90-bob. Suratlar ustiga o’ltirmoqni makruH deb hisoblagan shaxs xususida
Qosim raziyallohu anhu Oiish raziyallohu anhodan naql qiladilar: «U suratlar solingan bir yostiq sotib olgan erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ko’rib) ichkariga kirmay, eshik oldida turib qoldilar. Shunda Oisha: «Qilib qo’ygan gunohim uchun Olloh taologa tavba qildim!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu qanday yostiq?» — Deb so’radilar. Oisha: «Ko’rva yokim yostiq qilmog’ingiz uchun»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mana shu suratlarni chizgan kishilarga qiyomat kuni azob berilg’usidir, ularga: «O’zingiz yaratgan narsalarga ton ato etingiz!» — deb aytilg’usidir. Darhaqi- qat, farishtalar suratlar mavjud uyga kirmag’aylar»,— dedilar».
Abu Тalha — Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning do’stlari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farishtalar suratlar mavjud uyga kirmaydilar»,— dedilar. Shunda Busr bunday dedi: «Zayd betob bo’lib qolganda ko’rgani bordik. Qarasak eshigiga surat solingan bir varda osib qo’yilgan erkan. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zavjai muhtaramalari bo’lmish Maymunaning boqib olgan o’g’li Ubaydullohga: «Zayd birinchi kuniyoq bizga suratlar haqida aytmaganmidi?» — dedim. Ubaydulloh: «Matoda rahamdan o’zga suratlar bo’lmasligi lozim, deganini eshitmaganmi erding? dedi».