Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495664 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 96 B


AbdulAziz  19 May 2008, 08:32:00

20-bob. Bemordan hol-ahvol so‘ramoq uchun kelgan odamning uning haqqiga duo qilganligi xususida

Oisha binti Sa’d: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (otam Sa’dni ko‘rgani kelganlarida), «Ey parvardigoro, Sa’dga shifo ato etg‘il!» — deb duo qildilar»,— deydilar.
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, biror kasalni ko‘rgani borsalar, yokim biror kasalni ul kishining huzurlariga olib kelishsa, «Ey insonlarni yaratgan Olloh! Uni darddan forig‘ aylag‘il, unga shifo berg‘il, sen shifo ato etguvchidirsen, sening shifoingdin o‘zga shifo yo‘q, sen shifo bersanggina dardlar mahv o‘lg‘usidir!» —der erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:32:13

21-bob. Bemordan hol-ahvol so‘ramoq uchun kelgan odamning unga tahorat suvidan sepganligi haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Men xastalanib qolganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rgani keldilar. (Hol-ahvol so‘ragach), tahorat oldilar-da, qo‘llaridan tomayotgan suvni menga sepdilar («Tahorat suvidan quyinglar!» — deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin, deydi ikkilanib roviy). Shundan so‘ng biroz o‘zimga kelgach, «Mendan meros oladirgan faqat birgina o‘g‘lim va otam bordirlar, merosni qanday taqsimlab ' beray?»—deb so‘radim. Shu asnoda Janob Rasulullohga meros haqida oyat nozil bo‘ldi».   

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:32:27

22-bob. Vaboni daf qilishni so‘rab duo o‘qigan haqida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida Abu Bakr bilan Bilol isitmalab kplishdi. Men ularning huzuriga kirib: «Ey padari buzrukvor (ya’ni, otalari Abu Bakrga qarata aytyaptilar), ahvolingiz nechukdir, ey Bilol, o‘zingizni nechuk his etmakdasiz» - deb so‘radim. Abu Bakr isitma zo‘riqqanda:
«Uyimda bo‘lsaydim jon chiqar mahal,
Poyabzal ipidan yaqindir ajal», —
der erdilar. Bilol ersa, isitma bir oz pasayganda, yig‘lab:
«Taqdirim ne erur, bilmasman e voh,
Boshimga ajaldin kelurmu sipoh?
Bir kecha bo‘lsa ham, ona vodiyim,
Qo‘ynida yotsaydim, mehribon Olloh!
Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin,   
Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!»—
der erdilar. Men bu haqda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib aytib erdim, ul kishi: «Yo Olloh, bizga Madinani Makka singari, yokim undan ham ortiqroq mahbub etg‘il! Yo Olloh, uning toshu tarozisiga baraka ato etg‘il, uni (ahlini) hamisha bardamu sog‘lom qil, mana bularning bezgagini ersa, Juhfaga ko‘chirg‘il!» — dedilar.   

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:32:40

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYM

TIB KITOBI

1-bob. Olloh taolo dard yuborganda uning davosini ham yuborganligi haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo har qanday dard yuborganda uning davosini ham yuborgandir»,— deganlar»,— deb rivoyat qiladirlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:32:52

2-bob. Erkakning ayolni, ayolning erkakni davolamog‘i xususida

Rubayya’ binti Muavvid ibn Afro’ bunday deydir: «Biz Rasululloh salladdohu alayhi va sallam birlan birga) g‘azavotga chiqqanimizda askarlarga suv keltirib berar, ularning yaralarini bog‘lar, o‘lganlar va yaradorlarni Madinaga tashir erdik».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:33:06

3-bob. Uch narsada dardga davo borligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladirlar: «Uch narsada dardga davo mavjuddir — asal ichmoq, qon oldirmoq hamda yaraga tamg‘a qizdirib bosmoq. (Ammo), Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men ummatimga yaraga tamg‘a qizdirib bosmoqni man’ qilg‘ayman»,— deganlar».

Mujohidning ibn Abbosdan hikoya qilishlariga ko‘ra, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Asal (ichmoq) va qon oldirmoq dardga davo bo‘lg‘usi»,— degan erkanlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:33:16

4-bob. Asal bilan davolash haqida

Olloh taolo: «Unda (asalda) odamlar (dardi)ga davo mavjuddir»,— degan.

