Shimsiz qolgan erkaklar...  ( 46136 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdusalom  18 Iyul 2006, 14:46:59

Va alaykum assalam.
Kechirasizu, men hech kimni tomonini olmoqchi emasman. Faqat bunda erkak va ayolning teng avbi bor dedim holos. Siz aytgan sharm hayo nomus degan fazilatlarni hech qachon unutmaganman, hech qachon unutmayman. Alloh aqlimdan ayirmasa bo'lgani. Yer yuzida Islom bor ekan, iymon bor ekan,olima ayollarimiz bor ekan bu hech qachon odatga aylanib ketmaydi. Alloh u kunlardan asrasin. Lekin yana bir bor aytaman erkaklarning ayblari mavjud bunda. Ba'zi jihatlarni osak ko'proq ham. Mana sizlarga bir savol. Agar uylanmagan bo'lsangiz. Bir chiroyli qiz, o'ta go'zal, muomalasi juda zo'r, yigitlar bilan gaplashmaydi "hayoli", lekin shimda yoki mini yubkada, sizlar unga gap otmaysizmi yoki hech bo'lmaganda qarab ham qo'ymaysizmi? Faqat  rostini ayting.

Nargiza opa, gaplaringizga to'liq qo'shilaman.
Erkaklarning ayblari ham juda ko'p. Gaplarim uchun kechirishsin-u, juda ko'p erkaklarimiz o'z oilalarining qandsay kiyim kiyishiga e'tibor bermaydilar. Maqolada aytilganidek, qo'yning ...si kabi shimni tarang qilib yurgan ayollari, qizlariga tanbeh ham bermaydilar va fojeali jihati o'zlari sotib olib beradilar...
Savolingizga kelsak: Ha.

Qayd etilgan


mubashshir  19 Iyul 2006, 13:07:07

Assalamu alaykum.
Men ham bu fikrlarga Abdusalom aka kabi qo'shilaman. Bunda erkaklarni ayblari ham juda katta.
Qadimda bir podshoh bo'lib, u ikki mamlaktni bosob olmoqchi bo'lib bu mamlakatga ikki josusini yuboribdi. Va ularga ko'proq ayollariga ahamiyat beringlar deb tayinlabdi. Ikki josus bir yildan keyin qaytib krlishibdi. Podshoh ulardan ma'lumotlarni so'rab, ayollari haqida ham so'rabdi. Birinchi mamlaktga borgan kishisi debdi:
- Men borgan mamlakatdagi ayollarga umuman yaqinlashib bo'lmadi. Ular umuman yolg'iz yurishmas ekan. Yonlarida erlari, akalari yoki otalri birga yurarkan. Juda bir aayolini ehtiyot qiladigfan, qizg'anadihan, oriyatli erkaklar yashar ekan,- debdi.
Ikkinchi kishisi esa debdi:
- Men borgan mamlakatda esa umuman buni aksi ekan. Ayollari bilan erkaklarni ishi. Hammasi o'z bilganidek yashaydi. Ayollari ham erkaklari ham zinoga berilib ketgan. Erlari buni bilsada indams ekan, chunki o'zlarini ham o'ynashlari bor ekan. Umuman rashk or - nomus qolmagan ekan,- debdi.
Podshoh shunda ikkinchi kishisiga qarab debdi:
- Sen borib kelgan mamlaktga yurish qilamiz, chunki ayolini himoya qilmagan erkaklar yashaydigan yurtni bosib oilsh ham soon bo'ladi, birinchi shaharni esa umuman bosib ololmaymiz, chunki ayollarini qizg'ongan erkaklar jonlarini boricha o'z vatanlarini ham himoya qiladilar,- degan ekan.

Qayd etilgan


Foniy  22 Iyul 2006, 19:59:34

Assalomu alaykum do'stlar!
Yuqoridagi postlarni o'qib rosa ta'sirlanib ketdim: ehh... ayollar, ayollar!..
Bizni Olloh taolo yerdagi eng oliy mavjudot etib yaratdi, hayvondan butkul farqli tarzda, nahotki bu bor haqiqatni anglab yetmaysiz, ming bor shukur qilmaysizmi, sizni inson qilib yaratganiga, nahotki shunchalik noshukur bo'lib ketyapsiz, tabiatda o'z ongi bilan badanini to'sib yurishga harakat qilgan birorta hayvonni ko'rganmisiz, yoki shu haqda eshitganmisiz??? Yo'q. Nega unda "Siz" hayvonlikka intilasiz, badaningizni ochib yurishga harakat qilasiz, axir oxiratda bu har bir ochiq joy uchun javob berasiz, har bir ochiq qolgan joyingiz tilga kiradi...
Shu kuyga tushib qolgan qizlarimizdan so'rasangiz albatta buni moda, madaniyat deb og'izlarini ko'pirtirib ta'riflashadi, bundan kelib chiqadigan bo'lsak madaniyatning yuqori chegarasi madaniyatsizlik ekanda!?.
Qizlarimiz, ayollarimiz siz musulmon farzandisiz, nahotki hayvonlikka intilasiz?!.

