Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 496022 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 ... 96 B


AbdulAziz  21 May 2009, 07:45:23

8-bob. Turli kishilar ko‘rgan tushlarning o‘zaro muvofiq kelib qolmog‘i haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida sahobalarning bir guruhi Laylat ul-Qadrning ramazon oyining oxirgi yetti kunligida, yana bir guruhi ersa, uning ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida o‘tmog‘ini tushlarida ko‘rdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Uning o‘tmog‘ini ramazon oyining oxirgi yetti kunligida kutingizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:45:35

9-bob. Zindon ahlining tushi haqida fisqu fasod va shirk haqida

Olloh taoloning qavli («Yusuf» surasi): «Va Yusuf birlan birga ikki yigit zindonga tashlandi. Ulardan biri: «Tushimda ko‘rsam, musallas uchun uzum siqib turgan ermishmen» — dedi. Ikkinchisi ersa: «Men tushimda boshimga non ko‘tarib olgan ermishmenu, ul nonni qushlar cho‘qilayotgan ermish. Tushimizning ta’birini aytib berg‘il, biz seni tushlarni to‘g‘ri ta’bir qilg‘uvchi deb bilurmiz!» — dedi. Yusuf bunday dedi: Tushingizning ta’biri shulkim, sizlarga ato etilajak rizqning ul ato etilmasidan burun daragini berurmen, bul ilm menga rabbim o‘rgatgan ilmlardan biridur va men Olloh taologa iymon keltirmagan qavmning dinini tark etgandurmen, chunkim ular oxiratga ishonmag‘aylar. Men bobolarim bo‘lmish Ibrohim, Ishoq va Ya’qubning diniga itoat eturmen. Mazkur dinga binoan Olloh taologa zarracha shirk keltirmasligimiz lozim bo‘lib, bul Olloh taoloning bizga va insonlarga ko‘rsatgan fazlu karamidur. Ammo, ko‘pchilik odamlar bunga shukr qilmaydurlar. Ey zindondoshlarim, (o‘zlaringiz qo‘llaringiz birlan yasab olgan) turli-tuman butlarga ibodat qilganingiz yaxshimi yohud (butun jahonni yaratgan va uni tanho o‘zi idora qilib turgan) hammadan g‘olib Olloh taologa ibodat qilganingiz afzalmi? Olloh taolodan bo‘lak ibodat qilayottan narsalaringizga o‘zingiz va ajdodlaringiz «tangri» deb nom qo‘yib olgandursizlar, vaholanki Olloh taolo ularga hech qanday kuch-qudrat ato etgan ermas. Zero, Olloh taoloning tanho o‘zi hukmdor bo‘lib, ul o‘zidan bo‘lakka ibodat qilmoqni man’ qilg‘ondur. Shuldur to‘g‘ri yo‘l, ammo ko‘p odamlar buni bilmaslar. Ey zindondoshlarim, biringiz (zindondan xalos bo‘lg‘oningizdan so‘ng) o‘z mamlakatingizning podshohiga soqiy qilib tayinlangaysiz, ikkinchingiz ersa, dorga osilg‘aysiz va osilib yotganingiz holda boshingizni qushlar cho‘qib yegaydur. Sizlar tushingizda ko‘rib ta’birini so‘rayotgan voqealar Olloh taolo tarafidan allaqachon taqdir qiling‘ondur». Keyin Yusuf, podshohga soqiy qilib tayinlanib najot topg‘ay, deb gumon qilgan zindondoshiga: «Podshohning qoshida (zindonda bir begunoh musofir yotibdir deb) mening haqimda eslatg‘il!» — dedi. Ammo, shayton podshohning qoshida aytmog‘i lozim bo‘lgan gapni uning xayolidan chiqardi, Yusuf yana bir necha yil zindonda qolib ketdi. (Bir kuni Misr) podshohi: «Men tushimda yettita semiz sigirning yettita ozg‘in sigirni yeb turganini hamda yettita ho‘l va yettita quruq bug‘doy boshog‘ini ko‘rdim. Ey a’yonlar, agar bilsangiz, tushimning ta’birini aytingiz!» — dedi. Ular: «Bul chalkash tushdir, biz bunday tushlarning ta’birini bilmag‘aymiz», — deyishdi. Shunda (zindondan) xalos bo‘lgan mazkur kishi (Yusuf alayhissalom) yodiga tushib: «Meni (uning) oldig‘a yuboringizlar, bul tushning ta’birini bilib kelib sizlarg‘a aytgaymen!» — dedi. Keyin ul Yusufning oldig‘a borib: «Ey Yusuf, ey rostgo‘y odam, tushda yetti semiz sigirni yetti ozg‘in sigirning yeb turg‘oni hamda yetti ho‘l va yetti quruq bug‘doy boshog‘i na bo‘lg‘ay, menga aytg‘il, tokim men borib odamlarg‘a yetkazay, ular ham bilsinlar!» — dedya Yusuf bunday dedi: «Yetti yil muttasil bug‘doy ekingizlar, qancha hosil olsangizlar, hammasini boshoq holida xirmon qilib saqlab qo‘yingizlar, yemoq uchun biroz ajratib qo‘ysangizlar, bo‘lur. Shundan so‘ng yetti yil muttasil qahatchilik kelib avvalgi yillarda to‘plagan hosilingizni tamom yeb bitirursizlar, faqat urug‘likqa olib qo‘yg‘on doningiz qolur. Keyin, bir yil shunday ko‘p yog‘in bo‘lg‘aykim, odamlar mevalardai ichimlik tayyorlag‘aylar». Podshoh: «Yusufni mening huzurimg‘a olib kelingizlar!» — dedi. Podshohning elchisi kelgach, Yusuf unga: «Podshohing qoshig‘a qaytg‘il...», — dedi».

