Yangi loyiha: Ziyouzda qonunchilik bazasi  ( 34089 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Y_U_R_I_S_T  07 May 2008, 19:01:03

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar!

Men sizlar bilan bir narsani maslahatlashmoqchi edim.

Men Forumimizda Qonunchilik bazasini yaratmoqchi edim (qo'limdan kelgancha albatta) Sababi ko'pchilik yurtdoshlarimizga, talabalarga O'zbekiston Respublikasi Qonunlarining matni kerak bo'lib qoladi. Ammo ularni qayerdan olishni bilisholmaydi. Internet tarmog'idagi qonunchilik bilan bog'liq saytlar kam. www.lex.uz sayti shulardan biri, ammo unda ishlash noqulay. "Norma" esa pulli programma va uni yangilab turish ham kerak.

Shularni hisobga olib Forumda maxsus bo'lim ochib O'zbekiston Respublikasi Qonunlarini va normativ-hujjatlarini joylashtirib bormoqchimiz.

Siz bunga nima deysiz?

Qonunlarni qaysi tartibda joylagan ma'qul. Ularni skachat qilib oladigan tarzda faqat linklarni bersak qulaymi yoki ularni Forumga matn tarzida kiritganimiz yaxshimi?

Meni fikrimcha, ikkalasini ham qilsak yaxshiroq. Sababi ko'pchilik internet kafelardan foydalanadi va ularda skachat qilish imkoniyati bo'lmasligi mumkin.

Shunga oid va boshqa takliflaringizni kutib qolamiz.

Oldindan rahmat!
Hurmat bilan...

Qayd etilgan


Usmon  07 May 2008, 19:32:01

Assalomu alaykum.
Tashabbus juda yaxshi. Biroq mashaqqatli loyiha bo'ladi. Buning ustiga qonunlar ham bir joyda turmaydi, vaqt o'tishi bilan o'zgaradi.
Mening taklifim: "Yuridik maslahatxona" yoki shunga o'xshash bo'lim ochilsa va unga qonunchilik borasida yaxshi bilim ega (masalan, Y_U_R_I_S_T) odam moderatorlik qilsa.
Bunda ham vaqt, ham mehnat tejalardi. Buning ustiga foydalanuvchilar konkret voqea-hodisa, ish yuzasidan konkret maslahat olish imkoniyatiga ega bo'lardilar.
Bular albatta mening fikrim. Balki noto'g'ridir....

Qayd etilgan


MUTLU  07 May 2008, 20:36:32

Assalomu Alaykum. Haqiqatdan ham Yurist brodarimiz juda ulug' ishni boshlabdilar. Usmon brodarimiz esa jada yahshi yo'lni ko'rsatibdilar. Sizlarni borlarizga shkur.
Shu birorta bo'limga o'hshagan joyga Usmon do'stimiz aytganlaridek Yuridik maslahathonani ochish kerak. Shunda yangi maderatorni ishi kamayadi. Va kerakli mavzular ustida bosh qotiriladi.

Qayd etilgan


shoir  08 May 2008, 08:34:53

Va alaykum assalom!

Yurist, fikringiz juda yaxshi. Lekin mening mulohazalarim shunday: odatda do'st achitib gapiradi...

1. Xullas, avvalo o'rganish kerak, forum yoki www.ziyouz.com foydalanuvchilarining bu qonunlarga ehtiyoji bormi? Qay darajada ularga bu foydali? Masalan, men unchalik qiziqmayman.
2. Avval internetda bunday loyiha bo'lgan ekan. Nega endi yana uni takrorlash kerak. G'oya o'g'irlash bo'lib qolmaydimi?
3. Agar joylansa ham, download qilib olinadigan holda joylanaversin. Kerakli odam o'zi olaveradi. Qonunlar bazasi juda ko'p, uning matnini forumga kiritish bilan vaqt o'tkazguncha boshqa foydali manbalarni kiritgan ma'qul.
4. Asosiy gap: bir ishni yakunlamay turib, ikkinchisini boshlash har ikkisining ham chala qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Yurist, avvalo oldingi loyiha O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini tugataylik. Chunki bu foydali manbani tezroq foydalanuvchilarga yetkazish kerak. Undanso'ng esa boshqa loyihalar haqida bosh qotirsa bo'ladi.
5. Usmonning gaplarida jon bor. Umumiy bo'limda Huquqiy maslahatxona deb mavzu ochilsa, foydalanuvchilar  o'zlarining savollarini o'sha yerda qoldirishsa bo'ladi.

Qayd etilgan


MUTLU  08 May 2008, 14:24:01

Va alaykum assalom!

Yurist, fikringiz juda yaxshi. Lekin mening mulohazalarim shunday: odatda do'st achitib gapiradi...

1. Xullas, avvalo o'rganish kerak, forum yoki www.ziyouz.com foydalanuvchilarining bu qonunlarga ehtiyoji bormi?

Hozirga payitda, jamiyatimizda o'z fikriga ega bo'lgan shahs borki qonunlarga ehtiyoji bo'ladi. Manimcha bu loyiha shu forimdagi Userlarga kere. Undan tashqari shu loihani qo'shish bilan www.ziyouz.com  ni forimlar orasida mavqe'ini yanada oshoshga o'z hissasini qo'shadi inshaAlloh. Lekin Shoir brodar gapiz to'g'ri albata boshqa boshlangan ishlarni ohirgacha etkazish  kerak. Hammaga sabir tilayman.

