Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495795 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 96 B


AbdulAziz  30 Aprel 2009, 08:16:06

14-bob. O’g‘rining tavbasi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir o‘g‘ri ayolning qo‘lini kestirdilar. Shundan keyin o‘shal ayol tez-tez kelib turadirgan bo‘lib qoldi, men uning hojatini Janob Rasulullohga har gal yetkazib turdim. Nihoyat, ul tavba qilib, to‘g‘ri yo‘lni topib oldi».

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Bir jamoa birlan birgalikda Janob Rasulullohga bay’at qildim. Shunda ul zot bunday dedilar: «Olloh taologa zarracha shirk keltirmasliklaringizga, o‘g‘rilik qilmasliklaringizga, bolalaringizni o‘ldirmasliklaringizga, irodasizlik qilib birovga bo‘hton qilmasligingizga va xayru ehson borasida mening oldimda gunohkor bo‘lib qolmasligingizga men ham sizlarni bay’at qildirgaymen (qasamyod qildirgaymen). Qaysi biringiz bay’atingizga vafo qilsangiz, ajru savobingiz Olloh taoloning bo‘ynidadur va kimki bulardan birortasini buzsa-yu, buning uchun bu dunyoda jazolansa, shul jazo unga kafforat bo‘lib, qilgan gunohi yuvilg‘aydur va kimniki gunohini Olloh taolo bu dunyoda sharmanda qilmay yashirgan ersa, bu uning ishidur, xohlasa, azoblag‘ay, xohlasa, mag‘firat qilg‘ay».

Abu Abdulloh (al-Buxoriy): «Qo‘li kesilgandan keyin astoydil tavba qilgan sobiq o‘g‘rining guvohligi qabul qiling‘aydur va hadd jazosi qo‘llanilgan har bir shaxs, agar chin yurakdan tavba qilgan bo‘lsa, guvohlikka o‘ta olgaydur»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 08:59:31

Bismillohir rahmonir rahiymi

MUSULMONLARGA QARSHI URUSH OLIB BORUVCHI KOFIRLAR VA DINDAN QAYTGANLAR HAQIDA KITOB


Olloh, taoloning qavli («Al-Moida» surasi): Oyatning mazmuni: «Olloh va uning rasuliga qarshi urush olib borguvchi va mamlakatda buzg‘unchilik qilg‘uvchi odamlarning jazosi shuldurkim, ular qatl qilinsinlar yokim dorga osilsinlar yohud qo‘lu oyoqlari qarama-qarshi tarafidan (chap qo‘l, o‘ng oyoq) kesilsin yo ular mamlakatdan badarg‘a qilinsinlar».

Anas ibn Molik rivoyat iladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Ukl qabilasidan bir guruh odamlar kelib musulmon bo‘ldilar. Ammo, ularga Madina ob-havosi yoqmay, xastalanib qoldilar. Shunda Janob Rasululloh zakotga berilgan tuyalar turgan joyga borib, ularning siydigi birlan sutidan ichib davolanmoqni ularga amr qildilar. Ular shifo topgach, ko‘rnamaklik qilib dindan qaytdilar va Janob Rasulullohning tuyabonlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketdilar. Ortlaridan odam yuborilib, tutib keltirilgach, qo‘lu oyoqlari kesildi. Ko‘zlari o‘yildi, so‘ng shundayicha o‘z hollariga tashlab qo‘yildi, o‘lib ketdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:01:22

1-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning dindan qaytib musulmonlarga qarshi urush qilganlarni (qo‘l-oyoqlari kesilgach, qonini to‘xtatmay) o‘z hollariga tashlab qo‘yganliklari va ularning o‘lib ketganliklari haqida

Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir guruh Urayna qabilasi a’zolarining qo‘l-oyoqlarini kestirib, qonini to‘xtattirmadilar, ular o‘sha ahvolda yottanlaricha o‘lib ketdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:01:35

2-bob. Dindan qaytib musulmonlarga qarshi urushganlarga suv berilmaganligi va ularning o‘lib ketganliklari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Ukl qabilasidan bir guruh odamlar Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, supada yashab turdilar. So‘ng, Madina ob-havosi ilg‘ab xastalandilar. Shunda ular: «Yo Rasulalloh, bizga sut topdirib bersangiz!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men sizlarga sut topdirib bermaymen, (yaxshisi) payg‘ambar alayhissalomning tuyalari qoshig‘a boringizlar!» — dedilar. Ular borib tuya suti birlan siydigidan ichishib shifo topdilar va hatto semirib ketdilar. So‘ng, tuyabonni o‘ldirib tuyalarni haydab ketdilar. Janob Rasululloh bundan xabar topgach, ularming ortidan odam yubordilar, kun yoyilmay tutib kelishdi. Keyin, ularning ko‘ziga mil tortishdi, qo‘lu oyoqlarini kesishdi, ammo qon to‘xtatish choralarini ko‘rishmadi. So‘ng, ularni Harra dashtiga olib borib tashlashdi, tashnalikdan suv so‘rasalar, suv berishmadi, shul tariqa ular azobda o‘lib ketdilar».

