Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495896 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 96 B


AbdulAziz  10 May 2009, 06:25:35

3-bob. Zakot haqida hamda zakot olinmog‘idan cho‘chib bir podani ikkiga bo‘lmoq va ikki podani birlashtirmoq joiz ermasligi xususida

Anas (ibn Molik) ning rivoyat qilishlariga qaraganda, Abu Bakr raziyallohu anhu ul kishiga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqalar haqida bunday deb yozib yuborgan erkanlar: «Zakot olinmog‘idan qo‘rqib ikki kishiga tegishli podani birlashtirmoq va bir kishiga tegishli podani ikkiga ajratmoq joiz ermas!».

Abu Suayl otalaridan, otalari ersa Talha ibn U6aydullohdan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir badaviy kirib keldi, sochlari to‘zg‘igan. «Yo Rasulalloh,— dedi ul,— Olloh taolo menga qancha namoz o‘qimoqni farz qildi?». Janob Rasululloh: «Byosh vaqt namoz o‘qimoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda xohlaganingcha nafl o‘qimog‘ing mumkin»,— dedilar. Vadaviy: «Xabar beringiz, Olloh taolo menga qanday ro‘za tutmoqni farz qilgan?»—dedi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda biroz nafl ro‘za tutmog‘ing mumkin»,— dedilar. Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh taolo menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» — dedi. Janob Rasululloh unga islomda zakot beriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan zot haqi, Olloh taolo menga farz qilgan amallarni ko‘paytirmasmen ham, kamaytirmasmen ham!» — dedi. Janob Rasululloh (ul ketgandan so‘ng, sahobalarga): «Agar bul odam qavlida mustahham bo‘lsa, najot tolg‘usidur (yokim jannatga kirgusidur»)!»—dedilar".

Ayrim odamlar (hanafiy ulamolar): «Bir yuz yigirmata tuyadan ikkita uch yashar tuya zakotga berilg‘ay. Agar ularni egasi qasddan halok qilsa yekim birovga tortiq qilib yuborsa yohud zakot bermoqdan bo‘yin tovlab, hiyla qilsa, unga jazo chorasi ko‘rilmagay»,—deb hisoblashadi.
 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni (zakoti berilmagan) boyligingiz ajdarga aylanib: "Men sening mol-dunyong edim-ku!» — deb tokim uni tan olib qo‘lingizni cho‘zmaguningizga qadar quva berg‘ay va qo‘lingizni uzatishingiz zahotiyoq yutib yuborg‘ay». — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tuyalari bor odam ularning zakotini bermagan ersa, qiyomat kuni ulardan biri egasini yiqitib tuyoqlari birlan yuzini tepqilagay»,— deb ham aytganlar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Tuyalari bor odam zakot vojib bo‘lishidan cho‘chiganidan zakot to‘lamoqqa bir kun kolganda hiyla qilib ularni (zakoti kamroq) tuyalarga yokim qo‘ylarga yoinki qoramolga almashtirib olsa yoxud pulga sotib yuborsa, buning zarari yo‘qdur. Kishi tuyalarining zakotini yil tugamasidan bir yokim olti kun ilgari ado etsa, yaxshi bo‘lgay»,— deyishadir.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Sa’d ibn Uboda al-Ansoriy Janob Rasulullohdan vafot etgan onasining bo‘ynida qarz bo‘lib qolgan nazr haqida fatvo so‘radi. Janob Rasululloh: «Uni sen ado etg‘aysen!» — dedilar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): Agar tuyalar soni yigirmaga yetsa, ularning zakoti uchun to‘rtta qo‘y berilg‘ay. Agar tuyalarning egasi yil tugashidan avvalroq zakotdan qochib ularni in’om qilib yokim sotib yuborsa, hechqisi yo‘q. Shuningdek ularni so‘yib, keyin o‘zi vafot etib qolsa ham uning moliga zakot solinmag‘ay»,— deydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 May 2009, 06:25:53

4-bob. Nikohda ishlatiladigan hiyla haqida

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shig‘ordan qaytardilar (johiliyat davrida bir kishi o‘z qizi yokim singlisini ikkinchi bir kishiga xotinlikka berib, buning evaziga uning qizi yokim singlisiga uylangan va bunda ikkala tomon ham mahr bermagan, Janob Rasululloh ana shul odatni islomda qo‘llamoqni man’ qilyaptilar). Shunda men Nofi’ga: «Shig‘or nedur?»—dedim. Ul: «Shig‘or — bir kishining o‘z qizi yokim singlisini ikkinchi bir kishiga mahrsiz nikohlab bermog‘i bo‘lib, ul ham o‘z navbatida uning qizi yokim singlisiga mahrsiz uylang‘aydur",— deb aytdi. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Shig‘or odati bo‘yicha hiyla qilib uylangan kishining nikohi joiz, ammo uning sharti botildur»,— deydirlar. Ularning ba’zilari ersa mut’a xususida gapirib: «Bul holda nikoh fosid va uning sharti botildur»,— deyishadir. Yana ba’zilari: «Mut’a va shig‘or joiz bo‘lib, sharti botildur»,— deb aytishadur».

