Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495597 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 96 B


AbdulAziz  22 May 2008, 09:30:33

48-bob. Sehr bobi
(Bu bob takroran keltirilgan)

49-bob. Bayonda ham sehr borligi haqida

Abdulloh ibn Umar aytadilar: «Ikki kishi Mashriqdan kelib nutq so‘zladi (xutba aytdi). Ularning (o‘z fikrini chiroyli) bayon qilishi odamlarni maftun qilib qo‘ydi. Shunda Janob Rasululloh: «Bayonda ham sehr mavjud (yoki ba’zi bayonning sehri bor)»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 May 2008, 09:30:54

50-bob. Sehrni ajva (oliy nav xurmo) bilan qaytarmoq haqida

Sa’d ibn Vaqqos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki har kuni erta bilan ajvadan yeb tursa, unga o‘sha kuni tungacha zahar ham, sehr ham ta’sir qilmaydi»,— dedilar».
 
Boshqa bir roviyning aytishiga qaraganda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki erta bilan turib, yetti dona ajva yesa, unga (o‘sha kuni) zahar ham, sehr ham zarar qilmaydi»,— degan ekanlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 May 2008, 09:31:17

51-bob. Boyqushning falokat qeltirmasligi haqida

Abu Hurayra dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kasal (o‘zicha) yuqmaydi, safaroyi bexosiyat emas, boyqush baxtsizlik keltirmaydi»,— degan edilar, bir a’robiy: «Yo Rasulalloh, tuyalarimiz cho‘llarda soppa-sog‘ yuradi. Nogoh, bir qo‘tir tuya oralariga kelib qo‘shildi deguncha, hammasi qo‘tir bo‘lib qoladi»,— dedi. Janob Rasululloh: «(O’sha oraga kelib qo‘shilgan) birinchi tuyani kim qo‘tir qilgan?» — dedilar».

Abu Salama rivoyat qiladilar: «Men, keyinchalik, Abu Hurayraning «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kasal tuyani sog‘ tuyalar orasiga kiritmangiz» — deganlar, deganini eshitdim Abu Hurayra o‘zi aytgan avvalgi hadisni inkor qildi. Shunda biz: «Sen, kasal yuqmaydi, deb rivoyat qilmaganmiding?»— desak, u habash tilida birnimalar deb g‘o‘ldiradi.

Abu Salama: «Abu Hurayraning o‘sha hadisdan boshqasini unutganini ko‘rmadim»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 May 2008, 09:31:45

52-bob. Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zaharlanganliklari haqida

Abu Hurayra raziyallohu ansdu bunday deb aytib 6erdilar: «Xay6ar fath qilingan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (kimdir zaharlangan qo‘y go‘shti taqdim etdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shu yerda yashaydigan barcha yahudiylarni yig‘ib kelinglar! — dedilar. Ular yig‘ilgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi?» — dedilar. Ular: «Ha yo Abulqosim!» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning otangiz kim?» — dedilar Ular: «Otamiz falonchi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yolg‘on aytyapsizlar, sizlarning otangiz falonchi»,— dedilar. Ular: «Rosul juda to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men sizlardan bir narsa haqida so‘rasam, to‘gri javob qilasizlarmi? — dedilar. Ular: «Ha, yo Abulqosim! Bundan avval yolg‘on gapirganimizni bilganingizdek, bu gal ham yolg‘on gapirsak bilib qolasiz»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Do‘zax ahli kim?» — dedilar. Ular: «Biz do‘zaxda ozgina vaqt bo‘lamiz, keyin sizlar bizning o‘rnimizga borasizlar»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar u yerda qolasizlar, Olloh haqi, biz o‘rningizga bormaymiz!» — dedilar. So‘ng, ulardan: «Sizlarga bir narsa haqida savol bersam, to‘g‘ri javob qilasizlarmi? — deb so‘radilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu qo‘y go‘shtiga zahar soldinglarmi?» - dedilar. Ular: «Ha»,—deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarni bunga nima majbur qildi?» — dedilar. Ular: «Biz bu bilan, agar yolg‘onchi bo‘lsangiz, sizdan qutulamiz, mabodo (haqiqatan ham) payg‘ambar bo‘lsangiz, unda sizga zarar qilmaydi, deb o‘yladik»,— deyishdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 May 2008, 09:32:11

