To'ylarimiz va chet-elda to'y  ( 57364 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


qaysar  27 Iyun 2006, 15:00:30

Xalqimizning ba'zi odatlariga hecham tushunolmayman. Mana shunday odatlardan biri - t'ydir. Tashqaridan qaragan odam o'zbek to'ylarini ko'rib, dunyoda shulardan-da baxtli insonlar bo'lmasa kerak, deya yoqasini ushlaydi. hamma narsa esa to'ydan oldin va keyin boshlanadi. To'ydan oldin nonini zo'rg'a topib yeyayotgan o'zbekning to'yini ko'ring: shundayin to'kin-sochinlik... "Ha, endi to'y-da! Xudo beraveradi" deydi-da, qarzi havola ko'taradi. Bir balo qilib to'y ham o'tadi. Endi qarzni uzish uchun yana o'zbek yillab mehnat qiladi.
Bir kunlik to'y uchun u yillab yiqqan peshona terisini sarflaydi. Nima qilsin O'zbek-da! Agar shunday qilmasa qo'shilari gapiradi, mahalla ko'y oylab, yillab uning g'iybatini qiladi. O'zbek shundan qo'rqadi. "Qo'shnim shunday to'y qilganda, man qilomimanmi?" deydi. Boru yo'g'ini shu maqsadda sochadi. To'y kuni esa mag'rur holatda kostum-shim kiygancha mehmonlarni kuzatadi.
Hamma ko'rgulik to'ydan keyin boshlanadi. Endi darvozasidan mehmonlar emas, qarz egalari kirib kelishadi. Bechora o'zbek ularga har turli bahonalar bilan so'z ochib, to'lashini aytadi. Kostum-shimlar o'rniga choponlar kiyiladi, mehnat qurollari qo'lga olinadi. Yana bir yil mehnat qilib, qarzlaridan qutuladi. Endi yana ishlash kerak. Axir ikkinchi qizi ham bo'yga yetib qoldi...

Tushunmadim... Tushunmadim...

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyun 2006, 11:16:28

Shunday qilib umrimiz tugaganini bilmay qolamiz...
Assalamu alaykum. Juda dolzarb va biz musulmonlarni to'g'rirog'i o'zbeklarni ebg katta muammosi bu. Bu hammasi kibrdan va manmanlikva sendan men o'tay deyishlikdan. Ilmi bor hammaga o'rnak bo'ladiganlarni ba'zilar shu ishni qilishadi. Boylar puli ko'pligidan qilishadi. Zo'rg'a kun ko'radiganlar esa sen qilganda men qolamanmi, deb, siz aytgandek qo'shnim,qudam gapiradi deb qiladi. Lekin ular eng Ulug' kuzatuvchi Alloh borligini, U Zotga nima deb javob berishlarini hech o'ylasharmikan? Qiyinchilik bilan topgan pullariga katta katta gunohlarni sotib olishadi,kimlargadir aroqlar quyib berib. Gapiraversa gap ko'p... Gap juda ko'p lekin amal qiladiganlar juda kam. Bir Hidistonlik olim dunyoni kezib shunday degan ekan:" Musulmon davlatlariga bordim, musulmonlarni topdim,lekin Islomni topmadim. G'ayridin davlatlariga bordim, musulmonlarni topmadim,lekin Islomni topdim". Bu gaplarni aytgan odamni bu fikrga kelishiga hamma musulmonlar avbdor emasmikin? Nomi musulmon,lekin qilgan ishlar Islomni hech qanday qolipiga tushmiydi. Shunday emasmi?

Qayd etilgan


javohir  18 Iyul 2006, 13:21:59

Assalom-u alaykum...

"Hammamizni to`yga yetkazsin !" (!) Bu to`yda yurgan otaxon, onaxonlarimizni gaplari... (Alloh yetkazsin...) Odatda to`y nima uchun qilinadi? (meni bu borada albatta hali tajribam yo`q, lekin o`ylashimcha... shuni yozaman...)

Yigit uylanganligini xalqqa ma`lum qilish uchun ! Va qaysidir ma`noda jonliq so`yib, qurbonliq qilish... agar qurbi yetsa (!) kambag`al birodarlariga dasturxon yozish...(buning uchun albatta dunyoni to`ydirish shart emas)... bizdachi? !!! shundaymi bizda?

...tengi chiqsa bir kosa suv bilan so`ratib ber...

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:44:33

Chet-ellik bir kishi aytgandi:
"Ozbekning to`ylarida o`zingni jannatdadek his qilasan. Yo`q narsani o`zi yo`q. Xuddi ular dunyodan ertaga yo`q bo`lib keyadigandek, shunday xursandchilik qilishadi. To`ydan keyin esa, shundoq ko`chaga chiqib holatni ko`rsang, achinib ketasan."