Oisha onamiz raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo bilan asalni yoqtirar erdilar»,— deganlar.   

Jobir ibn Abdulloh aytadirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dori-darmonlaringiz ichida eng nafi tegadirgani qortiqchining qortig‘i yokim asaldir! Men (jarohatga) tamg‘a qizdirib bosmoqni xush ko‘rmag‘aymen»,— deb aytganlar».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mening inim qorni (og‘riyotgani)dan shikoyat qilayotir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Asal ichirg‘il!» — dedilar, Boyagi kishi qaytib kelib, asal ichirsa ham inisi tuzalmaganini ma’lum qildi. Janob Rasululloh bu gal ham: «Asal ichirg‘il!»—dedilar. Boyagi kishi yana qaytib kelib, inisi tuzalmaganini aytdi. Janob Rasululloh yana: «Asal ichirg‘il!» — dedilar. U yana qaytib kelib, «Inim tuzalmadi»,— degan erdi, Janob Rasululloh: «Olloh taolo (asalda odamlar dardig‘a davo mavjuddir, deb) rost aytgan, iningning qorni ersa, yolg‘on so‘zlaydir!» — deb javob qildilar. Shundan so‘ng, inisi dardig‘a shifo topdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:33:26

5-bob. Tuya suti bilan davolanish xususida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu ryvoyat qiladirlar: (Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlar betob erdi. Ular: «Yo Rasulalloh, bizga shahar (Madina) havosi xush kelmadi, boshqa boshpana berib, ham taom birla ta’minlasangiz!» — deb iltimos qilishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayxi va sallam ularni Harra degan yerga joylashtirib, ixtiyorlariga bir qancha tuyalarni ham berib qo‘ydilar-da, «Bularning sutidan ichib turinglar!» — dedilar. Ular, kasallari arib, darmonga kirganlaridan so‘ng, Janob Rasulullohning tuyaboqarlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning ortidan odam yubordilar, tutib kelishgach, qo‘l-oyoqlarini kesib, ko‘zlariga mil tortishdi, so‘ng oftobga tashlab qo‘yishdi, (og‘riqdan) tosh g‘ajib yotishdi».

Sallom aytadirlar: «Menga aytishlariga qaraganda. Hajjoj Janob Rasulullohning hayotlari davomida jinoyatchilarga qarshi qo‘llagan eng qattiq choralari haqida so‘zlab berishni Anasdan iltimos qilganida u mazkur voqeani rivoyat qilgan erkan. Bu gap Hasan (al-Basriy)ga yetganida, «Ushbu hadisni unga aytmagani yaxshi erdi»,— debdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:33:37

6-bob. Tuya siydigi bilan davolanish haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: (Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlarga Madina havosi yoqmay, (betob bo‘lib qolishdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni o‘z tuyaboqarlari huzuriga yuborib, tuya suti va siydigidan davo sifatida tanovul qilib turmoqlari lozimligini tayinladilar. Mazkur odamlar, tuya suti va siydigidan ichib badanlari sihat topgach. tuyaboqarni o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Bu xabar Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga yetgach, ularning ortidan odam yubordilar, ushlab kelishdi, so‘ng qo‘l-oyoqlari kesilib. ko‘zlariga mil tortildi.

Muhammad ibn Sirin: «Bu hodisa hadd urish haqidagi hukm nozil bo‘lmasidan burun sodir bo‘lgan erdi»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:33:49

7-bob. Sedana haqida

Xolid ibn Sa’d aytadirlar: «Biz G’olib ibn Abjar birlan birga safarga chiqqan erdik, u yo‘lda kasallanib qoldi. Madinaga yetib kelganimizda ham hanuz tuzalmagan erdi. Shunda, Ibn Abu Atiq (Abu Bakr Siddiqning nabiralari): «Siz sedana iste’mol qiling. Besh yoki yetti dona sedanani ezib, yog‘ini dimog‘intizga tomizing, chunkim men Oisha onamizning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sedana somdan bo‘lak barcha dardga davodir» deb aytganlar deganlarini eshitganman»,— dedi. «Som nedur?» - deb so‘raganlarida, «U o‘limdir!»—deb javob berdi».

Abu Hurayra bunday deb xabar qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sedana somdan bo‘lak barcha dardga davodir»—deganlar. Ibn Shihob: «Som — o‘limdir» — deb aytganlar.

Qayd etilgan