Diniy kitoblar nega qimmat?  ( 7270 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  19 May 2008, 08:19:11

Assalomu alaykum!
Deyarli bir oydan beri kitob bozorlarini kezaman. Shasiy kutubxonam uchun ancha-muncha kitob ham yig'ib qo'ydim.
Kuzatishlarimga ko'ra yurtimizda kitobga e'tibor ancha kuchaygan. Buni kitob rastalaridagi xaridorlarni ko'rib ham bilib olishingiz mumkin.

O'zbekistonda kitob biznesi shakllanib ulguribdi. Ayniqsa diniy kitoblar "biznes"i.
O'zim poligrafiya sohasida ishlaganim uchun kitoblarni qanday bosish, uning narhlari haqida ma'lumotga egaman. Lekin kitoblarning, ayniqsa diniy mavzudagi adabiyotlarning narhini ko'rib yoqamni ushlayman. Nega buncha qimmat sotishadi. Nahot kitoblar narhi uning tannarhidan 2-3 baravar qimmat bo'lsa?..

Arzonroq kitob topish ilinjida avvalo nashriyotlarning kitob do'koniga bordim. Ulardan diniy mavzudagi kitoblarni so'raganimda, ular ba'zilarini mualliflar sotuvga chiqarmay, o'zlari sotish uchun olib ketganlarini, ba'zilarini esa, sotuvga chiqqan kuniyoq, ayrim tadbirkorlar ko'tarasiga olib ketganini aytishdi...

Bir misol. "Sharq" nashriyotining do'konlaridan birida "Saodat asri qissalari"ning qattiq muqovali 1-kitobini 3800 so'mga oldim. Faqat shu kitob qolgan ekan. Boshqalari yo'q ekan.  Boshqa kitoblarini qidirib, Chorsuga keldim. Bu yerda esa xuddi shu kitobning narhi 6000 so'mdan 1 tiyin ham kam emas. Ommabop kitob bo'lgani uchun sotuvchilar ham aytgan narhlarini ushlab turishibdi. Asta-sekin sotuvchilar bilan ham gaplashdim. "Nima uchun bunaqa qimmat sotasizlar?" degan savolimga, ularga ham kitob egalari yoki shu kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi birinchi shaxslar shunday qimmat narhda berishlarini aytishdi. Yana taajjubda qoldim.

Diniy kitobning bozorining eng ommabop kitoblari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufnikidir. Shayxning kitoblari narhi ham juda qimmat. Shayxdan bu borada so'ralganda, savdoni nazorat qilolmayapmiz, degandilar. Masalan, "Sunniy aqidalar" kitobi dastlab chiqqanda, 5400 so'm edi. Hozir esa bozordan 9000 ming so'mdan kamiga topolmaysiz. Yangi chiqqan "Kofiya"ning ham narhi 9000 dan kam emas. Solishtirish uchun: Alovuddin Mansurning Qur'oni karim tarjimasi "Kofiya"dan ancha qalin, lekin narhi 5000 so'm. O'sha nashriyotda chop etilgan shu qalinlikdagi boshqa kitoblarning narhi ham 5000 so'mdan ko'p emas.

Yana bir muammo va taklif. Ba'zi kitoblarning jildini ko'paytirishdan nima foyda? Masalan, "Tafsiri hilol", "Kofiya" kitoblarining shrifti kitob standartidan ko'ra ancha kattadir. Shuning shriftini kamaytirib, kamroq qilinsa, ham tannarh tushardi, ham arzonroq bo'lardi...

Endi savol tug'iladi? Diniy kitoblarni chiqarish va sotishdan asosiy maqsad ilm tarqatishmi yoki mo'maygina daromad olishmi? Mayli, imkoniyati borlar so'tib olar, lekin ilmga chanqoq talabalar-chi? Ular qanday qilib bunday qimmat kitoblarni sotib oladilar?..

Qayd etilgan


shoir  19 May 2008, 11:59:44

AbdulAziz, haqiqatda judayam aktual muammoni ko'taribsiz.

