To'ylarimiz va chet-elda to'y  ( 59949 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 B



Foniy  16 Avgust 2007, 20:35:49

Assalomu alaykum!

O‘YINCHISIZ TO`Y BO`LMASMISH

Mana, to‘ylar mavsumi ham ayni avjida. To‘y bu tiriklikning ziynati. Qarindosh-urug‘lar, do‘st-yorlar bir-biri bilan diydorlashadi. Biroq shodu xurramlik bilan o‘tayotgan tantanalarda bir illat borki, bu kishining asabini buzadi, kasal qiladi. Bu ham bo‘lsa, bazm o‘yinchisi. Kimning to‘yida o‘yinchi bo‘lmasa, o‘sha to‘y to‘ydek bo‘lmasmish. Yaqinda bir do‘stimnikiga to‘yga bordim. To‘ymisan, to‘y! 
"œBorimni to‘kaman, — dedi to‘y egasi, ya’ni do‘stimning otasi o‘tirganlarga gerdayib qarab. — Haq berish bizdan, yeb-ichish sizdan". Bazm boshlanib davraga "œyor-yor" sadolari ostida kelin-kuyov chiqib kelishdi. To‘y sababchilari maxsus bezatilgan shohona supaga o‘tirguncha, to‘y dasturxoniga juft-juft qilib aroq tortildi. Boshlandi ichish, boshlandi qiyqiriq. Payt poylab turgan "œotarchi" san’atkorlar o‘z hunarlarini boshlab yuborishdi. Bir payt davraga bir paxmoq qiz yo‘rg‘alab chiqdi, izidan ikkinchisi. Shirakayf bo‘ydoq yigitlaru erkaklarning ularga suqlanib qarashini tasvirlab bo‘lmas. Davrada xotin-xalaj, bola-chaqa o‘tiribdi. Buyam kamlik qilgandek, hali uning pinjiga kiradi, hali bo‘sasi evaziga birov ikki yuztalik, kimdir besh yuztalik, ba’zilar mingtalik qistiradi, qulog‘iga bir nimalardir aytib qiyqiradi. Yana bizda to‘y kuni kuyovjo‘ralar ichib olishib, o‘yinchini ko‘tarib o‘ynatish ham "œmoda" bo‘lgan. Bu esa ba’zi oilalarda urush-janjal, kelishmovchiliklar chiqarmoqda.
— Dadangni qara, anovi o‘yinchini quchoqlab o‘pdi, — deya masxara qilib kuldi 9-10 yoshlardagi bir bola yonidagi jo‘rasiga. O‘sha bola nima deyishini bilmay mulzam tortib, qizarib ketdi. Mana sizga, to‘ydagi salbiy manzaralardan biri. Bultur bir to‘yda bazm boshlandi-yu, kuyov bola hech davraga chiqmaydi. Nima emish, o‘yinchi yo‘q emish. O‘yinchi kelmasa, davraga chiqmasmish. Shu topda to‘yga o‘yinchisiz kelgan san’atkorlar o‘yinchini qaerdan topishsin? Kattaqo‘rg‘on yoxud Samarqandga borib kelishning o‘zi bo‘larmidi? Tiqilinch qilavergach, markazga borib, ko‘chadagi allaqaysi behayoni olib kelishdi.
Qani endi, bir mo‘’jiza ro‘y bersa-yu, to‘ylarda ichkilikbozlik, isrofgarchilik qatori allaqaysi behayo o‘yinchilar ham yo‘q bo‘lsa. Har kim o‘z to‘yida o‘z yaqinlari bilan diydorlashsa, o‘yin-kulgu qilsa. Siz bunga nima deysiz?..

Hoshim ORZIQULOV

Hurriyatdan olindi

Qayd etilgan


Farida  21 Avgust 2007, 07:49:34

Assalomu alaykum!
Man chummadim. Nahot shu yozilgan narsalar haqiqat bo'lsa.
Nega, bu holatni oldini olishmiydi?

Qayd etilgan


Otabek Nuritdinov  08 Oktyabr 2007, 01:11:07

To'ylar haqida o'ylar

Dunyodagi ko’p xalqlar qatori biz – o’zbek;arda ham azaldan oila va nikoh muqaddas sanalib, e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar doimo to’ylariga alohida e’tibor berganlar. Ajdodlarimiz nikohni Olloh buyurgan shariat qoidalariga qattiq rioya qilgan holda o’tkazishga intilganlar. To’y rasm-rusmlari ham nikohni, oilani mustahkamlashga qaratilgan. To’ylar xalqni ma’naviy-ruhiy tomondan tarbiyalovchi vosita bo’lgan. Chunki to’ylarda xalq og’zaki ijodi – laparlar, termalar, millliy raqs san’ati, qo’shiq san’ati ham ravnaq topgan.

