Shimsiz qolgan erkaklar...  ( 46082 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


qaysar  27 Iyun 2006, 14:51:55

maknuna:

"Yaqinda yo'lda ketayotib, ro'paramdan kelayotgan qizni... yalang'ochmikan deb o'ylabman. Badanga mos rangdagi mato ancha yupqa ham shaffofligidan deyarli hech joyini yashirmasdi.
- Bolam, bu kiyganing nima? - chidolmay so'radim.
- Bu moda, xolajon, moda!
Uning ortidan bir pas qarab qoldim: "modangga o't tushsin, bolam!..."

...Nomigagina ko'ylak kiyib, kindigiga taqinchoq osgan, tizzasidan bir qarich baland "yubka"sining oldi yoki orqa tomonini ataylab yirtib, shu joyiga qo'ng'iroqcha osib olgan qizlar rostdan ham ko'payib ketdi. Biz ularni har kuni, hamma yerda ko'raverib, ko'zimiz o'rgaganidan, bu holatga umuman befarq, beparvo bo'lib qolmayapmizmi?"

"Postda" gazetasidan.

Qayd etilgan


qaysar  27 Iyun 2006, 14:52:14

djdilshodbek:

Ba’zida o’ylab qolaman nega G’arb madaniyoati Sharq Shariat madiyoatini poy mol qilmoqda ya’ni qizlarimiz shim yigitlarimizesa har qil turdagi taqinchoqlar taqishmoqda. Bu bilan ular o’zlaricha nima qilishmoqchi faqatgina ularning o’zlari kiysa ham mayli edi ular boshqalarni ham shunga jalp qilishmoqda. Meni sizlarning saytingiz
Juda ham o’ziga tortadi ya’ni har gal men unga kirganimda o’zimda yo’q bir odob va asosiysi muqaddas dinimiz haqida o’z bilimlarimni kengaytiraman bu esa meni hech qachon yomon yo’llarga kirishdan
Asraydi. Men shuni xoxlardimki ziyo tarqatuvchi saytlar soni oshsa
Xalq va insonlarni o’ziga dinga ,shariatga bo’lgan mnosabati yaxshi tomonga o’zgarar edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyun 2006, 12:10:37

Assalamu alaykum. Men Qaysarni gaplariga to'la holada qo'shilaman.Ba'zi qizlarimizga yoqmaydi bu hol,lekin haqiqat achchiq bo'ladi. Buni sababi nima? deb so'rashibdi ko'pchilik. buni sababi iymonsizlik, Islomni bilmaslik, oilasida Islom, din, hayo, namoz dagna narsalarni o'rganmaganligi. Hamma gap tarbiyada. agar oilasida shu muqaddas narsalarni ongiga singdirib tarbiya qilinsa u qizlar o'ldirib qo'ysangiz ham bunday kiyimlarni kiymiydi.Otalar, akalar taglarida mashina, qo'llarida telefon, hech kimga gap bermaydi,lekin qizlariga, singillariga shim, kalta yubka sotib olishni uhutishmaydi.Ularda na rashk, na iymon, na hamiyyat bor. Hayosi yo'qni iymoni yo'q. bu hadisi sharif huddi hozirgi zamon kishilariga aytilgandek.Alloh hammamizni mag'firat qilsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyun 2006, 12:17:59

Md:

Haqiqatda ayrim ayollarimiz shunday sharmandali kiyimlaridan yonlaridagi begona u erda tursin otalari, akalri oldida yurishdan uyalmaydilar.
Lekin shim kiyish ayollarga emas degan fikrga qo'shilmiman. Shim kiyish deganda albatat qo'y ____ si kabi emas, balki o'zlariga yarashtirib va me'yorini bilgan holda kiyish demoqchiman.
Siz aytgan o'sha akalar, otalar o'zlari shu shimlarni sotib olishganidan keyin, yoki uni sotib olishiga qarshilik qilmaganidan keyin qizchalr kiyishadi-da. Sizni ayollarni o'ziga yarashadigan shimlarni kiyishi kerak degan gapingizga umuman qo'shilmayman. Nima siz, Alloh va Rasuli s.a.v. qaytargan narsalarga ruhsat bermoqchimisiz? Yarashadigan shim -  qizlarimiz hozir kiyib yurgan shimlari o'zlaricha yarashadi. Islom bir narsadan qaytardimi. Rasululloh qilma dedilarmi, tamom, bunga ruhsat yo'q. Siz:" Erkaklarni kiyimini kiygan ayollarga va ayollarni kiyimini kiygan erkaklarga Allohni la'nati bo'lsin" degan hadisi sharifni eshimaganmisiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyun 2006, 12:27:30

Maknuna:

Assalomu alaykum!
Judayam muammoli masalani ko'taribsizlar. Lekin maqola bilmadim qanaqa-yu, manga ba'zi bir o'xshatishlari yoqmadi. Man buni o'zimga ovotganim yo'q, lekin baribir, ayol kishiga nisbatan bunday o'xshatish yaxshi emas edi. Bilmadim, balki, mana shunday o'xshatishlar bilan o'sha qizlarimizning haqiqiy basharalari ochilar...

