16-bob. Eri bo‘la turib zinodan homilador bo‘lib qolgan ayolni rajm qilmoq haqida
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Men muhojirlardan bo‘lmish bir guruh kishilarga, jumladan Abdurrahmon ibn Avfga Qur’on tilovat qilmoqni o‘rgatar erdim, Bir kuni men uning Minodagi o‘yida, uning o‘zi ersa, Hazrat Umar ibn al-Xattobning so‘nggi hajlarida, birga erdi. Nogahon, Abdurrahmon mening oldimga qaytib kelib qoldida: bunday dedi «Bugun Amir al-Mu’miniynning huzurlariga kelgan kishini bir ko‘rganingda erdi, o‘shal odam: «Yo Amir al-Mu’miniyn, siz falonchiga nima yomonlik qilgan erdingiz, ul sizning haqingizda: «Agar Umar o‘lsa, men falonchiga bay’at qilgan bo‘lur erdim. Olloh taolo haqi, Abu Bakrga qilgan bay’atim ersa, umri qisqa erkan, tez fursatda tugadi!» — deb aytdi» — dedi. Shunda Hazrat Umar darg‘azab bo‘lib: «InshoOlloh, men bugun kechqurun kimlar ig‘vo qilib odamlarni chalg‘itishga urinayotganini barchaga oshkor qilg‘aymen!» — dedilar. Shunda men: «Yo Amir al-Mu’miniyn, bunday qila ko‘rmangiz, chunkim hozir haj mavsumi bo‘lib, ko‘plab johil va ig‘voga tez uchadirgan odamlar to‘plangandur, odamlarga so‘zlayotgan vaqtingizda o‘shal toifadagi kishilar sizni qurshab olishib, yengib qo‘yishmasa erdi! Men qo‘rqamenkim, biror nojo‘ya so‘z og‘zingizdan chiqsa, ular ilib olishib, darhol chor atrofga tarqatg‘aylar va odamlar bunga o‘ylab-netmay ishonib qo‘ya qolg‘aylar. Sira oshiqmangiz, avval Madinaga eson-omon qaytib boringiz, chunkim bul shahar hijrat va sunnat qarorgohi bo‘lib, ul yerda siz faqihu ashroflar birlan xolis suhbat qurib o‘zingiz aytmoqchi bo‘lgan gaplarni aytg‘aysiz, ular ersa, gapingizni aql tarozusiga solib ko‘rib, noqis yerlarini tuzatgaylar!» — dedim. Hazrat Umar «Olloh taolo haqi, inshoOlloh, Madinaga borishim birlanoq dastlab shul ishni qilg‘aymen!»— dedilar. Biz Zulhijja oyining oxirida Madinaga keldik. O’shal kun jum’a kuni bo‘lib, quyosh botib qorong‘u tushib qolmasidak yetib olmokqa oshiqdik. Men Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufaylni minbar rukniga suyanib o‘ltirgan holda uchratdim, tizzam tizzasiga tegadirgan darajada unga yaqin borib o‘ltirdim. Gapga og‘iz juftlab ham erdimki, Hazrat Umar ibn al-Xattob ichkaridan chiqib keldilar. Ul kishining biz tomon kelayotganlarini ko‘rib Sa’id ibn Zayd ibn Amr ibn Nufaylga «Bugun kechqurun xalifa bo‘lganlaridan buyon aytmagan gaplarini aytadilar»,— dedim. Ul menga ishonmay: «Bo‘lmag‘ur gap, shul vaqtga qadar aytmay, endi aytarmi erdilar!» — dedi. Hazrat Umar minbarga chiqib o‘ltirdilar. Muazzinlar sukut qilgach, o‘rinlaridan turib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «ammo ba’d» deb maqsadga o‘tdilar: «Men bugun sizlarga aytmog‘im taqdir qilingan bir gapni aytg‘aymen. ehtimol bul ajalim arafasidagi so‘nggi nutqimdur! Gapimni fahmlab mag‘zini chaqa olganlar ulovlarining qadami yetgancha yerga borib odamlarni voqif qilsinlar, kimki idroki yetmay ganimning mag‘zini chaqa olmaganligidan xavfsirasa, mening xususimda bo‘hton qilmishga yo‘l qo‘ymagaymen. Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni haqiqatni yuzaga chiqarmoq uchun yuborgandur, ul zotga Kitob nozil qilgandur. Noyil qilgan qavli karimalaridan biri «Rajm» oyati bo‘lib. biz uni o‘qib, fahmlab, mag‘zini chaqqanmiz, shul boisdan ham Janob Rasululloh rajm qildilar, ul kishidan Keyin biz ham rajm qildik (toshbo‘ron jazosini qo‘lladik). Qo‘rqamenkim, zamonlar o‘tib odamlar Olloh taoloning Kitobidan rajm haqida hech gap topolmadik deyishib zalolatga yuz tutmasalar va Olloh taolo nozil qilgan farzdan voz kechmasalar erdi! Xotini bo‘la turib zino qilgan har qanday erkakni va eri bo‘la turib zino qilganligi isbotlangan yoki nomahram birlan o‘ynashib homila orttirgan har qanday ayolni yohud zino qilganligini o‘zi e’tirof etgan har bir shaxsni rajm (toshbo‘ron) qilmoq Olloh taoloning Kitobida haqlig‘ deyilgandur. Keyin, biz Olloh taoloning Kitobidan oyati karimalarni o‘qib bilib oldikkim, otalaringizdan yuz o‘girmasligingiz lozim, chunkim otalaringizdan yuz o‘girmog‘ingiz kufrdur. Yodingizda tutingizkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni Iso ibn Maryamni maqtaganlari singari maqtamay, Ollohning bandasi va rasuli deb aytingizlar!» — deganlar. Menga aytishdikim, oralaringizdan bir kishi «Olloh taolo haqi, agar Umar o‘lsa, falonchiga bay’at qilgan bo‘lur erdim!» — degan ermish. Kishi: «Abu Bakrga qilgan bay’atim, umri qisqa erkan, tez fursatda tugadi!» —deb ham, maqtangaymi? Agar haq bo‘lganida ham bunday demasligi lozim! Hech qaysingiz Olloh taoloning yo‘lida Abu Bakrchalik mo‘l yurib ko‘plab tuya nobud qilgan ermassiz! Kimki musulmonlar birlan maslahatlashmay birovga bay’at qilsa, qatl qilinmog‘idan qo‘rqib bay’at qilganni ham, bay’at qabul qilganni ham xech kim tan olmag‘aydur. Bizga ma’lumki, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamni dargohiga chaqirib olgach, ansorlar bizga qarshi chiqib butun oilalari birlan Banu So’ida ayvoniga to‘planishgan erdi. Ali, Zubayr va ularning tarafdorlari ham bizga qarshi chiqishgan erdi. Muhojirlar ersa, Abu Bakrning huzurlariga yig‘ilgan erdi. Shunda men Abu Bakrga: «Yo Hazrat Abu Bakr, bizni yopingizga olib birodarlarimiz bo‘lmish ansorlarning oldiga boringiz!» —dedim. Keyin, biz yo‘lga tuvdqih Ansorlar to‘plangan yerga yaqin qolganda ikki solih kishi qarshimizga chiqdida. ularning niyatlaridan bizni voqif qilib «Ey muhojirlar, qaerga ketmoqdasizlar?»—dedi. Biz: «Birodarlarimiz bo‘lmish ansorlar xuzuriga»,— dedik. Ular: «Ularga yaqin bormangizlar, o‘zingiz bilib ishlaringizni qilaveringizlar!» —deyishdi. Men: «Olloh taolo haqi, ularning oldiga bormasak bo‘lmagay!» — dedim. Biz yo‘lda davom etib, nihoyat Banu So’ida ayvonida to‘plangan ansorlar huzuriga yetib bordik. Qarasak, ularning o‘rtasida kiyimiga o‘ranib bir kishi o‘ltiribdi, men «Bul kim?» — dedim. «Bul —Sa’d ibn Ubodadur»,— deyishdi. Men: «Unga ne qilg‘on?» —dedim. «Betobdur».— deyishdi. Biroz o‘ltirganimizdan so‘ng ularning xatibi kalimam taqodatni o‘qib Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdida: «Amio ba’d (endi maqsadga ko‘chaylik), biz Olloh taoloning yerdagi tayanchi hamda islom lashkarlaridurmiz! Sizlar ersangiz, birxovuch muhojirlar bo‘lib, kambag‘alligingizdan o‘z kavmingizdan ajralib bu yerga kelib qolgansizlar. O’shal qavmingiz ildizimizii qirqib. bizni hokimiyatdan chetlatmoq niyatidadur».