Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Janob Musannif Adham, haq gapni aytdiz, birodar.
Bir vaqtlar ilm-fan, madaniyat o'ta kuchli taraqqiy etib kelayotgan Musulmon dunyosi,negadir jaholat botqog'iga bota boshladi. Nega?
Nega go'zal taraqqiyot debochalari, uzoq yurolmay yiqldilar.
Bu debochalarni nega Evropa o'zlashtira boshladi va takomillashtira oldi.
Nega musulmon dunyosi oldinga o'tib ketmadi fan texnikada?
Aksincha, nasroniy va majusiylar fanning eng yuqori cho'qqilariga yo'rg'alab ketdilar,musulmonlardan oldin?
Bu savollarni chuqurroq o'ylab javob qidirsangiz, tarix qa'riga sho'ng'iysiz, va turli xil ixtilofu,jaholat ustunlariga duch kelasiz.
Turli xil oqimlarning, tarafchiliklarning yuzaga kelishi, Islomda kim o'zarga amal qilishu,kim to'g'ri yoki noto'g'ri rioya qilishi to'g'risidagi mojarolar, va bular orqali tug'ilgan siyosiy ixtiloflar, hudud talashishlar Musulmon dunyosining jaholatga boshlab keldi. Bu jarayon birdaniga emas,har xil zamonlarda, har xil ko'rinishlarda amalga oshib turdi.
Bu qaysidir ma'noda o'z ta'sirini Musulmon taraqqiyotiga yomon ta'sir ko'rsatdi.Ammo ozgina muddat hukmronlik qilib turgan Amir Temur saltanati bu nomutanosibliklarga barham bergandek edi, afsuski Temur vafotidan so'ng yana orqaga surilish jarayoni boshlandi. Bir necha o'n yilliklar davomida rivojlanib turgan ilm-fan,madaniyat shu'lalari yurtimiz hayotidan misol olib aytsak , xonliklargacha ko'rinib turdi.
Nadomatlarki, ilm-fan yana xorlikka yuz tuta boshladi. Oqibatda, turli xonliklararo nizolar urushlar va hakozolar bo'y ko'rsata boshladi.
Ilm fan,madaniyat rivoji qaysidir Musulmon o'lkalarda tus oli turgandir,lekin bu kamlik qilardi. Odamlar fikrlashi jihatidan, G'arbdan orqada qola boshladilar. O'z zamonasining ziyolilari, ma'rifatparvar ulomolari,olimlarining ijodiy salohiyatlari ko'pga bormas edi. Jaholatga berilgan hukmdorlar,bu kabi uyg'onishu, erkin g'oyalarni hal qila olmasdilar, afsus. Qaysidir shohlar,xonlar qo'llashgan bo'lsalar,undan keyingilari bo'g'ib tashlaganlar. Zamon shiddatli, shavqatsiz, shoshqaloq edi. Kutib o'tirmas edi.
G'arb esa, allaqachon uyg'ongan, oldinga intilgan holda dadil qadam bosardi.
Oralarida uchragan albatta razolat va jaholat bayrog'i sharpalari, ammo tezda bu sharpalar o'z-o'zidan tarix tublariga cho'ktirib yuborilganlar.
Oxir oqibat Musulmonlar ham ma'nan, ham moddiyan qullarga aylandilar, kofirlarga. Endigina uyg'onib kelayotgan nihollar tagidan kesildilar. Bu yaqin tarixlarimizda yaqqol namoyon.
Ex, afsus,afsus ming afsus........
Bularni biz yosh avlod o'qib,bilib, achinamizu,lekin hech narsani o'zgartira olmaymiz.
O'ylab qolaman, nahotki, Islomga rioya qilib, amal qilib, yangilikkka, ilm-fanga intilib, ikki ilmni ham, islomiy va dunyoviy ilmni o'rganishga shunchalar no'noqmiz, juda bo'lmaganda islomiy ilmni yaxshi ololmasak.
Ko'pchilikni ko'ramiz,na dunyoviy,na islomiy tushunchalarga ega. Bu qayerdan kelib chiqdi? Yana o'sha yaqin tariximizdagi olib borilgan, musulmonlar miyasiga singdirilgan, nasroniy siyosatning sarlavhasiz sahifalaridan javob topamiz.
"Oddiy haqiqatlar" mavzusidagi hijob masalasidagi mojaroda, Vodiyda bo'lib o'tgan xunuk voqeada,Hijobli xonimni forumga kirg'izmagan opaxon qaysi tarbiyayu, g'oyalarda oqib katta bo'lganlar?Albatta,bir vaqtlar dinsizlik, anti musulmon go'yalariga minbar tekkan vaqtlarda unib o'sgan bo'lishlari mumkin.Bu holat oilalarida ham bo'lgan bo'lishi mumkin.
Sir emas,hozirgi paytda, hijob kiyib,chin musulmonlik yo'lini tutib, shu bilan birga dunyoviy ilmga otlangan muslimalarimizga nisbatan g'alati qarashlar qilishmoqda. Yoki nomoz o'qib, halollikka berilib, ham islomiy,ham dunyoviy ilmga intilgan yoshlarga ham xursand bo'larli munosabatda yondoshishadi deb aytolmaymiz. Bu aksariyat vaziyatlarda albatta. Bunga sabab yana o'sha obu-havoning ta'siri hali ham borligidadir. Bunday go'zal islomiylikni ko'pchilik qabul qila olmaydilar shuning uchun.
Yana bir sabab esa hozirgi ijtimoiy, siyosiy vaziyat hamdir. Bu borada fikrlar juda ko'p, ko'p eshitamiz,ko'p gapiramiz, o'z tushunchamizga egamiz. Lekin amaliy choralar yo'q.
Ollohim barcha musulmonlarning yo'llarini ravon etsin iloyim.
Chin ziyoli bo'lishlikka intilishlik ,Ollohga shukurkim,oz bo'lsada mavjud.
Ollohdan, shu yo'lga intilguvchi, shu yo'ldan yuguvchi,shu yo'ldan ketayotgan birodarlarimizga omad, toqat, kuch tilayman va hammamizni shu yo'lga boshlashligini iltijo qilaman Omin.