Endi muammoga kelsak,
Haqiqatda bu muammo bor va tobora yoyilib ketvotti. haqiqatda ham ba'zi qizlarimizning kiyinishlarigfa qarab shu ham o'zbekmi deb qolamiz. Mana shular ham musulmon oilalarning farzandi, lekin ularning tarbiyalariga qarab, kiyinishlariga qarab shu ham musulmonmi degan xayol o'tadi. Qizlarimiz o'ta zamonaviylashib borishvotti. Lekin zamonaviylik, tor va ochiq kiyimlar bilan belgilanmiydi-ku!

Sizlar qanday fikrdasizlar?
Maknuna nega sizga yoqmadi haq gapku bu? Uzr lekin bu achchiq bo'lsa ham haqiqat. Ko'chadagi qiz ayollarni kiyinganini ko'rsam ayol bo'lib tug'ilganimga pushaymn qilaman, Alloh kechirsin.Aynan shunday mahluqlarga o'hshab ketishgan hozir ayollarimiz. Hayo ulani ko'rsa uyalsa kerak. Hatto hayvon ham o'z juftini yoki urg'ochisini qizg'onadi, boshqa erkaklardan himoya qiladi.Lekin bizni erkaklarimiz ulardan-da battar holga tushib qolgan. Bir kuni ko'chada bir qiz, meyka kiygan, ko'kraklari, qo'ltiqlari shunday ochiq, bir yoshi katta, u qizni bobosi bilan teng kishi, galstuk taqib diplamat ko'tarib olgan, qizga shunaqa qaradi-ki, yutvoray deydi. Shunda bir yosh yigit:" ha doda nima ko'rib qoldingiz" dedi. Bu gap u kishi uchun o'lim emasmi. buni o'rniga o'sha qizga chiroyli nasihat qilsa, shu joiz emasmi unga. Hidoyat Allohdan.

Qayd etilgan


Shahina  30 Iyun 2006, 15:17:37

Juda ham to'g'ri gaplarni gapirdingiz.
Man ham ko'cha-kuydagi qizlarimizaning, ayniqsa, o'zbek qizlarimizning ham mana shunday behayo kiyimlar kiyib yurishganini ko'p uchrataman.
Hattoki, Yevropada ham bunaqa kiyimlarni ommaviy kiyishmas ekan. Aksincha buzuq ayollar shunaqa kiyisharkan.
Bizada esa bu - moda! Moda esa bu - zamonaviylik. O'ranib yurganlar esa - zmaondan orqada qolganlar, go'yo.
TV, matbuotda bemalol mana shunday qizlarni ko'rsatib yotishadi.
Seriallarda ham shunaqa holatlar... Bunaqada o'zbek qizlarining ibosi, hayosi qayerda qoladi???

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 08:47:11

Assalamu alaykum. Qizlarimizni bu holga tushib qolganlariga asosan ota-onalri aybdor.Chunki qush uyasida ko'rganini qiladi.
"Al-Hayayi - minal Iyman". "Hayo - Iymondandir"


Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 06:47:32

Hayo bilan birgalikda ozgina andisha ham bo'lganida edi bunaqa holatlarga yo'l qo'yilmagan bo'lardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Iyul 2006, 10:53:06

Hayo bilan birgalikda ozgina andisha ham bo'lganida edi bunaqa holatlarga yo'l qo'yilmagan bo'lardi.
Assalamu alaykum.
Hayo - Iymondandir.
Bu ikkisi bo'lsagina andisha bo'ladi-da, ahir.

Qayd etilgan


MaxCmd  16 Iyul 2006, 18:00:41

Umuman olganda, Qaysarning fikrlariga to`liq qo`shilaman!
Bitta men emas, balki, atrofimdagi, ko`pchilik yaxshi deb hisoblaydigan tanishlarim ham bu fikrlarga qo`shiladi.
Alam qiladigani, bu "kasallik"ning yoyilib borayotgani. Jadal sur'atda bu moda qishloqlarimizga kirib borayapti.
Bugun biz shu haqida jon kuydirib gapiryapmiz, ertaga bilmadim, bunaqa holatlar oddiy holat bo`lib qolsa kerak. Yana alam qiladigan, biror qizga "nega shim kiyib yuribsan?" desangiz, "nima qilibdi, kalta yubkadan ko`ra yaxshiku" deb javob qaytaradi. Sizlar ham qizlar bilan bu borada munozara o`tkazib ko`rsangiz bir-biridan kulgili("achinarli") mulohazalarni eshitasiz. Hatto ba'zida o`ylab ham qolaman, ularda shunchalik mantiq tushunchasi rostdan ham bo`lmaydimi? :)
Hayoli, iffatli, aqlli va odobli qizlarimiz, iltimos, noto`g`ri tushunmanglar. Bu gaplar sizlarga emas.

Allohning o`zi ayollarimizga insof, erkaklarimizga g`urur bersin.

Qayd etilgan