Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495559 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 96 B


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:20:22

67-bob. Jingalak soch haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko’zga tashlanadigan darajada novcha ham, vast bo’yli ham, o’ta oq ham, qop-qora ham ermas erdilar. Sochlari ersa, o’ta jingalak ham, sillik ham ermas erdi. Olloh taolo ul zotni qirq yoshga kirganlarida (payg’ambar) qilib yubordi. Makkada o’n yil va Madinada o’n yil istiqomat qildilar. Olloh taolo ul zotni oltmish yoshga yetganlarida vafot ettirganida soch-soqollarining yigirmata ham oqi yo’q erdi».

Abu Iszdoq rivoyat qiladilar: «Men Barroning: «Qizil ,hullaning biror kishiga Nabiy sallallohu alayhi va (sallamdan ko’ra ko’proq yarashganini ko’rmaganman!» — deyayotganini eshitdim.

Ba’zi do’stlarim Molikdan naql qilib: «Ul zotning sochlari ikki yelkalariga tegay deb turar erdi»!,— deyishadi».

Abu Ishoq: «Men (Barroning) mazkur hadisni necha martaba rivoyat qilganini eshitganman, (negadir) u har gall aytib bo’lib, kulib qo’yar erdi»,— deydilar.

Shu’ba mazkur hadisga qo’shimcha qilib: «Sochlari "quloqlarining yumshoq yerigacha tushib turar erdi»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bu kecha men Ka’ba yonida (uxlab yotganimda) tush ko’rdim. Тushimda bir bug’doyrang kishini ko’rdim. Sen bug’doyrang odamlar ichida bunday go’zal kishini ko’rmagansan. Uning yelkasiga tushib turgan sochlaridek go’zal sochni ham ko’rmagansan. Varishon sochlaridan suv tomib turibdi, o’zi esa ikki kishiga (yokim ikki kishining yelkasiga) suyangan holda Ka’bani tavof qilayotir. Men: «Bu kim?»—deb so’ragan erdim, «Maryam o’g’li Masihdir (Iso alayhissalom)»,— deb aytildi. Keyin, yana bir boshqa kishiga ko’zim tushdi, uning sochlari qo’ng’iroq-qo’ng’iroq, o’ng ko’zi esa ko’r bo’lib, kattakon uzum donasi yanglig’ bo’rtib chiqqan. Men: «Bu kim?» — deb so’ragan erdim, «Masih Dajjoldir»,— deb aytildi».

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlari yelkalariga tushib turar erdi»,— deydilar.

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlari to’g’risida so’radim. Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlari to’lqinsimon bo’lib, sillik ham, jingalak ham emas erdi ikki quloqlari va yelkalariga tushib turar erdi»,--deb aytdi».

Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo’li katta odam erdilar. Men bunday qo’li katta odamni keyin sira ko’rmadim. Sochlari ersa to’lqinsimon bo’lib, na jingalak va na sillik erdi»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo’l-oyoqlari katta odam erdilar. Men ul zot singari, qo’l-oyoqlari katta odamni ilgari ham, keyin ham ko’rmaganman. Kaftlari ersa sillik erdi»,—deydilar.
 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam oyoqlari katta va xushro’y kishi erdilar. Men ul zot yanglig’ kishini sira ko’rmaganman».
Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam oyoqlari qo’pol (katta) va kaftlari dag’al kishi erdilar»,— deydilar.

Jobir ibn Abdulloh: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kaftlari va oyoqlari qo’pol (katta) kishi erdilar, ul zotga o’xshash odamni sira ko’rmaganman»,— deydilar.

Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuning huzurida erdik Dajjol haqida gap ketdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uning ikki ko’zi oralig’iga kofir deb yozilgan»,— dedilar. Ibn Abbos: «Men bu haqda eshitmagan erkanman»,— dedi. Janob Rasululloh: «Biroq, u shunday»,— dedilar. Keyin, yana: «Ammo, Ibrohim alayhissalomning qiyofalari qanday ekanligini bilmoqchi bo’lsangiz, menga — do’stingizga qarangiz. Muso alayhissalom ersalar bug’doyrang, sochlari jingalak kishi erdilar, arqon bilan no’xtalangan qizil tuya minib yurar erdilar. Men ul kishining talbiya aytib vodiyga tushib kelayotganlarini ko’rib turgandekmen»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:21:20

 68-bob. Sochni (to’zg’imaydigan qilib) yonishtirib olmoq xususida

Abdulloh ibn Umar: «Men Hazrat Umar (al-Хattob)ning (hajda): «Kimki sochini yonishtirmay, o’rib olgan bo’lsa, butunlay oldirib tashlasin!» deb aytganlarini eshitdim»,— deydilar.

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (ehromdalik kezlarida) sochlarini yonishtirib olganlarini ko’rdim»,— der erdilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini yonishtirib olib baland ovoz bilan quyidagicha talbiya aytganlarini eshitdim: «Labbayka Ollohumma labbayka, labbayka lo shariyka laka labbayka, inna-l-hamda va-nni’mata laka va-l-mulQ lo shariyka laka!» Bu so’zlardan ortiq hech narsa demasdilar».

Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari: «Yo Rasululloh, odamlar umra qilib ehromlarini yechishdi, siz ersangiz hanuz ehromdasiz?» — dedi. Janob Rasululloh: «Men sochimni (to’zg’imaydigan qilib) yonishtirib olganman va qurbonlikqa atalgan jonlig’imga belgi osib qo’yganman, endi uni zabh qilmagunimcha ehromimni yechmagayman» — dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:22:40

69-bob. Farq haqida

Ibi Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (Olloh taolo maxsus oyat nozil qilib) amr qilmagan narsalar xususida ahli kitoblarga muvofiq ish tutmoqni yaxshi ko’rar erdilar. Ahli kitoblar sochlariga farq ochmay shundayicha tashlab yurar, mushriklar ersa farq ochar erdilar. Janob Rasululloh avvaliga (axdi kitoblar singari) sochlarini shundayicha tashlab yurdilar, keyinchalik ersa farq ochadigan bo’ldilar».

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ehromdalik kezlarida farqlariga surtib olgan xushbo’ylikning yaltirab turganini (hozir ham) ko’rib turgandekmen».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:24:05

70-bob. Kokillar xususida

Ibn Abbos raziyallohu anaru rivoyat qiladilar: «Kechalardan birida xolam Maymuna binti al-Horisnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shu yerda bo’lib, xolamnikida tunaydirgan kechalari erdi. Janob Rasululloh tunda uyg’onib namoz o’qimoqqa tindilar, men ham chap yonlariga borib turdim. Shunda ul zot meni kokilimdan ushlab o’ng yonlariga turg’izib qo’ydilar».

Abu Bashar ham shul xususda rivoyat qilganida «koki-limdan yoki boshimdan ushlab» degan iborani qo’llagan erdi.

Ibn Umarning mavlolari Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar Rasululloh sallallohu alayhm va sallamning qaza’ni man’ qilganlarini eshitganliklari haqida aytibdilar. Shunda Ubaydulloh: «Qaza’ o’zi nima?» — deb so’rabdilar. Ibn Umar: «Bolaning sochini olayotganda boshining duch kelgan yerida sochqoldirib ketishdir»,— deb javob qilibdilar. (Ubaydulloh peshonalariga tushib turgan bir tutam sochlari va boshlarining ikki chekkasiga ishora qildilar). Ubaydullohga: «qiz yoki o’g’il bola bo’lsachi?» — deb aytishdi. Ubaydulloh: «Buni bilmadim, menga bola, deb ganirgandilar. Ammo, qaytarib so’raganimda, Ibn Umar: «O’g’il bolaning peshonasi tevasida va boshining orqasida soch qoldirilsa, zarari yo’q. Biroq, qaza’, ya’ni peshona tevasidagina soch qoldirib, b’shqa joylarini olib tashlash yaramaydi»,— dedilar».

Abdulloh ibn Dinor: «Ibn Umar aytdilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaza’dan qaytaribdirlar»,— deydilar.   

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:25:11

71-bob. Ayolning o’z qo’li bilan eriga xushbo’yliklar sepmog’i (yokim surtmog’i) haqida   

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Men o’z qo’lim birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xushbo’ylik surtib qo’ydim. Buni Minodan junab ketish arafasida ilgan erdim».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:26:16

72-bob. Bosh va soqolga xushbo’yliklar surtmoq xususida

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallalloho’ alayhi va sallamga o’zlari tonib kelgan eng yaxshi xushbo’yliklardan surtib qo’yar, so’ng boshlari va -so hollarqqan hidlar erdim».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:27:38

73-bob.

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir kishi debor ortidan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hovlilariga qaradi. Janob Rasululloh soch to’g’nog’ich bilan boshlarini qashib turgan erdilar: «Sening qarab turganingnr bilganimda shu to’g’nog’ichni ko’zingga tiqib olar erdimim, darhaqiqat quloq ko’zdan oldin yaratilgan!» — dedalar».

Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:29:08

74-bob. Hayz ko’rgan ayolning o’z erining sochini tarab qo’ymog’i haqida

Oysha raziyallohu anho: «Men oy ko’rgan bo’lsamda, RasuLulloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini tarab «o’yur erdim»,-dedilar.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  28 Iyul 2008, 15:30:43

75-bob. Soch tarashni o’ng tomondan boshlamoq xaqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (barcha ishni), hatto soch taramoq va tahorat olmoqni ham imkoni boricha o’ngdan boshlamoqni xush ko’rar erdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  19 Sentyabr 2008, 18:49:13

76-brb. Mushk haqida zikr qilingan gaplar

Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Olloh taolo: «Odam bolasining ro’za tutmoqdin o’zga har bir amali o’zi uchundir, ro’za tutmog’i ersa mening uchun bo’lib, buning uchun men unga savob ato etg’umdir!» — deydi. Ro’zadorning og’zidan keluvchi bo’y Olloh taoloning nazdida mushkdan ham xushbo’yroqdir

Qayd etilgan