7-bob.
Musulmon odam, dindosh birodarining boshiga o‘lim xavfi yokim boshqa biror xatar tushsa, Axir bul mening dindosh birodarimku, men uni himoya qilmog‘im lozimdur!»—deb o‘ziga o‘zi ont ichmog‘i darkor. Shuningdek har qanday majbur qiling‘uvchi shaxs qo‘rquv ostida o‘zini o‘zi himoya qilolmag‘aydur, shul boisdan uni dindosh birodari zolimdan himoya qilib jang qilmog‘i va xavfu xatardan xalos etmog‘i lozimdur. Mazlumni himoya qilib zolimni o‘ldirgan shaxsdan tovon ham qasos ham olinmag‘aydur! Agar «Ichkilik ichasen!» yokim «O’limtik yeysen!» yohud «Qulingni sotasen!» yo «Qarzdormen deb aytasen!» yokim «Hadya berasen!» yohud «Ahdingni buzasen!» deb tahdid qilinsa, (otasi yokim birodarining hayotini saqlab qolmog‘i uchun) bul shartlarni ado etmog‘i joizdur. Chunkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon musulmonga birodardur!» — deb aytganlar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Agar Ichkilik ichasen!» yokim «O’limtik yeysen!, aks holda o‘g‘lingni yoki otangni yo biror yaqin qarindoshingni o‘ldirg‘aymiz» deb tahdid qilinsa, bul shartlarni bajarmoq joiz ermas, chunkim bul majburiy ermasdur!»—deyishadi. Lekin, ayrim ulamolar bu qavlni botil sanab: «Agar «Otangni yokim o‘g‘lingni o‘ldirg‘aymiz!» yoxud «Manavi qulni sotgaysen!» yo «Qarzdormen deb aytasen!» yokim «Biror narsani xadya qilasen» deb tahdid qilinsa, itoat etmoq lozim bo‘lg‘ay»,— deyishadi. Ammo, biz (avvalgi qavlni) quvvatlab, bunday holda qulni sotmoq, hadya qilmoq va har qanday ahdni buzmoq botildur deb aytamiz. Ba’zilar bul xususda na Qur’onga va na sunnatga amal qilmay, yaqin qarindoshlar birlan boshqalarni farqlaydirlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: Ibrohim alayhissalom o‘z xotinlarini: «Bul mening singlim», ya’ni «Olloh taolo yo‘lidagi singlimdur!,— dedilar, An-Nax’iy: Agar qasam ichirg‘uvchi zolim ersa, qasam ichuvchining niyati ravo bo‘lg‘ay, basharti qasam ichuvchi zolim ersa, unda qasam ichirg‘uvchining niyati ro‘yobga chiqg‘aydur»,— deydilar.
Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon musulmonga birodar bo‘lib, o‘zaro zulm qilmag‘ay, bir-birining tinchligini buzmag‘ay. Kimki birodarining og‘irini yengil qilg‘aydur, Olloh taolo uning mushkulini oson qilg‘aydur!»—dedilar».
Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birodaring zolimmi yo mazlummi, bundan qat’iy nazar, unga yordam qilg‘il!» — dedilar. Shunda bir odam: «Yo Rasulalloh, birodarim mazlum bo‘lsa, yordam qilgaymen, ammo ul zolim bo‘lsa, nechun yordam qilg‘um?» — dedi, Janob Rasululloh: «Shunday qilsang, uni zulmdan qaytarg‘aysen va bu sening unga qilgan yordaming bo‘lg‘aydur!»—dedilar».