Diniy kitoblarning insofsizlarcha qimmat narhda sotilishi ayniqsa viloyatlarda katta muammodir. Masalan, Andijonda siz keltirgan kitoblar narhi 11000 dan kam emas.

Men ham kitob yig'ishga qiziqaman. Kitoblar narhi bilan ham qiziqib turaman. Hozirda juda ko'p yaxshi kitoblar "Sharq" nashriyot-matbaa konsernida chop etilyapti. Jumladan, Shayx Muhammad Sodi hazratlarining kitoblari ham shu yerda sifatli chop etilayotgani bizni xursand qilayapti. Lekin aynan shu nashriyotda chop etilgan boshqa kitoblar arzon-u, Shayxning kitoblari qimmat. Sotuvchilarimiz ham insof bilan narh belgilashsa, bo'lardi. Olaverarkan, deb narhni osmonga ko'tarish ko'pchilikka malol kelyapti.

AbdulAziz, gapingizda jon bor, istalgan talabaning 10000-11000 so'mga kitob olib o'qishga qurbi yetmaydi. O'zim ham talabalar orasida ishlaganligim uchun ularning diniy kitoblarning narhi juda qimmatligi haqida aytgan shikoyatlarini eshitib qolaman.

Arabiston, Turkiya, Hindiston kabi mamlakatlarda diniy kitoblarni judayam arzon qilib chiqarish an'anasi yo'lga qo'yilgan ekan. Bu narsa bevosita ilm o'rganish va uni talab qilishga juda yaxshi ko'mak berarkan. Bizda esa ko'pincha aksincha holatni ko'ramiz. Hattoki diniy kitoblar ham "biznes" darajasiga chiqib qoldi...

Birodarning mulohazalari ham o'rinli. Hozirda ko'pchilik saytlardan diniy adabiyotlarni topib, o'qisa bo'ladi. Lekin yana bir taklif. Shayx hazratlarining hamma kitoblari ham saytga joylanib, foydalanishga ruxsat berilsa yaxshi bo'lardi. Talabalar Shayxning kitoblarini kseroks qilishlariga ruxsat yo'q (kseroks arzon tushadi). Saytda esa qolganini kitobdan o'qiysiz deb cheklab qo'yilgan. Mana shu muammolar ham hal qilinsa yaxshi bo'lardi.

Odamlarimizning kayfiyati shunday: kitoblar ular sotib olishi mumkin qadar azron bo'lmaguncha ommaviy kitobxonlik, ilmga intilish bo'lmaydi. Taqqoslash uchun 80-yillarning oxirini olaylik. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" 1 000 000, "Sharq yulduzi" 600 000 nusxada chop etilgan. Deyarli hamma xonadon sifatli va o'qimishli gazeta va kitoblar sotib olgan. Hozir esa...

Qayd etilgan


Murod_bek  25 May 2008, 11:12:23

Assalomu Alaykum!
Haqiqatdan ham bugungi kundagi muammolardan biri...
Shayh hazratlarining kitoblarini birinchi chiqqandan boshlab yig'ib boraman.LEkin har bir chaqayotgan yangi kitob narhi avvalgisidan 3000 4000 qimmat bo'lib ketmoqda...Alahamdulillah bunday narhga olishga qurbim yetadi.Lekin ko'pgina kursdoshlarimni "Haddan ziyod qimmat" degan gaplarini ko'p eshitaman...

Shayhni kitoblari kelgan kuniyoq kitob sotadiganlar hammasini "talab" ketishadi.Kitoblarning bu darajda narhi qimmatlashib borayotgani  ko'pgina talabalarning ilm olishlarida yo'llarini to'sib qo'ymoqda...

Turkiyada "Sihohi Sitta" kitobini turkcha sharhi bor ekan.27 tacha tomdan iborat qalin kitob deb eshitdim.Narhi 250$lar atrofida...Shunda har bir kitobning narhi 9$lar atrofida bo'ladi.Turkiya bozoriga qiyoslasak bu arzon!Chunki Turkiyada hamma narsaning narhi bizdagi narh navodan ancha qimmat...