Keyingi yuz yillikda o’zbeklar hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yurtimizning rus iste’lochilari tomonidan bosib olinishi va ular olib brogan ruslashtirish siyosati xalqimizning muqaddas an’analariga, jumladan, to’ylarga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ota bobolarimiz asrlar davomida rioya qilib kelgan an’ana;ar, rasm-rusmlar unutila boshladi, shariat ahkomlariga rioya etilmay qo’yildi.

Asrimizning 60-yillarida, avvalo “qizil to’y”, keyinroq “komsomolcha to’y” deb nomlangan “yangicha” to’ylar paydo bo’ldi. So’ngra bu to’ylar “bazm” deb atala boshladi. Bunday to’ylarda Islom dini tomonidan harom deb ta’qiqlangan spirtli ichimliklar iste’mol qilindi. Oqibatda xalqimizning imoni sustlashdi, ruhi o’tmaslashdi, o’zi jismonan zaif va ojiz bo’lib qoldi. Ustiga-ustak erkak va ayollarning tunda, bir dasturxon atrofida o’tirib mayxo’rlikka, o’yin-kulgiga berilishlari ular orasidagi ilohiy pardani – hayo va iffat pardasini olib tashladi. Xalqimiz orasida tarixda kuzatilmagan zino, fahsh kabi xorlikka eltuvchi ishlar sodir bo’la boshladi. Ba’zilar esa to’qlikka sho’xlik qilib kim o’zariga, sendan men kammizayilida ish tutishi oqibatida isrofgarchilik kabi illatlarning avj olishiga sababchi bo’ldilar.


Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:24:28

TO‘Y

Nikohning mashhur sunnatlaridan biri, elu yurt oldiga baqadri imkon dasturxon yozib, ziyofat bermoqdir. Ayniqsa, kelin to‘yida pishirilgan taomni g‘animat bilish kerak. Chunki ulug‘larimiz bu ziyofatda jannat ne’matlaridan bir ulush bor, deyishadi. Hazrati Ibrohim alayhissalom va payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam bu taom haqiga duo qilganlar.

TANBEH: nikoh e’loni uchun ehson qilinsa, ortiqcha dabdaba va isrofdan saqlanib, sunnatga muvofiq to‘y o‘tkazmoq lozim. Qolaversa, faqatgina o‘ziga to‘q kishilarni chaqirib, kambag‘allarni unutib qo‘ymaslik kerak. Chunki hadisi sharifda faqirlarni chaqirmay, boylar uchungina tayyorlangan taom eng yomon taomligi ta’kidlangan.

Kelin nikohdan oldin chiroyli kiyimlarini kiyib, sochlarini tarab, ko‘zlariga surma tortishi, qo‘l-oyoqlariga xina qo‘yishi hamda xushbo‘y atirlar sepib, ziynatlanmog‘i lozim. Lekin zinhor satri avratni tark etib, yarim yalang‘och holda odamlarga o‘zini ko‘z-ko‘z qilmasinki, xayr-barakadan mahrum, la’natga mubtalo bo‘lgay.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:24:43

Kuyov kelinning oldiga kirgach, ikkovlari ham avval ikki rakat nafl namoz o‘qishsin. Keyin kuyov qo‘lini kelinning peshonasiga qo‘yib shunday duo qilsin: "œAllohumma borik liy fiy ahliy va borik li ahliy fiyya, Allohummarzuqniy minho varzuqho minniy, Allohummajma’ baynano mo jama’ta fiy xayrin va farriq baynano izo farraqta fiy xayrin". Ma’nosi: "œEy Parvardigor! Meni ahlim uchun va ahlimni men uchun xayrli va barakotli qil! Parvardigoro, ahlimdan menga va mendan ahlimga rizq (farzand) ber! Allohim, albatta bizni yaxshilik bilan qovushtirding, endi ajratsang ham yaxshilik bilan (ya’ni umr tugaganda) ajrat!"

Ahli bilan jinsiy aloqa qilishdan oldin ushbu duoni o‘qishi lozim: "œAllohumma biismika istahlaltu farjaho va biamonatika axaztuho, Allohumma famo qazayta shay’an min rahimiho faj’alhu barran taqiyyan vaj’alhu musliman saviyyan valo taj’al mufsidan sharikan lishshaytoni". Ma’nosi: "œEy Allohim! Sening noming bilan buni o‘zimga halol qildim va sening omonating bilan uni oldim. Parvardigoro, buning rahimida (bachadonida) nimaniki hukm etsang, uni yaxshi amalli, taqvodor chin musulmonlardan qil va shaytoni la’inning fasodkor sheriklaridan qilib qo‘yma!"

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:25:08

Yurtimizda nikoh bilan bog‘liq turli urf-odat va marosimlar bo‘lib, ularning hammasi ham to‘g‘ri va dinimizga mos kelavermaydi. Ayrim joylarida bir g‘alati odat bor. To‘y tugagach, chimildiqqa kelin-kuyov uchun joy to‘shab, atrofida kelinning amma-xolalari, yangalari turib olib, kuyovni kutib o‘tirishadi. Kuyov besh-oltita tengdoshlari bilan kelib, yaqinlari o‘rtasida o‘tirgan kelinni ko‘tarib o‘ringa tashlaydi. Ayollar darrov ularning ustini ko‘rpa bilan o‘rab qo‘yib, to tonggacha shu yerda o‘tgan-ketgandan, er-xotinning o‘zlarigagina tegishli bo‘lgan aloqalardan, beparda gaplarlardan hangomalashib o‘tirishadi.

Bunday odat, avvalo, dinimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki sunnatga muvofiq, kelin-kuyovni xoli qoldirish lozim. Ikkinchidan, kelin-kuyovni ko‘rpaning ostida tonggacha dimiqtirib, nafaslarini yutib chiqishlaridan kimga foyda?! Buning ustiga ko‘rpaning qimirlaganini ko‘rib qolsalar: "œBuguncha o‘zingizni bosib turing" qabilidagi gaplar bilan ularni uyaltirish, o‘z oilalaridagi sirlarni boshqalar oldida aytib, turmush qurayotgan yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatish qaysi andozaga to‘g‘ri keladi?! Bunday bema’ni odatlardan voz kechib, sunnatga muvofiq yo‘lni tanlashimiz lozim.

Tajribali mutaxassis, shifokor-androlog O‘ktam Muhammad Murod "œNikohning birinchi kechasi" nomli kitobida ogohlantirib o‘tganidek, bunday urf-odatlar hayot ostonasiga endi qadam qo‘yayotgan yosh kelin-kuyovlarga ruhan ta’sir etib, ularning ilk qovushishlariga monelik qiladi. Bunday holatlar turli tushunmovchiliklarga, dilxiraliklarga va hatto ba’zi oilalarning ajralishiga ham sabab bo‘ladi.

("Nikoh va oila" risolasidan)

Qayd etilgan


Foniy  04 Dekabr 2007, 11:30:12

Assalomu alaykum!

To‘y, marosim va marakalarni me'yorida o‘tkazish haqida fatvo

Ya'ni: "Ular (Rahmonning suyukli bandalari) ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo‘llari) buning o‘rtasida — mo‘tadildir".
Hadisi shariflarda ham isrofgarchilikdan qaytarilib, tejamkorlikka targ‘ib va tashviq etiladi. Jumladan: Barchaga ma'lum va ma'rufdirkim, har qanday ishda o‘rtahollik, mo‘tadillik va me'yor hamisha ma'qullanib kelingan. Haddan oshishlik, isrofgarchilik, man-manlik va riyokorlik kabi illatlar aqlan va shar'an qoralanib, ulardan hazar qilishga buyurilgan.

Qur'oni Karimda: "Allohning noz-ne'matlaridan yeb-ichinglar, sadaqa qilinglar, kiyinib yasaninglar, lekin isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymanglar!" -deyiladi (Imom Ahmad, An-Nasaiy, Ibn Mojja rivoyatlari).

Yana bir boshqa hadisi sharifda: "Boylikda ham, faqirlikda ham, ibodatda ham o‘rtahol bo‘lish qanday yaxshidir" deyilgan (Abu Bakr Bazzor rivoyati).Tejamkorlik to‘g‘risidagi hadisi sharifda esa: "Qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo‘l qo‘ymang! Chunki, isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigorlariga o‘ta noshukr edi" - deyiladi. (Isro surasi, 26-27-oyatlar).

Demak, silai rahm, xayr-ehson va turli sadaqalarni berishda ham me'yordan tashqari xarajat qilish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish Alloh tomonidan man etilgan.

Furqon surasining 67-oyatda xayr-ehsonda o‘rtahol bo‘lganlar Allohning suyukli bandalari ekanligi ta'kidlanadi: "Tejamkor odam hech qachon qashshohlik ko‘rmaydi" - deb aytilgan. (Imom Ahmad rivoyati)

"Ahli sunna val jamoa" e'tiqodimiz bo‘yicha, inson o‘zining namoz, ro‘za, haj, xayru sadaqa, tilovati Qur'on va boshqa amallarining savobini mayyitlarga bag‘ishlasa, albatta savobi yetadi. Shunga ko‘ra marhumlarga savobini bag‘ishlash maqsadida xohlagan vaqgda o‘zining iqtisodiy imkoniyatiga qarab, faqir va miskinlarga ehson dasturxoni yozishlik joiz. Savobi yana ham ulug‘ bo‘lishligi hamda kelgan mehmonlar ruhiy va ma'naviy ozuqa olishlari uchun bunday ehsonlarni yengil va ixcham tarzda amri ma'ruf shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Alloh taolo Qur'oni Karimda: "Ularning ko‘pgina shivir-shivirlarida — agar sadaqa berishga yoki ezgulikka buyurishga yoxud odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurmagan bo‘lsa — yaxshilik yo‘qdir. Kimda-kmm — Alloh rizosi uchun shuni qilsa, unga ulkan mukofot berajakmiz" (Niso surasi, 114-oyat).

Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, ehsonni faqat ziyofat ko‘rinishida emas, balki o‘sha ziyofatga ketadigan mablag‘ni muhtoj oilalarga, mehribonlik va qariyalar uyiga, obodonlashtirish ishlariga, yoshlarga ilm-ma'rifat tarqatish yo‘llariga sarf qilinsa, nur ustiga nur bo‘lur.

Aqiqa to‘yi haqida Janob Payg‘ambarimiz: "Har bir go‘dakning aqiqasi bordir. Uning nomidan yettinchi kunda jonlik so‘yiladi va o‘sha kuni sochi olinib, ism qo‘yiladi" - deganlar (Imom Ahmad, An-Nasaiy va Ibn Mojja rivoyatlari).
Aqiqa uchun so‘yilgan jonlikning go‘shti uch qismga bo‘linib: bir qismi xomligicha sadaqa qilinadi, ikkinchi qismi pishirib ehson qilinadi. Uchinchi qismi esa oila ahllari uchun qoladi.

Shariatimizda joriy bo‘lgan nikoh hamda aqiqa to‘ylarini qarindosh va yaqin qo‘shnilar doirasida, dabdabasiz, isrofgarchiliksiz o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Zero nikoh to‘yidan maqsad shar'iy nikohni e'lon qilish bo‘lsa, aqiqadan murod jonlik so‘yib bir qismini muhtojlarga tarqatishdir. Bu ikki maqsad ozchilik doirasida ham hosil bo‘laveradi. Sunnat va muchal to‘ylarini o‘tkazish shariatimizda buyurilmagan.

Islomda joriy etilgan barcha xayru ehsonlar boshqa amallar kabi, avvalam bor, Alloh roziligini topish uchun bo‘lmog‘i lozim. Xo‘sh, qanday qilinsa Alloh rozi va ehson Uning huzurida maqbul bo‘ladi? Buning bir necha shartlari bor:

Birinchidan, ehson uchun sarf qilinayotgan mol-dunyo halol yo‘l bilan topilgan bo‘lishi shart. Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘z hadislarida marhamat qilganlar:
"Banda haromdan mol topib, ehson qilgani bilan moliga baraka kirmaydi. Sadaqa qilsa qabul qilinmaydi" (Imom Ahmad rivoyati).

Ikkinchidan, xolis Alloh uchun bo‘lmog‘i shart. Odamlar ko‘rsin, maqtasin deb, riyo maqsadida qilingan ehson maqbul emas. Niso surasining 36,38-oyatlarida mol-dunyolarini xayrli ishlarga sarf etishga baxillik qiladigan, ehson qilgan taqdirda ham odamlar ko‘rsin, maqtasin deb qiladigan kishilarni Alloh sevmasligi, balki ular kibrli va maqtanchoq kishilar ekanligi bayon qilingan. Riyokorlik bilan qilingan ehson evaziga hech qanday savobga erishib bo‘lmasligi, aksincha og‘ir gunohga botish mumkinligi Baqara surasining 264-oyatida ochiq aytilgan.

Uchinchidan, isrofga yo‘l qo‘ymaslik. Isrof deganda faqat taomning ortib qolishi yoki oyoq osti bo‘lishini tushunmaslik kerak. Balki noo‘rin joyga qilingan ehson ham isrofdir. Chunki, xayr-ehson va ziyofat berishdan asosiy maqsad muhtoj va faqirlarga moddiy yordam ko‘rsatishdir.

Demak, isrof bo‘lmasligi uchun avvalam bor, ehson qiluvchi kishi kimlarga ehson qilishi lozimligini bilmog‘i va shundan so‘ng o‘sha mustahiq kishilargagina bermog‘i shart. Aks holda, o‘z egalariga berilmagan ehson maqbul bo‘lmaydi.

Ming afsuski, hozirgi kunda ba'zi kishilar tomonidan ehson qilishda ushbu shartlarga rioya qilmaslik hollari sodir bo‘lmoqda. Bunga asosiy sabab, o‘sha kishilarga manmanlik, riyokorlik kabi illatlarning mavjudligidir.

Yuqorida zikr etilgan oyati karimalar va hadisi shariflardan kelib chiqqan holda hamda keyingi paytlarda diyorimizning ba'zi joylarvda to‘y, marosim va ma'rakalarda milliy an'ana va marosimlarga doir diniy ko‘rsatmalarni mensimaslik hollari avjiga chiqayotganini e'tiborga olgan holda, shuningdek 2003 yilning "Obod mahalla yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ulamolar Kengashi ushbu Fatvoni qayta ishlab, diyorimiz musulmonlariga taqdim etmoqni lozim topdi.

Fatvo talablari

1. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha rasmiy masjidlarning imom-xatiblari juma namozi xutbalarida, nikoh to‘ylari, aqiqa marosimlari va turli munosabatlar bilan qilinadigan tadbirlarda isrofgarchilik, shuhratparastlik, riyokorlik kabi illatlarning moddiy va ma'naviy zararlari, shuningdek, tejamkorlik va o‘rtahollikning foydalari to‘g‘risida asosli dalillar va hayotiy misollar bilan keng tashviqot ishlarini olib borsinlar.

2. Marosim va tadbirlarni milliy va diniy nuqtai nazardan muvofiqlashtirilgan tarzda, namunali o‘tkazish maqsadida imom-xatiblar, mahallalarning oqsoqollari va faollari bilan o‘z taklif va tavsiyalarini mahalla ahliga taqdim etsinlar. Bu ishlarni amalga oshirishda har bir viloyat va tumanlarning o‘ziga xos mahalliy urf-odatlari inobatga olinsin.

3. Marhumlar dafnidan keyin odat tusiga aylangan 7, 20, 40, yil, hayit kunlaridaga fotihaxonlik kabi marosimlarning shar'iy emasligi, balki bid'at ishlardan ekanligi tushuntirib borilsin. Kishi vafot bo‘lgandan so‘ng ta'ziya uch kun ekanligi tushuntirilsin.

4. Katta harajatlar evaziga amalga oshiriladigan xudoyi, ma'rakalar o‘rniga marhumlar ruhini shod etish uchun muhtoj oilalarga, mehribonlik uylariga, nogironlar va qariyalar uyiga yoki obodonchilik ishlariga moddiy yordam ko‘rsatishning afzallik jihatlari yoritib berilsin.

5. Ayniqsa Toshkentda rasm bo‘lgan nahorgi oshlarning turli salbiy xususiyatlarini e'tiborga olib, nikoh to‘yi, aqiqa marosimi va amri ma'ruf bilan o‘tkaziladigan marosimlarni ixchamlashtirish hamda ularni ertalabki soat 7-8 ga belgilash yoki tushlik paytiga ko‘chirish choralari mahalla oqsoqollari bilan bamaslahat ishlab chiqilsin. Kechqurun o‘tkaziladigan nikoh to‘ylaridagi isrofgarchilik, pul sochish kabi sharqona madaniyatimizga zid bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf qilish uchun imom-xatiblar mahalla oqsoqollari, xotin-kizlar qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda tushintirish ishlarini olib borsinlar.

6. Ayollar ishtirokida turli to‘yoldi, to‘y va to‘ydan keyin dabdaba bilan o‘tkaziladigan tadbirlarning zararlilari shu jumladan, chorlar marosimi o‘tkazilmasin. Yangi kelin tushgan xonadonda bo‘ladigan hayit marosimlarini ixcham tarzda, faqat qarindoshlar bilan bir kungina o‘tkazish masalalari joylardagi mahalla va xotin-kizlar qo‘mitasi bilan kelishilgan holda hal qilinsin.

7. Ramazon va Qurbon xayiti muborak bayram bo‘lganligi uchun barcha oilalar bu kunlarni shodu xurramlik bilan o‘tkazsinlar. Ya'ni, hayit kunlari xonadonlarga guruh-guruh bo‘lib fotihaga borish, bu kunlarni azaga aylantirish mumkin emasligi tushuntirib borilsin.

8. Imom xatiblar ushbu fatvo talablarini qanday bajarayotganliklari to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga muntazam ravishda axborot berib tursinlar. Shar'iy marosimlarni faqat joylardagi rasmiy imom-xatiblargina o‘tkazsinlar.

9. Diniy idora fatvolarini hayotga tadbiq etishda sovuqqonlik qilgan va bu mas'uliyatli vazifaga loqaydlik bilan yondashgan imom-xatiblarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi nazarda tutilsin.

Dinimiz musaffoligi, yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan barcha xayrli ishlarimizda Alloh taolo tavfiq va inoyatlar ato etsin!

O‘zbekiston musulmonlari raisi,
2002 yil 28 dekabr, Toshkent shahri

Manba

Qayd etilgan


Foniy  17 Dekabr 2007, 10:22:13

Assalomu alaykum!

