Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496083 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 ... 96 B


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:18:49

13-bob.

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Odamlar sizdan hukm so‘rarlar, siz aytingki, Olloh taolo sizlarga kimsasiz qolganlar haqida quyidagi o‘z hukmini bayon qilur: agar bir kishi o‘lsa-yu, uning farzandlari bo‘lmay, faqat bir singlisi qolgan ersa, unga barcha merosning yarmisi berilur. Farzandi bo‘lmagan singilga ersa uning birodari vorislik qilur. Agar mayyitning ikki singlisi bo‘lsa, barcha merosning uchdan ikkisi berilur va agar ularning biri erkagu biri ayol ersa, ul holda erkagiga ikki ayolning ulushiga teng ulush berilur. Olloh taolo adashmangizlar deb sizlarga bularni bayon qilur. Olloh taolo har narsani bilguvchi zotdur!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:19:17

14-bob. Amakining ikki o‘g‘li — biri onaga aka (yokim uka), ikkinchisi er

Hazrat Ali: «Merosning yarmi erga, oltidan biri onaning akasiga berilgaydur, qolgani ikkisining o‘rtasida teng ikkiga bo‘ling‘aydur»,— dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men mo‘minlarga ularning o‘zlaridan ham yaqinroqmen. Agar biror kishi vafot etib, o‘zidan keyin mulk qoldirgan ersa, ul o‘shal kishining farzandlari birlan ota tomondan qarindoshlarinikidir. Kimniki vafot etgach, norasida yokim qarovsiz bolasi qolg‘aydur, uni men o‘z himoyamga olib, tarbiyat qilgaymen!  dedilar»

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meroslarni tegishli egalariga beringizlar, qolgani ersa mayyitning eng yaqin erkak qarindoshinikidur!» —dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:19:31

15-bob. Qarindoshlar haqida

Ibn Abbos Olloh taoloning «Anniso» surasi: «Va har bir odam uchun biz vorislar ta’yin qilgandurmiz uning ota-ona va qarindoshlari qoldirgan molu mulkka va ul odamlariki, alar ila sizlar ahdu vaymon qilgandursizlar...» degan qavlini o‘qidi-da: «Muhojirlar Madinaga kelganlarida, ansoriylar qarindosh bo‘lmasalar ham, ularni o‘zlariga merosxo‘r qildilar, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam ularni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ygan erdilar. Olloh taoloning «Va har bir odam uchun biz vorislar ta’yin qilgandurmiz...» degan qavli nozil bo‘lgach, ketidan uning «...va ul odamlariki, alar ila sizlar ahdu paymon qilgandursizlar...» degan qavli nozil bo‘lib, avvalgisini mansux qildi,— dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:19:46

16-bob. Muloanat qilingan ayolning merosi haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida bir kishi o‘z xotinini muloanat qildi (zino qilganlikda aybladi) va u tuqqan boladan tondi. Janob Rasululloh ularni ajratib qo‘yib, bolani onasi bilan birga (merosdan) mahrum qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:20:04

17-bob. Farzand, uning onasi xoh ozod va xoh joriya bo‘lsin, to‘shak sohibinikidur!

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Utba o‘z ukasi Sa’d ibn Vaqqosga o‘lar chog‘ida: «Zam’a cho‘risining bolasi mendan bo‘lgandur, uni senga topshiramen!» — deb vasiyat qildi. (Makka) fath qilingan yili Sa’d bolani o‘z karamog‘iga olib: «Bul akamning bolasi, qaramog‘imga olmog‘imni menga vasiyat qilganlar!»— dedi. Zam’aning o‘g‘li Abd ibn Zam’a o‘rnidan turib «Bul mening ukam hamda otamning joriyasining o‘g‘li, ul otamning to‘shagida dunyoga kelgan!» —dedi. Shundan so‘ng, Sa’d birlan Abd ibn Zam’a Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Sa’d: «Yo Rasulalloh, bul ahamning o‘g‘li bo‘lib, uni o‘z qaramog‘imga olmog‘imni vasiyat qilganlar!» — dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bul mening uham hamda otamming joriyasishshg o‘g‘li, ul otamning to‘shagida bunyod bo‘lgan!» — deb aytdi. Janob Rasululloh «Ey Abd ibn Zam’a, bul seniki, zero farzand to‘shakniki bo‘lg‘aydur, fohisha ersa, mahrum etilgay!» — dedilar. So‘ng Savda binti Zam’aning Utbaga o‘xshashligini qo‘rib: «Ey Savda, boladan qochg‘il (ya’ni, uni nomahram bilg‘il)!» —deb aytdilar. Bola Olloh taolo dargohiga ravona bo‘lgunga qadar ham Savdani ko‘rmadi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Farzand to‘shak sohibinikidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:20:18

18-bob. Qulg‘a homiylik qilmoq xuqo‘qi uni ozod qilgan shaxsniki ekanligi hamda tashlandik bolaning merosi haqida deydilar. Hazrat Umar: «Tashlandiq bola — ozoddur.

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Joriya Barirani sotib olib, ozod qilmoqchi bo‘lganimda Janob Rasululloh: «Uni sotib olavergil, chunkim unga homiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsga o‘tgaydur!» — dedilar. Bir kuni Bariraga qo‘y go‘shti in’om qilishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Bul go‘sht Bariraga sadaqadur, bizga ersa hadyadur!»— dedilar. Hakam: «Uning eri ozod erdi», — deydilar, ammo ul kishining gaplari to‘g‘ri bo‘lmay, Ibn Abbos: "œChamamda ul qul erdi»,— deganlar».