Abu Hurayri rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar men Yusufchalik zindonda uzoq qolib ketsamu, oldimga birov yuring deb chaqirib kelsa, darhol ko‘ngan bo‘lur erdim», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:46:11

10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rganlar haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘ngida ham ko‘rg‘aydur (ya’ni, Olloh taolo Madinaga hijrat qilmoqni nasib etmagan bo‘lsa-yu, meni tushida ko‘rgan ersa, qiyomatda qayta tirilgach, meni ko‘rg‘aydur), chunkim shayton mening qiyofamga kirolmag‘aydur!» — deb aytganlarini eshitganmen».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki meni tushida ko‘rgan ersa, o‘zimni ko‘ribdur, chunkim shayton mening qiyofamga kirolmag‘aydur hamda mo‘minning tushi payg‘ambarlikning qirq olti juz’idan bir juz’idur», — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaxshi tush Olloh taolo tarafidan, yomon tush ersa, shayton tarafidan sodir qiling‘aydur. Kimki yomon tush ko‘rsa, chap tarafiga uch bor tupirib qo‘ysinda, shaytonning yomonlig‘idan Olloh taolodan panoh tilasin! Shunda shayton unga zarar keltira olmag‘aydur. Darhaqiqat, shayton mening qiyofamga kirolmag‘ay», — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki meni tushida ko‘rgan ersa, haqiqatan ko‘ribdur», — dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki meni tushida ko‘rgan ersa, haqiqatan ko‘ribdur, chunkim shayton mening qiyofamga kira olmag‘aydur», — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:46:23

11-bob. Tungi tush haqida

Abu Xurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo menga so‘zlarning kalitlarini ato etdi va dushmanlar qalbiga dahshat solib, meni ular ustidan muzaffar qildi. O’tgan kecha uyqumda Olloh taolo menga yer xazinalari ochqichlarini ham ato etib erdi, men ularni qo‘limga oldim», — dedilar».

