52-bob. Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zaharlanganliklari haqida
Abu Hurayra raziyallohu ansdu bunday deb aytib 6erdilar: «Xay6ar fath qilingan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (kimdir zaharlangan qo‘y go‘shti taqdim etdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shu yerda yashaydigan barcha yahudiylarni yig‘ib kelinglar! — dedilar. Ular yig‘ilgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi?» — dedilar. Ular: «Ha yo Abulqosim!» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning otangiz kim?» — dedilar Ular: «Otamiz falonchi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yolg‘on aytyapsizlar, sizlarning otangiz falonchi»,— dedilar. Ular: «Rosul juda to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘gri javob qilasizlarmi? — dedilar. Ular: «Ha, yo Abulqosim! Bundan avval yolg‘on gapirganimizni bilganingizdek, bu gal ham yolg‘on gapirsak bilib qolasiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Do‘zax ahli kim?» — dedilar. Ular: «Biz do‘zaxda ozgina vaqt bo‘lamiz, keyin sizlar bizning o‘rnimizga borasizlar»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar u yerda qolasizlar, Olloh haqi, biz o‘rningizga bormaymiz!» — dedilar. So‘ng, ulardan: «Sizlarga bir narsa haqida savol bersam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi? — deb so‘radilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu qo‘y go‘shtiga zahar soldinglarmi?» - dedilar. Ular: «Ha»,—deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarni bunga nima majbur qildi?» — dedilar. Ular: «Biz bu bilan, agar yolg‘onchi bo‘lsangiz, sizdan qutulamiz, mabodo (haqiqatan ham) payg‘ambar bo‘lsangiz, unda sizga zarar qilmaydi, deb o‘yladik»,— deyishdi».