Qurbon hayitini nishonlash uchun 15 maslahat.  ( 8716 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:44:31

 
1. Bolalarga Qurbon hayiti va haj haqida ma’lumot beringlar. 

Buni ularga Ibrohim Alayhissalom qissasini aytib berishdan boshlang.Qur’oni Karimdan va Hadislardan Qurbon hayitiga oid ma’lumotlarni keltiring,  bolalarga tushunarli qilib talqin qiling. Ularni bu haqida fikrlashga undang. Hayit bilan bog'liq hikoyalar aytib bering. O'z bolalaligingiz davridagi hayit bilan bo'g'lik bo'lgan voqealar bo'lsa ularni ham aytib bering, bolalarga ota-onalarning yoshlik hikoyalari juda qiziqarlikdir. Bu yerdan bir hayit hikoyasini topishingiz mumkin.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:45:14

2.Oila a’zolaringiz bilan Qurbon hayiti haqida fikrlashing.

Qurbon hayitinı qanday nishonlash mumkinligi haqida suhbatlashing. Bolalarga hayit kunida musulmon oilalar nimalar qilishi kerakligini tushuntiring. Kun damovida bajarilishi kerak bo’lgan amallar (hayit namozi, qurbonlik amalga oshirish) ni qanday tartibda o’tkazishni rejalashtiring. Albatta bolalarning ham fikrini inobatga oling, toki ular bayramni nishonlashda o’z hissalari borligini  bilsinlar. Bu ularga  ma’suliyatni his etishga turtki bo’ladi.       


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:45:30

3. Uyni hayitga mos qilib bezating.

Bu bolalarga bayram kayfiyati ulashadi, esda qolarli boladi. Uyni bezashda sharlardan, o’zingiz tayyorlagan plakatlardan foydalanish mumkin.(Ramazon bayramin loyihasiga qarang.) Bunda bolalarning ıshtiroki muhim.
Hayit bezagi uchun qo’shimcha qo’llanmalar bu yerda mavjud.
Ramazon Lavhiga ham o’zgartirishlar kiritib hayit uchun tayorlashingiz mumkin.       


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:45:52

4. Haj va hojilar haqida suhbatlashing.     

Hayitgacha bolgan vaqt ichida oilaviy suhbatlarda haj va hojilar haqida    suhbatlashing.Bolalarga musulmonlar uchun farz bo’lgan bu amalning mohiyatini   tushuntiring.Ularga Hojar va Haj rivoyatlarini aytib bering.Ular haqidagi rivoyatni bu yerdan olishingiz mumkin. 


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:46:25

5. Hojilar ziyorati.

Bolalaringizga haj safaridan qaytgan hojilarni ziyorat qilishni taklif qiling. Hojilarning qachon qaytishlarini surishtirib, ular ziyoratiga vaqt belgilang. Ziyorat uchun vaqt belgilayatganda bolarning vaqti bilan ham hisoblashing. Bu amal musulmonlarning go’zal amallaridan biri ekanligini ularga tushuntiring.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:46:42

6.Sovg’a ulashish.

Sovg’a ulashish haqida bolalarning fikrini biling. Balki ular ham o’z do’stlari va sinifdoshlariga hayit sovg’asi ulashmoqchidirlar? Ularning bu fikrlarini qollab-quvatlang. Sovg’a sifatida shirinliklar, ibratli hikoyalar kitobchalari tarqatish mumkin. 


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:47:01

7.Bolalarni oz qollari bilan sovg’a tayyorlashga qiziqtiring.

 

 

Sovg’a sıfatida otkritkalar, ibratli hikoyalar yozilgan jajji kitobchalar, qiz bolalar esa shirinliklar tayyorlashlari mumkin. Bu ularning ijodkorlik qobiliyatini oshiradi, hamjihat bo’lishga undaydi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:47:19

8.Muhtoj bolalarni eslang

 

 

Bolalaringizga dunyoda hamma bolalar ham ulardek to’q yashamayotganini, bazilarida ularda bor ko’p narsalar bo’lmasligi mumkinliginı ayting. To’kislik uchun Allohga hamd aytish kerakligini yana bir bor eslating. Qurbon hayiti esa ehson qilishning ayni paytidir. Oilangiz bilan muhtojlarga xayr — ehson qilishda bolalaringizni qiziqtiring. Ular ham birovni xursand qilish qanchalik yoqimli va savobli ekanini his etishsin. Bu ishni o’z mahallangizdan boshlang. 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:47:37

9.Hayit dasturxoni.

 

Oila a’zolaringiz bilan hayit dasturxoni qanday bo’lishini muhokama qiling. Bolalarning fikrini inobatga olishga harakat qiling. Agar ular ham hayit dasturxoni hozirlashda ishtirok etish niyatini bildirishsa, ray’larini qaytarmang. Bu hayitning haqiqiy oilaviy bayram qilib otkazishga yordam beradi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:47:56

10.Yangi ust-bosh.

Ko’pchilik musulmon davlatlarida hayitga yangi kiyim- bosh xarid qilinadi. Bizning yurtda ham bu odat keng tarqalgan edi, kattalarni aytib berishi bo’yicha ular yoshlikda yangi kyimlik bo’lishligini bilganlari uchun ham hayitni intiqib kutishar edi. Mavsumiy yangi kiyimlar va yangi narsalar haridini hayyit haridi sifatida amalga oshiring.   


Qayd etilgan