Hurmatli forum a'zolari, men bu yerda faqat ko'chada yarim yalang'och yurgan hayosizlarga qarshi gapirdim, UZR!

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Iyul 2006, 07:30:34

Va alaykum assalam.
Otabek,gaplaringizga qo'shilaman.Lekin yana bir narsa bor-ki,bu yarim yalang'och yurgan ayollar Qiyomatda faqat o'zlarigina emas,balki, ularning shunday yurishlariga sababchi bo'lganlar,masa;an,tarbiya berolmagan ota-onasi, shundau qiyimlar kiyishiga qarshilik qilmagan turmush o'rtog'i yoki aka-ukalari ham javob berishadi. HUrmatli erkaklarimiz shuni unumasliklarini hohlardim. Chunki bir ayol uchun beshta mahrami javobgar degan gaplar ham bor. Otasi,akasi,ukasi,eri va o'gli. Bir ayolining shu holga tushib qolganiga shu behs erkak ham javobgar. va aksincha, birgina hijoblangan Alloh yo'lida yurgan ayol shu besh mahramini javobgarlikdan soqit qilar ekan. Alloh har bir erkakka ham, ayolga ham Iymoni abadiy nasib qilsin.

Qayd etilgan


Foniy  23 Iyul 2006, 19:38:05

Assalomu alaykum do'stlar!
To'g'ri gapirdingiz, ular uchun oilasi ham javobgar hisoblanishadi, nachora, o'sha oiladagilarning balki iymoni zaifligidan shunday holatlarga ruxsat berib qo'yishgandir?.. Ota-onalari qaytarishmaganidan keyin boshqalarning gaplari bir tiyin ular uchun!..
Barchamizni Olloh to'g'ri yo'ldan adashtirmasin! ...o'sha nozik xilqat ahillariga ham insof bersin, Olloh bergan ne'matlarini qadriga yetishsin!..

Qayd etilgan


forumnnb  23 Iyul 2006, 20:12:38

oiladagilarning balki iymoni zaifligidan shunday holatlarga ruxsat berib qo'yishgandir?.. Ota-onalari qaytarishmaganidan keyin boshqalarning gaplari bir tiyin ular uchun!..

Assalomu alaykum!

Menimcha aybni faqat ota-onalardan izlash noti`g`ri, ota-onaning iymoni zaifligiga balki ularning ota-onasi aybdordir!!!!! Menimcha unday emas. Menimcha aybni boshqa narsalardan izlasak yaxshi bo`lardi..... Menimcha maktabdan izlash kerak, ya`ni Bolaning tarbiyasida muhim o`rin tutadigan vositadan. Bu haqda kimda nima fikr bor!

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Iyul 2006, 14:44:58

Assalamu alaykum,forumnnb.
To'g'ri maktab ham aydordir bunda, lekin oilaning ta'siri va ota-onaning aybi baribir ko'pligicha qoladi. Chunki maktab muallimlari (ayniqsa hozirgilari) o'z darslarini o'tishdimi, bo'ldi, shu bilan chegaralanib qolishyapti. Yoshlarimizning bunday "madaniyatli" bo'lib ketishida ota-ona jvobgarligicha qoladi.
Rasululloh s.a.v.dan bir hadisni keltirsam. Rasululloh s.a.v. degan ekanlar:"Har bir go'dak fitratan mo'min va musulmon bo'lib tug'iladi,lekin uning ota-onasi yoki bivi-buvasi uni hristian yoki yahudiy yoki majusiy va yoki mushrik qilib tarbiya qiladi".
Bu hadisi sharif ota-onalarning aybiga yaqqol dalildir.Alloh har birimizni haq yo'lga boshlasin.

Qayd etilgan


forumnnb  25 Iyul 2006, 21:10:17

To'g'ri maktab ham aydordir bunda, lekin oilaning ta'siri va ota-onaning aybi baribir ko'pligicha qoladi. Chunki maktab muallimlari (ayniqsa hozirgilari) o'z darslarini o'tishdimi, bo'ldi, shu bilan chegaralanib qolishyapti. Yoshlarimizning bunday "madaniyatli" bo'lib ketishida ota-ona jvobgarligicha qoladi.

Assalomu alaykum Nargiza opa!

