48-bob. Тemir uzuk haqida
Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib «Men o’zimni sizga bag’ishlamoq uchun keldim», dedida, uzoq turib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga bir nazar tashlab, boshlarini quyi soldilar. Ayol uzoq turib qolgach, bir kishi turib: «Basharti ungach
siznmng ehtiyojingiz bo’lmasa, menga nikohlab bera qolingiz! — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo’q»,— deb aytdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bor, qarab ko’r!» —dedilar. Boyagi kishi chiqib ketib. yana qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, biror narsa
topolgan bo’lsam, koshki edi!» — dedi. Janob Rasululloh: sallallohu alayhi va salam: «Bor, yana bir axtarib ko’rchi!» — dedilar. U axtarib qaytib kelgach: «Olloh taolo haqi, hatto temir uzuk ham yo’q!» — dedi. Uning egnida izori bo’lib, ridosi yo’q erdi. Shu boisdan: «Shuni mahrga beraymi?»— deb so’radi. Janob Rasululloh: «Izoringnimi?... agar izoringni u kiysa, senga hech narsa qolmaydi, agar sen kiysang, unga hech narsa qolmaydi»—dedilar. Boyagi kishi (nounid bo’lib) joyiga borib o’ltirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yuraklari achishib unga: «Beri kel!»—deb amr qildilar, so’ng: «Qur’ondan nimalarni yod bilasan?» — dedilar U: «Falon va falon suralarni»—dedi. Janob Rasululloh: «Unga mahr qilib bermog’ing uchun Qur’ondan bilgan ana shu suralaringni senga mulk qilib berdim!» — dedilar».