So'rovnoma

O'zbek estradasining hozirgi holati haqida nima deya olasiz?


Yaxshi
  2 (5.3%)
O'rtacha
  4 (10.5%)
Yomon
  9 (23.7%)
O'ta achinarli
  17 (44.7%)
Men umuman estradaga qiziqmayman
  6 (15.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 37



O'zbek estradasi halokat yoqasidami?..  ( 62434 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:38:54

Dilshod:

Uztermbke, Bu alatta sizning shahsiy qarashingiz. Sizga aynan qaysi qo'shiqchilarning qanday holatlari yoqmaydi. Yorqin misollaringiz bilan bizga etib bera olmaysizmi fikrlaringizni.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:39:10

Uztermbek:

Mayli, aytsam ayta qolay.
Shahzoda. Yoqimtoygina qiz. Ba'zi qo'shiqlari yoqadi ham. Lekin uning oxirgi (va undan oldin ham) konsertidagi ochoq-sochiq liboslari-chi? Bir safar televizordan, Markaz-TV dan uning bir qo'shig'ini qo'yishayotgan edi. O'sha yerda o'tirgan ikki talaba qizning biriga qo'shiqchining orqa tomoni beligacha ochiq libosi yoqmadi, lekin boshqasiga yoqdi!
Barcha estrada yulduzlariyu yulduzchalari yosh-yosh yigit qizlarimizning ko'plari uchun salkam ideal, taqlid qilish ob'ekti. Demak, xalq oldida boyagidek hayosizlarcha chiqishlar yoshlarimiz ongida o'zining jiddiy, salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Uning akterlik qobiliyati esa maqtashayotganchalik emas. Hech qanday hissiyotni bera olmadi o'z obrazlarida, hammasi quruq, soxta. KLekin u suratga tushishda davom etyapti. Xuddi o'ziga o'xshash boshqa aktyorlik talanti yo'q qo'shiqchilar singari. Chunki ularda imkoniyat oddiy, talantli aktyorlarda farqli ravishda, ko'proq, homiylari bor. Kinochilar uchun ham ular qulay o'z mahsulotlarini sotish uchun. Axir, kinoteatrlarga majburan haydaladigan talaba va maktab o'quvchilari uchun ularni tomosha qilish juda qiziq (begona akterdan ko'ra).

Yulduz Usmonova. 'Primadonna'. Milliy yo'nalishda kuylagan qo'shiqlarini yaxshi ko'rib tinglayman. Zamonaviy qo'shiqlari va eng yozrqin yulduzimizning u kliplarda chiqishlari esa... Birgina, forsizabon kuylangan o'sha oxirgi "Biyo jonim" qo'shig'iga ishlangan klipni ko'ring. Bir yoqda raqqosalar buxorocha kiyinib muqom qilshadi, boshqa tomonda esa Yulduz kap-kalta ko'ylak kiyib olib ashula aytyapti. Yoshi nechaga boryaptiyu, buni xalq oldiga qay ko'rinishda chiqishini ko'ring. Dabdala (uzr....).

Lola. Yosh qizlarning ko'pchiligi uni juda yaxshi ko'rishadi. Gitara chalishni bilmasligi ko'rinib turibdi, shunga qaramasdan, bu asbobni go'yoki chalib qo'shiq aytishni, suratga tushishni yaxshi ko'radi. "Dadil' kiyinishi bo'yicha o'zbek (taassuflar bo'lsinkim, bu haqiqat...) qo'shiqchi qizlari safida oldingi qatorlarda turadi. To'y libosida kuyovi bilan tushgan suratini ko'rib qoldim gazetada. Yuzi to'lig'icha ochiq (bu-ku mayli), yigit uni quchoqlagan, kelin uning bag'rida (!), ko'lini kuyov ko'ksiga qo'yib turibdi. O'zi esa shirin jilmayib qay tarafgadir, balkim odamlarga qaragan. Xo'sh, deymiz, qani u yerda o'zbek qizlariga xos bo'lgan iffat, kelinlik latofati? Yo'q ular yoki men ko'rmayapman. Agarda to'yda mehmonlar ruslarday 'gor'ko' deb baqirishdi, ular hammaning ko'z o'ngida anchayin muddat o'pishib turdi deyishsa, men ishonaman.

Setora degan yangi guruh paydo bo'ldiki, behayolik bobida oldingi uchlik ip esholmay qolishdi.

