8-bob. Mutaavvillar (Quronni yetti usulda qiroat qiluvchilar) haqidagi hadislar
Misvar ibn Maxramo. va Abdurramon ibn Abdulhori’ rivoyat qiladiyaar: «Xazrat Umar ibn al-Xattob bunday deb aytgan erkanlar: «Men Hishom ibn Hakimning Janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Al-Furqon» surasini qiroat qilayotganini eshitib qoldim. To‘xtab quloq solsam ul Janob Rasululloh menga o‘rgatmagan bir boshqacha usulda qiroat qilayotgan erdi, shunda g‘azablanganimdan namoz o‘qib turgan yerida ustiga tashlanishimga sal qoldi. Lekin o‘zimni tutib, namozni tugatib salom bermog‘ini kutib turdim. Keyin uni ridoim (yokim o‘z ridosi) birlan bo‘g‘ib turib: «Bul suraning qiroatini senga kim o‘rgatdi?» — dedim. Ul: «Janob Rasululloh o‘rgatdilar!»— dedi. Men: «Yolg‘on so‘zlayotirsan, Olloh taolo haqi, Janob Rasululloh hozir men sendan eshitgan surani qanday qiroat qilmoqni menga o‘rgatganlar!« —dedimda, uni yetaklab, Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordim. "Yo Rasulalloh,—dedim men, - siz menga «Furqon surasining qiroatini o‘rgatgan edingiz, manavi ersa, uni boshqa bir usulda qiroat qildi!». Janob Rasululloh: «Yo Umar, uni qo‘yib yuborgil, yo Hishom sen o‘shal surani yana qiroat qilib berg‘ilchi!» — dedilar. Shunda Hishom o‘shal surani avval men eshitgandek qilib qiroat qilib berdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shuiday nozil qilingandur!» — dedilarda, menga: «Yo Umar, sen ham qiroat qilib bergilchi!» —deb aytdilar. Men ham o‘zim bilgan usulda qiroat qilib berdim. So‘ng, Janob Rasululloh: «Bul sura shunday nozil qilingandur, darhaqiqat, Qur’on yetti usulda (harfda) qiroat qiladirgan) qilib nozil qilingandur, ulardan qaysinisi sizga oson bo‘lsa, o‘shanisi birla qiroat qilingizlar!» - dedilar».
Abdulloh rivoyat qiladilar: «Iymon keltirgach, o‘z iymonini zulm birlan bulg‘amaganlar...» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasulullohning sahobalari: «Qaysi birimiz o‘z iymonimizni zulm birlan bulg‘amaganmiz?!» — deb ko‘p iztirob chekishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo‘q, bul sizlar o‘ylagancha bo‘lmay, Luqmonning o‘z o‘g‘liga: «Ey bolaginam, Ollohga shirk keltirmag‘il, darhakiqat, shirk — eng katta zulmdur!» — deb aytgan gapiga ta’lluqlidur»,— dedilar».
Maumud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar: «Utbon ibn Molik bunday dedi: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erta birlan mening huzurimga keldilar. Shunda qo‘shnilarim ham kirib kelishdi. Ulardan biri: «Molik ibn ad-Duxshin qaerda?» — dedi. Boshkasi ersa: «Ul munofiqdur, Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rmag‘ay!» — dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning rizolig‘ini o‘ylab «Lo iloha illallohu» degan shaxs xususida bunday xayolga bormangizlar!» — dedilar. Boyagi odam: «Xo‘b!» — dedi. Keyin, Janob Rasululloh yana: «Lo iloha illallohu»ga vafo qilgan bandaga qiyomat kuni Olloh taolo do‘zax o‘tini harom qilgaydur!» — deb aytdilar».
Husayn: falonchi (ya’ni, Sa’d ibn Ubayda) bunday deb aytdi»,— deydilar: «Abu Abdurrahmon birlan Habbon ibn Atiyya tortishib qoldi. Abu Abdurrahmon Habbonga: «Do‘stingni qon to‘kmoqqa undagan narsaning nima erkanligin bilib oldim!» — dedi. Habbon «Ey bepadar, nima erkan o‘shal undagan narsa?!» — dedi. Abu Abdurrahmon: «Uning (Alining) shul haqda bir narsa deganini eshitdim»,— dedi. Habbon: "Aytib berg‘ilchi!» — dedi. Abu Abdurrahmon «Ali bunday deb aytgan erdi»,— dedi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, Zubayr ibn Avvom va Abu Marsadni jo‘natdilar, barchamiz otlik erdik. Janob Rasululloh bizga: «Yo‘lga chiqinglar, Hoj degan boqqa boringizlar. U yerda bir xotin bor, uning qo‘lida Hotib ibn Abu Baltaa mushriklarga yo‘llagan maktub mavjud, uni menga olib kelingizlar!»—dedilar. Biz xotinga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgan joyda tuyasiga minib ketayotganda yetib oldik. (Hotib o‘z maktubida «Janob Rasululloh sizlarning ustingizga qo‘shin tortib boradilar» deb Makka ahlini ogoxlantirgan erdi). «Xat qani?» —dedik. Xotin: «Menda hech qanday xat yo‘q»,— dedi. Shundan so‘ng, biz uning tuyasini cho‘ktirib, yuklarini titib ko‘rdik, ammo xatni topolmadik. Sheriklarim: «Xatni o‘zi birlan olmagan ko‘rinadi», — deyishdi. Men xotinga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yolg‘on gapirmaganlari turgan gap, biz buni yaxshi bilg‘aymiz, Olloh taolo haqi, yo xatni o‘zing topib berg‘aysen yokim seni yechintirib ko‘raman!» — dedim. Shunda ul mening jiddiy gapirayotganimni ko‘rib, qo‘lini lozimining lippasiga tiqdida, lattaga o‘rog‘lik xatni olib berdi. So‘ng, biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik. Umar: «Yo Rasulalloh, Hotib Olloh taolo birlan uning rasuliga, barcha mo‘minlarga xiyonat qildi, ijozat beringiz, uning bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedi. Janob Rasululloh: Ey Hotib, bunday qilmog‘ingga nima majbur qildi?» — dedilar. Hotib «Yo Rasulalloh, Olloh taolo va uning rasuliga iymonli bo‘lmoqdin o‘zga niyatim yo‘q. Ammo, men ul qavm ichida bola-chaqalarim va molu dunyomni himoya qilib turg‘uvchi o‘z kishilarim bo‘lmog‘ini istadim, xolos. Axir, sizning sahobalaringizning ham ul yerda bola-chaqalari-yu mol-dunyosini himoya qilib turg‘uvchi kishilari bor-ku!»— dedi. Janob Rasululloh: «Rost aytdi, unga yaxshi gapiringlar!» — dedilar. Umar yana: «Yo Rasulalloh, bul odam Olloh taolo va uning rasuliga, barcha mo‘minlarga xiyonat qildi, ruxsat beringiz, bo‘ynini chopib tashlayin!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ul ahli Badrdan ermasmi?! Sen qaerdan bilg‘aysen, balkim Olloh taolo Badr ahlining ustidan o‘z hukmini chiqarib qo‘ygandir, yana o‘zingiz bilasizlar, axir sizlar jannatisizlar-ku!» — dedilar. Shunda Umar ko‘zlariga yosh olib: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilg‘aydur!» — dedilar».