Qayd etilgan


saraton07  29 May 2008, 00:12:31

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barokatuhu  azizlar.
 Janob  Abdulazizning ko'targan masalalari juda  dolzarab , bugungi kunda, bunga qo'shilaman.
 Bilasizmi, yuqorida aytib o'tilgan gaplar,hamma joyda o'z hukmini birday o'tkazmoqda.
 Kitoblar haqiqatdan ham,birmuncha narxi yuqori,kerakligidan. Bu albatta, kimlar uchundir hech nima emas.Ammo, aksariyat ilm hohlovchi   yurtdoshlarimiz uchun aytarli  balandroq narxlardir.
 Shu o'rinda,  janob Abdulaziz va janob Birodarlarnig so'zlariga qo'shimcha qilmoqchi edim.
Sotuvdagi  2000 so'mlik  diniy kitobning o'rniga haqiqatdan ham,birdaniga bir nechta  har xil ko'rinishdagi,lekin ma'nisi,yo'nalishi bir xil bo'lgan gazetalarni  shu pulga sotib oluvchilar  juda ko'plar.
Xo'sh u gazetalarda nimalar yozilgan, nimalar berib borilmoqda?
Yangiliklar rukni va   beriladigan  jurnalistlarimizning ocherk laridan boshqa hammasi havaskor yoki professional ijodkorlarimizning  ijod mahsullaridan iborat.
Kechirasizlaru, hamma qissalar hikoyalar, sevgi -muhabbat, oila mojarolari, dediktivlar  syujetlari bir xil.
Bu  kimlar uchun qiziqarli,lekin  ilm ahli uchun yo'q.
Bu kabi gazetalar aholi ongiga  tez singuvchi sahifalar bilan to'laligi,va arzonligi uchun, juda ommabop.
Yana narxlarni o'ylab ko'radigan bo'lsak,
1 chidan bu, talabning oshib borayotganligi.Bu uchun Ollohga shukur, asta sekin bo'lsada odamlar orasida imon insof yoyilib bormoqda.Bunda ayrim uddaburonlar, "samarali" foydalanmoqdalar.Janob  Abdulaziz ta'kidlab o'tganlaridek, tan narxdan  qo'shimcha  daromad  stavkalari  erkin savdoda  bir necha barobar yuqori.
2 chidan bu infilyaciya natijasida ko'tarilib borayotgan  iste'mol mollari    qiymatlari  balandligi.O'ylab ko'ring, 2007 yil  yanvar  oyida kilosi  3200  so'mlik  go'sht,kilosi 1300 so'mlik yog', 2008 yil yanvarda  4500 va 2000 so'mga chiqsa,  2007 yil yanvardagi   3000 so'mlik kitobning narxi,2008 yil yanvarda  narxi 3000 bo'lishiga  ishonish qiyin.
Bozor iqtisodiyoti degandek, o'zingizdan qolar gap yo'q hozir.
Insof qilib, savob uchun, ilojsizlarga kitob olib beruvchi, talabaga  kitob bilan xomiylik qiluvchi odamnlar sanoqli, afsus.
Yana bir tarafi, Jahon bozoridagi , neft narxining  oshayotganligida ham gap ko'p.Bunga ajablanishlari mumkin,lekin  analiz qilib ko'rsangiz, amin bo'lasiz, manimcha.
Aholi qurbi yetsa oladida, bo'lmasa qayerdan oladi, undan ko'ra ro'zg'ori uchun nimadir ash'yo yoki  yegulik olishni afzal biladi, bu turgan gap. Ziyoli,ma'rifat uchun fidokorlar uchun esa farqi yo'q, qimmatmi , arzonmi  olishadi, azamatlar, Ollohga shukur  bu uchun.
Ammo talabalar uchun bu muammo eng katta bosh og'riqlardan biri.Kitob qimmat olay desa. Keyin bechora ovora har yonda.Kitob so'rab.Bu savol kelajagimiz   taqdir masalalaridan biri.
 Manimcha diniy  kitoblar borasidagi muammoni , Masjidlar  tasarrufidagi,savdo do'konlarini ko'paytirish bilan hal qilsa bo'lsa kerak.
Maxsus narxlar belgilanib, savdo rastalariga chiqarilsa yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan