Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (4-jild)  ( 495601 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 ... 96 B


AbdulAziz  08 May 2009, 09:15:21

Bismillohir rahmonig‘ rahiymi

MAJBUR QILMOQ HAQIDA KITOB


Olloh taoloning qavli («An-Nahl» surasi): Oyatning mazmuni: «... kufr so‘zlarin aytmoqqa majbur qilingan, ammo dili iymonda barqaror qolib, yolg‘ondin aytgan kufr so‘zidan ko‘ngli g‘ash bo‘lgan odam murtad deb xisoblanmagay va lekin kufr so‘zini o‘zi rozi bo‘lib chin dildan aytganlardan Olloh taolo g‘azablang‘ay va qiyomatda ularga qattiq azob berilg‘aydur!».

Olloh taoloning qavli («An-niso» surasi): Oyatning mazmuni: «Darhaqiqat, farishtalar o‘z jonlariga zulm qilganlarning jonlarini olayotib: «Sizlar qay holda erdingizlar?» — deb so‘rag‘aylar, shunda ular: «Bizlar bul mulkda nochor erdik»,— deb javob berg‘aylar,..».

Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo o‘z amrini nochor qolib bajarolmaganlarning uzrini qabul qildi, chunkim majbur qilingan odam Olloh taolo amrini bajarolmaydirgan nochor ahvolga tushib qolg‘aydur». Hasan (al-Basriy): «Chidam qiyomatga qadar!» — deydilar. Ibm Abbos: «Kimniki o‘g‘rilar majbur qilib xotinini taloq qildirsa, taloq o‘rniga o‘tmag‘ay» — deydilar. Ibn Umar, Ibn az-Zubayr, Ash-Sha’biy va Hasan al-Basriy ham shunday deb ta’kidlaydilar. Janob Rasululloh: «Barcha ishlar niyatga bog‘likdur!» — deb aytganlar.

Abu Salama ibn Abdurramon Abu Hurayradan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qunut» duosini o‘qiganlarida: «Yo parvardigoro, Iyosh ibn Abu Rabi’a, Salama ibn Hishom va Valid ibn al-Validga najot bergaysen, yo parvardigoro, nochor mo‘minlarga najot berg‘aysen, yo parvardigoro, Muzar qabilasiga qattiq azob berg‘aysen va ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborg‘aysen!» — der erdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:15:31

1-bob. Kofir bo‘lmoqdan ko‘ra kaltaklanmog‘ini, o‘ldirilmog‘ini va sazoyi qilinmoqni afzal ko‘rgan shaxs xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki quyidagi uch xislatga ega bo‘lsa, iymon halovatiga erishg‘usidur: Olloh taolo birlan uning rasulini barchadan ham yaxshi ko‘rmoqlik birovni yaxshi ko‘rsa, faqat Olloh taoloni deb yaxshi ko‘rmoqlik hamda qayta kofir bo‘lmoqlikdan o‘tda kuymoqdan qo‘rqqandek hazar qilmoqlik»,— dedilar».

Ismoil ibn Abu Xolid Sa’id ibn Zayddan naql qiladilar: «Hazrat Umarning meni islomga jalb qilganlarini bilursizlar, ul kishi «Hazrat Usmonga nisbatan qilgan ishlaringiz uchun ustingizga Uhud tog‘i qulab tushgani ma’qul erdi!» — deb aytgan erdilar».

Xabbob ibn al-Arat rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh (allallohu alayhi va sallamga arz qilib borganimizda ul zot Ka’baning soyasida burdalariga yastanib yotgan erdilar. «Yo Rasulalloh, bizga Olloh taolodan g‘alaba tilab duo qilsangiz!» —dedik. Janob Rasululloh: «Sizlardan ilgarigi zamonda odamni tirik yerga ko‘mib, boshiga arra solib ikkiga bo‘lg‘ay va temir taroq birlan go‘shtini suyagidan ajratg‘ay erdilar, shunda ham ul dinidan qaytmas yerdi. Olloh, taolo haqi, shunday kunlar kelg‘aykim, islom kuchayib, San’odan yo‘lga chiqqan suvori Hazramavtga Olloh taolodan o‘zga xech kimdan qo‘rqmay bemalol borg‘usidur va uning qo‘ylariga bo‘ridan bo‘lak xavf-xatar bo‘lmag‘aydur, sizlar ersangiz, oshiqyapsizlar!»— deb aytdilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:15:40

2-bob. (Yashayotgan yeridan ko‘chishga) majbur qilinganlarning (o‘zlariga tegishli narsalarni) sotib ketmog‘i hamda bunday kishilarning shul xususdagi haq-huquqlari haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz masjidda o‘tirgan erdik Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimizga kirib keldilarda: «Yahudiylar mahallasiga ketdik!» — dedilar. Biz ul zot birlan birgalashib yo‘lga tushib Bayt ulmidros (tavrotxonlik qilinadirgan bino)ga yetib bordik. Janob Rasululloh, ularning tepasiga kelib. «Ey yahudiylar jamoasi, itoat qilib islomga kiringizlar!» deb da’vat qildilar. Ular: «Yo Abulqosim (ya’ni, Janob Rasululloh), buni bizga aytgan erdingiz!»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Istagim shuldurkim, islomni e’tirof etingizlar!» — deb ikki bor takrorladilar. Yahudiylar: yana: «Yo Abulqosim, buni bizga aytgan erdingiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh boyagi gaplarini uchinchi marta takrorladilarda: «Bilib qo‘yingizlar, yer Olloh taolo birlan uning rasulinikidur, men sizlarni bul yerdan ko‘chirib yubormoqni istag‘aymen. Oralaringizda kimniki biror mol-mulki bo‘lsa, sotsin, illo, bilib qo‘yingizlarkim, yer Olloh taolo birlan uning rasulinikidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:15:50

