Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495604 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 96 B


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:38:03

25-bob. Ivak (kiyimni) kiymay, ushlab ko’rish xakida

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga harir kiyim hadya qilindi. Biz uni ushlab ko’rib, (nafisligidan) tvajjublandik. Nabiy sallullohu alayhi va sallam: «Undan tag.jjublandingizmi?» —"dedilar. Biz: «Ha»,— dedik. Janob Rasululloh: «Sa’d ibn Muozning jannatdagi ro’molchalarq bundan yaxshiroqdir»,— dedilar».


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:39:37

26-bob. Ivak (matoni) ko’rva-to’shak qilmoq haqida

Ubaydy: «Ivak kiyim kiymoq kabi bu ham makruhdir»,— deydilar. Huzayfa raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va Sallam oltin va kumush idishda yeb-ichmoqni, harir va deboj kiymoqni hamda bunday matolar ustida o’ltirmoqni bizga man’ qildilar»,—deydilar.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:40:37

27-bob. Qissiy (qassiy) kiymoq haqida

Osim raziyallohu anhu Abu Burdadan naql qiladilar «Men Hazrat Alidan: «Qissiy qanday kiyim?»—deb so’radim. Hazrat Ali: «Bizga Shom yoki Mksrdan keltiriladigan kiyim bo’lib, ivak aralash, limon surati tushirilgan. Miysara esa ayollar erlari uchun to’qib beradigan duxobaga o’xshash mato bo’lib, uni sariq rangga bo’yashar erdi»,— dedilar».
Barro ibn Ozib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallvam» qizil miysara va qassiy kiymog’imizdan qaytardilar», deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:41:59

28-bob. Qichima kasaliga mubtalo bo’lgan erkaklarga ivak kiyim kiymoqqa ruxsat qilingani haqida

Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zubayr va Abdurrahmonga qichima bo’lganida ivak kiyim kiymoqqa ijozat berdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:42:51

29-bob. Ivak kiyimlar (kiymoq) ayollarga joiz ekanligi haqida

Ali ibn Abu Тolib: «Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga yo’l-yo’l chiziqli kiyim taqdim etdilar. Men uni kiyib chiqqan erdim, Janob Rasulullohning yuzlarida g’azab vaydo bo’lganini ko’rdim. Shunda, uni qirqib, xotinlarimga ulashdim»,— deydilar.

Abdullo.u ibn Umar rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu yo’l-yo’l chiziqli hulla (izor va rido) sotishayotganini ko’rib: «Yo Rasulalloh, agar sotib olsangiz, mehmon kelganda va jum’a kunlari kiyar zdingiz».— dedilar. Janob Rasululloh: «Bunday kiyimni oxiratdan nasibasi yo’q kishilar kiygaydir!» — dedilar. Keyinchalik Janob Rasululloh Hazrat Umarga hula tortiq qilib yubordilar. Shunda u kishi kelib : «Yo Rasulalloh, o’zingiz hulla kiymoqdan qaytargan erdingiz-ku, nechuk menga hulla yubordingiz?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Uni (o’zing kiygin, deb emas) sotib yokim (biror ayolga) kiydirib yubormog’ing uchun taqdim qilib erdim»,— dedilar».
Anas ibn Molik: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari — Ummu Kulsumning ustiga yo’l-yo’l chiziqli ivak burda yonib qo’yilganini ko’rganman»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:43:40