Abu Kiloba: «Ular o‘g‘rilik qildilar, odam o‘ldirdilar va Olloh taolo birlan uning rasuliga qarshi urush qildilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:01:46

3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning musulmonlarga qarshi urush qilganlarning ko‘ziga mil torttirganliklari haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Ukl (yokim Urayna) qabilasidan bir guruh odamlar Madinaga kelishdi. Janob Rasululloh tuyalar turgan yerga borib, ularning siydigi, sutidan ichib davolanmoqni amr qildilar. Ular ichishib shifo topishdi, hattoki to‘lishib ketishdi. Keyin, tuyabonni o‘ldirib tuyalarni olib qochishdi. Bundan xabar topgan Janob Rasululloh ortlaridan odam yubordilar. kun yoyilmay tutib kelishdi. So‘ng, qo‘llari birlan oyoqlarini kesib, hamda ko‘zlariga mil tortib shu ahvolda cho‘lga tashlab kelishdi, tashnalikdan qiynalib o‘lib ketishdii.

Abu Kiloba: «Mazkur qavm o‘g‘rilik qildi, odam o‘ldirdi, iymom keltirgach, dindan qaytib, Olloh taolo birlan uning rasuliga urush qildi»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:01:58

4-bob. Fahsh ishlardan qochgan kishining fazilati haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo o‘zining soyasidan bo‘lak soya bo‘lmaydirgan kuni, ya’ni qiyomat kuni Quyidagi yetti toifa bandasini o‘z soyasiga olur: odil imomni (odil rahbarni), Olloh taologa ibodat qilib voyaga yetgan yigitni, xilvatda Olloh taoloni yod etib ko‘zi jiqqa yosh bo‘lgan kishini, qalbi doimo masjid birlan bog‘liq bo‘lgan kishini, Olloh taoloni deb bir-biriga muhabbat qo‘ygan ikki mo‘min kishini, mansabdor go‘zal ayol zinoga da’vat qilganda, «Men Olloh taolodin qo‘rqgaymen!» deb aytgan kishini hamda sadaqa qilsa, sadaqa qilganini yashirgan, xatto o‘ng qo‘li nima ish qilganini chap qo‘liga bildirmagan kishini».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ikki oyog‘i orasidagi birlan mo‘ylabu soqoli orasidagini yomonlikka ishlatmag‘aymen deb menga kafolat berg‘aydur, men ham unga jannatning kafolatini berg‘aydurmen!»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:02:09

5-bob. Zinokorlarning gunohi haqida

Olloh taolo: «(Solih bandalar) zino qilmaydilar. Zinoga yaqin yurmangizlar, darhaqiqat, zino fahsh va yomon yo‘ldur!» — deydi.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men sizlarga shunday bir hadis aytib berayki, uni mendan bo‘lak kishidan eshitmagaysizlar! Janob Rasulullohdan bunday deb eshitgan erdim: «Qiyomat qoim bo‘lmog‘i arafasida sodir bo‘ladirgan shart-sharoitlar shuldurkim, o‘rtadan (din) ilmi ko‘tarilg‘ay, jaholat, ichkilikbozlik zino kuchayg‘ay hamda erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketganidan hatto ellikta ayolga bir erkak to‘g‘ri kelg‘ay!».

Ibn Abbos raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Zino qilg‘uvchi banda zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uning iymoni tortib oling‘aydur), o‘g‘rilik qilg‘uvchi banda o‘g‘rilik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uning iymoni tortib olingaydur), ichkilik ichg‘uvchi banda ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uninp iymoni tortib oling‘aydur) va qotillik qilg‘uvchi banda qotillik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur (chunkim, o‘shal chog‘da uning iymoni tortib oling‘aydur)».