Ibn Umar Janob Rasulullohdan naql qilib: «Qulga homiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsga o‘tgaydur!»—deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:20:32

19-bob. Qullikdan ozod qilingan, o‘z ixtiyori o‘zida bo‘lgan shaxsning merosi haqida

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Islom ahli qullarini ozod qilgach, ularni o‘z hollariga tashlab qo‘ymaydilar, johiliyat davri aholisi ersa, ularni o‘z hollariga tashlab qo‘yar erdilar».

Ibrohim ibn al-Asvad rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho ozod qilmoq niyatida joriya Barirani sotib oldilar. Shunda uning egalari homiylik huquqini o‘zlarida qoldirmoqni shart qilib qo‘ydilar. Oisha onamiz: « Yo Rasululloh, men Barirani ozod qilmoq uchun sotib oldim, ammo uning egalari homiylik huquqini o‘zlarida qolmog‘ini shart qilib qo‘ymoqdalar!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Uni ozod qilaverg‘il, homiylik huquqi uni ozod qilgannikidur!» — dedilar. Shunda Oisha onamiz uni ozod qilib o‘z ixtiyorini o‘ziga berdilar (ya’ni, Bariraning eri qul bo‘lib, uning nikohida qolish yokim qolmaslik ixtiyori)».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:20:50

20-bob. O’zining ozod qilgan qullaridan tonmoqlikning gunohi haqida

Ibrohim at-Taymiy otalaridan naql qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Bizning ko‘limizda, mana bu araklarni hisobga olmaganda, Olloh taoloning Kitobidan o‘zga birorta ham o‘qigulik kitob yo‘qdur»,— deb bir qancha varaqlarni ko‘rsatdilar. Qarasak ularda turli jarohatlarning davosi va tuyalarni boqish yo‘llari haqida yozilgan bo‘lib, Madinaning Ayrdan to Savr degan yerigacha muqaddas qilinganligi xususida bunday deyilgan erkan: "œMadinaning Ayr (Oir) tog‘idan to Savr tog‘iga qadar yerlari muqaddas bo‘lib, kimki o‘shal muqaddas yerda islomga xilof ishlarni qilsa yokim biror bid’atchining yonini olib joy berib hurmatlasa, unga Olloh taolo, farishtalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Qiyomatda uning tavbasi ham, fidyagi (gunohni yuvmoq uchun beriladirgan to‘lov) ham qabul qilinmag‘aydur va kimki biror qavmga uning homiylari iznidan tashqari homiylik qilsa, unga ham Olloh taolo, farishtalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Qiyomatda uning tavbasi ham, fidyasi ham qabul qilinmag‘aydur. Musulmonlarning birdan-bir zimmasi (musulmonlar g‘ayridinlarni o‘z himoyasiga olib tuzilgan shartnoma) bor, unga barcha barobar rioya qilmogi lozimdur. Kimki bul ahdnomani buzsa, unga ham Olloh taolo, farishtalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Qiyomatda uning na tavbasi va na fidyasi qabul qilinmag‘aydur».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ozod qilingan qulga homiylik qilmoq xuquqini sotmoqdan hamda undan voz kechmoqdan qaytardilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:21:06

21-bob. Qulini birovga o‘z qo‘li bilan topshirsa... Hasan Basriy bunday odamda qulga homiylik huquqi qolmaydi deb hisoblar erdilar

Rasululloh sallallohu alayi va sallam: «Qulga homiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsnikidur!» — deganlar. Tamim ad-Doriy: «Qulni ozod qilib, unga homiylik qilmoq huquqini qo‘lga kiritgan odam o‘shal ozod qulning eng yaqin kishisi bo‘lib qolg‘ay va ul uning hayotu mamotiga javobgardur»,— deb aytdilar va buni Janob Rasulullohga nisbat berdilar. Bul xabarning to‘g‘ri yokim to‘g‘ri emasligi xususida ulamolar o‘rtasida ixtilof mavjud».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «mo‘minlar onasi bo‘lmish Oisha raziyallohu anho bir cho‘rini sotib olib, ozod qilmokchi bo‘ldilar. Shumda uning egasi qulga valiylik huquqini o‘zida qoldirmoqni shart qilib qo‘ydi. Oisha onamiz bul haqda Janob Rasulullohga xabar berib erdilar. ul zot: «Bul narsa qulni sotib olmog‘ingga monelik qilolmag‘ay, chunkim valiylik huquqi ozod qilgan kishiga o‘tgaydur!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men joriya Barirani sotib oldim. Uning egasi valiylik huquqini o‘zida olib qolmoqni shart qilib qo‘ydi. Bul haqda Janob Rasulullohga aytgan erdim: «Uni ozod qilaver, chunkim valiylik hukuqi pul to‘lagan kishiga o‘tgaydur!» — dedilar. Men uni ozod qildim. Janob Rasululloh uni oldilariga chorlab, eri birlan qolmog‘i yokim qolmasligini o‘z ixtiyoriga topshirdilar. Shunda ul «Falon va falon narsalarni menga berganda erdi, uning huzurida tunamas erdim!» — deb o‘zi yolg‘iz yashamoqni ixtiyor qildi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:21:22

22-bob. Ayollarning valiylik qilmoqqa huquqlari borligi haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Barirani sotib olmoqchi bo‘ldilar. Shunda Janob Rasulullohga: «Uning egalari valiylik huquqini o‘zlarida olib qolmoqni shart qilib qo‘ymoqdalar»,— dedilar. Janob Rasululloh «Sotib olaverg‘il, chunkim qulga valiylik qilmoq huquqi uni ozod qilgan shaxsnikidur! —dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Valiylik huquqi pul to‘lab mulkka ega bo‘lgan shaxsnikidur!» — dedilar»

Qayd etilgan