3-bob. Majburlab nikoh qilmoq nojoizdur!

Olloh taoloning qavli («An-Nur» surasi): Oyatning mazmuni: «... va dunyoviy ayshu ishratni deb cho‘rilaringizni, agar ular poklikni istasa, zinoga majbur qilmangizlar va kimki ularni majbur qilsa, majbur qilinganlari sababidan Olloh taolo ularni mag‘firat qilib rahm qilgaydur».

Ansoriy ayollardan bo‘lmish Xanso binti Xizomning rivoyat qilishlaricha, ul muxtarama turmush ko‘rgan erkanlar. Bir kuni otalari majbur qilib erga beribdilar. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib shikoyat qilgan erkanlar, ul zot nikohni bekor qilibdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, ayollar nikoh qilinmoqlariga rozilik bildirmoqlari lozimmidur?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha!» — dedilar. Men: «Bokiradan bul haqda so‘ralsa, ul hayo qilib indamasligi mumkin»,— dedim. Janob Rasululloh: «Sukut qilgani rozi bo‘lganidur!» — dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:16:05

4-bob. Qulni majburan in’om qilsa yokim sotib yuborsa, joiz ermas!

Abu Zarr al-G’iforiy va (hanafiy mazhabiga mansub) ayrim kishilar: "Qulni sotib olgan kishi uni nazr qilmog‘i joiz»,— deyishadi. Shuningdek quldor o‘z qulini mudabbar qilmog‘i («Vafot etganimdan so‘ng ozodsen» deb aytmog‘i) ham joizdur»—deb ta’kidlashadi.

Amr ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Ansoriylardan biri o‘z mamlukini (oqbadan qulini) «Vafot yetsam, ozodsen» deb mudabbar qildi. Ammo, uning shul quldan o‘zga hech qanday bisoti yo‘q erdi. Bundan xabar topgan Janob Rasululloh: «O’shal qulni mendan kim sotib olg‘ay?» — dedilar. Shunda uni Nu’aym ibn an-Nahhom sakkiz yuz dirhamga sotib oldi. Keyin, Jobirdan eshitdimki, o‘shal qul qibtiylardan bo‘lib, burungi yil vafot etgan erkan».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:16:29

5-bob. Majbur qilmoq — jabr qilmoqdur!

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taolo: «Anniso» surasi: «Ey mo‘minlar, xotinlarni zo‘rlik ila o‘zingizga meros qilib olmoqlaringiz halol ermas!»,— deydi. Joxiliyat davrida beva ayolga egalik qilmoqqa eng haqlig‘ kishilar — marhum erning qarindoshlari erdi. Ular beva ayolni, istasalar, o‘zlaridan biriga yokim o‘zga bir odamga erga berur erdilar yohud erga bermasliklari ham mumkin erdi. Ular beva ayolga egalik qashshoqqa uning qarindoshlaridan ko‘ra haqlig‘roq bo‘lganlar, yuqoridagi oyat shul xususdadur».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:17:14

6-bob. Zinoga majbur qilingan ayolga hadd jazosi qo‘llanilmag‘ay!

Bul haqda Olloh taoloning quyidagi oyati karimasi mavjud: Oyatning muzmuni: «... va kimki ularni majbur qilsa, majbur qilinganlari sababli Olloh ularni mag‘firat aylab rahm qilgaydur».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Xalifaga tegishli qullardan biri imomga tegishli bir cho‘rini zo‘rlab iffat pardasini yirtib qo‘ydi. Xalifa Umar qulni darra urib, badarg‘a qildilar. Shunda zo‘rlangani uchun cho‘riga hadd urilmadi. Zuhriy bunday deydilar «Agar ozod (qul bo‘lmagan) erkak cho‘rining iffat pardasini yirtib qo‘ysa, qozi unga iffat pardasi butun bo‘lgan bir cho‘ri bermoqni jarima qilib, so‘ng darra urdirg‘ay, ammo cho‘ri juvon bo‘lsa, imomlar fikricha, jarima solinmay, faqat darra urib qo‘ya qoling‘ay».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ibrohim alayhissalom Sora birlan birga safarga chiqib, bir shaharga yetib bordilar. Ul shaharda bir zolim podshoh hukmdor bo‘lib, Ibrohim alayhissalomga «Sorani huzurimga jo‘natg‘il!» deb odam yubordi. Podshoh peshvoz chiqib Sorani kutib oldi (niyati yomon erdi). Sora tahorat qilib namoz o‘qishga kirishdilar va: «Yo parvardigoro, senga va rasulingga keltirgan iymonim hurmati, kofirning menga egalik qilmog‘iga yo‘l bermagil!»— deb iltijo qildilar. Shul onda podshoh bo‘g‘ilib, oyoqlari tipirchilab qoldi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:17:25

7-bob.

