5-bob. Ota-onasiga itoat qilgan odamning duosi mustajob bo‘lmog‘i xususida
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb erdilar: «Uch kishi yo‘lda ketmoqda erdi, yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga qochib kirdi. Nogahon, tog‘dan bir katta tosh dumalab tushib, g‘orning og‘zini to‘sib qo‘ydi. Ular bir-biriga: «Olloh taolo yo‘lida biror amali solih qilgan bo‘lsangiz, o‘shani o‘rtaga qo‘yib Ollohga iltijo qilingiz, zora u g‘orning og‘zini ochsa!» — deyishdi. Ulardan biri: «Ey parvardigoro, mening qari-qartang ota-onam hamda bir necha go‘dak bolalarim bo‘lib, ularni boqmoq uchun qo‘ychibonlik qilar erdim. Ularning huzuriga qaytgach, qo‘ylarni sog‘ib, sutini bolalarimdan avval ota-onamga berar erdim. (Kunlardan bir kun) qo‘ylarni uzoqroq yaylovga haydab ketgan erdim, qaytgunimcha ota-onam uxlab qolishibdi. Odatdagidek qo‘ylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordimu, uyg‘otishga botina olmay boshlarida turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talninib yiglashar erdi. Shu ahvolda bolalarim birlan tong ottirdik. Ey parvardigoro, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, bizga g‘orning og‘zini biroz ochg‘il, toki biz u orqali osmonni ko‘raylik!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini biroz ochdi, ular osmonni ko‘rdilar. Ularning ikkinchisi: «Ey parvardigoro, amakimning bir qizi bo‘lib, uni men ayollarni yaxshi ko‘radirgan erkaklardan ham ortiqroq yaxshi ko‘rar erdim. Unga sovchi qo‘yganimda yuz dinor bermagunimcha tegishga rozi bo‘lmadi. Bir amallab yuz dinor to‘pladimda, uning oldiga bordim. O’zimni oyoqlari orasiga olganimda u menga: «Ey Abdulloh, Ollohdan qo‘rqg‘il, muhrni halollik birlan ochg‘il!» — deb erdi, men o‘rnimdan turib undan nari ketdim. Ey parvardigoro, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, (g‘orning) og‘zini bizga {kattaroq) ochib berg‘il!» — dedi. Olloh taolo (g‘orning) og‘zini (kattaroq qilib) ochdi. Ularning uchinchisi: «Ey parvardigoro, bir kishini bir farq (6 ratl, ratl — 449,28 gr) guruchga yollab erdim, ish tugagach: «Haqimni ber!» — dedi. Men haqini berib erdim, olmay tashlab ketdi. Keyin, men o‘sha guruchni ekib, hosilini sotdimda, puliga bir sigir va boqish uchun xizmatkor xarid qildim. (Bir kuni) u oldimga kelib: «Olloh taolodam qo‘rqg‘il, menga zulm qilmag‘il, mening (o‘shal) haqimni berg‘il!» — dedi. Men unga: «Bor, anavi sigir birlan uning boquvchisini ham ola qolg‘il!» — dedim. U menga: «Ollohdar qo‘rqg‘il, meni mazax qilmagil!»—dedi. Men ungag «Men seni mazax qilayotganim yo‘q, anavi sigir birlan uniqg boquvchisini ham olg‘il» — dedim. Shundan so‘ng u aytganlarimni olib chiqib ketdi. E parvardigoro, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim, g‘orning og‘zini butunlay ochgIl!»—deb iltijo qildi Ollrh taolo g‘orning og‘zini butunlay ochdi».