Hasan va Abdulloh otalari bo‘lmish Muhammad Alidan naql qilishadi: «Hazrat Ali raziyallohu anhuga: «Ibn Abbos ayol mut’asining zarari yo‘q deb hisoblaydi»,— deydiki, Hazrat Ali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar janggi kuni buni hamda eshak go‘shti yemoqni man’ qilganlar»,— deb aytdilar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Hiyla qilib mut’a qilgan ersa, nikoh fosiddur»,— deyishadir, ayrimlari ersa: «Nikoh joiz, lekin shart botildur»,— deb hisoblag‘aylar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 May 2009, 06:26:06

5-bob. Savdo-sotiqda hiylakorlik makruh ekanligi haqida: xashak tanqis bo‘lsin deb suvni tanqis qilmoq yaramaydir!

Abu Hurayra: «Xashakni tanqis qilmoq uchun suvni tanqis qilmoq makruh!»— deb aytganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 May 2009, 06:26:18

6-bob. Bozorni kasod qilmoq uchun ataylab narx-navoni oshirmoq makruhdur!

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovning bozorini kasod qilmoq niyatida ataylab narx-navoni oshirmoqni man’ qildilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 May 2009, 06:26:35

7-bob. Savdo-sotiqda aldamchilik qilmoqning makruhligi haqida

Ayyub (as-saxtiyoniy) rivoyat qiladilar: «Odamni avragandek Olloh taoloni ham avramoqchi bo‘ladilar. Savdo ahlida bul xususiyat bo‘lmaganda erdi, men bunday demagan bo‘lur erdim!».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga savdo-sotiqda aldanib qolajagi haqida gapirdi. Janob Rasululloh unga: «Savdolashayotganingda savdo-sotiqda avramoq makruhdur!» deb aytg‘il!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 May 2009, 06:27:10

8-bob. Kishi o‘z tarbiyasiga olgan yetimcha qizni yoqtirib qolsa, hiyla ishlatib nikohiga olmasin hamda unga to‘liq mahr bermaslik payida bo‘lmasin!

Urva ibn Zubayr Oisha raziyallohu anhodan «Agar yetimcha kizlarga adolatsizlik qilib qo‘ymoqdin ko‘rqsangizlar, u holda ko‘nglingiz tusagan bo‘lak ayollarga uylaningizlar!» degan oyati karima xususida so‘radi. Oisha onamiz: «Bul shul xususdakim, kishi o‘z tarbiyasiga olgan yetimcha qizni, katta bo‘lgach, mol-dunyosi va jamoliga kiziqib juda kam mahr birlan o‘z nikohiga olmoqchi bo‘ladir. Shul boisdan adolatsizlik qiling‘ay deb ularga uylanmoq man’ qilingan»,— dedilar. Keyin, odamlar shul haqda Janob Rasulullohdan fatvo so‘rab erdilar, Olloh taolo «Sendan odamlar ayollar haqida so‘rag‘aylar» degan oyati kariymasini nozil qildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:33:46

9-bob.

Bir kishi o‘zga bir kishining cho‘risini zo‘rlik birlan tortib olib, keyin ul o‘lib qoldi deb aytsa, o‘shal cho‘rining qiymatini to‘lag‘aydir. Agar uni egasi topib olsa, o‘zinikidir, ammo ilgari olgan qiymatni qaytarib berg‘ay va bul qiymat cho‘ri tortib olingani uchun olib qolinmag‘ay. Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Bul cho‘ri tortib olgan kishiniki bo‘lib qolg‘aydir, chunkim ul uning qiymatini to‘lagandir», — deyishadi. Bul xususda aytmoq kerakkim, o‘zganing sotmoq niyati bo‘lmagan cho‘risini yoqtirib qolib zo‘rlik birlan tortib olgan va uni o‘lib qoldi deb bahona qilgan kishi hiylakorlik qilgan hisoblanur, chunkim cho‘rining egasi ishonib uning qiymatini olg‘ay va bu birlan o‘zganing cho‘risini tortib olmoqqa imkon berilg‘aydur. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir-biringizning molingizni tortib olmog‘ingiz harom bo‘lib, qiyomat kuni har bir xiyonatkorning tepasiga uning xoin erkanligin anglatguvchi tug‘ o‘rnatib qo‘yilgaydur", — deganlar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni har bir xiyonatkorning tepasiga uning xoinligini anglatg‘uvchi tug‘ o‘rnatib qo‘yilgaydur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:34:07

10-bob

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, men (sizlar kabi) insonmen (ba’zan adashishim mumkin). Agar o‘zaro xusumatlashib qolsangiz, men ba’zan yanglishib haqlig‘ kishi qolib nohaq kishining foydasiga hukm chiqarib qo‘ymog‘im ham mumkin. Basharti, men kimga birodarining haqidan biror narsani noto‘g‘ri olib bersam, zinhor qabul qilmasin, chunkim men unga do‘zax otashidan bir parcha ushatib bergan bo‘laman! — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:34:41