30-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir xil kiyim bilan cheklanmaganliklari xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qaysarlik qilmoqqa o’zaro kelishib olgan ikki ayol xususidagi gaplarni Hazrat Umar ibn al-Хattobdan so’rashga bir yil davomida botinolmay yurdim. Chunkim, men u kishidan hayiqar erdim. Kunlardan bir kun Hazrat Umar bir yerda (ulovlaridan) tushib, chakalakzorga kirib ketdilar. U yerdan chiqqanlaridan keyin, o’sha masala xususida so’radim. Hazrat Umar: «Ular — Oisha birlan Hafsa edi»,— dedilar. Keyin. Yana bunday deb gaplarida davom etdilar: «Johiliya davrida biz ayollarni hech narsaga arzimaydi, deb hisoblar erdik. Islom kelib, Olloh taolo ayollar xususida zikr qilgach, ularni biror ishimizga aralashtiramizmi, yo’qmi, bundan qat’iy nazar, haq-huquqlarini tan olmog’imiz lozimligini tushunib yetdik. Men bilan xotinim ikkalamiz o’rtamizda bir gap o’tib, u menga qo’pollik qildi. Men: «Shu yerda turib (ya’ni, ko’zimga baqrayib turib) qo’pollik qilasanmi?!»—dedim. Хotinim: «Bu gapni menga aytyapsizmi, qizingiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ozor beryapti-ku?!» — dedi. Men qizim Hafsaning huzuriga bordimda: «Olloh va uning rasuliga osiylik qilma!»—deb qattiq koyidim. Keyin, Ummu Salamaning oldiga borib, unga ham shu gapni aytdim. U: «Ey Umar, biz ayollarning ishimizga aralashib yurganingga hayronman! Endi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan u kishining xotinlari orasiga aralashmog’ing qoldi, xolos!»—deb urishib berdi. Bir ansoriy kishi bo’lib, u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bo’lmagan bo’lsa, uchratganimda bor gapni unga aytib berar erdim. Men Rasulullohning huzurlarida bo’lmaganimda esa u meni tonib, ko’rgan-eshitganlarini so’zlab berar erdi. O’sha vaqtlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tevarak-atroflarida xavf-xatar qolmagan bo’lib, dushmanlardan faqat Shom podshosi G’asson kuch saklab turar erdi. Biz uning bostirib kelib qolishidan cho’chirdik. (Bir kuni) ansoriy (do’stim) kelib, dab durustdan: «Bir voqea sodir bo’ldi»,— deb edi, men qo’rqib ketdim. Men unga: «Nima bo’ldi, G’assoniy bostirib keldimi?» — dedim. U: «Bundan ham badtar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarini taloq qilibdilar»,— dedi. Men borsam, barcha hujralardan yig’i ovozi kelayapti. Rasulullh sallallohu alayhi va sallam bo’lsalar, boloxonaga chiqib ketgan erkanlar. Boloxona eshigi oldida xizmatkor turardi, uning oldiga borib: «Huzurlariga kirmogimga ijozat berasanmi?»—deb edim, ruxsat berdi. Kirsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo’yra ustida yotibdilar, bo’yra biqinlariga botib ketibdi. Boshlari ostiga ichiga poxol tiqilgan teridan qilingan yostiq qo’yib olibdilar. Atrofda oshlanmagan terilar osig’lik, teri oshlashda qo’llanadigan giyohlar ham shu yerda. Men Hafsa va Ummu Salamaga aytgan gaplarimni hamda Ummu Salamaning menga qilgan javobini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga so’zlab berdim. Janob Rasululloh kulib qo’ydilar. O’shanda ul zot 29 kun deganda boloxonadan qaytib tushgan erdilar. (Chunkim, xotinlaridan biri ansorlar haqida bema’ni gap aytganida bir oy u aloqa qilmasliklarini ta’kidlagandilar)».

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar «Тunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va U sallam uyg’onib bunday dedilar: «Lo iloha illallohu! (Olloh taolo) bu kecha qanchadan-qancha fitnalaru, qanchadan-qancha (rahmat) xazinalari nozil qildi ekan?! (Anavi) hujralarda (g’aflat uyqusida) yotganlarni kim uygotadi? Bu dunyoda qanchadan-qancha kiyim kiyganlar qiyomat kuni yalang’och qolg’usidir!»

Zuuriy raziyallozru anhu: «Hind (Ummu Honi’)ning ko’ylagi yenglari uchida tugmalari bo’lib, barmoqlari orasidan o’tkazib qadab olar erdi (qo’lining barmoqlaridan yuqorisini begona k}zga ko’rsatmaslik uchun shunday qilgan»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:46:14

31-bob. Yangi kiyim kiygan shaxs haqiga duo qilmoq haqida

Ummu Хolid binti Хolid rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga (yangi) kiyimlar olib kelishdi. Ularning ichida qora xamisa ham bor erdi. Janob Rasululloh: «Bu xamisani kimga kiydirmog’imizni lozim tovasizlar?»—dedilar. Qavm sukut qildi. Janob Rasululloh: «Ummu Хolini mening huzurimga olib kelinglar!»—deb amr qildilar. Meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib kelishgach, muborak qo’llari bilan menga xamisani kiydirib qo’ydilarda, «Yirtib-yirtib, eskirtirib kiygin!» deb ikki bor duo qildilar. So’ng, xamisaning gullariga bir nazar tashlab qo’yib, menga muborak qo’llari birlan ishora qildilarda: «Ey Ummu Хolid, bu — sanoh!» — dedilar. «Sanoh» — habashlar tilida «yaxshi» degan ma’noni anglatadi. Ishoq: «Menga qarindosh bo’lgan ayollardan biri Ummu Хolidning o’sha xamisani kiyib yurganligini ko’rganligini aytgan erdi» — deydilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:46:58

33-bob. Za’faron birlan bo’yalgan kiyim haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehrom bog’lagan odamning vars yoki za’faron birlan bo’yalgan kiyim kiymog’ini man’ qildilar»,— deydilar.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:47:28

 34-bob. Qizil kiyim haqida

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’rta bo’yli kishi erdilar. Ul zotning qizil hulla (izor va rido) kiyib olganlarini ko’rdim. Undan go’zalroq narsani hanuz ko’rmagan erdim!».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 14:48:19

35-bob. Qizil miysara xususida

Barro ibn Ozib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani — bemorning holidan xabar olib turmoqni, janozaga bormoqni, aksa urgan shaxsga sog’lik tilamoqni buyurdilar hamda bizni harir, deboj, qassiy, istabrak va qizil miysaralar kiymoqdan qaytardilar»,— deydilar (Yuqorida buyurilgan va man’ qilingan narsalarning umuniy soni sakkizta bo’lib, arabcha nusxada shunday. Ammo, ba’zilar: «Janob Rasululloh to’yga chaqirilganda bormoqni, salom bermoqni, mazlumga yordam qo’lini cho’zmoqni, va’daning ustidan chiqmoqni ham buyurib, oltin uzuk taqmoq va kumush idish tutmoqdan ham qaytarganlar»,— deyishadi).

Qayd etilgan