To'ylar haqida o'ylar

Dunyodagi ko’p xalqlar qatori biz — o’zbeklarda ham azaldan oila va nikoh muqaddas sanalib, e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar doimo to’ylariga alohida e’tibor berganlar. Ajdodlarimiz nikohni Olloh buyurgan shariat qoidalariga qattiq rioya qilgan holda o’tkazishga intilganlar. To’y rasm-rusmlari ham nikohni, oilani mustahkamlashga qaratilgan. To’ylar xalqni ma’naviy-ruhiy tomondan tarbiyalovchi vosita bo’lgan. Chunki to’ylarda xalq og’zaki ijodi — laparlar, termalar, millliy raqs san’ati, qo’shiq san’ati ham ravnaq topgan.
Keyingi yuz yillikda o’zbeklar hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yurtimizning rus iste’lochilari tomonidan bosib olinishi va ular olib brogan ruslashtirish siyosati xalqimizning muqaddas an’analariga, jumladan, to’ylarga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ota bobolarimiz asrlar davomida rioya qilib kelgan an’ana;ar, rasm-rusmlar unutila boshladi, shariat ahkomlariga rioya etilmay qo’yildi.

Asrimizning 60-yillarida, avvalo "œqizil to’y", keyinroq "œkomsomolcha to’y" deb nomlangan "œyangicha" to’ylar paydo bo’ldi. So’ngra bu to’ylar "œbazm" deb atala boshladi. Bunday to’ylarda Islom dini tomonidan harom deb ta’qiqlangan spirtli ichimliklar iste’mol qilindi. Oqibatda xalqimizning imoni sustlashdi, ruhi o’tmaslashdi, o’zi jismonan zaif va ojiz bo’lib qoldi. Ustiga-ustak erkak va ayollarning tunda, bir dasturxon atrofida o’tirib mayxo’rlikka, o’yin-kulgiga berilishlari ular orasidagi ilohiy pardani — hayo va iffat pardasini olib tashladi. Xalqimiz orasida tarixda kuzatilmagan zino, fahsh kabi xorlikka eltuvchi ishlar sodir bo’la boshladi. Ba’zilar esa to’qlikka sho’xlik qilib kim o’zariga, sendan men kammizayilida ish tutishi oqibatida isrofgarchilik kabi illatlarning avj olishiga sababchi bo’ldilar.

Dong’i ketgan san’atkorlarni yollash, maxsus baqirtirgichlar o’rnatib to’yning ovozini yeti mahallaga eshittirish xalqning ijodkorligini bo’g’di. To’ylarda milliy kuy qo’shiqlar, laparlar ijro etish, she;rxonilkar qilish, yor-yor, alyorlar aytish ko’pincha unutildi. Shu tarzda to’ylarimiz ming yillardan buyon bajarib kelgan ulug’ vazifasini, ya’ni xalqning ijodkorlik qobiliyatini shakllantiruvchilik vazifasi barham topa boshladi.

Barchasining oqibatlarini aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi: oilaviy mojarolar, er-xotin orasidagi nizolar, qo’ydi-chiqdilar, bolalarning tirik yetim qolishi, yetimxonalarning ko’payayotganligi va hokazo"¦ hokazo"¦. Bular nima? Qanday gunohlarimiz va xatolarimiz evaziga ko’rayotgan ko’rguliklarimiz bular? Axir, kamtarona va pokiza to’ylar o’tkazgan bizning ajdodlarimiz bunday fojealarni bilmaganlar-ku, bunay ishlarni o’zlari uchun or bilganlar-ku?! Bugun o’zligimizga qaytadigan davr kelmadimikan?

Mustaqillik davrida xalqimiz ijtimoiy xayotida, ijtimoiy-siyosiy qarashlarida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Lekin, afsuski, to’y rasm-rusumlarida ijobiy siljishdan ko’ra, salbiy - nomaqbul odatlar ko’proq ko’zga tashlanmoqda. Nikohning muqaddasligini anglash, uni pok saqlash, harom-xarishdan asrash o’rniga latta-puttaga berilish, molu dunyoga, dabdabaga, hoyu-havasga hirs qo’yish tobora avjiga chiqmoqda. Ijtimoiy hayotdagi iqtisodiy taqchillikka qaramay, to’ylarni dabdabaga aylantirish, dasturxonga, sarpo va liboslarga hasham berish, kayf-safo, maishatga mukkasidan ketish kamayish o’rniga kuchaymoqda. Bunday to’ylar juda ko’pchilikning joniga tekkan bo’lsa-da, to’ylarni boshqacha trtibda o’tkazish uchun hech kimda iroda, qia’tiyat yetishmayapti.

