Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495632 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 96 B


AbdulAziz  19 May 2008, 08:33:59

8-bob. Bemorga sutli xo‘rda qilib berish xususida

Urva ibn Zubayr Oisha onamiz raziyallohu anho haqlarida rivoyat qiladirlarki, ul zot kasalga yokim biror yaqin kishisi vafot etgan kimsaga sutli xo‘rda ichirishni buyurar erkanlar, chunkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sutli xo‘rda bemorning diliga orom berib, azador kimsaning qayg‘usini yengillashtirg‘aydir»,— der erkanlar».

Hishom o‘z otalari (Urva ibn Zubayr) dan naql qilib bunday deydirlar. «Oisha onamiz raziyallohu anho bemorga sutli xo‘rda ichirmoq ko‘p manfaatli ekanligi haqida gapira turib: «Sutli xo‘rda, bemor yoqtiradimi, yo‘qmi, dardiga davodir!»—deb aytganlar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:34:07

9-bob. Burunga dori tomizmoq xususida

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qortiq soldirgach, qortiqchiga haq to‘ladilar, so‘ng burunlariga dori tomizdirdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:34:20

10-bob. Burunga qusti tomdirish haqida

Ummu Qays Mihsan aytadirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mana shu hind yog‘ochidan foydalaningiz, chunkim unda yetti xil shifobaxsh modda bor, undan (tayyorlangan dorini) tomoq og‘riganda hamda zotiljam bo‘lganda ichmoq mumkindir»,— dedilar. (O’shanda) men emizikli o‘g‘ilchamni olib, Janob Rasulullohning huzurlariga kirgan edim, kiyimlariga siyib qo‘ydi. Shunda payg‘ambarimiz suv keltirtirib syydik tekkan joy ustidan quydilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:34:28

11-bob. Qon oldiradigan vaqt xususida

Abu Muso tunda qon oldirgan erdi.

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va salam 'ro‘zador bo‘lsalar-da, qon oldirdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:34:39

12-bob. Safarda va ehromdalik chog‘ida qon oldirmoq haqida

Ibn Buhayna buning joizligi haqida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan erkan.

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdalik chog‘larida ham qon oldirdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:34:49

13-bob. Kasallik chog‘ida qon oldirmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qortiqchiga haq to‘lamoq borasida so‘ragan erdim, ul zot Abu Tayyibag‘a qon oldirdilar-da, haqiga ikki so’ xurmo berdilar va mavlo (ozod qilingan qul)lariga uning qabilasidan olinadirgan xirojni biroz kamaytirishni tayinladilar. So‘ng: «Hijomat qildirmoq (qortiq soldirmoq) eng yaxshi davodir, qusti bahriy iste’mol qilmoq ersa, undin ham afzaldir. Tomoq yo‘llarini zzib, bolalaringizni qiynamangiz!» — dedilar»

Jobir ibn Abdullohning rivoyat qilishlaricha, ul kishi Muqanna’ (ibn Sinon at-Tobi’iy) ni ziyorat kilmoq niyatinda huzuriga boribdirlar va: «Tokim menga qortiq solmas erkansiz, hech yerga jilmasmen, chunkim, men hijomat qildirmoqda (qortiq soldirmoqda) shifo mavjud erkanini Janob Rasulullohdin eshitgandirmen»,— deb aytibdirlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:34:56

14-bob. Boshga qortiq soldirmoq xususida

Abdulloh ibn Buhaynaning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan joyda boshlarining qoq o‘rtasiga qortiq soldiribdilar. Ibn Abbos ham: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlariga qortiq soldirdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:35:06

15-bob. Bosh og‘riganda yokim shaqiqa (migren) bo‘lganda qon oldirmoq haqida

Ibn Abbos aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlari og‘riganda, ehromda bo‘laturib boshlariga qortiq soldirdilar. Bu — Lahyu Jamal degan joyda bo‘lgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:35:16

16-bob. Soch (illatni yo‘qotmoqqa) xalal berganda oldirib tashlamoq xususida

Ka’b ibn Ujra bunday deydilar: «Hudaybiya (jangi) vaqtida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va salam bizning oldimizga keldilar, men qozon tagiga o‘t yoqayotgan edim, boshimdan bitlar to‘kilib turgan edi. Janob Rasululloh buni ko‘rib, «Hasharotlaring ozor beryaptimi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha, shunday»,— dedim. Janob Rasululloh: «Sochingni oldirib (kafforatiga) uch kun ro‘za tutg‘il, yokim olti miskinni to‘yg‘azg‘il, yohud qurbonliq qil!»—dedilar. Abu Ayyub: «(Ka’b) bularning qaysi birini ado etganligini bilolmadim»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 08:35:26

17-bob. Tamg‘a qizdirib bosishni yoqtirmagan kishi haqida

Jobir ibn Abdulloh aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dori-darmonlaringizdan eng nafi tegadirgani, u ham bo‘lsa, qortiqchiga qortiq soldirish yoki o‘tda kuydirishdir, ammo men tamg‘a qizdirib bosishni xush ko‘rmayman»,— dedilar».   

Imron ibn Husayn: «Faqat ko‘z tekkanda yoki chayon chiqqandagina dam soldirish mumkin»,— deb aytibdirlar. Buni eshitgan Sa’id ibn Jubayr bizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda quyidagilarni aytganlar», —dedilar: «(Olloh taolo) menga barcha ummatlarni ko‘rsatdi. Ba’zi payg‘ambarlar o‘z ummatlarini ergashtirib, ayrimlari ersa, birorta ham ummatsiz yolg‘iz o‘zlari (oldimdan) o‘tdilar. Nogahon, ko‘zimga katta bir olomon ko‘rindi. Men: «Bular kim?» — deb so‘raganimda, «Bular Muso va uning ummatlaridir» —deb aytildi. So‘ng, «Ufqqa qara!» — deb amr qilindi. Bir vaqt qarasam, ufqni to‘ldirib xalqlar kelayotir. Keyin, «Endi bu yoqqa qara!» — deb buyurildi. Shunda o‘girilib, bu yoqda ham ufqni to‘ldirib tumonat odamlar kelayotganini ko‘rdim. So‘ng, «Bular sening ummating bo‘lib, yetmish minggi savol-javobsiz to‘ppa-to‘g‘ri jannatga kiradi»,— deyildi». Janob Rasululloh ana shu gaplarni aytdilar-da, hujralariga kirib ketdilar. Sahobalar: «Biz johiliya davrida tug‘ilib, so‘ng Olloh taolo va uning rasuliga iymon keltirganmiz, biz o‘shalar qatorida bo‘lamizmi yoki islom davrida tug‘ilgan avlodlarimiz bo‘ladimi?» — deya payg‘ambarimizning hujralari tomon yurdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tashqarida bo‘layotgan g‘ala-g‘ovurni eshitib, hujralaridan chiqdilar va bunday dedilar: «Ular dam soldirmaydiganlar, irim-sirimlarga ishonmaydiganlar, badanlariga tamg‘a qizdirib bosmaydiganlar hamda Olloh taologa tavakkal qilg‘uvchilardir». Shunda Ukkosha ibn Mihsan: «Yo Rasulalloh, men o‘shalardanmanmi? — deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «O’shalardansan» — dedilar. Boshqa bir sahoba: «Menchi?»— dedi. Payg‘ambarimiz: «Ukkosha sendan oldin so‘radi»,— deb javob qildilar.

Qayd etilgan