So'rovnoma

O'zbek estradasining hozirgi holati haqida nima deya olasiz?


Yaxshi
  2 (5.3%)
O'rtacha
  4 (10.5%)
Yomon
  9 (23.7%)
O'ta achinarli
  17 (44.7%)
Men umuman estradaga qiziqmayman
  6 (15.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 37



O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..  ( 62345 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


qaysar  27 Iyun 2006, 14:41:34

O'zbekcha "VIAGRA"

TV Markaz kanalini ko'rib, o'zimni xuddi MTV ni ko'rayotganday his qildim. Yangi guruh chiqibdi: "Setora"! Ashulalari nomi: Sen unga ishonma!
Men avval ko'rib bu chet-elliklar kim ekan deb qiziqayotgan edim. Keyin bilsam, ular o'zimizning o'zbek! lar ekan. Ularning harakatlari, ishva-nozlari, kiyinishlari istalgan "Viagra", "slivki" qizlarinikidan oshsa oshadiki, aslo qolishmaydi. Ekranda istagan narsangizni tomosha qilishingiz mumkin...
Hayron qoldim: nahotki o'zbek qizlari shunchalik o'zligini yo'qotgan bo'lsa? Mayli, yo'qotgan o'zgalardir,
Lekin nega ularni TVga chiqarishadi? Bundan maqsad nima? Boshqa qizlarga ham "hayot lazzatlari"ni o'rgatishmi? Yoki ko'rsatib qo'yishmi qizlarimizning "nimalarga qodir"liklarini?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:42:24

"Ming bir kecha" va Yasmina

TV Markaz degani juda "zo'r" kanal chiqibdi-da! Har kuni yangi nom, har kuni yangi qo'shiq! Lekin bunisiga nima deyishgayam hayron bo'lib qoldim. "O Lally!" qo'shig'i ijrochisi Yasminaxon o'zlarini "Ming bir kecha" ertaklarida his qildilar shekilli.
Erkak kishi yotog'i, u ayolni chorlamoqda... Klip aynan shunday boshlanadi va klip davomida shu holat davom etadi. Haromga to'la ziyofat, klip qahramoni maroq bilan chilim tortadi. Atrofda jononlar hirom aylaydilar...
Bu bilan nimaga da'vat etishmoqchi? Zinogami? Ichkilikkami? Giyohvandlikkami? Behayolikkami?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:42:41

Plyajdagi "Afruz"

Bu tinib-tinchimagan "Afruz"chilar, kechagina tuxumdan chiqib nelarga qodirliklarini ko'rsata boshlashibdi. Plyaj, hamma yarim yalang'och, bu bolalar esa shular davrasida qo'shiq aytadilar.
Nima, o'zbekcha klip qilishga plyajdan boshqa joy qurib ketganmi? Yoki yalang'och erkagu ayolni namoyish qilish bilan ma'nisiz ashulalari haridorgir chiqib qoladimi?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:42:56

Dam ovotti mario!

Shu Davron Ergashevgayam tushunib bo'lmay qoldi. Oldinlari bir yaxshi qo'shiqlar aytardi. Endi esa allaqanday bir boshqacha ashulalar bilan odamni jig'iga tega boshladi. Avvaliga "zakonniy"ga chidadik, lekin "Mario"si o'tib tushdi. hadeb bitta qiz "mario" deb qichqiraveradi, kim o'zi mario? Qo'shiqqa nima aloqasi bor?
Qo'shiq matniga maymunlar qon yig'laydi. Shunchalik ham savodsizlik bo'ladimi? Qo'shiq ekan deb istalgan so'zni qo'yib aytaveradimi? "Uxlavotti mario, dam ovotti mario, manimcha u mario jahlimni biladiyo"
Shu ham she'rmi? Shu ham qo'shiqmi?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:43:15

Ozodlik ham evi bilan-da!

Shahzodbek degan repper "Ozodman" deb "barcha bevafo, jossalar, tyolkalar, chivihalar"ga murojaat qilibdilar. Murojaat ham shu darajadagi ichida yo'q gapning o'zi yo'q. Inglizchalab onasini, qizni so'kadimiyey yana allaqanday notanish iboralar...
Nega shunday ashulalar tarqab yuribdi, bemalol prokatlarga chiqarilgan? Axir qani vijdon?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:43:41

Shokolad qiz ham bo'ladimi?