Xullas, misol keltiraversa ular ko'p, ko'p gap esa... bilasiz.

Bu fikrlarimda men mavzudan ham chetlashib ketgan bo'lishim mumkin. Shunday bo'lgan taqdirda sizlardan uzr so'rayman. Va eslatib o'tamanki, bu, Dilshod aytgandek shunchaki mening 'shaxsiy fikrim' dir.

Hammasini toqat bilan o'qib chiqqanlarga, e'tiroz yoki qo'shimcha qilganlarga tashakkurimni izhor etaman.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:39:24

Assalom:

Uztermbek!
Gaplaringizni 150 % qo'llab quvvatlayman :)
Bu ketishda hali qo'shiqchilarimiz tungi libosda ham xalq oldida ko'rinishdan ham toyishmaydi shekilli. (balki ko'rinishayotgandir ham).

Ha, bu juda dolzarb muammo.
Mani bir kichik qizbola jiyanim bor. Shu jiyanimning ideali Shahzoda!
Bir kuni oyisiga uqtirvotti: "Oyi, oyi mangayam anu Shahzodani kiyimidan olib berasiz-a"
U ko'rsatgan kiyim esa har yerlari yirtiqligidan odam uyaladigan joylari ham bemalol ko'rinib turadigan ko'ylak. Yosh bola, hali hech narsani tushunmiydi. Lekin havas qivotti.

Mana muammomiz. qaysi ashulachining klipini ko'rmang, tor shim, mana-mini-yupka, yana allambalo liboslarda hirom etayotgan qizlarga ko'zingiz tushadi. Agar yonizda kotta odamlar bo'lsa, uni ko'rish uyat.

Lekin mana shu uyat kliplani TVda rosa aylantirishvotti. Seriallada bo'lsa o'pshayotgan oshiq-ma'shuqlar bemalol ekran yuzini ko'rmoqda. Mayli bu haqda boshqa threadda gapirarman.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:39:38

Dilshod:

Uztermbekning holis, ochiq va haqqoniy qarashlariga tan bermasdan ilojimiz yo'q. Rahmat sizga shunchalik bayon etib bera olganingiz uchun fikrlaringizni. Haqiqiy holis muhlis manimcha deyarli shunday bo'lishi kerak. Bu haqda yana kimning qanday "dard"lari bo'lsa bemalol aytinglar. Bu biz uchun juda qiziq va sizning gaplaringiz bu erda qadrli. Uztermbek shu o'rinda "nur bor joyda soya ham mavjud" degan naqlga amal qilgan holda sizga yana savol ustidan savol yo'llasam degandim. Yoqirida sanab o'tgan estrada honandalaringizning qaysi zamondosh-kasbdoshlari sizni qoniqtira oladi? Savolimni yahshi anglagandirsiz degan umiddaman. Boshqa forum ihstirokchilari, "yahshi imkoniyat"dan siz ham foydalaning.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:40:02

Noza:

Assalomu alaykum aziz forum azolari.
Man bu mavzuga anchadan beri kirmi qo'ygan edim.

Albatta estradamizdagi ayrim (afsuski ular ko'pchilikni tashkil etadi) "YULDUZLAR" ining bu holda o'zlarini tutishlari, kiyim kechaklari kelajak yoshlarga yomon ta'sir qiladi.
Hali 6-7 sinfga bormagan qiz "Huddi Shazodaga oxshab kiyinishni hohlaydi, yoki Rayhonga oxshab bo'yanishni hohlaydi, Lolaga oxshab......"
hullas gapirsa poyoni yo'q.
Bu narsaga biz bu yerda gapirsagu, boshqalar e'tiboq bermasa, bunga o'sha hukumat e'tibor berishi kerak.
Umuman TV da bunday kliplarni qo'yish taqiqlanganida edi bunaqa sharm hayosiz kiyinishlar, klpilar ham bo'lmasidi.
Odamlar ko'rar ekan, talab bor ekan bu narsa "rivojlansa" rivojlanadiyu yoq bomidi manimcha.

Yulduz Usmonovaga kelsak. Man bu insonni haqiqiy qo'shiqchi sifatida juda hurmat qilaman. Kuylayotgan ana shu qo'shiqlari mani dunyoqarashimga ham katta ta'sir ko'rsatgan.