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar, endi ul kalitlar siz (sahobalar)ning qo‘lingizga o‘tg‘aydur», — dedilar.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Men bul kecha Ka’ba yonida yotib tush ko‘rdim. Tushimda sen ko‘rib yurgan bug‘doyrang kishilardan ham xushro‘yroq bir bug‘doyrang kishini ko‘rdim. Uning ikki chakkasidagi silliq taralgan kokili o‘ziga yarashgan bo‘lib, ulardan suv tomib turardi. Sen bunday go‘zal kokilni ko‘rmagansen! Uni ikki kishi qo‘ltiqlab olib Ka’bani tavof qildirar erdi. Men: «Bul kimdur?» — deb so‘rasam: «Masih ibn Maryam (Iso alayhissalom)», — deyishdi. Keyin qarasam, yana bir kishi yuribdir. Sochi dag‘al, qo‘ng‘iroq-qo‘ng‘iroq, o‘ng ko‘zi ko‘r, go‘yokim uzum donasi yanglig‘ bo‘rtib turibdir. «Bul kimdur?» — desam, «Masih Dajjoldur», — deyishdi».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bir kishi kelib: «Men bul kecha tush ko‘rdim», — dedi va ko‘rganlarini bayon qildi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:46:45

12-bob. Kunduzgi tush haqida

Ibn Avn ibn Sirindan naql qilib: «Kunduzgi tush tungi tush kabidur», — deydilar.

Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talha rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik aytdiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (xolalari bo‘lmish) Ummu Harom binti Milhomning xuzuriga kirib turar erdilar, ul Ibn as-Somitning xotini erdi. Bir kuni odatdagidek uning huzuriga kirdilar, ul mehmon qildi, keyin sochlarini taray boshlagan erdi, (rohatlanib) uxlab qoldilar. Birozdan so‘ng uyg‘onib kulib qo‘ydilar. Shunda xolalari: «Yo Rasulalloh, nega kuldingiz» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Bir guruh ummatim podshohlardek taxtga o‘ltirib olishib Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani kemada dengiz bo‘ylab suzib ketishayotgan ermish», — dedilar. Xolalari: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» — dedi. Janob Rasululloh duo qildilarda, boshlarini qo‘yib yana uxlab qoldilar, so‘ng kulib uyg‘onib ketdilar. Xolalari: «Yo Rasulalloh, (bul safar) sizni kuldirgan nedur?» — dedi. Janob Rasululloh avvalgidek «Bir guruh ummatim podshohlardek taxtga o‘ltirib olishib Olloh taolo yo‘lida g‘azot qilgani kemada dengiz bo‘ylab suzib ketishayotgan ermish» — dedilar. Xolalari: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilingiz, meni ham o‘shalar toifasidan qilsin!» — dedi. Janob Rasululloh: «Siz birinchi bo‘lib g‘azot qilganlardansiz!» — dedilar. Qarangkim, o‘shal xolalari Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida kemaga chiqib safar qilib erdi, uloviga minib kemadan tushayotganida yiqilib vafot etdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:47:10

13-bob. Ayollar tushi haqida

Xorija (ibn-Zayd ibn Sobit)ning rivoyatlariga ko‘ra, (onalari) — Ummu al-Alo ansoriylardan birinchi bo‘lib Janob Rasulullohga bay’at qilgan ayol erkanlar. O’shal ayol bunday debdilar: «Makkadan hijrat qilib kelganlarni qur’a tashlab ansorlarning uylariga taqsimlashdi. Usmon ibn Maz’un bizning chekimizga tushdilar. Ul kishini uyimizga olib borib joylashtirdik. Keyin, kasallanib vafot etib qoldilar. Murdalarini yuvib, o‘zlarining kiyimlariga kafanladik. So‘ng, Janob Rasululloh ichkariga kirib erdilar, men mayyitga qarata: «Yo Abu as-Soib, Olloh taolo sizni rahmat qilsin, ko‘rib turibmenkim, Olloh taolo sizni o‘z karamig‘a olgandur!» — dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Qaerdan bilursen Olloh taolo uni mukarram qilg‘onin?» — dedilar. Men: «Otam haqi, yo Rasululloh, Olloh taolo shul kishini mukarram qilmasa, kimni mukarram qilg‘ay?!» — dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo haqi, uni ajal olib ketg‘onidan afsuslanurmen, unga mening xayriyatdan o‘zga tilagim yo‘qdur, ammo men o‘zim payg‘ambar bo‘laturib, oxiratda Olloh taolo menga qanday muomala qilg‘ay, bilmasmen!» — dedilar, Shundan so‘ng, o‘zimga o‘zim «Endi sira ham bunday demagaymen!» — deb qo‘ydim».