Diniy e’tiqodlarga erkinlik berilishi aholi muayyan bir qismining shariat qoidalariga ko’ra yashashlari uchun imkon tug’dirdi. Turmush tarzimizga "œislomiy to’y" degan yangicha to’y kirib keldi. Lekin, afsuski, islomiy to’ydan ham kutgan ezgu umidlarimiz ro’yobga chiqmayotir. Chunki hali diniy savodi uncha yuqori bo’lmagan otinoyilar bunday to’ylarni faqat va’zxonlikka, qur’onxonlikka, takbirxonlikka aylantirib yubordilar. Musiqa, qo’shiq, she’rxonliklarni esa, "œshaytonning nayrangi" deb qat’iy man etib, hali shariat ahkomlariga to’liq rioya qila olmayotganlarning izzat-nafsiga tegadigan, ularni dindan bezdiradigan gaplarni ayta boshladilar. Bu esa, islomiy to’y haqida xalqimiz orasida salbiy qarashlarni keltirib chiqarmoqda. Holbuki, payg’ambarimizning hadislarida to’yda musiqa chalish, qo’shiq aytish, o’yin kulgu qilish mumkinligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Ijtimoiy hayotimizga bozor munosabatlarining kirib kelishi — biz hohlaymizmi, yo’qmi — bugun bo’lmasa. Ertaga to’y o’tkazish tartiblariga ham ta’sir etadi. To’ylar bundan buyon tobora ixchanlashib, soddalashib borishi ehtimoldan xoli emas. Negaki, bozor munosabatlarining o’ziga xos qonunlari, ya’ni narxlarning o’sishi, kundalik iste’mol mollariga bo’lgan ehtiyojlarning tobora oshib borishi bu ehtiyojlarni qondirish uchun ko’proq mehnat qilishga majbur etadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotininh qonunu-qoidalarini, ijtimoiy hayotning mohiyatini terangroq anglab yetish uchun imkon tug’diradi, odamlarda mehnat va mashaqqat bilan topgan pulni to’ylarda behuda sovurishga yo’l qo’ymaydi.

Ayni zamonda to’y o’tkazayotgan ota-onaga agar to’y qilib tanish-bilishlarning ko’nglini olishdan ham ko’ra farzandining baxtli bo’lib ketishi, o’qiladigan nikoh hayrli, qurilajak oila mustahkam bo’lishi muhimroq bo’lsa, ular fikrimizcha, quyidagi uch qoidaga qattiq amal qilishlari lozim:

Avvalo, to’yda spirtli ichimliklarni qo’ymaslik. Chunki nikoh halollik va poklik ramzidir. Unga Olloh tomonidan harom etilgan narsa aralashtirilsa, halolga haromning kasri uradi va nikohning mustahkamligiga future yetadi.

Ikkinchisi, ayol bilan erkakni bir joyga to’plashga, birgalikda o’yin-kulgu qilishga barham berish. Chunki bunda ko’z zinosiga yo’l qo’yilad. Bu ham harom etilgan amaldir va nikohga salbiy ta’sir ko’rsatishi shunhasizdir.

Uchinchisi, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, noz-me’matlarni, sarpo-sidralarni, qizning sepini oshirib-toshirmaslik. Chunki Olloh bunday holni suymaydi va bu harom amaldir.

Shu uch qoidaga rioya qilgan oda, shubhasiz, o’z farzandiga va boshqalarga baxt ulashgan, yaxshilik qilgan, qurilayotgan yosh oila poydevorining mustahkam bo’lishiga hissa qo’shgan bo’ladi.

Xalqimiz orasida ichkiliksiz to’y zerikarli bo’ladi, bunday to’yga borgandan bormagan afzal, degan aqida shakllangan. Vaholanki, to’yga yeb-ichish, xursandchilik, kayf-safo uchun borilmaydi. To’yga ikki yoshga oq yo’l tilash, farzandlarini kamolga yetkazib, mustaqil hayotga yo’llayotgan ota-onani, qavm-qarindoshlarini, yoru do’stlarini muborakbod etish uchun boriladi.

To’ylarda yangicha tartib, yangicha rasm[rusumlarni joriy qilishda mahalla qo’mitalari, xotin-qizlar faollarining ta’siri kuchli bo’lmog’i zarur. Har bir mahallada iqtidorli ayollardan laparchilar, musiqachilar guruhini tashkil etish, to’yni qiziqarli, bir umr esda qoladigan qilish uchun turli-tuman dasturlar tayyorlash, to’y ishtirokchilarining faolligini oshirish yo’llarini o’ylab topish lozim.

Ayni kunda biz — o’zbeklar shunday to’ylarni joriy etishimiz lozimki, bu o’zbekining o’zining to’yi, o’ziga xos va o’ziga mos milliy, o’zbekona to’yi bo’lib dovrug’i ketsin. Bu to’ylar uning milliy qiyofasi, shavkati va or-nomusidan darak berib tursin; u bizning chinakam iftixorimizga aylansin.

