Muallif Mavzu: Shimsiz qolgan erkaklar...  ( 28627 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Shimsiz qolgan erkaklar...
« : 27 Iyun 2006, 14:48:26 »
ШИМСИЗ КОЛГАН ЭРКАКЛАР
TRIBUNE-uz, Нурулло Остонов


Дастлаб мода сўзи Францияда пайдо бўлган бўлса-да, аслида келиб чикиши лотинчада ўлчов, кўриниш, усул, коида, колип, кўрсатма маъносини англатади. Фаранглар зукко халк-да, дарров бу сўзни колипга солиб, мода деб атаган. Шунинг учун колипда гишт куйиш хам кадимулаввал фаранглардан таркалган. Лекин махаллий тадкикотчилар бу сўз энг аввал бизнинг беданавозларимиз орасида урф бўлган, деб уриб енгишади. Улар бедананинг нарини тутиш учун бедазорга тузок кўйишиб, модасининг овозида сайраб чакиришган. Бедананинг модаларини сайратиб кўйиб, нарларини уриштиришган. Хуллас, мода фарангларда таркалиб, бизда бедана уриштириш билан тамом бўлган....

Хуллас, энг яхши вино хам, энг яхши атир хам фарангларда чикади, атирига алланимабалоларни солгани учун аёлларни ёшартиради, деган рекламаларни хамма билади. Мода хам, комиклар хам, гомиклар хам ўша ердан таркалади. Айникса, шарм-хаё пардаси кўтарилган хозирги рекламаларнинг хаётга зудлик билан кўчиши табиий хол бўлиб колди. Биз "Сангам" киносида Радханинг эркакларнинг кўйлагини кийиб ўйнаганини кўрганимиз холва экан. Кейин бу кўйлак жониворнинг енги калта бўлди, кейин енгсиз бўлди, кейин майкага айланди. Энди аёллар эркакларнинг шимини хам тортиб олди. Ноилож колган зркаклар чолвор кийишга ўтди.

Аёллар тирсиллаган шимларни кийиб, оркасини юз килолик хисори кўйнинг думбасидай серкиллатиб юрса, эркаклар рўдапо чолворларни кийиб олиб, уларга анграйгани-анграйган. Айникса, даллоллар уларни бехато бахолашади. "Шунака думбали кўй бўлганида, бемалол икки юзтага тортарди",-дейишади чама билан. Халкимизда "Кўргандан кўз хаки сўрама",-деган гап бор. Мода шунчалик кучайиб кетдики, кўз пўстакнинг тешигидан бўлса хам, одам уяладиган бўлиб колди.

Кўча-кўйда нега эркаклар ерга караб юрадиган бўлиб колди? Бу хаммаси мода туфайли. Кўзингни кўтаришинг билан елини майкасидан лорсиллаб чикиб турган, майкаси киндигидан кўтарилиб, шимининг таранглигидан хамма жойи билиниб турган дўндикчага беихтиёр карашга тўгри келади. Яна ерга караб ёнидан ўтиб кетаётганингда модапараст мода майкасини киндигига караб икки марта тортиб хам кўяди. Эркак бундан баттар ўнгайсизланиб, дуч келган томонга суриб колади. Илгари стриптиз кўриш учун одамлар махсус ресторанларга киришарди. Энди бунга хожат хам бўлмай колди. Кўчага чиксанг бас, стриптиз!

Хохлаганингни томоша килавер! Ўша пайтда шайтон Одамга Хаво учун кўзгуни бериб, яна бир навбатдаги шайтонлигини килган экан. Ўшандан аёллар модага берилиб кетиб, эркаклар модапараст бўлиб колди. Бизнинг дўндикчаларнинг кийиниши олдида фаранг дўндикчаларининг кийиниши хеч гап бўлмай колди. Шу кетишда бўлса, бу дўндикчалар эркакларнинг шиминигина эмас , шайтон берган кўзгудан ташкари бошка нарсаларини хам тортиб олиши хеч гап эмас. Астаъфуриллох, астаъфуриллох, бундай кўргиликдан кўра яхшиси, беданавоз бўлган минг марта маъкул. Хам нарини уриштирасан, хам модасини сайратасан. Шундай эмасми?