11-bob. Nikoh haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bokira qizni roziligini so‘ramay, juvonni ersa, o‘zi birlan maslahatlashmay erga berilmag‘ay», — dedilar. «Yo Rasulalloh, bokira qizning rozi bo‘lg‘oni qanday biling‘ay?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sukut qilsa, rizo bo‘lg‘onidur!» — deb javob qildilar». Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Deylik bir bokira qiz bir kishiga tegmoqqa rozilik bermadi, shunda ul kishi hiylakorlik qilib ikkita soxta guvoh topib qizning rozilig‘iga binoan uylanganini bildirsa-yu, qozi ishonib o‘rtadagi nikoqni tasdiqlasa, er bo‘lmish kishi o‘z guvohlarining botil erkanin bilsa ham, jimo’ qilmog‘i mumkin bo‘lib, nikohi ravodur", — deyishadir.

Yahyo ibn Sa’id rivoyat qiladilar: «Ja’farning ilgari turmush ko‘rgan bir qizi qarindoshlarining majburan erga berib yubormoqlaridan xavotir olib, ansorlardan bo‘lmish Abdurrahmon va Mujammi’ ismli ikki shayxga odam yubordi. Ular: «Xavotirlanmag‘il, hechqisi yo‘q, Xanso binti Hizomni ham otasi noroziligiga qaramay erga berib yuborgan!» — deb aytib yuborishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar, buni rad qildilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bokira qizdan (nikohga) rozilig‘ so‘ralgay», — dedilar. Men: «Bokira qiz hayo qilg‘ay», — dedim. Janob Rasululloh: «Uning rozilig‘i — sukut qilg‘onidur!» — dedilar».

Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Agar kishi hiylakorlik birlan ikkita soxta guvoh topib o‘z himoyasidagi (qaramog‘idagi) juvonga uylanganligini bildirsa-yu, qozi nikohni tasdiqlasa, o‘shal kishi unga hali uylanmaganligini o‘zi bilsa ham, nikohi ravo bo‘laverg‘ay va ul ayol birlan yashamog‘i mumkindur», — deyishadi.

Ba’zi odamlar (ba’zi ulamolar): «Agar kishi yetim cho‘rini (yokim bokira qizni) yoqtirib qolib, unga uylanmoqchi bo‘lsa-yu, ul ko‘nmasa, hiylakorlik birlan ikkita soxta guvoh topib unga uylanganligini bildirganda qozi ishonib nikohni tasdiqlasa, o‘shal kishining, o‘rtadagi nikohning botil erkanin bilg‘oniga qaramay, qizni jimo’ qilmog‘i mumkindur», — deyishadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:35:06

12-bob. Ayolning o‘z kundoshlariga hasad qilib eriga hiyla ishlatmog‘iniyag makruhligi hamda Janob Rasulullohga shul xususda nozil bo‘lgan oyat haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh halvo birlan asalni xush ko‘rur erdilar. Odatda ul zot asrdan so‘ng barcha xotinlarining huzuriga birma-bir kirib suhbatlashib chiqur erdilar. Keyin, Hafsaning xuzurida ko‘proq qolib ketadirgan qiliq chiqardilar, sababini surishtirsam, bir ayol unga asal tortiq qilg‘on erkan. Janob Rasululloh kirib o‘shal asaldan tanovul qilar erkanlar. Men va (kundoshlarimdan biri) Savda ikkimiz bir hiyla ishlatmoqqa til biriktirdik men unga: «Agar Janob Rasululloh huzuringga kirsalar: «Yo Rasulalloh, sizdan bir badbo‘y narsaning hidi kelayotir, ne tanovul qilg‘on erdingiz?» — deb aytg‘aysen, chunkim ul zot badbo‘y hidni yomon ko‘rg‘aylar. Shunday desang, «Hafsa menga asal ichirgon erdi», — deb aytg‘aylar. Shunda sen: «Demak asalarilar asalni urfut daraxti gullaridan olg‘on erkanda!» — deysan. Men ham sening gapingni tasdiqlagaymen», — dedim. Keyin: «Yo Safiyya, sen ham shunday degil!» — deb tayinladim. Janob Rasululloh Savdaniig huzuriga kirgan erdilar, ul men tayinlagandek qilib: «Olloh taolo haqi, yo Rasulalloh, ne tanovul qilg‘on erdingiz, sizdan yomon hid kelayotir!» — dedi. Janob Rasululloh: «Hafsa menga asal ichirg‘on erdi», — dedilar. Ul: «Urfut daraxtidan oling‘on asal erkanda!» — dedi. Keyin, mening huzurimga kirgan erdilar, men ham shunday dedim. Safiyyaning huzuriga kirganlarida ul ham shul gapni aytdi. So‘ng, Hafsaning huzuriga kirganlarida, ul: «Yo Rasulalloh, asaldan ichirib qo‘yaymi?» — deb erdi, Janob Rasululloh: Ichgim kelmayotir», — dedilar. Savda menga: «Subhonalloh, (afsus) Janob Rasulullohni asal tanovul qilmaydirgan qilib qo‘ydik-a!» — deb erdi, «Jim bo‘lg‘il!» — dedim».

Qayd etilgan