Manba

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2008, 11:51:45

To’y — millat ko’rki, ta’bir joiz bo’lsa, uning yuzi. Unda millatning o’tmishi bugungi ahvoli, moddiylikdan to ma’naviy qiyofasigacha aks etadi. Bu ko’zgudagi eng avvalo to’y "œaybdorlari" — kelin va kuyov joy oladilar. Kelinning qarindoshlari kuyovni kuzatsa, kuyov tomon kelinga qiziqadi. Ko’zgu — baribir ko’zguda. Unda hamma narsa bor holicha ko’rinadi. Men ham yaqinda ko’zgudagi juda ajablanarli holatga guvoh bo’ldim.
  Bir obro’li xonadonning to’yi uchun hashamatli restoranlaridan biri tanlangan ekan. To’y boshlandi, kelin — kuyov bir — biriga uzukka ko’z qo’ygandek mos. O’zlariga ajratilgan joyda o’tirisharkan, ularga hamma havas bilan qarardi. Ayniqsa, kelinga"¦ Sababi, ba’zi ko’rinishi shart bo’lmagan joylari ochiq holda kiyingan kelinning yuzida ham parda ko’rinmasdi. U biz bilgan kelinlar kabi uyalib, yerga qarab o’tirmasdi. Balki, bugungi holatidan xursand ekanligini oshkora namoyish qilib, kuyov bilan "œo’tgan - ketgan"dan suhbatlashib o’tirardi.
  Mehmonlar choy ichib, dasturxonga qol uzatgan bir paytda sahnada arabcha raqs boshlandi. Qaysidir raqs guruhi yarim yalang’och holda naq o’n besh daqiqa "œtomosha ko’rsatdi". Davradagi erkaklarku u-bu narsa totingan kishi bo’lib vaqt o’tkazishdi. Ammo ayollar bir — birlariga qarab, yelka qisib qo’yar, sahnaga qarasholmasdi. Endi raqs tugab yengilroq nafas olgan ham ediki, ketidan ispanchami, siganchami raqs ulanib ketdi. Va nihoyat, ulardan keyin allaqaysi raqs dastasi o’zbekcha qo’shiqqa raqsga tushishdi. Biroq bu paytda davraning mazasi qolmagandi.
  "œHozir hamma to’ylar ssenariy asosida bo’layotgan ekan deyishgandi, rostdan ham shunaqa ekan-da", - ayollar shunday deb o’zlarini ovutishdi. Men esa ssenariyli to’yning davomi qanday bo’lishini kutdim. Birinchi ovqatdan keyin kelin — kuyovni davraga taklif qilishdi. Ular ham bir — birlaridan tabassumlarini ayamay chiqisharkan, to’yxonadagi qizlar shirin entikib qo’yishdi. Kutilmaganda davrada val’s e’lon qilindi va shunga monand kuy yangray boshladi. Keling — kuyov esa hammaning guvohligida val’sga tushishdi. Aytishlaricha, ular buning uchun bir oy oldin tayyorgarlik ko’rishgan ekan. Shundanmi, har ikkovi o’zlarini ancha erkin tutishar, kelinchak ham kuyovning bag’rida qushdek uchardi. Ko’pchilikning ko’zini quvnatgan val’s to’xtovsiz olqishlarga sabab bo’ldi. Keyin kelin-kuyov to’y tortini kesib, bir-birlariga yedirib qo’yishdi va ozginadan shampan vinosidan ham ichishdi.
  Men esa ko’rayotganim chet el kinosimi yoki o’zbegimning to’yimi, deb hayratdan yoqa ushladim. O’sha davradagi ayollarning aytishlaricha, endi hamma to’ylar shunday o’tarkan. Bilmadim, balki men zamondan orqada qolgandirman, balki bu yangilikni hazm qila olmayotgandirman. Biroq, oppoq libosdagi farishtadek qizni kelinlik olamiga val'’ emas, balki "Yor-yor"œ lar qurshovida kuzatsak, to’yda qandaydir betayin o’yinchilar emas, karnay-surnaychilar bo’lsa, chiroyliroq bo’lmasmikan?
  Eng achinarlisi, ushbu to’yda qatnashgan el suygan san’atkorlarning chiqishlariyu, noz ne’matga to’la dasturxon ham kimlargadir tatimadi. Va bu jarayonda to’yboshilar ham to’yni boshqarolmay qolishdi. To’y ssenariy asosida bo’lsa nur ustiga a’lo nur. Lekin, ssenariy to’yning fayzli, tinch o’tishini ta’minlashi kerak emasmi? Demak, bunday to’ydagi "œssenariylar" kimlarningdir chala — yarim dasturlari asosida tuzilyapti. Ammo u to’y egasiga yoki mehmonlarga nima beradi? Essiz, shuncha sarf — xarajat deb kattalar achinar. Zo’r bo’ldi, der tomoshabin mehmonlar. Ammo yoshlarchi? Ertaga bo’yi yetgan qizlar, dugonam val’sga tushdi, demak men ham shunday qilaman, deb yoppasiga val’s tushishni o’rganmaydi yoki o’zini shunga tayyorlamaydi deb kim kafolat beradi? Kuyov bo’lmish yigit ham men o’zimning ssenariyimga qarab ish tutaman deya olmay, haqiq libosdagi navnihol qizni hammaga ko’z — ko’z qilganday o’yinga tortib tursa, yigitning nomusi — sha’ni, qizning sharm — hayosi qayerda qoladi?         "Ma'rifat" gazetasi


Qayd etilgan