Masalan Lola, Shahzoda kabilar "okahonlari" bo'lmaganida estradad 1 minut ham qolmagan bo'lardi. Ularda ovoz yoq dib o'yliman man.

Eng yaxshi narsa FONOGRAMMANI YOQOTISH!!!
Shundagina estradamiz sal o'ziga keladi.   

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:40:18

Uztermbek:

TV da chiqayotgan mana bemaza kliplaru, radio orqali butun mamlakatga (butun dunyoga desak ham bo'lar?!) - boshqa bir mavzuda aytilganidek, "pornografik mazmundagi" qo'shiqlar - tarqatilayotgan qo'shiqlar oqimi kuchaysa kuchayadiki, to'xtamasa kerak. Bunday deyishimga sabab, o'sha nufuzli OAV tahririyatlarida mehnat qilayotgan kishilar uyoqqa ko'chadan to'g'ridan-to'g'ri kirib bormagandir, ular axir o'z sohasining mutaxassisi, katta yoshdagi kishilardir. Hamma qo'shiqlar ularning qo'lidan yoki maxsus tashkil etilgan komissiyalar ko'rigidan o'tadi, keyin efirga chiqadi. Lekin, aziz do'stlar, hech kim tanimagan, na bir tuzuk ovozi, na bir kuylayotgan qo'shg'ida zarracha mantiq bo'lgan yosh yulduzchalar qay yo'l bilan hammaning oldiga chiqib olib, qo'lidan kelmagan ishni qilishga urinishadi (hali shaxs sifatida shakllanib ulgurmagan yoshlarga balkim ular yoqar...)? Shunday paytlarda ularga: "Baraka topgur, boring, yaxshilab tahsil oling, yaxshi ustozlarning etagini tuting, 5-6 yildan keyin bir aylanib kelarsiz" degingiz keladi. Yo'q, ularga tez va oson shuhrat qozonish muhimroq, kattalarning esa ularga muruvvati cheksiz.
Yoshlar ayniyapti, deyishadi. Yo'q, ularni kattalar erkalatib yuborishayapti. O'sha sahnadagi, kliplardagi, suratlardagi ochiq-sochiq kiyingan qo'shiqchilarning ham ota-onlari bor (Ilohim sog'-salomat bo'lsinlar), lekin ular o'z farzandlarining shu yurishiga xotirjam munosabatda bo'lishadi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:40:29

Maknuna:

Sayyora Qoziyeva degan yaxshi bir qo'shiqchi borlar.
Lekin shu "onaxon"ning qiliqlarini hech hazm qila olmayman. Kelini, nevarasi bor ayolning "Qizlardan ham o'taman" deya o'zlarini supermodel tasavvur ertishlari va bu rasmlarni matbuotda e';lon qilishlari...
Uyda navaralarizga yaxshi ertelar etib yursez bo'miydimi, deging keladi.

Yulduz Usmonova ham shunaqa. Man ham ularning san'atlarini hurmat qilaman. Lekin shaxs sifatida u kishiga zarracha ham hurmatim qolmagan.
Hoji ona degan nom bilan TVyu konsertlarda mana man deganlarni yiqitishga urinayotgan xonandaning holatiga ham achinasan.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:40:44

Maknuna:

Judayam to'g'ri mulohazalar!
"Dev bilan pakana" filmini ko'rgan bo'lseylar shu yerda yangi chiqayotgan yulduzlarning asl basharasi ochib berilgan.

Ularga baribir, qanday qilib bo'lsa ham shou biznes olamida o'z joylarini egallasalar bo'ldi. Buning uchun hayvoniy his-tuyg'ulardan ham qochmaydilar. Onalari esa o'zlari qizlarini begonaga qo'shib qo'yadilar.

Sahnada yalang'och chiqsang, obro'ing oshadi, tez ko'tarilasan, deyishadi. Ularga baribir, ko'tarilsa, pullar, gullar, olqishlar, xushtorlar...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:41:01

Uztermbek:

Maknuna, balli sizga, bag'oyat to'g'ri gapirdingiz. Nima qilaylikki, shular achchiq haqiqat, jirkanch bir manzara.

"Dev bilan pakana" ni esa yana bir qarab ko'rishga to'g'ri keladi, film mazmuni yodimda qolmabdi

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:41:17

AbdulAziz:

Shu filmdan iqtibos:

- Bugungi san'at eng katta biznes. Rohatoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Rohatoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Rohatoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...

Qayd etilgan