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:44:48

AbdulAziz:

Ha, haqiqatda hozirgi to`ylarimizda juda ko`p isro0fgarchilik holatlari kuzatiladi. Ayrim to`ylarga esa xos kishilar chaqiriladi. To`ydan maqsad nima?
To`ydan maqsad, ma'lum bir xursandchilikni xalq bilan birga nishonlash! Shu bahona, boshqa muhtojlarga yordam berish, ularning ko`nglini ko`tarish. Hatto payg`ambarimiz Muhammad SAV o`z sahobalarinig to`ylarini o`tkazishda hech narsang yo`q bo`lsa ham, bitta xurmoni bo`lib bo`lsa-da, xalqqa osh ber, agar imkoning bo`lsa qo`y so`yib xalqni to`ydir, deganlar.

Bizning to`ylarimiz-chi?
To`ylarimizni qanday sharhlashni ham bilmaysan, kishi! Bechora odam umr bo`yi to`y qilaman, deb, hatto bolalaridan qisib mol-dunyo yig`adi, bir kunni ichida esa isrofgarchilik bilan, o`sha molni ko`kka sovuradi. isrofgarchilikning chiqishiga esa ayrim keraksiz an'analarimiz ham sabab bo`lmoqda. Ularni albatta tartibga tushirish kerak. Mana, masalan, tog`oralarni olib qaraylik, o`sha 40 ta tog`orani puliga bitta yaxshi televizor va videomagnitofon beradi. Tog`ora bir kunda yo`q bo`lib ketadi, lekin buyum qoladi. Aytmoqchimanki, mayli, an'analar bo`lsin, lekin insof bilan, foydali bo`lsin!

Sizlarning fikringiz qanday?

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:45:02

Mohinur:

Gaplarizda jon bor. Lekin ko`pchilik odamlarning gapidan qo`rqib ham o`ziga tashvish orttirib oladi. Qilmasam odamlar oldida nima degan inson bo`laman deya havfsiraydi.

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:45:23

Noza:

Hammaga Salom! :)
Chindan ham to'ylarimizda gap ko'p!
Ko'p oilalarda to'y qilamiz deb qarzga botganlar ham ko'p. Hamma to'ylarimiz undoq bo'sin bundoq bo'sin deydiyu, amalda hech nima qilishmaydi.
Qo'ni qo'shni gap qiladi deb o;ylashadi.
Lekin hamma o'zini imkonidan kelib chiqib toy o'tkazishi kerakligini bilib turib ham qo'rqishadi.
Bizda to'yga deb topgan butganini yillar davomida yig'adida shuni 1-3 kunda sarf qiladi.
Bu ham mayli, Yangi paydo bo'lgan oilani umuman unitib qo'yishadi.
Ular ertaga qanday yashaydi?
Nima qiladi?
Yoq bu savol ularni qiziqtirmaydi.....
Ko'pgina to'ylarimiz manimcha hojako'rsinga deb o'ylayman

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:46:07

AbdulAziz;
Agar sizga to`yni qanday o`tkazishni hal qilish qarori berilganda qanday o`zgartirishlar kiritardingiz? (misollar bilan)

Noza:
Agar manga to'y o'zgartirish qarori berilganda ...............
Rostini etsam bu haqda yahshilab oylab olish kerak.
Lekin har holda man bu darajada dab dabali qilmasam kerak deb o'yliman.
Man faqat o'zimga yaqin insonlarimni chaqirib (imkoniyatimdan keladigan darajada 20-30 tami), ular bilan birgalikda hursandchilik qilardim

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:46:45

Shahina:
Salom Noza!
Hammasi bizani mentalitetimizdan kelib chiqadi. Agar siz 20-30 kishi bilan to`y qilsez, siz to`grizda tezda duv-duv gap bo`ladi. Anuv shundoo qildi. Mani etmadiya to`yiga deb, oxiri qarabsizki gappi teyida qopketasiz. Baribir shu bizani zamondayam to`yla rosayam dabdabali, keresiz urf-odatlani yo`q qilish kere.

Noza:
Salom Shahina! Manimcha kimdur boshlashi kerakku. Hudo hohlasa man boshlab beraman. Albatta kelajakda.
P.S. Yana bir narsa! Hudo hohlasa to'ylarimizda "shayton suvi" ham bo'lmaydi degan umiddaman

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:47:19

Mohinur:
Judayam yaxshi niyat!
Albatta shu bema'ni suvdan keyin boshlanadi hamma qing`irliklar. Aynan shu suv hatto to`yni janjalga almashtiradi.

Assalom:
Niyatlaringizga yetkazsin!
Endi muhtaram forumdoshlar, mavzuning ikkinchi qismiga o`tsak,
To`y bilan bog`liq qiziq odatlar, rasm-rusumlar haqida nima deysizlar?

Qayd etilgan