Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495661 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 ... 96 B


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:38:06

8-bob

Olloh taoloning qavli («Al-Anbiyo» surasi): «Va haromun alo qaryatin ahlaknoho annahum lo yarji’uuna». Oyatning mazmuni: Qaysi bir qavmni halokatga duchor qilgan ersak ul qavm xargiz o‘z kufru isyonidan voz kechib va tavba qilib Olloh taolo tarafiga qaytg‘uvchi emasdurlar».

Olloh taoloning qavli («Hud» surasi): «Annahu lan yu’mina min qavmika illo man qad omana». Oyatniig mazmuni: «Endi qavmingning bungacha iymon keltirganlaridan o‘zgalari iymon keltirmaslar».

Olloh taoloning qavli («Nuh» surasi): «Va lo yaliduu illo fojiran kafforan». Oyatning mazmuni: «Va alar qabihu din buzg‘unchilaridan o‘zgalarni dunyoga keltirmaslar».
 
Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarida aytilgan noxush gapdan ko‘ra noxushroq gapni bilmayman: «Olloh taolo Odam bolasi peshonasiga zino qilmoqni azaldin taqdir qilg‘ondur, ul bundan qochib qutila olmag‘aydur, Ko‘zning zinosi — (o‘zga ayolga) qaramoqdur, tilning zinosi ersa, (o‘zga ayolni orzulab) gapirmoqdur. (Erkaklar) nafsi tamanno qilib, shahvoniy rag‘bat bildiraveradi, ammo buni ro‘yobga chiqaruvchi ham, borbod qiluvchi ham ayollar asaldonidur».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:38:35

9-bob.

Olloh taoloning qavli («Baniy Isroil» surasi): «Va mo ja’alnor-ru’yol-latiy araynoka illo fitnatan lin-nosi». Oyatning mazmuni: «Biz senga (me’roj kechasi) namoyon qilgon ro‘‘yoni odamlar uchun bir imtihon tariqasidagina ko‘rsatib erdik».

Ibn Abbos raziyallohu anhu yuqoridagi oyatni «Olloh taolo bu ro‘‘yoni Janob Rasulullohga Bayt ul-Muqaddasga isro’ (tungi sayohat) qildirilgan kechalari namoyon qilg‘on erdi»,— dedilar. «Qur’onda (mevasini yeganlar) la’natlangan daraxtchi?»—deyishdi. «Ul — Zaqqum daraxtidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:38:51

10-bob. Odam va Musoning Olloh taolo dargohida o‘zaro tortishib qolganlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Odam alayhissalom birlan Muso alayhissalom o‘zaro tortishib qolishdi. Muso alayhissalom Odam alayhissalomga: «Ey Odam, sen otamiz bo‘la turib, bizning barcha umidlarimizni barbod qilding, bizning jannatdan quvulmog‘imizga sabab bo‘lding!» — de ta’na qildilar. Odam alayhissalom Muso alayhissalomga: «Ey Muso, Olloh taolo seni o‘ziga suhbatdosh qilib tanladi va senga o‘z qudrat qo‘li ila (Tavrot lavhlarini) yozib berdi, endi sen menga Olloh taolo meni yaratmasidan kirq yil burun taqdir qilg‘on ishni aytib ta’na qilurmisen!—dedilar. Odam alayhissalom uch bor shunday deb Muso alayhissalomga tanbih berdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:39:04

11-bob. Olloh taolo ato etmoqni istagan narsaga kim mone’lik qila olmag‘aydur!

Varrod — Mug‘iyra ibn Shu’baning ozod qilingan qullari rivoyat qiladilar: «Muoviya Mug‘iyraga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namozdan so‘ng o‘qigan duolaridan eshitganlaringni menga yozib yuborg‘il!» — deb maktub yo‘lladi. Mug‘iyra menga aytib turib quyidagicha javob xat yozdirdilar «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namozdan so‘ng: «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo mu’tiya limo mana’ta va lo yanfa’u zol-jaddi minkal-jaddu»—deb duo o‘qiganlarini eshitganmen».

