Qurbon hayitini nishonlash uchun 15 maslahat.  ( 8720 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:48:25

11.Hayitni maroqli otkazishga harakat qiling.

Hayit kuni bolalar uchun har xil oyinlar tashkil qilishingiz mumkin. Misol uchun hayitgacha aytib bergan rivoyatlaringiz, Qur’oni Karimdan va Hadisdan o’qib berganlaringizni qanchalik yaxshi tushungan va eslab qolganliklarini aniqlash uchun turli boshqotirmalar, savol-javoblar o’tkazing. Qoniqarli natijaga erishsangiz bolalarni moddiy rag’batlantiring.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:49:01

12.Hayitda qo’shnilaringizni ham eslang.

Hayit dasturxoniga qoshnilaringizni ham taklif eting. Shuningdek, ularga hayit taomlari ham ulashishingiz mumkin. Taom ulashishni oiladagi kattaroq bolalarga qo’yib bering.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:49:29

13.Hayitlik ulashing.

Bazi musulmon o’lkalarda bolalarga hayitlik sifatida pul berishadi. Siz ham shu kabi hayitlik yoki biror kichik sovg'a berishingiz mumkin. Iltimos tijoratchilikka berilmang.       

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:50:00

14 .Hayit namozi.

Bolalarni hayit namoziga olib boring.Namozdan keyin ular bir-birirni quchoqlashib hayit bilan qutlayatgan birodarlarni ko’rıshlari mumkin.Bolalarga buning mohiyatini tushuntiring va xuddi shunday qilishga undang.Chetda yolg’ız turganlar ham bo’lishi mumkin.Bundaylarni e’tiborsiz qoldirmang.Balki ular mahallaga yangi kelishgandir? Iloji bo’lsa, ularni bayram dasturxoniga taklif eting. Bu ishingiz bolalarning e’tiboridan chetda qolmasin.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Aprel 2008, 19:50:25

15.Oilaviy mutoala.

Hayit kuni kundalik odatlaringizdan biroz chekining. Misol uchun televizor        ko’rish orniga oilaviy mutoala bilan shug’ullanishingiz mumkin.Bu kundalik dasturlarni tomosha qilishdan maroqli boladi.Chunki bunda butun oila ishtirok etadi.O’qish uchun butun oila uchun qiziqarli bo’ladigan mavzu tanlang.


Qayd etilgan