bilan hamnafas bo'lib rivojlanish bo'lsa kerak bu. Bu haqda ehe qancha gapirilmadi. O'zlarining bergan intervyularida esa bu holatga oddiylik bilan qarashlarini keltirib o'tishgan, "vijdon erkinligi" bilan o'z holatlarini haspo'stlashadi. shov-shuv.uz saytida primadonnamiz Yulduz Usmonovaning Muqaddas Haj safariga borib kelganlari haqida yahshi bir yangilik o'qidim. Inshaolloh ziyoratlari qabul bo'lsin! Lekin maqolaga muhlislarning bildirgan munosabtalrini ko'rib, hafsalam anchagina pir bo'ldi. Har ne bo'lganda ham barcha inson o'zining e'tiqodi, mustaqil fikri va o'zining vijdoni pokligiga ega bo'lsin ekan. Yaratgan barchamizga insof-imon bersin.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:37:34

Assalom:

Dilshodbek,
Siz etgan saytni manam ko'rdim. Judayam achinarli holat.
Nima balo bu qo'shuqchilarga o'zligini "namoyish" etishga yaxshigina minbar chiqibdi.
Hammaligi o'zligini yalang'och suratlari bilan saytni egallab olishibdi.
Ayniqsa, ularga yozilgan commentlarni ko'ring.
Sharmanda! "Publichniy dom" bo'pqopti-yu!!!

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:37:46

Uztermbek:

Men bu yerga hech narsa qo'shimcha qilolmayman. Vaziyat shu qadar rasvoki, sira aytgulik emas. Lekin, tepada ovoz berishda butun vujudim bilan, havsala bilan, 'o'ta achinarli' degan joyni belgilab qo'ydim.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:37:56

Assalom:

Ha, juddayam achinarli.
Kecha adashib qaysidir Uzbek MP3 saytiga kirib qoldim. Spiskani ko'rib, qanchaaa tanimagan qo'shiqchilarim borligiga amin bo'ldim.

Bemaza qovunning urug'i ko'p deganlaridek, daraxtni bir tepsang yo rapchi yo bema'ni bironta ashulachi yog'ilvotti.

Qayd etilgan