AbdulAziz:
Ha, haqiqatda hozirgi to`ylarimizda juda ko`p isro0fgarchilik holatlari kuzatiladi. Ayrim to`ylarga esa xos kishilar chaqiriladi. To`ydan maqsad nima?
To`ydan maqsad, ma'lum bir xursandchilikni xalq bilan birga nishonlash! Shu bahona, boshqa muhtojlarga yordam berish, ularning ko`nglini ko`tarish. Hatto payg`ambarimiz Muhammad SAV o`z sahobalarinig to`ylarini o`tkazishda hech narsang yo`q bo`lsa ham, bitta xurmoni bo`lib bo`lsa-da, xalqqa osh ber, agar imkoning bo`lsa qo`y so`yib xalqni to`ydir, deganlar.
Bizning to`ylarimiz-chi?
To`ylarimizni qanday sharhlashni ham bilmaysan, kishi! Bechora odam umr bo`yi to`y qilaman, deb, hatto bolalaridan qisib mol-dunyo yig`adi, bir kunni ichida esa isrofgarchilik bilan, o`sha molni ko`kka sovuradi. isrofgarchilikning chiqishiga esa ayrim keraksiz an'analarimiz ham sabab bo`lmoqda. Ularni albatta tartibga tushirish kerak. Mana, masalan, tog`oralarni olib qaraylik, o`sha 40 ta tog`orani puliga bitta yaxshi televizor va videomagnitofon beradi. Tog`ora bir kunda yo`q bo`lib ketadi, lekin buyum qoladi. Aytmoqchimanki, mayli, an'analar bo`lsin, lekin insof bilan, foydali bo`lsin!
Sizlarning fikringiz qanday?