Avvaliga qo'shiqchining nima deyayotganini tushunmadim. Ilhom Tursunov qizlarga yangi o'xshatish topibdilar. Lekin klipdagi qizlar aslo shokoladga o'xshashmasdi... Ular o'zlarning bor-budlarini namoyish qilib Ilhom akaga suykalishardi.
Qadahlar uriladi, Ilhom aka atrofida jononlar... Oq shokoladlar... Na she'rda ma'no bor, na qo'shiqda, na klipda? Nima demoqchi o'zi bu?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:44:04

Bema'ni "Kvartet" va DJ Rustambek

Avvaliga "Sezam" radiosini o'z bema'ni efirlari bilan egallagan jigitlar boshqa ommaviy axborot vositalariga ham siqilib kira boshladilar. Gazetada bema'ni maqolalar paydo bo'la boshladi: "Rustambek kimni yaxshi ko'radi? Sa'dalo uylanarmish"... Keyin 30 kanalda "xit-parad" boshlandi: Rustam va sa'dalolar bilan birga.
Mayli Sa'dalo ozgina jiddiyroq. Lekin nimaga Rustambek hadeb qimirlaveradi, qo'llari va oyoqlari bilan allanechuk harakatlarni nega qilaveradi? Jinni-pinnimi bu bola? dastlab uning allanechuk harakatlarini ko'rgan odam bu bola sal anaqaroq deb o'ylashi aniq.Ha, efirga chiqding, tek turib olib boraver, nimaga hadeb qimirlaverasan yoki kasalmisan? Qimirlamasang kasaling bosilmaydimi?
Radiodagi bema'niliklarini gapirmasa ham bo'laveradi. Qizlarga allaqanday savollar beradimi-yey, ba'zilariga haqoratomuz so'zlarni ham gapirganini guvohi bo'lganman. Lekin ba'zi qizlar Rustamga "o'lib qolishadi". Bilmadim, shunday bema'niliklar yoqadi, shekilli.
Shunaqa gaplardan keyin ozgina o'zini bosib oldi, shekilli, lekin baribir. Keyin o'sha "sezam"dagi to'rtovlon yangi guruh tuzishdi: "Kvartet". Ular endi ashula ayta boshlashdi. Qo'shiqlari ham bir-biridan bema'ni.
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:44:30

Yalang'och qizlar bag'ridagi "Shahzod"

Shahzod guruhi solisti Rashid Xoliqov ham "ajoyib" ishga qo'l uribdilar. "Yonimda" nomli ashulalariga "neefirniy" klip yaratiblar, juda g'aroyib. Shuncha yalang'och qizlarni qayerdan topdilar ekan, hayronman. O'zi shu o'zbek estradasiga moda bo'lyapti shekilli, hamma klipini yo hommomda, yo plyajda yoki yana boshqa go'shalarda olyapti.
Shahzod qo'shig'idagi yarim-yalang'och holat, qizlarning allambalo harakatlari kimning ko'zini bo'yash uchun? Yoki shu yo'l bilan mashhur bo'lmoqchimi bular? Boshqa yo'li qurib ketibdimi?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:44:49

Post scriptum

Ushbu holatlarni ko'rib Botir aka rahmatli yaratgan o'zbek estradasi achinarli ahvolga tushib qolganligidan kuyinaman. Xalq bularga nisbatan topib gapirgan: Daraxtga borib ikki marta tepsang, bir dunyo otarchi yog'iladi. Asl san'at esa yana qadrsiz qolib ketaveradi. Yana bilmadim.
Benom -X, 2+1, Shohruh Repper, Zero, Bojalar kabi bir qator (ularni sanab adog'iga yeta olmaysiz) guruhlarning ashulalarini umuman eshitib bo'lmaydi, u yerda na ma'no bor? na tuzukroq she'r bor? Faqatgina ritmdan iborat musiqiy asarning kimga keragi bor?
Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 15:01:30

Jiyda gullaganda

Bilmadim bu ashulani kim aytganini. Lekin bozorga tushsangiz ham, radioni burasangiz ham, TVda ham, ko'ch-kuyda, transportda shu ashula! Ikkita bezori bolalar aytishibdi.
Bahor kelib jiyda gullaganda
Asalari qo'nar ekan gullarga.
.....
Ishlar qaley, privet jononalarga...
Shu ham qo'shiq bo'ldimi. Ilgarilari kattalar "ha, qizlar jaa o'zgarib qopti, jiyda gullabdimi?" deyishsa, hayron bo'lardik, jiyda gullasa nima bo'larkin deb...
Endi shu narsa qo'shiqlarimizga ham ko'chibdi. Qo'shiq ekan deb nimani topsa aytaverish ekande-a? Nima foyda bu qo'shiqdan?

Tushunmadim, tushunmadim...

Qayd etilgan