Shimsiz qolgan erkaklar...  ( 46145 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


JaviK  27 Aprel 2010, 16:23:27

Uylanish filmidagi shim razmerini so`rash holatidagi voqelikni zaminida juda katta hayolga cho`mdiruvchi fikrlar bor.

Qayd etilgan


Ansora  24 Iyul 2010, 00:42:47

Yoz boshlanib yigitlar yana shimsiz qolayotgandir...Xudo insof bersin...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  24 Iyul 2010, 03:37:18

Bismillohir rohmanir rohim!

Mana shu mavzuga doir mulohazamni butun kun bo'yi o'ylab yurdim. Forumda shunaqa mavzu bo'lsa, yozib qoldiraman deb dilga tugib qo'ygan edim.

Men Evropadaman. Shu kungacha bu holat hech meni o'ziga tortmaga ekan. Bu yilgi ob-havoning injiqliklari, Evropada yaqqol ko'zga tashlangan. Har yilgidan yoz bu yerda ancha issiq keldi. Shunaqa issiqki, tush paytida kishi nafas olishga qiynaladi. Meni hayratga solgan holat shu bo'ldiki, ko'chada kishilar, ayniqsa yoshlar qariyb yalong'oz (hamma emas,albatta) yurishibdi. Ko'rib, og'zim ochilib qolibdi, aslida bular yozda yengil yelpi kiyinishadi, ammo bu yozdagi kiyinishlari me'yordan chiqib ketgan.(Mening fikrim) Bu yerdagi mo'minlar uchun bu holat ancha noqulayliklar tug'diradi.
Bu haqda o'ylay turib, xayolimga kelgan fikr shu bo'ldi. Harqalay bu yerlarda yoz qisqa bo'ladi, bo'lsa ham uncha issiq bo'lmaydi.
Bu yerda iqlim asosan salqin bo'lganligi uchun, me'yorda kiyinib yurushar ekanda deb o'ylab qoldim. Majburlarda, albatta. Ollohim insof  bersin hammaga,Ilohim! (Butun Evropani nazarda tutmadim)

Qayd etilgan


BelleQizcha  24 Iyul 2010, 05:40:34

Juda ham hunu korinadi erke kishi kalta narsa kiyib yursa manimcha bu ayolla uchun umuman yonidaagi odamla uchun noqulay.

Qayd etilgan


Kvartet  05 Oktyabr 2010, 20:15:02

Yaqinda yoshi katta bir akamizdan shunday so'zlarni eshitib qoldim gapni boshi erlarini oyoq uchida ko'ruvchi ayollar haqida boshlandi davrada eng yoshi o'zim bo'lganim uchun jim turib faqat eshitdim..Bir kun o'zimizga tanish imomdan so'rashibdi nega erkak sifat ayollar ko'payib ketdi oldinlari unaqa narsalar yo'q edi deb?shunda javob beribdi ayol sifat erkaklar qa4on kamaysa erkak sifat ayolar ham o'z-o'zidan yo'q bo'ladi deb..Aslida aybni inson o'zidan qidirish kerak..hozir esa ko'pchilik ayollar oilalarini o'zi boqyapti er jonivor esa divanni hech kimga bermaydi..O'zim hali guvohi bo'lmaganmanu lekin nikoh o'qilayotgan payt bo'lajak er shu qizni boqishga ,kasal bo'lsa davolashga,hech nimadan zoriqtirmaslikga so'z berar ekan shundan so'ng nikoh o'qilar ekan..Erkak agar u haqiqatdan ham er yigit bo'lsa o'z oilasini o'zi boqsin har qanday holda ham ayolning ming so'midan erkakning 100 so'mi barakaliroq deb  bejizga aytishmagandir..Ayollarni vazifasi o'z erlarini ko'ngliga qarash farzandlar tarbiyasi(ko'proq) bilan mukammal shug'ulanish deb bilaman qolgani erni vazifasi qaytarib aytaman agar u haqiqiy erkak bo'lsa..

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Oktyabr 2010, 01:42:25

turib-turib ayolmi erkakmi> dib o'ylab qolaman bir hilla ko'rib. so'rashgayam hijolat.

Qayd etilgan