Muuammad ibn Muslim az-3uhriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men o‘zim payg‘ambar bo‘la turib, oxiratda Olloh taolo menga qanday muomala qilg‘ay, bilmasmen!» — deganlaridan so‘ng, Ummu al-Alo: «Bul gap meni qayg‘uga solib qo‘ydi, o‘shal kecha tushimda Usmon ibn Maz’unning yum-yum yig‘lab turganin ko‘rdim, Janob Rasulullohga buni aytib erdim, ul zot: «Bul uning amalidur!» — dedilar (a’ni, tushdagi ko‘z yoshi xayriyatdan nishona bo‘lib, hayotlik chog‘da qiling‘on amali solihlar evaziga Olloh taolo dargohida betinim ko‘z yoshlari yanglig‘ tuganmas ajru savobga muyassar bo‘lg‘onlikni anglatgaydur)».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:47:34

14-bob. Yomon tush (alg‘ov-dalg‘ov tush) shayton tarafidan sodir qiling‘aydur!

Kimki yomon tush ko‘rsa, chap tarafiga (uch bor) tupurib, so‘ng Olloh azza va jalladan panoh tilasin!

Abdurahmon ibn ibn Avf rivoyat qiladilir: «Janob Rasulullohning mashhur va jasur sahobalaridan biri bo‘lmish Abu Qatoda: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yaxshi tush Olloh taolo tarafidan, yomon tush ersa, shayton tarafidan sodir qiling‘aydur. Kimki noxush tush ko‘rsa, chap tarafiga tupursin va Olloh taolodan o‘ziga panoh tilasin!» — deb aytganlar», — dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:48:30

15-bob. Tushdagi sutning ta’biri haqida

Hamza ibn Abdulloh ibn Umar otalari Abdulloh ibn Umardan natl qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda menga bir qadah sut uzatishdi, uni shul qadar qonib ichdimki, hatto tirnoqlarimdan chiqdi. Keyin, qolganini Umarga uzatdim», — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyiishdi. Ul zot «Ilmga yo‘ydim!» — deb javob qildilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:48:44

16-bob. Tushda qo‘l-oyoq yokim tirnoqlardan sut oqsa...

Ibn Shizob Hamza ibn Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushimda menga bir qadah sut uzatishdi, uni shul qadar qonib ochdimki, hatto qo‘l-oyoqlarim uchidan sut oqib chiqayotganini ko‘rdim, keyin qolganini Umar ibn al-Xattobga uzatdim», — dedilar. Atroflarida o‘ltirgan kishilar: Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Ilmga yo‘ydim!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 May 2009, 07:49:07

17-bob. Tushdagi ko‘ylakning ta’biri haqida

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir payt uxlab yotgan erdim, tushimda bir guruh odamlar ko‘rindi. Ular ko‘ylak kiyib olgan bo‘lib, ba’zilarinikining etagi ko‘kraklari barobarida, ayrimlarinikining etagi ersa, bundan xiyol uzunroq. Keyin, menga Umar ibn al-Xattob namoyon bo‘ldi, uning ko‘ylagi uzun bo‘lib, yerda sudralib ketayotir», — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «Dinga yo‘ydim!» — dedilar».

Qayd etilgan