53-bob. Inson uchun xavfli yaramas narsalar bilan davolanish haqida

Abu Hurayra raziyallohu anzdu rieoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tog‘dan tashlab o‘zini o‘ldirsa, jahannam o‘tida o‘zini u yoqdan bu yoqqa tashlab, abadul-abad kuyadi. Kimki zahar ichib o‘zini o‘ldirsa, jahannamda ham o‘sha zahar qo‘lida bo‘lib, undan icha-icha abadul-abad o‘tda kuyadi. Kimki o‘zini (biror) tig‘ bilan o‘ldirsa, jahannamda o‘sha tig‘ bilan unga azob berilib, abadul-abad o‘tda yonadi»,— deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 May 2008, 09:32:35

54-bob. Eshak suti haqida

Abu Sa’laba al-Xushaniy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oziq tishli hayvon go‘shtini yeyishni man’ qildilar».

Az-Zuhriy: «Shomga borgunimga qadar bu hadisni sira eshitmagandim» — dedilar. Ibn Shihob: «Men Abu Idrisdan: «Eshak sutini ichgach yoki hayvon o‘tini yegach, yokim tuya siydigini ichgach, tahorat qilishimiz lozimmi?»— deb so‘radim. Abu Idris: «Musulmonlar bu narsalardan davo sifatida foydalanar va buning hech zarari yo‘q deb hisoblar erdilar. Eshak sutiga kelsak, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eshak go‘shtini yeyishdan qaytarganlari haqida bizga aytilgan, ammo uning sutini ichish yoki ichmaslik xususida amr qilganliklarini bilmaymiz. Ammo, hayvon o‘ti masalasiga kelsak, Abu Sa’labaning gapiga qaraganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday oziq tishli hayvon go‘shtini yeyishni man’ qilganlar»,— dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 May 2008, 09:33:05

55-bob. Idishga tushgan pashshaga nisbatan aytilgan hukm haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangizning idishingizga pashsha tushsa, uni butunlay botirib, so‘ng olib tashlang, chunkim uning bir qanotida shifo, ikkinchisida dard mavjud»,— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 07:57:11

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIM
LIBOS HAQIDA KITOB

1-bob.


Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «Ayt! (Olloh o‘z bandalari uchun yaratgan ziynatni kim ta’qiqladi?». Nabiy sallallohu alayhi va sallam: "Isrof qilmay va kibr-havoga berilmay yenglar, ichinglar, kiyininglar va sadaqa qilinglar!»—deganlar. Ibn Abbos esa: «Ruxsat qilingan narsalardan istaganingni yeb, istaganingni kiy, isrof qilmasang va kibr-havoga berilmasang, bo‘lgani!» — deganlar. Ibn Umar: «Janob Rasululloh: «Olloh taolo ko‘ylagi etagini kibru havo birlan sudrab yuradigan bandalarga marhamat nazarini tashlamaydi»,— deganlar»,— deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 07:58:36

2-bob. Izorini kibrlanmay sudrab yuradiganlar haqida

Salim ibn Abdulloh otalaridan bunday deb naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki ko‘ylagini takabburona sudrab yursa, Olloh taolo qiyomat kuni unga marhamat nazari birlan qaramaydi»,— dedilar Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, men o‘zim ataylab qilmagan holda izorimning bir tarafi osilib qolsa-chi? — deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «Siz o‘ziga bino qo‘yadiganlardan emassiz!»—deb javob qildilar».

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilganda biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdik, ul zot shosha-pisha kiyimlarini sudraganlaricha masjidga chiqib ketdilar. Odamlar yig‘ilgach, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Quyosh tutilib bo‘ldi. Keyin, bizga o‘girilib: «Darhaqiqat, quyosh va oy Olloh taolo mo‘‘jizalaridan bo‘lmish ikki mo‘‘jizadir (Olloh taolo qudratini namoyon qiluvchi ikki dalildir). Basharti, ulardan qaysi birining tutilganini ko‘rsangiz, darhol namoz o‘qingiz va to tutilib bo‘lguncha duo aytib, Olloh taologa iltijo qilingiz!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2008, 08:03:30

3-bob. Kiyimni shimarish haqida

Abu Juhayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Bilolning nayza olib kelib (qibla tarafga) sanchib qo‘yib namozga iqomat (takbir) aytganini ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shimarilgan hulla kiyib chiqib, nayzaga qarab ikki rakaat namoz o‘qidilar. Shunda, odamlar va ot-ulov nayza ortidan bemalol o‘tavergandi».

Qayd etilgan