LOTIN IMLOSIGA O`TISHDAN QANDAY NAF BOR!  ( 10121 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  23 Oktyabr 2009, 12:21:17

Rahmat. Aynan shu mavzu haqida maqola yozayotgan edim men ham. Ko'pini o'qidim. Mendan talab qilingan narsa O'zbekistondagi fikrlarni jamlash.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  14 Avgust 2010, 00:28:49

Muhyiddin birodarni postlarini o'qib, Rahmatli Hojiboy Tojiboevni gapi esimga tushib ketti...

Bir chol, Qo'qonga bormoqchi bo'lib avtobus qidirsa, bir avtobusga....QO'QON deb yozilganakan, shunda haligi chol OOOON deb o'qibdi...

Bu imlo ko'pchilikni "savodsiz" qildi...

35-40 yoshdan o'tganlarni aksariyati lotin alifbosini o'qishni bilmaydi...

Hozirgi ulg'ayotgan yoshlarning ko'pchiligi kril alifbosini...

Qayd etilgan


JaviK  14 Avgust 2010, 17:22:42


Hozirgi ulg'ayotgan yoshlarning ko'pchiligi kril alifbosini...[/b]

Bo`magan gap. Shohruh mirzoaka sizni fikrlarizni hurmat qilaman lekin, ayrim postlariz qosh qo`yaman deb ko`z chiqargan degan maqolga mos kelib ketadi. Lotinga o`tdi dega krilni bilishmaydi degani emas. maktabda rus tili fani o`tiladi o`ziz bilasiz kril alifbosiga juda yaqin. Bu degani yoshlarning 75 % yahshi biladi, 15% ozmoz, 10% bilishmashi mumkin agar maktabga bormagan bo`lsa. (Shahsiy fikrim). O`zizni nomiz bilan boshqalarni nomidan gapirmang. 

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Avgust 2010, 17:36:13


Bu imlo ko'pchilikni "savodsiz" qildi...


Savodsiz so'zi nega qo'shtirnoq ichida? Bu haqiqiy savodsiz ma'nosidami yoki boshqacha savodsizlikni nazarda tutdingizmi?

Qayd etilgan


useruz  14 Avgust 2010, 18:42:38

Mavzu ochilganiga 2 yildan oshibdi, lekin hali ham dolzarbligini yo'qotganicha yo'q.. Adashmasam, O'zbekistonda bu masalaning parlament tomonidan ko'rib chiqilishi bir necha yilga qoldirilgan.

Qayd etilgan


jasur.best  13 Noyabr 2010, 11:09:58

Dunyo mamlakatlarining 30% dan ortig'i lotin yozuvidan foydalanadi. Shunday ekan, o'sha tillarni o'rganishda ham foydasi katta. Lekin krill yozuvi o'ziga yarasha orfogragik tafovutlarni ham keltirib chiqaradi.

Qayd etilgan