Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 386973 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 96 B


AbdulAziz  26 May 2008, 08:04:11

4-bob. To‘pig‘idan past kiyim kiygan odamning jahannamga tushmog‘i haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki izorini to‘pig‘idan past qilib kiysa, jahannamga tushadi»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 08:05:03

5-bob. Dimog‘dorligidan kiyimini sudrab yurgan odamlar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilarki, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dimog‘dorligidan izorini sudrab yurganlarga Olloh taolo qiyomat kuni marhamat nazari birlan qaramaydi»,— degan erkanlar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nabiy yoki Abulqosim sallallohu alayhi va sallam: «O’ziga yoqqan kiyim kiyib olgan bir odam sochlarini yoyib yelkasiga tashlab olib, takabburona qadam tashlab ketayotgan edi. Olloh taolo uni yer qa’riga tashladi, u qiyomatga qadar yer ostida to‘lg‘onib va dod solib azob chekadi»,— deb aytdilar» (Qalobodiy: «Bu — Fir’avn vaziri, zolim, takabbur Qorun edi»,— deydilar).

Abdulloh ibn Umar otalaridan eshitganlarini naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir odam izorini takabburona sudrab ketayotgan edi, Olloh taolo uni yer qa’riga tashladi. U qiyomatga qadar yer ostida to‘lg‘anib, dod solib azob chekadi»,—dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki kiyimini takabburlik birlan sudrab yursa, Olloh taolo qiyomat kuni unga marhamat nazarini tashlamaydi»,— dedilar. Men Muhoribdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorni nazarda tutib gapirdilarmi?» — deb so‘ragan erdim, u: «Izorni ham, qo‘ylakni ham alohida aytib ta’kidlamadilar»,— dedi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 08:05:39

6-bob. Popukli izor kiymoq haqida

Zuhriy, Abu Bakr ibn Muhammad, Hamza ibn Abu Usayd, Muoviya ibn Abdulloh ibn Ja’far — hammalari pjpukli kiyim kiyishgan, deb zikr qilinadi.

Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zaifalari — Oisha onamiz: «Men va Abu Bakr Janob Rasulullohning huzurlarida o‘tirganimizda Rifoat al-Quraziyning xotini kelib: «Yo Rasulalloh, men Rifoatning nikohida erdim, u meni taloq qildi. So‘ng, men Abdurrahmon ibn Zubayrga erga tegdim. Xudo haqqi, yo Rasulalloh, uning olati mana shu popukdek keladi, xolos»,—deb jilbobining (ko‘ylagining) popugini ko‘rsatdi. Eshik oldida turgan Xolid ibn Sa’id (unga ichkariga kirishga ruxsat berilmagan edi) xotinning gapini eshitib: «Yo Abu Bakr, bu xotinning Janob Rasululloh huzurlarida shunday gaplarni aytishiga qanday qilib yo‘l qo‘ydingiz?! — dedi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tabassum qilib qo‘ydilar-da: «Balkim, sen yana Rifoatga tegmoqchidirsan? Yo‘q, bo‘lmaydi! Toki Abdurrahmon ibn Zubayr birlan qo‘shilmas erkansan, bu mumkin emas!» —dedilar. Shundan e’tiboran, bu ko‘rsatma sunnat bo‘lib qoldi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 08:07:38

7-bob. Ridolar (uzun ust kiyimi) haqida

Anas: «Bir a’robiy Rasululloh. sallallohu alayhi va sallamning ridolaridan tortdi»,— deb aytgandilar.

Husayn ibn Ali otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini olib kelishni buyurdilar-da, uni kiyib olib, jo‘nab ketdilar. Men va Zayd ibn Horisa orqalaridan ergashdik. Hamzaning uyiga yetib kelgach, ichkariga kirishga ijozat so‘radilar, u ruxsat berdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 08:13:19

8-bob. Ko‘ylak kiyish haqida

Olloh taoloning Yusuf haqidagi hikoya xususida aytgan qavli: «Mening mana bu ko‘ylagimni olib borib, otamning yuzlariga yopinglar, ko‘r ko‘zlari ochiladi».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Yo Rasulalloh, haj va umra vaqtida ehrom bog‘lagan odam yana qanday kiyimlar kiymog‘i mumkin?» — deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehrom bog‘lagan odam ko‘ylak ham, sirvol ham, burnus ham, mahsi ham kiymaydi. Agar (kavush singari to‘piqdan yuqori bo‘lmagan) choyoq kiyimi topmasa, mahsining qo‘njini to‘pig‘ining pastidan qirqib tashlab kiyaveradi»,— dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay ibn Salul qabrga qo‘yilgandan so‘ng yetib keldilar. Keyin, mayyitni qabrdan chiqarmoqni buyurdilar. (Uning boshini) ikki tizzalariga qo‘yib, dam soldilar va unga o‘z ko‘ylaklarini kiydirib qo‘ydilar. Nega bunday qilganlarini Olloh biladi».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Ubay o‘lgach, uning o‘g‘li Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, ko‘ylagingizni menga bersangiz, men u bilan otamni kafanlasam, degandim. Keyin, u kishiga gunohlarini tilab istig‘for aytsangiz!»— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga ko‘ylaklarini berib: «Mayyit tayyor qilingach, bizga xabar ber!» — deb aytdilar. U mayyit tayyor qilingach, xabar berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o‘qigani bordilar. Hazrat Umar Janob Rasulullohni to‘xtatib: «Munofiqlarga janoza o‘qimoqni Olloh taolo sizga man’ qilmaganmidi?!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ular uchun istig‘for aytsang ham, aytmasang ham baribir, chunkim, garchi yetmish marta istig‘for aytganing birlan Olloh taolo ularning gunohlaridan o‘tmaydi»,— dedilar. Shu payt, «Ulardan (munofiqlardan) birortasi o‘lsa, sira ham janoza o‘qima, qabri tepasiga ham borma!» degan oyati kariyma nozil bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga janoza o‘qimadilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 08:13:59