Fikringizga keladigan bo`lsam, hammasiga ham qo`shila olmayman. Menimcha hozirgi kunda maktab o`z vazifalarini unutib qo`yishyapti. Shuning uchun siz yuqorida keltirgan muammolar uchrab turibdi. Sizga bitta savol bersam, masalan bola ertalab maktabga ketdim deganicha ko`chaga chiqib ketadi, tabiiyki siz unga ishonasiz(ona sifatidam, chunki u sizni aldashini tasavvur ham qilib ko`rmaysiz), u esa maktabga bormaydi........... bunga kim aybdor, albatta maktab. O`qituvchilar ayniqsa qizlarning tarbiyasida muhim o`rin tutadi, menimcha balog`at yoshiga yetganda ota-onaning emas, ko`chadagi begonaning gapiga quloq solishni boshlashadi, menimcha shu paytda o`qituvchilar va maktabning yordamiga tayanish kerak. Bir og`iz o`qituvchining "shim kiyma!!!" degan gapi yetib ortsa kerak, yana bilmadim, hozirgi qizlarga umuman tushunib bo`lmay qoldi!

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyul 2006, 12:48:53

Assalamu alaykum.
Hozirgi qizlarni tushunib bo'lmaydi.
O'qituvchinig bir ogiz gapi....
Hatto direktorni gapiga kirishmaydi,o'zim guvoh bo'lganman.
Nima emish shim qulay, qishda esa issiq. Bu qizlarimizning bahonasi.
Ahir shim kiyishiga ruhsat berib qo'ygan ota-ona. Ularga shim sotib olib bergan ota-ona.
O'qituvchilarimiz o'z vazifalarini umuman o'tashmayapti,oldingi o'qituvchilarni bor og'iz gapi yetarli bo'lardi. Onam o'qituvchi bo'lganlar Hozirda dam olyaptilar,Alloh umrlarini uzun qilsin. Biz o'qigan paytdagi o'qituvchilarning ham,ota-onalarning ham farqi juda katta hozirgilaridan.

Qayd etilgan


MaxCmd  27 Iyul 2006, 14:42:04

Assalomu alaykum!

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, men ham o`z fikrimni bildirmoqchiman.
Menimcha bu yerda oilaning ahamiyati juda katta. Yosh qiz bola yoki bolaga UYATni oila o`rgatadi. Biror narsaning uyatligi u uchun oilasida olgan tarbiyaga bog`liq.
Shim yoki shunga o`xshash bema'ni kiyimni birinchi marta kiyganda sal bo`lsayam o`zini o`ng`aysiz sezgan, buni ko`chada kiyib yurishdan uyalgan qizning oilasidagi tarbiya sustroq.
Shunaqa kiyimni havas bilan kiygan qizning oilasi iymoniga putur ketgan. Chunki, ota-onalari ham nima mumkinu, nima mumkinmasligini esidan chiqarib qo`ygan. Ular o`zlariga qo`shib qizlari, kelajakda esa qizining farzandlari va butun avlodga choh qaziyotganlarini bilmaydilar.
Yana bir guruh borki, bu kabi qizlarga oilasida shim kiyma deyilmagan, lekin ular o`zlari buni bilishadi. Ota-onasi kiyishga ixtiyor berishsa ham kiymaydigan qizlarning oilasi obod bo`ladi.
Keyingisi esa, oiladagi tarbiya shu darajada bo`lganki, shim kiyish haqida o`ylab ham ko`rmaganlar. Ular ochiq-sochiq, tor kiyimlardan xazar qilishadi.

Hamma holda ham muammo ildizi ota-onaning iymoni sustligiga borib taqalyapti. Ko`proq, otaning sustligiga.
Muhit(zamon) masalasiga kelsak. Menimcha, bu yerda muhitning ham, zamonning ham aybi yo`q. Shunchalik ham axmoq xalq bo`lamizmi, kim nima olib kirsa o`shani "o`zimizniki" qilib olaveradigan(ayrimlar uchun)?

Hozir hech qaysi ota-ona haqiqatni izlamaydi. Xo`p, shu shim kiyish to`g`ri yoki noto`g`riligi haqida oilada munozara boshlandimi, biror masjid yoki madrasadan shu savol javobini izlasa bo`ladiku? Hech bo`lmasa diniy kitoblarimiz bor.

Yana bir gap: Ertaga xotinlarimiz yoki qizlarimiz shu alfozda kiyinishga qarshi chiqsak, bizni "FEODALLIK"da ayblab turishmasa bo`lgani.
YIGITLAR KO`ZLARNI KATTAROQ OCHING: IYMONLI QIZLAR TANQISLIGI DAVRI BOSHLANYAPTI!!!
AYOLINGIZ YOKI QIZINGIZGA HAMMA NARSAGA RUXSAT BERIB SHU TANQISLIKKA HISSA QO`SHMANGLAR, ILTIMOS!!!

Qayd etilgan