Uztermbek:
Mayli, aytsam ayta qolay.
Shahzoda. Yoqimtoygina qiz. Ba'zi qo'shiqlari yoqadi ham. Lekin uning oxirgi (va undan oldin ham) konsertidagi ochoq-sochiq liboslari-chi? Bir safar televizordan, Markaz-TV dan uning bir qo'shig'ini qo'yishayotgan edi. O'sha yerda o'tirgan ikki talaba qizning biriga qo'shiqchining orqa tomoni beligacha ochiq libosi yoqmadi, lekin boshqasiga yoqdi!
Barcha estrada yulduzlariyu yulduzchalari yosh-yosh yigit qizlarimizning ko'plari uchun salkam ideal, taqlid qilish ob'ekti. Demak, xalq oldida boyagidek hayosizlarcha chiqishlar yoshlarimiz ongida o'zining jiddiy, salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Uning akterlik qobiliyati esa maqtashayotganchalik emas. Hech qanday hissiyotni bera olmadi o'z obrazlarida, hammasi quruq, soxta. KLekin u suratga tushishda davom etyapti. Xuddi o'ziga o'xshash boshqa aktyorlik talanti yo'q qo'shiqchilar singari. Chunki ularda imkoniyat oddiy, talantli aktyorlarda farqli ravishda, ko'proq, homiylari bor. Kinochilar uchun ham ular qulay o'z mahsulotlarini sotish uchun. Axir, kinoteatrlarga majburan haydaladigan talaba va maktab o'quvchilari uchun ularni tomosha qilish juda qiziq (begona akterdan ko'ra).
Yulduz Usmonova. 'Primadonna'. Milliy yo'nalishda kuylagan qo'shiqlarini yaxshi ko'rib tinglayman. Zamonaviy qo'shiqlari va eng yozrqin yulduzimizning u kliplarda chiqishlari esa... Birgina, forsizabon kuylangan o'sha oxirgi "Biyo jonim" qo'shig'iga ishlangan klipni ko'ring. Bir yoqda raqqosalar buxorocha kiyinib muqom qilshadi, boshqa tomonda esa Yulduz kap-kalta ko'ylak kiyib olib ashula aytyapti. Yoshi nechaga boryaptiyu, buni xalq oldiga qay ko'rinishda chiqishini ko'ring. Dabdala (uzr....).
Lola. Yosh qizlarning ko'pchiligi uni juda yaxshi ko'rishadi. Gitara chalishni bilmasligi ko'rinib turibdi, shunga qaramasdan, bu asbobni go'yoki chalib qo'shiq aytishni, suratga tushishni yaxshi ko'radi. "Dadil' kiyinishi bo'yicha o'zbek (taassuflar bo'lsinkim, bu haqiqat...) qo'shiqchi qizlari safida oldingi qatorlarda turadi. To'y libosida kuyovi bilan tushgan suratini ko'rib qoldim gazetada. Yuzi to'lig'icha ochiq (bu-ku mayli), yigit uni quchoqlagan, kelin uning bag'rida (!), ko'lini kuyov ko'ksiga qo'yib turibdi. O'zi esa shirin jilmayib qay tarafgadir, balkim odamlarga qaragan. Xo'sh, deymiz, qani u yerda o'zbek qizlariga xos bo'lgan iffat, kelinlik latofati? Yo'q ular yoki men ko'rmayapman. Agarda to'yda mehmonlar ruslarday 'gor'ko' deb baqirishdi, ular hammaning ko'z o'ngida anchayin muddat o'pishib turdi deyishsa, men ishonaman.
Setora degan yangi guruh paydo bo'ldiki, behayolik bobida oldingi uchlik ip esholmay qolishdi.
Xullas, misol keltiraversa ular ko'p, ko'p gap esa... bilasiz.
Bu fikrlarimda men mavzudan ham chetlashib ketgan bo'lishim mumkin. Shunday bo'lgan taqdirda sizlardan uzr so'rayman. Va eslatib o'tamanki, bu, Dilshod aytgandek shunchaki mening 'shaxsiy fikrim' dir.
Hammasini toqat bilan o'qib chiqqanlarga, e'tiroz yoki qo'shimcha qilganlarga tashakkurimni izhor etaman.