Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 332370 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 96 B


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:02:09

47-bob. Uzuk ko’zi haqida

Хumayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Odyamlar Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzuk taqqanmidilar» —deb so’rashdi. Anas: «Kunlardan birida Rasuluplgoh sallallohu alayhi va sallam xufton namozini yarim kechagacha kechiktirdilar. So’ng, bizga muborak yuzlarini burib erdilar, nazarimda ul zotning qo’llaridagi uzuk yarqirya! dek bo’ldi. Janob Rasululloh: «Odamlar namoz o’qib bo’lib, allaqachon uyquga ketdilar, sizlar ersangiz xanuz nempg? o’qiyman deb kutib turibsizlar!» — dedilar».

Humyyd raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhudan bunday deb naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kumush uzuklari bo’lib, ko’zi ham kumutilpya erdi»

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:03:07

48-bob. Тemir uzuk haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib «Men o’zimni sizga bag’ishlamoq uchun keldim», dedida, uzoq turib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga bir nazar tashlab, boshlarini quyi soldilar. Ayol uzoq turib qolgach, bir kishi turib: «Basharti ungach
siznmng ehtiyojingiz bo’lmasa, menga nikohlab bera qolingiz! — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo’q»,— deb aytdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bor, qarab ko’r!» —dedilar. Boyagi kishi chiqib ketib. yana qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, biror narsa
topolgan bo’lsam, koshki edi!» — dedi. Janob Rasululloh: sallallohu alayhi va salam: «Bor, yana bir axtarib ko’rchi!» — dedilar. U axtarib qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, hatto temir uzuk ham yo’q!» — dedi. Uning egnida izori bo’lib, ridosi yo’q erdi. Shu boisdan: «Shuni mahrga beraymi?»— deb so’radi. Janob Rasululloh: «Izoringnimi?... agar izoringni u kiysa, senga hech narsa qolmaydi, agar sen kiysang, unga hech narsa   qolmaydi»—dedilar. Boyagi kishi (nounid bo’lib) joyiga borib o’ltirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yuraklari achishib unga: «Beri kel!»—deb amr qildilar, so’ng: «Qur’ondan nimalarni yod bilasan?» — dedilar U: «Falon va falon suralarni»—dedi. Janob Rasululloh: «Unga mahr qilib bermog’ing uchun Qur’ondan bilgan ana shu suralaringni senga mulk qilib berdim!» — dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:03:48

49-bob. Uzukka naqsh o’ydirmoq xususida

Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ajamlardan bir guruhiga yoki ajam qavmlaridan biriga maktub yozmoqchi bo’lib erdilar. «Ular muhr bosilmagan maktubni qabul qilmaydilar»,— deb aytishdi. Shul sababdin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kumush uzuk buyurib, unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdilar. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning barmoqlaridagi (yokim kaftlaridagi) o’sha uzukning yarqirab turganini ko’rib trgandekmen».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kumush uzuk yasatib qo’llariga taqib olgan erdilar. Ul zotdan so’ng uzukni Abu Bakr, so’ng Umar, undan so’ng Usmon qo’liga taqib yurdi. Keyin u Aris qudug’iga tushib ketdi. Unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlar naqsh qilingan erdi».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:04:43

50-bob. Jimjiloqqa taqilgan uzuk haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o’zlariga uzuk yasatib olgach: «Biz uzuk yasatib, unga naqsh o’ydirdik hech kim uning ustiga boshqa naqsh o’ydirmasin!» — dedilar. Men o’sha uzukning ul zotning jimjiloqlarida yarqirab turganini ko’rib turgan-dekmen».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:05:18

51-bob. Biror narsaga yokim ahli kitoblar va ulardan o’zgalarga bitiladigan xatlarga muhr bosmoq uchun uzuk yasatib olmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Rumga maktub bitmoqchi bo’lganlarida u kishiga: «Muhr bosilmagan xatingizni ular o’qishmaydi»,— deb aytishdi. Shunda Janob Rasululloh bir kumush uzuk yasatib, unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdilar. Men o’sha uzukning qo’llarida yarqirab turganini ko’rib turgandekmen».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:06:34

52-bob. Uzukning ko’zini kaftiga qarata burib olgan shaxs xususida

Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o’zlariga tilla uzuk yasatib oldilar. Uni qo’llariga taqqanlarida: ko’zini kaftlari tomon qaratib (burib) olar erdilar. Keyin, odamlar ham o’zlariga ana shunday tilla uzuk yasatib olishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga chiqib, Olloh taologa hamdu sano aytgach: «Men o’zimga uzuk yasattirgan erdim, endi uni sira ham taqmayman!» — dedilarda, tashlab yubordilar, odamlar ham uzuklarysh tashlashdi». «U (Ibn Umar): «O’ng qo’llariga taqqanlar» — degan bo’lishi kerak deb hisoblayman»,—deydilar Juvayriya.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:07:31

53-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Uzugimning naqshi ustidan yana naqsh o’yilmasin!» deganlary haqida   

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kumushdan uzuk yasatib olib, unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdilarda: «Men kumushdan uzuk yasatib oldim va unga «Muhammad rasululloh» degan so’zlarni naqsh qildirdim. Hech kim uning naqshi ustidan yana naqsh o’ymasin!» —deb aytdilar».   

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:08:26

54-bob. Uzukka uch satr qilib naqsh o’ysa bo’ladimi?»

Sumoma Anas haqida bunday deb aytgan erkanlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu (Anasni) noib qilib yuborganlarida unga (zakotlar miqdori) haqida yozib yubordilar. (Maktubga bosilgan muhrning) uzukning naqshi uch satr (qator) bo’lib, «Muhammad» so’zi bir satr, «Rasul» so’zi bir satr va «Olloh»! so’zi yana bir satrni egallagan erdi». Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uzuklarini avval o’zlari, u kishidan keyin Abu Bakr, undan keyin Umar taqdilar. Usmon Aris qudug’i boshida o’ltirganlarida (o’sha) uzukni barmoqlaridan chiqarib o’ynay boshlagan erdilar, tushib ketdi. Biz Usmon birlan birga uch kungacha quduqqa tushib qidirdik suvini ham chiqarib tashladik ammo uzukni topolmadik».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:09:05

55-bob. Ayollar uzugi xususida

Oisha onamizning bir necha tilla uzuklari bo’lar erdi. Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bilan birga hayit (iyd) namozida ishtirok etdim. U zot xutbadan avval namoz o’qidilar». Abu Abdulloh (Buxoriy) aytadilar-ki, Ibn Vahb Ibn Jurayjdan naql qilib, (yuqoridagi hadisga) quyidagicha qo’shimcha qilibdi: (Janob Rasululloh) ayollarning qoshiga kelib, sadaqa bermoqni amr qildilar. Shunda ular fatax (ko’zsiz, uzukka o’xshash taqinchoq) va uzuklariii Bilolning etagiga tashlay boshlashdi».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:09:51

56-bob. Ayollar munchog’i haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayit (iyd) kuni chiqib, ikki rak’at namoz o’qidilar. Bunday namozni ilgari ham, keyin ham o’qimaganlar. Keyin ayollar qoshiga kelib, sadaqa bermoqni amr qilib erdilar, ular xurs (tilla yoki kumushdan qilingan .halqa) va munchoqlarini sadaqa qila boshladilar».

Qayd etilgan