Ikrima rivoyat qiladilar: «Men ibn Abbosdan: "Gunoh qilg‘uvchi bandaning iymoni gunoh qilayotgan chog‘ida qay tariqa sug‘urib oling‘aydur?» — deb so‘radim. Ul: «Mana bunday» — deb bir qo‘lining barmoqlarini ikkinchi ko‘lining barmoqlari orasiga suqdida, sug‘urib oldi. So‘ng: «Agar tavba qilsa, iymoni mana bunday qilib yana qayta qalbiga suqib qo‘yilgaydur»,— dedida, barmoqlarini barmoqlari orasiga suqdi».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Zino qilg‘uvchi zino qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur, o‘g‘ri o‘g‘rilik qilayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur va ichkilik ichg‘uvchi ichkilik ichayotgan chog‘ida mo‘min bo‘lib qololmag‘aydur. Tavba ersa, qabul bo‘ladirmi, yo‘qmi, oxiratda ma’lum bo‘lg‘aydur».

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Yo Rasululloh, eng og‘ir gunoh qaysidur?» — dedim men. Ul zot: «O’zingni yaratgan Olloh taologa shirk keltirmog‘ingdur!» — dedilar. «Yana qaysidur?» — dedim men. Ul zot «Ovqatimga sherik bo‘lmasin deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ingdur!» — dedilar. «Yana qaysidur?» — dedim. Ul zot: «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilishmog‘ingdur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:02:20

6-bob. Xotini bo‘laturib zino qilgan kishini toshbo‘ron qilmoq haqida

Hasan (Basriy): «Kimki o‘z singlisi birlan zino qilg‘aydur, unga zino uchun belgilangan hadd jazosi qo‘llanilgaydur!» —deb aytdilar».

Sha’biy rivoyat qiladilarki, Hazrat Ali ul kishiga jum’a kuni bir zinokor ayolni toshbo‘ron qildirganliklari haqida gapirayotib: «Men uni Janob Rasulullohning sunnatlariga muvofiq toshbo‘ron qildirdim!» — deb aytibdilar.

Sha’biy rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh rajm (toshbo‘ron) qildirganmilar?» — deb so‘radim. Ul: «Ha», — dedi. Men: «Surai Nur» nozil bo‘lmog‘idan ilgarimi yokim keyinmi erdi?» — dedim. Ul: «Bilmasmen», — deb javob qildi».

Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy rivoyat qiladilar: Aslam qabilasidan bir kishi Janob Rasulullohning xuzurlariga keldida, o‘zining zino qilib qo‘yganligini aytib, buning isboti uchun to‘rtta dalil keltirdi. Janob Rasululloh uni olib borib toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar. O’shal odamning xotini bor erdi!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:02:31

7-bob. Zino qilgan jinni erkak va jinni ayolning toshbo‘ron qilinmasligi haqida

Hazrat Ali Hazrat Umarga: «Jinni tuzalmaguncha va uyquda yotgan uyg‘onmaguncha unga gunoh yozilmasligini bilmasmi erding?! —dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda erkanliklarida bir kishi keldida, ul zotga nido qilib: «Yo Rasulalloh, men zino qilib qo‘ydim!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh undan nafrat qilib yuzlarini o‘girib oldilar, hattoki ul o‘z gapini to‘rt bor takrorlashga majbur bo‘ldi. Janob Rasululloh boyagi kishi o‘zining zino qilganligining) isboti uchun to‘rtta dalil keltirgandan so‘nggina unga o‘girilib qaradilarda: «Jinni ermasmisen?» — dedilar. Ul: «Yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Uylanganmisen?» — dedilar. Ul: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Buni olib borib, toshbo‘ron qilingizlar!» — deb amr qildilar».

Jobir ibn Abdulloh: «Toshbo‘ron qilganlar orasida men ham bor erdim. Uni namozgohga olib borib toshbo‘ron qilgan erdik. O’shanda ul birinchi tosh tegishi birlanoq qochib ketgan erdi, biz uni Harrada quvib yetib toshbo‘ron qilgan erdik»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:02:41

8-bob. Fohishaning (boladan) mahrum qilinmog‘i haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladular: «Sa’d birlan Ibn Zam’a janjallashib qolishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abd ibn Zam’a, bul bola senikidur, bola to‘shak sohibiniki bo‘lg‘ay. Ey Savda, bul bolani ko‘rganingda yuzingni yashirg‘il (ul senga nomahramdur)!» — dedilar». Qutayba bunga qo‘shimcha qilib bizga: «Fohisha ersa, boladan mahrum etilg‘ay», — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh: «Farzand to‘shak sohibinikidur, fohisha ersa boladan mahrum etilg‘ay», — dedilar».

Qayd etilgan