9-bob. Ko‘ylak yoqasini ko‘krak oldidan boshlab ochmoq va boshqalar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam baxil birlan saxiy (sadaqa berguvchi) ni bamisoli temir jubba (sovut) kiygan ikki kishiga o‘xshatdilar. Ular (temir jubba siqayotganidan) qo‘llari bilan ko‘kragu bo‘g‘izlarini changallab olganlar. Saxiy sadaqa bergani sari (jubbasi kengaya ) boradi va bo‘g‘zi birlan ko‘kragini changallab turgan) barmoqlari bo‘shashadi, oyoqlariga jon kiradi. Baxil esa, sadaqa berishga uringani sari jubbasining har bir xalqasi tobora siqib, torayib boradi (chunkim, u sadaqani chin yurakdan chiqarib bermaydi)».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llari bilan mana bunday qilib yoqalariga ishora qila turib: «Uni (jubbani) harchand kengaytirishga urinmasin, baribir kengaytirilmaydi!» — deyayotganlarini ko‘rdim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 08:17:18

10-bob. Safarda yengi tor chopon kiygan kishi haqida

Mug‘iyra ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hojatga borib qaytib keldilar. Men (obdastada) suv olib, u kishiga peshvoz chiqdim. Ul zot (shomiy chopon kiyib olgan edilar) tahorat oldilar: og‘iz-burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar. Keyin, shomiy to‘nlarining yengidan qo‘llarshsh tashqariga chiqarmoqchi bo‘lib erdilar, torlik qildi. Shunda, qo‘llarini yeng ichidan tortib chiqardilar-da, (tirsakkacha qo‘shib) yuvdilar, mahsilariga mash tortdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2008, 08:10:18

11-bob. G’azotda jundan qilingan chopon kiymoq haqida

Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida men Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan safarda erdim. «Senda suv bormi?» —dedilar. Men: «Ha»,— deb edim, tuyalaridan tushib, tun qorong‘usida ko‘zimdan g‘oib bo‘ldilar. Keyin, qaytib keldilar. Idishdagi suvdan quyib turdim, yuz-qo‘llarini yuvdilar, keyin ustlaridagi jun choponning yengidan qo‘llarini tashqariga chiqarmoqchi bo‘lib erdilar, torlik qildi. Shuning uchun qo‘llarini yeng ichidai chiqarib bilaklarini (tirsak bilan qo‘shib) yuvdilar. So‘ng, boshlariga mash tortdilar. Men mahsilarini tortib, yechib qo‘ymoqchi edim: «Tegma, men mahsini tahoratli oyoqqa kiyganman — dedilar-da, mahsilariga mash tortdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2008, 08:10:34

12-bob. Qabo va ipak farruj haqida

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘lja olingan qabolarni taqsimladilar. Lekin Maxramaga undan birortasini berib yubormadilar. Shunda, Maxrama menga: «Ey o‘g‘lim, bizni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylariga olib bor!» — dedilar. Men olib bordim. Keyin, Maxrama: «Ichkariga kirib, ul kishini menga chaqirib ber!»—dedilar. Men chaqirib berdim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha (taqsimlangan) qabolardan birini kiyib chiqib: «Buni senga olib qo‘ygan edim»,— dedilar-da, Maxramaga qarab: «Maxrama rozi bo‘ldimi?» — dedilar»

Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga harir farruj sovg‘a qilib erdilar, uni kiyib namoz o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng, hazar qilgandek, tezda uni yechib tashladilar-da: «Bunday kiyim ahli taqvoga (taqvodorlarga) yarashmaydi!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 May 2008, 08:10:46

13-bob. Burnuslar haqida

Sulaymon ibn Tarxon at-Taymiy: «Men Anas ibn Molikning sarig‘ xazz (jun aralash ipak mato)dan burnus (chopon) kiyib olganini ko‘rganman»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir odam: «Yo Rasulalloh (haj yoki umraga) ehrom bog‘lagan kishi qanday kiyimlar kiymog‘i mumkin?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ko‘ylak ham, salla ham, cholvor ham, burnus ham, mahsi ham kiymangiz, basharti biror kishi kavush topmasa, mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past qilib kesib tashlab, kiysa bo‘ladi. Za’faron va vars tekkan kiyim ham kiymangiz!»—deb aytdilar».

Qayd etilgan