.......Nega shunday? Tushunmadim, tushunmadim.......
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #1 : 27 Iyun 2006, 14:48:45 »
Md:

Haqiqatda ayrim ayollarimiz shunday sharmandali kiyimlaridan yonlaridagi begona u erda tursin otalari, akalri oldida yurishdan uyalmaydilar.
Lekin shim kiyish ayollarga emas degan fikrga qo'shilmiman. Shim kiyish deganda albatat qo'y ____ si kabi emas, balki o'zlariga yarashtirib va me'yorini bilgan holda kiyish demoqchiman.
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #2 : 27 Iyun 2006, 14:48:58 »
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Judayam muammoli masalani ko'taribsizlar. Lekin maqola bilmadim qanaqa-yu, manga ba'zi bir o'xshatishlari yoqmadi. Man buni o'zimga ovotganim yo'q, lekin baribir, ayol kishiga nisbatan bunday o'xshatish yaxshi emas edi. Bilmadim, balki, mana shunday o'xshatishlar bilan o'sha qizlarimizning haqiqiy basharalari ochilar...

Endi muammoga kelsak,
Haqiqatda bu muammo bor va tobora yoyilib ketvotti. haqiqatda ham ba'zi qizlarimizning kiyinishlarigfa qarab shu ham o'zbekmi deb qolamiz. Mana shular ham musulmon oilalarning farzandi, lekin ularning tarbiyalariga qarab, kiyinishlariga qarab shu ham musulmonmi degan xayol o'tadi. Qizlarimiz o'ta zamonaviylashib borishvotti. Lekin zamonaviylik, tor va ochiq kiyimlar bilan belgilanmiydi-ku!

Sizlar qanday fikrdasizlar?
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #3 : 27 Iyun 2006, 14:49:16 »
Mohinur:

Assalomu alaykum!
Judayam aktual bo'lgan mavzuni ko'taribsizlar!
Bizning Buxoroda ham ayni shunday holat hozir judayam ko'payib bormoqda. Ayniqsa, universitet, kollejda o'qiydigan yoshlar bundan oliftalikka ruju qo'yishmoqda. Nahot shu narsani zararligini tushunishmasa|? Bu o'zlariga ham, atrofdagilarga ham katta zarar-ku! Ham, ma'naviy, ham tibbiyot tarafdan zarar.
Lekin ularning ko'pchiligi zararaliginiyam biladi, lekin moda turganda zararlarni ham esdan chiqarishadi.

Xo'sh unda nima uchun shunday behayo kiyimlarni kiyishadi? Kimga yoqish uchun? Kimga ko'rinish uchun?
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #4 : 27 Iyun 2006, 14:50:13 »

Kumushbibi"

Assalomu alaykum!
Maqolaniyam yig'latib yuboribdi.Ichivolib yozganga o'xshaydi.. :)

Qur'oni karimdan:
(Ey, Muhammad,) mo'minlarga ayting, ko'zlarini (nomahram ayollardan) qo'yi tutsinlar va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo'ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan (sir) sinoatlaridan xabardordir.

Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qo'yi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan) behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkorqullar, ayollarning avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar.