— dedi. Ul gapidan to‘xtab sukut qilgan vaqtda men o‘zimga ma’qul ko‘ringan bir gapni miyamda chiroyli so‘zlar birlan bezab, pardali qilib tayyorlab oldimda, Abu Bakrning huzurlarida aytib olgim keldi, chunkim bir qadar ul kishiga o‘zimni ko‘rsatgim kelgan erdi. Endigina gapga og‘iz juftlab ham erdimki, Abu Bakr: «Shoshmay tursangchi!» — dedilar. Men ul kishining g‘azablarini keltirgim kelmay. jim bo‘ldim.Shunda Abu Bakrning o‘zlari gap boshladilar, ul kishi mendan ko‘ra yumshoq tabiat va xushmuomalaroq erdilar. Olloh taolo haqi, mening hozirgina o‘zimcha ma’qul ko‘rib, aytmoqchi bo‘lgan gapimni ul kishi birorta ham so‘zini, qoldirmay va mendan ham chiroyliroq qilib aytdilarda, sukut qildilar. So‘ng, Sa’dga qarab: «Siz ansoriylar haqida nimaiki yaxshi gaplar aytgan ersangiz, barisi haqlig‘ ravishda ularga munosibdur. Ammo, xalifalik mansabi Quraish qabilasining mana shul hijrat qilgan urug‘iga berilsagina e’tirof qiling‘aydur, chunkim ular arab qabilalari ichida nasab va turmush darajasi jihatidan o‘rtachadurlar. Men sizlarga mana bul ikki kishidan biriga rozi bo‘lmog‘ingizni taklif qilurmen. Ulardai o‘zingiz istaganingizga bay’at qilmog‘ingiz mumkin»,— dedilarda. Men birlan Abu Ubayda ibn al-Jarrohning qo‘limizni ushladilar. Shunda Abu Ubayda ikkalamizning o‘rtamizda o‘ltirgan erdi. Men boshqa bir kishini taklif qilganlarida inkor qilmagan bo‘lur erdim. Ammo, Olloh taolo haqi, Abu Bakr hazratlaridek zot oralarida bo‘lgan qavmga bosh bo‘lganimdan ko‘ra, bo‘ynimni choptirib tashlab gunohdan nariroq bo‘lganim afzalroqdur! Men hozir o‘limim oldida eslasam arzigulik o‘zim qilgan bundan bo‘lak yaxshi amalni qidirib sira topa olmayotirmen! Ansorlardan biri: «Oyoqlaringiz ostiga poyondoz bo‘layin, oyoqlaringiz changini ko‘zlarimga to‘tiyo qilayin, ey Quraysh jamoasi, sizlardan bir kishi va bizlardan bir kishi amir bo‘lsin!» — dedi. Shunda odamlar orasida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib erdi, men ixtilof chiqmasaydi deb xavotir oldimda «Yo Abu Bakr, qo‘lingizni uzatingiz!» — dedim, ul kishi qo‘llarini uzatdilar. Men qo‘llarini olib ul kishiga bay’at qildim, muxojirlar ham bay’at qilishdi. Keyin, ansorlar ham ul kishiga bay’at qilishdi. Shunday qilib, biz Sa’d ibn Uboda ustidan g‘alaba qildik. Ansorlardan biri: «Sa’d ibn Ubodami o‘ldirdingizlar (pichoqsiz so‘ydingizlar)»,— dedi. Men unga: «Sa’d ibn Ubodami Olloh taolo o‘ldirdi»,— dedim. Hazrat Umar: «Biz hozir Abu Bakrga bay’at qilib juda zo‘r ish qildik qavmning bizdan ajralib chiqib ketmog‘idan qo‘rqqan erdik. Agar ularning oralaridagi o‘zimiz rozi bo‘lmagan kishiga bay’at qilmog‘imiz to‘g‘ri kelib qolganda, qarshi chiqqan bo‘lur erdik bu ersa ikki o‘rtada fasod chiqmog‘iga sabab bo‘lur erdi. Kimki musulmonlar birlan maslahat qilmay kimgadir bay’at qilsa, qatl qilinmog‘idan qo‘rqib bay’at qilganga ham, bay’at qabul qilganga ham hech kim ergashmagaydur!» — dedilar».