To'ylarimiz va chet-elda to'y  ( 58582 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:17:38

Margilanets:

Toshkenni to`ylari haqida hikoya qilib berolasizmi?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:18:19

Noza:

Rostini etsam Toshkent to'ylari haqida etarli ma'lumotga ega emasman. Uncha toylarga ham bormiman. Lekin Toshkent to'ylarida asosiy to'y harajatlari qiz tarafga yuklatiladi deb eshitgandim.
Lekin hozirgi paytda ko'pchilik kelishib, o'rtada qilinayotgan to'ylar ham kam emas. Albatta bu quvonarli!!!!! :)

Hozir adashmasam 1TV da "Qirq tog'araning qirq nog'orasi" seriali qo'yilmoqda. Shu erda to'y mojarolari juda yahshi ko'rsatilgan. Ayniqsa qirq tog'ora ham!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:18:32

Margilanets:

Ha bizdayam ko`p og`irlik qiz tarafga tushadi.
Toshkenni to`ylari haqida manam eshitgamman, 3-4 tasida ishtirok etganman. Juda ham ajoyib, chiroyli bo`larkan. Lekin ba'zi narsalarini juda oshirvorisharkan. Kim o`zarga to`y qiladigonlaram borakan.
Bizda to`ylar ko`proq uyda bo`ladi, hovlisi kichkinalar restoranda qiladi. Keyin silarda faqat yaqinlari to`yana qilarkan. Bizda har bir odam ko`nglidan chiqarib to`yana qilo`radi.
Shunaqa gaplar...

Ha, bu kinoni jaa oshirvorishibdi. Muommo bor, lekin jaa ular ko`rsatkanchali mas.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:19:10

Farzonochka:

Hozrigi bovotgan toylada asosan, "man sandan kam emasman " qabilada bovotti, lekin asosiysi u emas torimi?
Manimcha toylani ham chegarasi bolish kere..

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:19:21

maknuna:

Ha, albatta chegara hamma narsada bo'lishi kerak.
Agar odamlaga qo'yib bersangiz ertaklardagidek, 40 kun to'y qilishga ham rozi bo'lishadi. ;)

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:19:32

farzonochka:

Aha, bu ham bolishi mumkin.
Ayrimlar borki, bitta qiz yoki biitta o`g`il deb exeee qanaqa toy qilishadi.
Lekin aslida ular ota-onaning shunaqa munosabatiga "arzisa" yaxshi bolardi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:19:45

Feruzabegim:

Hammangizning fikringizga qo'shilaman! lekin shuni aytib o'tmoqchiydim-ki, birorta millat biznikiday to'y qilmaydi! bizda hamma ishtirok etadi, xursandchilik deganday. to'ylarimiz urf-odatlarimiz bilan go'zal, lekin bir ikkitasini hisobga olmaganda.
Chet eldagi to'ylarning menga yoqqan tomoni, hamma o'zining xohishi va iqtisodiy ahvoliga qarab qiladi va eng muhimi kelin bilan kuyov kelajakdagi hayotiga tayyor bo'ladi, hamma hayot uchun kerakli narsalarini ta'minlab, keyin to'y qilishadi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:19:58

Maknuna:

Chet-eldagi to'ylarning kamharj, kamchilik bilan o'tishini bilamiz.
Lekin shu qanday bo'ladi? masalan, to'y qayerda bo'ladi?
Qanday o'ziga xos odatlari bor?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:20:17

akmal:

Ушбу форумдаги гапларни укиб уйлаб колдим. Чет элга бориб уйлансаммикан! Мен уйланишими учун узим пул туплашим керак. Чунки ота-онам кулларидан келганларини килиб булишди. Улар мени укишим учун, олий маълумотли булишим учун кулларидан келган шароитни яратиб беришди. Энди эса пул муоммоси... Топган пулимни режалаштиришимга тугри келаяпти. Масалан, укишимни давом эттиришим, уй сотиб олишим, ва уйланишим керак. Лекин менинг оладиган маошимни икки йилда йигсам шуларни биттасига ё етади ё етмайди. Шунинг учун...
Бизнинг вилоятда битта туй килиш учун камида 1 миллион атрофида пул кетади. Бу баъзилар учун куп пул эмасдир. Лекин ойлик билан кун курадиган одамга бу жуда огир кечади. Шундай экан енгилрок туй килишимга тугри келади. Сизлар айтаётгандек жа оддий килиб эмас-у, хар холда кам харажатлилик билан утказиш ниятим бор.
Лекин мен узимизнинг урф-одатларимиздан кечиш ниятим йук. Туй урф-одатлари билан кизик-да. Менимча, кирк тогора деганларийизни урф деб булмайди. Чунки уни мен якинда пайдо булган деб уйлайман. Биз томонларда кирк тогора йук. Лекин баъзи урф-одатларимизга эътирозим бор. Масалан, олов атрофидан айлантириш каби.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:20:28

Maknuna:

Sizlarning viloyatdagi to'y an'analari haqida gapirib bersangiz...

Qayd etilgan