Nur surasi, 30-31-oyatlar

http://www.uzislam.com/forum/viewtopic.php?t=141&start=0&sid=4f7fe243dac589bac50d247ccafec669
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #5 : 27 Iyun 2006, 14:50:28 »
Assalomu alaykum!
Mastlikda yozilgan bo'lsa bordir, lekin undagi juda ko'p gaplar ayni haqiqat. Anavi bema'ni rivoyatga men ham umuman qarshiman. Lekin "ajoyib" tashbehlar ila tasvirlangan ba'zi qizlarimizning ahvollari aslida bundan-da ayanchli!
Aftidan siz Toshkentda anchadan beri bo'lmagansiz chog'i. Mana shu maqolada ko'rsatilgan o'zbek qizlarining yurishlarini ko'rib yoqa ushlab qolishingiz aniq. O'ylaysizki, kechalarda yarim-yalang'och yigiti bilan ovloqlarda yuradigan, kuppa-kunduzi hammayog'ini ko'z-ko'z qilib ko'chalarni yayratadigan qizlar kammi?
Toshkent ko'chalarida yurar ekansiz, bunday qizlarni har qadamda uchratasiz. Achinarli joyi shular ham o'zbekning farzandlari, shular ham o'zini musulmonman deya keriladi. Aslida esa ularning harakatrlarini ko'rib na o'zbekka, na musulmonga o'xshatasiz.
Ba'zi o'zbek erkaklarimizda ham hamiyat qolmagan. ERKAK bo'lib turib o'z qizlarini, o'z singillarini bozorga sotadilar. Kalta yupka olib berayotgan, shom shim olib berayotgan, yirtiq-teshik kiyim olib berayotgan, kechalari o'z qizlarini begona erkak bilan yurishlariga ruxsat berayotgan otalar, akalar - QANI ULARDAGI HAMIYAT, qani ulardagi RASHK, qani ulardagi IYMON? ? ?

...Hech qaysi zamonda o'zbek ayollari o'z tanasini sharmandalarcha chet-ellarda sotmagan!
...Hech qaysi zamonda o'zbek ayollari MARDIKORlikka chiqmagan!
...va nihoyat hech qaysi zamonda o'zbek ayollari sharmandali kiyimlar kiymagan!!!

Bugun esa...
Tushunmadim, tushunmadim...
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #6 : 27 Iyun 2006, 14:50:47 »
farzonochka:

xa, atrofga qaraganibgizda shunaqa xunuk manzaralarga kozingiz tushadiki, ularni korib lol bolib qoladi kishi. Nega endi hozir shunaqa vaziyatlar kopayib ketvotti, ularni nima majbur qilar ekan-a? Nega hozir kop kishi or-nomus, vijdon tushunchalarini bir chetga surib qoyib, qattagi behayo ishlarga qol urishvotti... Bu savolga javobbi bilmiman, bilolmasam xam kere, lekin ular bir kun kelib Olloh huzurida qanaq qib javob berishi haqida naxot oylashmasa.....
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #7 : 27 Iyun 2006, 14:50:56 »
Chunki jamiyatimiz mana shunday bema'niliklarga qarshi hech narsa qilolmayapti. Gaplar yerda, qog'zoda qolib ketyapti xolos.
Siz nima deb o'ylaysiz, hozirgi sharoitga ko'ra, qiz bolalar qanday kiyinishi kerak?
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #8 : 27 Iyun 2006, 14:51:14 »
Noza:

Gaplarizga qo'shilaman hammasi qog'ozda va gapda qolib ketmoqda.

Jamiyatda esa tarbiyaviy ishlarni qilish o'rniga, oldinlari ham takidlaganimizdek bemani seriallarni qo'yishadi. Serialdan oldin "Kmolot yoshlar ijtimoiy harakati" ko'rsatuvlarida esa qizlarimizning, yigitlarimiznig kiyinishlari, sigaret chakishlarini gapirib qo'yishadi. Ketidan esa bemani seriallarni qo'yishadi.
Bu seriallarda o'sha sizlar etgande "moda bila hamnavas" kiyingan qizlar ham, tamakini tutunidan "mazza" qiladiganlarni ham topish muammo emas.

Qizlarimizni kiyinishiga kesak.
Albatta qizlar yahshi kiyinishga harakat qilishadi.
Ko'pchilik qizlar boshqalarda o'taman deb chegaradan oshib ketadilar.
Yana kalta yubka kiyib bir-bir tushirib ham qo'yadilar.
So'zim ohirida hadisu sharifdan ajoyib satrlarni aytmoqchiman:

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar:
“Kimki shuhrat topish niyati bilan yasanib kiyim kiysa, u to uni yechmaguncha Tangrining rahmat nazaridan uzoqda bo’lur”.
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #9 : 27 Iyun 2006, 14:51:29 »
Maknuna:

rahmat Noza!
Gaplaringizga qo'shilaman.
Kiyim bilan haddidan oshgan qizlarimizani ko'rsam manam tutoqib ketaman.
Bu bilan nimaga erishmoqchi ular?
Kiyim bilan, tanani namoyish etish bilan shuhrat qozonishmoqchimi?
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #10 : 27 Iyun 2006, 14:51:55 »
maknuna:

"Yaqinda yo'lda ketayotib, ro'paramdan kelayotgan qizni... yalang'ochmikan deb o'ylabman. Badanga mos rangdagi mato ancha yupqa ham shaffofligidan deyarli hech joyini yashirmasdi.
- Bolam, bu kiyganing nima? - chidolmay so'radim.
- Bu moda, xolajon, moda!
Uning ortidan bir pas qarab qoldim: "modangga o't tushsin, bolam!..."

...Nomigagina ko'ylak kiyib, kindigiga taqinchoq osgan, tizzasidan bir qarich baland "yubka"sining oldi yoki orqa tomonini ataylab yirtib, shu joyiga qo'ng'iroqcha osib olgan qizlar rostdan ham ko'payib ketdi. Biz ularni har kuni, hamma yerda ko'raverib, ko'zimiz o'rgaganidan, bu holatga umuman befarq, beparvo bo'lib qolmayapmizmi?"

"Postda" gazetasidan.
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

qaysar

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 107
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 52
  • Qaysari zamon
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #11 : 27 Iyun 2006, 14:52:14 »
djdilshodbek:

Ba’zida o’ylab qolaman nega G’arb madaniyoati Sharq Shariat madiyoatini poy mol qilmoqda ya’ni qizlarimiz shim yigitlarimizesa har qil turdagi taqinchoqlar taqishmoqda. Bu bilan ular o’zlaricha nima qilishmoqchi faqatgina ularning o’zlari kiysa ham mayli edi ular boshqalarni ham shunga jalp qilishmoqda. Meni sizlarning saytingiz
Juda ham o’ziga tortadi ya’ni har gal men unga kirganimda o’zimda yo’q bir odob va asosiysi muqaddas dinimiz haqida o’z bilimlarimni kengaytiraman bu esa meni hech qachon yomon yo’llarga kirishdan
Asraydi. Men shuni xoxlardimki ziyo tarqatuvchi saytlar soni oshsa
Xalq va insonlarni o’ziga dinga ,shariatga bo’lgan mnosabati yaxshi tomonga o’zgarar edi.
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo...

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #12 : 29 Iyun 2006, 12:10:37 »
Assalamu alaykum. Men Qaysarni gaplariga to'la holada qo'shilaman.Ba'zi qizlarimizga yoqmaydi bu hol,lekin haqiqat achchiq bo'ladi. Buni sababi nima? deb so'rashibdi ko'pchilik. buni sababi iymonsizlik, Islomni bilmaslik, oilasida Islom, din, hayo, namoz dagna narsalarni o'rganmaganligi. Hamma gap tarbiyada. agar oilasida shu muqaddas narsalarni ongiga singdirib tarbiya qilinsa u qizlar o'ldirib qo'ysangiz ham bunday kiyimlarni kiymiydi.Otalar, akalar taglarida mashina, qo'llarida telefon, hech kimga gap bermaydi,lekin qizlariga, singillariga shim, kalta yubka sotib olishni uhutishmaydi.Ularda na rashk, na iymon, na hamiyyat bor. Hayosi yo'qni iymoni yo'q. bu hadisi sharif huddi hozirgi zamon kishilariga aytilgandek.Alloh hammamizni mag'firat qilsin.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #13 : 29 Iyun 2006, 12:17:59 »
Md:

Haqiqatda ayrim ayollarimiz shunday sharmandali kiyimlaridan yonlaridagi begona u erda tursin otalari, akalri oldida yurishdan uyalmaydilar.
Lekin shim kiyish ayollarga emas degan fikrga qo'shilmiman. Shim kiyish deganda albatat qo'y ____ si kabi emas, balki o'zlariga yarashtirib va me'yorini bilgan holda kiyish demoqchiman.
Siz aytgan o'sha akalar, otalar o'zlari shu shimlarni sotib olishganidan keyin, yoki uni sotib olishiga qarshilik qilmaganidan keyin qizchalr kiyishadi-da. Sizni ayollarni o'ziga yarashadigan shimlarni kiyishi kerak degan gapingizga umuman qo'shilmayman. Nima siz, Alloh va Rasuli s.a.v. qaytargan narsalarga ruhsat bermoqchimisiz? Yarashadigan shim -  qizlarimiz hozir kiyib yurgan shimlari o'zlaricha yarashadi. Islom bir narsadan qaytardimi. Rasululloh qilma dedilarmi, tamom, bunga ruhsat yo'q. Siz:" Erkaklarni kiyimini kiygan ayollarga va ayollarni kiyimini kiygan erkaklarga Allohni la'nati bo'lsin" degan hadisi sharifni eshimaganmisiz?
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Shimsiz qolgan erkaklar...
« Javob #14 : 29 Iyun 2006, 12:27:30 »
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Judayam muammoli masalani ko'taribsizlar. Lekin maqola bilmadim qanaqa-yu, manga ba'zi bir o'xshatishlari yoqmadi. Man buni o'zimga ovotganim yo'q, lekin baribir, ayol kishiga nisbatan bunday o'xshatish yaxshi emas edi. Bilmadim, balki, mana shunday o'xshatishlar bilan o'sha qizlarimizning haqiqiy basharalari ochilar...

Endi muammoga kelsak,
Haqiqatda bu muammo bor va tobora yoyilib ketvotti. haqiqatda ham ba'zi qizlarimizning kiyinishlarigfa qarab shu ham o'zbekmi deb qolamiz. Mana shular ham musulmon oilalarning farzandi, lekin ularning tarbiyalariga qarab, kiyinishlariga qarab shu ham musulmonmi degan xayol o'tadi. Qizlarimiz o'ta zamonaviylashib borishvotti. Lekin zamonaviylik, tor va ochiq kiyimlar bilan belgilanmiydi-ku!

Sizlar qanday fikrdasizlar?
Maknuna nega sizga yoqmadi haq gapku bu? Uzr lekin bu achchiq bo'lsa ham haqiqat. Ko'chadagi qiz ayollarni kiyinganini ko'rsam ayol bo'lib tug'ilganimga pushaymn qilaman, Alloh kechirsin.Aynan shunday mahluqlarga o'hshab ketishgan hozir ayollarimiz. Hayo ulani ko'rsa uyalsa kerak. Hatto hayvon ham o'z juftini yoki urg'ochisini qizg'onadi, boshqa erkaklardan himoya qiladi.Lekin bizni erkaklarimiz ulardan-da battar holga tushib qolgan. Bir kuni ko'chada bir qiz, meyka kiygan, ko'kraklari, qo'ltiqlari shunday ochiq, bir yoshi katta, u qizni bobosi bilan teng kishi, galstuk taqib diplamat ko'tarib olgan, qizga shunaqa qaradi-ki, yutvoray deydi. Shunda bir yosh yigit:" ha doda nima ko'rib qoldingiz" dedi. Bu gap u kishi uchun o'lim emasmi. buni o'rniga o'sha qizga chiroyli nasihat qilsa, shu joiz emasmi unga. Hidoyat Allohdan.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

Erkaklar bo'limi!

Muallif ikbaljohnBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 10134
So'nggi javob 03 May 2008, 12:03:13
muallifi Murod_bek
Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)

Muallif MahdiyahBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 5083
So'nggi javob 12 Sentyabr 2012, 07:12:25
muallifi Mahdiyah
Cho'qqida qolgan ovchining ohi-zori. Ch.Aytmatov, M.Shoxonov

Muallif AbdullоhBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 426
Ko'rilgan: 113652
So'nggi javob 27 Mart 2009, 19:31:14
muallifi AbdulAziz
Said Ahmad. Kiprikda qolgan tong (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 20714
So'nggi javob 05 Dekabr 2009, 10:30:53
muallifi shoir
Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 12973
So'nggi javob 11 May 2010, 07:38:54
muallifi AbdulAziz