Musulmon odam, dindosh birodarining boshiga o‘lim xavfi yokim boshqa biror xatar tushsa, Axir bul mening dindosh birodarimku, men uni himoya qilmog‘im lozimdur!»—deb o‘ziga o‘zi ont ichmog‘i darkor. Shuningdek har qanday majbur qiling‘uvchi shaxs qo‘rquv ostida o‘zini o‘zi himoya qilolmag‘aydur, shul boisdan uni dindosh birodari zolimdan himoya qilib jang qilmog‘i va xavfu xatardan xalos etmog‘i lozimdur. Mazlumni himoya qilib zolimni o‘ldirgan shaxsdan tovon ham qasos ham olinmag‘aydur! Agar «Ichkilik ichasen!» yokim «O’limtik yeysen!» yohud «Qulingni sotasen!» yo «Qarzdormen deb aytasen!» yokim «Hadya berasen!» yohud «Ahdingni buzasen!» deb tahdid qilinsa, (otasi yokim birodarining hayotini saqlab qolmog‘i uchun) bul shartlarni ado etmog‘i joizdur. Chunkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon musulmonga birodardur!» — deb aytganlar. Ba’zi odamlar (hanafiy ulamolar): «Agar Ichkilik ichasen!» yokim «O’limtik yeysen!, aks holda o‘g‘lingni yoki otangni yo biror yaqin qarindoshingni o‘ldirg‘aymiz» deb tahdid qilinsa, bul shartlarni bajarmoq joiz ermas, chunkim bul majburiy ermasdur!»—deyishadi. Lekin, ayrim ulamolar bu qavlni botil sanab: «Agar «Otangni yokim o‘g‘lingni o‘ldirg‘aymiz!» yoxud «Manavi qulni sotgaysen!» yo «Qarzdormen deb aytasen!» yokim «Biror narsani xadya qilasen» deb tahdid qilinsa, itoat etmoq lozim bo‘lg‘ay»,— deyishadi. Ammo, biz (avvalgi qavlni) quvvatlab, bunday holda qulni sotmoq, hadya qilmoq va har qanday ahdni buzmoq botildur deb aytamiz. Ba’zilar bul xususda na Qur’onga va na sunnatga amal qilmay, yaqin qarindoshlar birlan boshqalarni farqlaydirlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: Ibrohim alayhissalom o‘z xotinlarini: «Bul mening singlim», ya’ni «Olloh taolo yo‘lidagi singlimdur!,— dedilar, An-Nax’iy: Agar qasam ichirg‘uvchi zolim ersa, qasam ichuvchining niyati ravo bo‘lg‘ay, basharti qasam ichuvchi zolim ersa, unda qasam ichirg‘uvchining niyati ro‘yobga chiqg‘aydur»,— deydilar.

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon musulmonga birodar bo‘lib, o‘zaro zulm qilmag‘ay, bir-birining tinchligini buzmag‘ay. Kimki birodarining og‘irini yengil qilg‘aydur, Olloh taolo uning mushkulini oson qilg‘aydur!»—dedilar».

Anas (ibn Molik) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birodaring zolimmi yo mazlummi, bundan qat’iy nazar, unga yordam qilg‘il!» — dedilar. Shunda bir odam: «Yo Rasulalloh, birodarim mazlum bo‘lsa, yordam qilgaymen, ammo ul zolim bo‘lsa, nechun yordam qilg‘um?» — dedi, Janob Rasululloh: «Shunday qilsang, uni zulmdan qaytarg‘aysen va bu sening unga qilgan yordaming bo‘lg‘aydur!»—dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:17:52

Bismillohir rahmonir rahiymi

HIYLALAR HAQIDA KITOB

1-bob. Hiyla qilmaslik lozimligi hamda bir odamning niyat qilgan narsasiga muyassar bo‘lmog‘i va boshqalar haqida


Alqama ibn Vaqqos rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob va’z qilayotib: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganmen»,— dedilar: «Ey odamlar, darhaqiqat, barcha amallar niyatga bog‘liq bo‘lib, har bir odam o‘z niyatiga yarashasini olg‘aydur. Kimki Olloh taolo birlan uning rasulini deb hijrat qilgan ersa, Olloh taolo birlan uning rasuli uchun hijrat qilganlik savobini olg‘aydur, kimki boylik orttirmoq uchun hijrat qilgan ersa, boylikka erishg‘aydur va kimki xotinlik bo‘lib olmoq uchun hijrat qilgan ersa, hijratidan ko‘zlagan narsasiga yetishg‘aydur, (xolos)!».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 09:18:02

2-bob. Namoz xususida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tahoratingiz singan ersa, tahorat qilmaguningizcha Olloh taolo birontangizning namozingizni qabul qilmagay» — dedilar».

Qayd etilgan