Ibn Jurayj bunday deydilar: «Yuqoridagi hadisni menga Varrod aytib bergan erdi. Keyin, Muoviyaning huzuriga borganimda uning odamlarga mazkur duoni o‘qimoqni buyurayotganini eshitdim».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:39:16

12-bob. Kulfatlardan, taqdir qabohatlaridan panoh tilab Olloh taologa iltijo qilmoq haqida

Olloh taoloning qavli («Al-falaq» surasi): «Kul a’uuzu birabbil falaqi min sharri mo xalaqa va min sharri g‘osiqin izo vaqaba va min sharrin-naffosoti filuqadi va min sharri hosidin izo hasada». Suraning mazmuni: «Men o‘zimni subh parvardigori bo‘lmish Olloh taoloning panohiga olgaymenkim, ul o‘zi yaratgan barcha narsalar yomonligidan, tun zim-ziyo bo‘lganda sodir bo‘ladirgan yomonlikdan, narsalarga dam solib, issiq-sovuq qiladirgan xotinlar yomonligidan va hasadchining hasad qilg‘ondagi yomonligidan meni asrasin!» degil!»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Balolardan, qora kunlardan, taqdir qabohatlaridan va dushmanlarning hasadidan o‘zingizga panoh tilab Olloh taologa iltijo qilingizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:39:32

13-bob. Kishi birlan uning qalbi o‘rtasida mone’lik qilg‘ay!

Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ko‘pincha: «Yo‘q, qalblarni o‘zgartiruvchi haqi!» — deb qasamyod qilar erdilar». Shn Umar raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ibn Sayyodga: «Senga ko‘nglimdagi bir gapni aytayinmi?» — dedilar. Ul: «Dux (tutun so‘zining dastlabki bo‘g‘ini)» — dedi. Janob Rasululloh: «Ovozingni o‘chirg‘il, haddingdan oshmag‘il!»—dedilar. Hazrat Umar: «Uni menga qo‘yib beringiz, buynini chopib tashlayin! — dedilar. Janob Rasululloh: «Qo‘y, tegmag‘il, agar ul (Dajjol ersa), unga kuching yetmag‘aydir, basharti (Dajjol) ermasa, uning o‘limidan senga ne manfaat?!» — dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:39:45

14-bob.

Olloh taoloning qavli («At-tavba» surasi): «Qul lan yusiybano illo mo kataballohu!». Oyatning mazmuni: «Olloh taolo taqdir aylagan narsagina bizga nasib bo‘lg‘aydur!».

Yahyo ibn Ya’mur rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘lat (vabo) haqida so‘radilar. Shunda ul zot: «Vabo Olloh taolo istagan bandasiga yuboradigan azob erdi. Endilikda Olloh taolo uni mo‘‘min bandalarga o‘zining bir rahmati sifatida yuboradirgan bo‘ldi. Biror bandaga vabo tekkan ersa-yu, ul Olloh taolo peshonasiga yozganidan o‘zgasi bo‘lmasligiga ishonib o‘z shahrida sabr qilib qolsa, albatta unga Olloh yo‘lida jang qilib shahid bo‘lgan bandaga tegadirgan savob tekkaydur» — dedilar»

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Aprel 2009, 15:40:00

15-bob

«Agar Olloh bizni yo‘lga solmaganda erdi...» («Al-A’rof» surasi), to‘g‘ri yo‘lni topmagan bo‘lur erdik «Agar Olloh meni hidoyat qilsa erdi, albatta taqvodorlardan bo‘lur erdim» («Az-Zumar» surasi).

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Xandaq jangi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biz birlan birga tufroq tashiyotib quyidagi she’rni aytganlarining shohidi bo‘ldim:
«Xudo haqqi, xudovandim qilmaganda hidoyatlar,
Ado etmas edik bizlar ro‘za birla ibodatlar!
Esonlikni ato etg‘il, mudom bizga xudovandim,
Ro‘baro‘ kelganda dushman bizga bahsh et matonatlar!
Tajovuzla chiqib bizga urush qildi necha mushrik,
Agar fitna tilar, urdik yetkazib biz jarohatlar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:20:15

Bismillohir rahmonir rahiymi

QASAMLAR VA NAZRLAR KITOBI


Olloh taoloning qavli («Al-Moida» surasi): «Lo yuoxizukumullohu billag‘vi fi aymonikum valokin yuoxizukum bimo aqqadtumul-aymona, fa-kafforatuh it’omu asharati masokiyna min avsati mo tut’imuuna ahliykum avkisvatuhum av tahriyru rakabatin, fa man lam yajid, fasiyomu salosati ayyomin, zolika kafforatu ammonikum izo halaftum, vahfazuu aymonakum, kazolika yus «shinullohu lakum oyotihi la’allakum tashkuruuna». Oyatning mazmuni: «Olloh taolo sizlarni beixtiyor og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun jazolamagaydur, ammo ul astoydil aytgan qasamingiz uchun sizlarni jazolag‘aydur. (Astoydil aytgan) qasamingiz evaziga beradigan kafforatingiz shulkim, o‘nta muhtojni o‘z bola-chaqangizga yediradirgan o‘rtamiyona taom birlan to‘yg‘azg‘aysiz yokim ularni kiyintirg‘aysiz yohud bir qul yo cho‘rini ozod qilg‘aysiz. Kimniki bular qo‘lidan kelmasa, uch kun ro‘za tutmog‘i lozimdur. Bu sizga har qachon qasam ichsangiz, kafforat bo‘lg‘aydir. Qasam ichmoqdan o‘zingizni tiyingiz! Olloh shukr qilg‘aysiz deb shul tariqa sizlarga o‘z hukmlarini bayon qilur».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Abu Bakr, Olloh taolo qasam kafforati haqida o‘z oyati karimasini nozil qilgunga qadar, ichgan qasamlarini sira buzmas erdilar va ul oyat nozil bo‘lganda: «Men qasam ustiga qasamyod qilmag‘aymen, undan boshqa qasamni afzalroq ko‘rsam, (ilgari ichgan) qasamimga kafforat berg‘aymenda, o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘aymen»,— dedilar».

Abdurrahmon ibn Sumra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ey Abdurrahmon ibn Sumra, amirlikni talab qilmagil, gar talabingga muvofiq bu mansabga qo‘yilgaysen, unga suyang‘aysen (undan foydalang‘aysen) va gar talab qilmay (o‘z layoqating yirla) erishg‘aysen, unga madadkor bo‘lg‘aysen. Basharti, qasamyod qilg‘on ersang-u, undan boshqa qasamni afzalroq ko‘rsang (ilgari ichgan) qasamingga kafforat berib, o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘il!».

Abu Burda otalaridan naql qiladilar: «Men bir guruh ash’ariylar birlan birga Rasululloh salallohu alayhi va sallamning xuzurlariga kelib, minib va yuk ortib ketmog‘imiz uchun ulov so‘radim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, menda sizlarga yaroqli birorta ham ulov yo‘qdur!»— dedilar. Shunda biz (nima qilarimizni bilmay) Olloh taolo iroda qilgancha vaqt turib qoldik. So‘ng, uchta katta tuyani yetaklab kelishib, bizni mindirib, yuklarimizni ortib qo‘yishdi. Yo‘lga tushganimizdan so‘ng, o‘zaro: «Olloh taolo haqi, yaxshi ish bo‘lmadi! Biz Janob Rasulullohning qoshlarig‘a ulov so‘rab borib erdik ul zot avval bizga yaroqli ulov yo‘q deb, so‘ng ulov topdirib berdilar. Kelinglar, ortimizga qaytaylikda, Janob Rasulullohga bu haqda qaytaylik!» — dedik-da, orqamizga qaytib, ul zotning oldilariga bordik. Janob Rasululloh: «Sizlarga ulovni men berganim yo‘q. Olloh taolo berdi. Olloh taolo haqi, inshoolloh men qasamim ustiga qasam ichmag‘aymen, biror qasamni afzalroq ko‘rsam, ilgarigi qasamimga kafforat borib, so‘ng o‘shal afzalroq qasam birla qasamyod qilg‘aymen!» — dedilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomatda ersa birinchilarmiz!» — dedilar. Janob Rasululloh yana: «Olloh taolo haqi, birortangiz xotiningizga yotmaymen deb qasam ichgach, kafforat bermay turib qasamingizni buzsangiz, buning uchun siz Olloh taolo dargohida Olloh taolo kafforat bermoqni farz qilgan qasamki ichib, gunohkor bo‘lgandin ham og‘irroq gunohkor bo‘lg‘aysiz!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki ayoliga yotmaymen deb qasam ichgach, kafforat bermay turib qasamini buzsa, kafforattalab qasam ichib gunohkor bo‘lgandan ham ortiqroq gunohkor bo‘lg‘aydur! — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 08:20:45

1-bob. Nabiy sallallohu alyhi va sallamning «Olloh taolo haqi!» deganlari haqida

Abdulloh ibn Dinor Hazrat Umardan naql qiladilar, ul kishi bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi na sallam bir guruh odamlarni (bir yumush birlan) jo‘natar zrkanlar, ularga Usoma ibn Zaydni boshliq qilib tayinladilar. Ba’zi bir odamlar uning boshliq qilinganiga norozilik bildirdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va vallam o‘rinlaridan turib: «Gar uning boshliq bo‘lganiga e’tiroz bildirursiz, demak bundan ilgari uning otasi boshliq bo‘lganiga ham e’tiroz bildirursiz. Olloh taolo haqi, gar ul boshliq qilinmoqqa munosib ko‘rilgan erkan, demak ul mening uchun eng mahbub kishidur va bundan keymn ham shunday bo‘lib qolgaydur!»—dedilar».

Qayd etilgan