Qayd etilgan


Murod_bek  10 May 2008, 09:51:49

Assalomu Alaykum!
Yusristning g'oyalari juda yaxshi...Shahsn man qonunlarni bilishga qiziqaman...
Shoir akamizning ham gaplaridan jon bor!Hozircha ularni yuklab oladigan qilib joylagan afzal!Chunki barcha qonunlarni kiritish haqiqatda juda og'ir mashaqqat va ko'p vaqt talab etadi.

Qayd etilgan


Ahmadiy  10 May 2008, 16:09:57

Va alaykum assalom!

Yurist, fikringiz juda yaxshi. Lekin mening mulohazalarim shunday: odatda do'st achitib gapiradi...

1. Xullas, avvalo o'rganish kerak, forum yoki www.ziyouz.com foydalanuvchilarining bu qonunlarga ehtiyoji bormi? Qay darajada ularga bu foydali? Masalan, men unchalik qiziqmayman.
2. Avval internetda bunday loyiha bo'lgan ekan. Nega endi yana uni takrorlash kerak. G'oya o'g'irlash bo'lib qolmaydimi?
3. Agar joylansa ham, download qilib olinadigan holda joylanaversin. Kerakli odam o'zi olaveradi. Qonunlar bazasi juda ko'p, uning matnini forumga kiritish bilan vaqt o'tkazguncha boshqa foydali manbalarni kiritgan ma'qul.
4. Asosiy gap: bir ishni yakunlamay turib, ikkinchisini boshlash har ikkisining ham chala qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Yurist, avvalo oldingi loyiha O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini tugataylik. Chunki bu foydali manbani tezroq foydalanuvchilarga yetkazish kerak. Undanso'ng esa boshqa loyihalar haqida bosh qotirsa bo'ladi.
5. Usmonning gaplarida jon bor. Umumiy bo'limda Huquqiy maslahatxona deb mavzu ochilsa, foydalanuvchilar  o'zlarining savollarini o'sha yerda qoldirishsa bo'ladi.
-Assalomu alaykum WR WB....

-Aziz birodarlar sizlarni bu munozaralaringa be ijozat va be mavrid qo'shilganim uchun avvalo UZUR...
-Endi kiribmanmi demak o'z FIKRimni bildirib chiqib ketaman (bu mani yomon odatim)...
Manimcha teppada "Iqtibos" qilib olganim hamma fikrlar to'g'ri deb o'ylayman.
-Bu forum hamma narsalar bilan aralashib ketadimi deb qo'rqaman...
SABAB: Hamma narsa sal-sal, ozgina-ozginadan boshlanadi, manimcha teppada ko'tarilgan mavzuni yopish kerak.... yana bir bor UZUR...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 May 2008, 18:31:37

Assalomu alaykum birodarlar.

Umumiy bo'limda bir mavzu bor: Maslahatli to'y tarqamas.

Bu mavzuni ochilishidan maqsad ham shu edi. Ya'ni shu loyiha bo'yicha sizlarning fikrlaringizni bilish. Bu degani bugun yoki ertaga bu loyiha ishga tushadi degani emas. Chunki bu katta ish. Oldin yaxshilab tayyorgarlik ko'rish kerak.

Iqtibos
1. Xullas, avvalo o'rganish kerak, forum yoki www.ziyouz.com foydalanuvchilarining bu qonunlarga ehtiyoji bormi? Qay darajada ularga bu foydali? Masalan, men unchalik qiziqmayman.

Bu ikkinchi maqsad. Ya'ni bunga ehtiyoj bormi yo'qmi? Shuni bilib olmoqchiman.

Iqtibos
5. Usmonning gaplarida jon bor. Umumiy bo'limda Huquqiy maslahatxona deb mavzu ochilsa, foydalanuvchilar  o'zlarining savollarini o'sha yerda qoldirishsa bo'ladi.

Bu mavzu allaqachon ochilgan edi. Lekin negadir ko'pchilik e'tibor bermagan ekan :7
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2380.0

Iqtibos
4. Asosiy gap: bir ishni yakunlamay turib, ikkinchisini boshlash har ikkisining ham chala qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Yurist, avvalo oldingi loyiha O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini tugataylik. Chunki bu foydali manbani tezroq foydalanuvchilarga yetkazish kerak. Undanso'ng esa boshqa loyihalar haqida bosh qotirsa bo'ladi.

Gapingizda jon bor. Shaxsan menda internet bo'yicha muammo tug'ilgani sababli bu ishda unchalik faollik ko'rsata olmayapman. Lekin bu degani umuman ish qilinmayapti degani emas. Men maqolalarni deyarli tahrir qilib bo'ldim. Faqat ularni netga joylashtirish qoldi xolos. Robiyada ham xuddi shunday. Ular ham to'liq tahrir qilib bo'lganlar, faqat netga joylash borasida muammolarga duch kelayotgan ekanlar.
Menimcha bu ishda ham eng asosiysi son emas, sifat deb o'ylayman. Ya'ni maqolalarni imkoni boricha xatosiz va kamchiliklarsiz joylasak bu nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  13 May 2008, 16:25:06

"Soliq to'g'risidagi Qonun"ning matni kerak edi. Yordam bervoringlar!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 May 2008, 17:42:47

"Soliq to'g'risidagi Qonun"ning matni kerak edi. Yordam bervoringlar!

Marhamat, mana bu yerdan Yangi tahrirdagi "Soliq Kodeksi"ni ko'chirib olishingiz mumkin. Agar aniq biron qonun kerak bo'lsa unda nomini yozing.

Soliq kodeksi ko'chirib olish(word formatida)

Qayd etilgan